2. Yuqori (ko’z) devori yupqa bo’ladi, ayniqsa orqa qismi, gohida u yerda digissensiya bo’ladi. Undan pastroqda ko’z osti kanali o’tadi. Gohida hatto nerv va qon tomir tolalari shu sohaga yopishib turadi. Shuni hisobga olish kerakki, shu bo’shliqda jarrohlik amaliyoti bajarilayotgan bo’lsa yuqorida ta’kidlangan sohaga ehtiyotkorlik bilan yondoshish kerak. 3. Orqa yuqori (medial) qismi g’alvirsimon suyakning labirinti va ponasimon bo’shliq bilan chegaralangan, shunung uchun ham bu bo’shliqlarda jarrohlik amaliyotini yuqori jag’ orqali amalga oshirsa bo’ladi.
4. Orqa devori qalin bo’lib, qanot-tanglay chuqurligiga qaragandir. U yerda yuqori jag’ nervi, qanot-tanglay tuguni, yuqori jag’ arteriyasi qanotsimon venalar chigallari joylashgan. 5. Oldingi (yuz) devori orbitaning pastki qirrasidan boshlab yuqori jag’ning alveolyaro’simtasigatsha bo’lgan sohani o’z ichiga oladi. Bu devor eng baquvvati bo’lib, yyumshoq to’qima bilan qoplangan bo’lib, uni ushlab ko’rsa bo’ladi. Yuzning oldingi yuzasida yassi chuqurlashish bo’lib uni qoziq yoki it chuqurchasi (fossa canina) deb ataladi. Bu soha yuzning yupqa qismi hisoblanadi. Fossa canina ning yuqori qirrasidan ko’z osti nervi chiqadigan teshigi bo’lib, u yerda n. infraorbitalis joylashgan bo’ladi.
Pastki (tubi) devori yuqori jag’ning alveolyar o’simtasiga to’g’ri keladi.Yuqori jag’ning bo’shlig’i o’rta hisobda burun tubi bilan bir tekislikda yotadi. Gohida yuqori jag’ning tubi yanada pastroq tushishi natijasida yuqori jag’ tishlariga tegib turadi. Bunda bu maydonda ikkita kichik va ikkita katta oziq tishlar ildizi joylashgan bo’ladi. Bu anatomik o’ziga hoslik odontogen gaymorit rivojlanashiga sabab bo’ladi. Gohida yuqori jag’ devorida har xil to’siqlar, notekislik bo’lganligi uchun bo’shliqni ko’rfazlarga (buxtalarga) bo’ladi.