T a’mir va sozlash ishlarida havoli uzgichlar bilan am allar
masofadan — laboratoriya va ustaxonalardan turib amalga oshiriladi.
Uzgich bilan bog‘liq bo‘lgan u yoki bu amallar yakunlangach,
uning
haqiqiy holati tekshiriladi, chunki uzish yoki ulash koman-
dasi bajarilmagan bo£lishi mumkin. Agar uzgich uzilganidan so£ng
ajratgich yoki bo‘lgich bilan amallar o‘tkazilishi kerak bo‘lsa, unda
uzgichning holatini tekshirish o‘matilgan joyida mexanik ko‘rsatkich,
qo‘zg‘aluvchan kontakt va tirsaklarning holati, gaz to £ldirilgan
bo‘lgichli uzgichlardagi havoli manometrlarbo‘yicha amalga oshiriladi.
Uzgichning holatini signalli lampalar va o ‘lchov asboblarining
ko‘rsatishi bo‘yicha tekshirish faqat transformator,
liniyalar, shi-
nalarni uzgichlar yordamida uzishda (ajratkichlar bilan amallar
bajarmasdan) ruxsat etiladi.
Bir qator holatlarda personalning ajratkichlar bilan amallar
bajarishni boshlashidan aw al uzgichni m a’lum holatda qayd qilish
zarurati tug‘iladi. Masalan, shinalar tizimini biridan ikkinchisiga
o £tkazishda shinalarni birlashtiruvchi
uzgich yoqilgan va har qa-
naqa tasodifli harakatlar uning holatini o £zgartirmasligiga perso
nalning ishonchi komil bo'lishi shart. Bunga uzgich bilan boshqaruv
zanjirdagi har ikkala qutbda uning joydagi haqiqiy holati tekshiril-
guncha saqlagich olinishi (yoki avtomat uzilishi) bilan erishiladi.
Ajratkich va bo ‘Igichlar bilan amallar.
Uzish va ulashdan oldin
ajratkich va bo£lgich ko£zdan kechiriladi. Ularda ko'rinuvchi de-
fekt va shikastlanishlar bo‘lmasligi shart. 0 ‘lchanganda defektli izo-
latorlar aniqlansa, ulardan kuchlanish olingach,
ajratkichlar bilan
bog£liq amallar bajariladi.
Ajratkich qo£lda ulanganda, kontaktlar orasida yoy paydo bo£l-
ganda pichoqlarni yana qaytadan yurgizish mumkin emas, chunki
yoy uzayishi va fazalar o £rtasida qoplanish bo£lishi mumkin. Hamma
holatlarda ham boshlangan amal oxirigacha davom ettiriladi.
Ajratkichni qo£lda uzishda avval tortm alarning sozligi, izo-
latorlarning silkinishi va defektining yo£qligiga ishonch
hosil qilish
uchun yuritmaning richagi bilan sinov harakati bajariladi. Agar
kontaktlar ajralayotgan paytda ular orasida yoy paydo bo£lsa, ular
zudlik bilan ulanadi va yoyning paydo bo£lish sabablari aniqlanma-
guncha, u bilan bog£liq amalllar bajarilmaydi.
Havo va kabel liniyalarining zaryad toklari va kuch transforma-
torlarining magnitlovchi toklarini uzish yoki ulash uchun ajrat
kich va bo‘lgichni ishlatilish imkoniyati ekspluatatsiya amaliyoti
bilan tasdiqlanadi. Shu munosabat bilan amallarni bajaruvchi per
182
sonal tom onidan saqlanuvchi ayrim um um iy qoidalar ishlab
chiqilgan. Ajratkich va bo‘lgichlari mavjud boclgan 35—220 kV
kuchlanishli zanjirlarda magnitlovchi va zaryad toklarini uzish va
ulash jihozning elementini uzishga ishlovchi prujina bo‘lgan bo‘l-
gichlar yordamida bajariladi.
Transformatorning magnitlovchi tokining kattaligi unga beril-
gan kuchlanish kattaligiga bog‘liq. Kuchlanish oshishi bilan mag
nitlovchi tok keskin o ‘sadi. Yuklanmagan transformatorni ajrat
kich yoki bo‘lgich bilan uzishda magnitlovchi
tokning qiymati
kamayishiga harakat qiladi. Buning uchun YORli transformatorlar
kam qo‘zg‘algan holatiga o ‘tkaziladi.
110—220 kV li yuklanmagan transformatorni ajratkich va bo‘lgich
bilan uzishda o‘ta kuchlanishga olib keluvchi alohida qutb kontaktlarini
har xil vaqtda qo‘zg‘alishi ta’sirida qisqa muddatli noto‘liq fazali holat
bo‘lishi mumkin. Neytrali zaminlangan transformatorlarda o ‘ta
kuchlanish xavfliligi pastroqdir. Shuning uchun ham, agar transforma-
tor normal holatda zaminlangan va razryadnik bilan himoyalangan
bo‘lsa, uni uzishdan oldin uning neytralini zaminlash samaralidir.
Shuningdek, yoy so‘ndiruvchi g‘altaklami ham zaminlash tavsiya etiladi.
Ajratkich yoki bo‘lgichlar bilan uzish yoki ulash amallari baja-
rilganidan so‘ng, ularning haqiqiy holati ko‘rikdan o‘tkazish orqali
tekshiriladi, chunki ishlatish davrida
pichoqlarning oxirigacha
ulanmasligi, ularning lablarga to ‘g‘ri tushmasligi, tortmalarini uzi
lishi va yuritmalar rostlanmasining buzilish holatlari kuzatilgan.
Dostları ilə paylaş: