lar orqali personalning xato harakati natijasida bo‘ladigan shikast-
lanishlarni kamaytirishga erishiladi.
Liniyani ishga tushirishda
amallar teskari ketma-ketlikda bajariladi: birinchi navbatda, shina,
keyin liniya ajratkichlari va so‘ngra uzgich ulanadi.
Shuni nazarda tutish lozimki, liniyani uzishda faqat shu li-
niyadagi ish uchun uni uzgich va liniya ajratkichlari bilan uzish
yetarli hisoblanadi. Zanjirda va shina ajratkichlarida qocshimcha
ko‘rinuvchi uzilishni hosil qilish ortiqcha hisoblanadi.
Transform atorni ulashda chulg£amdagi
nom inal qiymatdan
katta bo‘lgan miqdorda magnitlovchi tokning qiymati tezda o‘sishi
natijasida qisqa muddatli o ‘tkinchi jarayon paydo bo‘ladi. Pasay-
tiruvchi podstansiyalarda ikkita va undan ortiq parallel ishlovchi
transform atordan birini ulash yuqori kuchlanish chulg‘ami to
m onidan bajariladi. Bu holatni hisobga olgan holda himoyalar
sozlanadi. Bunday holatda transformatorni ikkilamchi chulg'am
tom onidan kuchlanish ostida ulash magnitlovchi tokning yuklama
tokiga qo ‘shilishi natijasida ishlayotgan transform atorning hi
moyasi uni uzish xavfini hosil qiladi. Amaliyotda uch chulg‘amli
transformatorni ishga ulash, odatda, quyidagi ketma-ketlikda ba
jariladi: yuqori, o ‘rta va pastki kuchlanish
tom onidan shina va
transform ator ajratkichlari ulanadi, keyin esa yuqori, o ‘rta va
pastki kuchlanish tom onidan uzgichlar ulanadi. Uzishda esa ushbu
ketma-ketlik teskarisiga bajariladi: pastki, o ‘rta va yuqori kuch
lanish uzgichlari uziladi; shundan so‘ng uning har uchala tom o
nidan transformator va shina ajratkichlari uziladi.
Oddiy sxemada bajarilgan pasaytiruvchi podstansiyalarda kuch
transform atorlari yuqori kuchlanish
tom ondan uzgichiga ega
boMmaydi, lekin ikkilamchi chulg‘am tom onidan uzgich bilan
ta ’minlanadi. Bunday sxemalarda amallar ketma-ketligi shunday
nazarda tutiladiki, yuklama toki ajratkich va bo‘lgichlar bilan uzil-
masin va ulanmasin. Buning uchun yuklama tokini uzish va tran
sformatorni yuklamaga ulash ikkilamchi tomondagi uzgich, tran
sformatorning magnitlovchi tokini uzish va ulash esa boMgichlar
yoki ajratkichlar yordamida amalga oshiriladi.
Elektr stansiyalarida transformatorlarni ishga ulash va tizim
bog‘lovchi transformatorlarni ta ’mir yoki zaxiraga chiqarish
uchun
uzishda bajariluvchi amallar ketma-ketligi mahalliy sharoitlarga
bog‘liq (jihozlarning hududiy joylashuvi, sinxronizatsiya uskuna
larini ulash imkoniyatlari va h.k.) va tez-tez mahalliy yo‘riqno-
malar bilan belgilanuvchi boshqacha tartibga ega bo‘ladi.
184
Taqsimlash qurilmasini normal ishlatish sharoillarida li;imm;i
seksiyalar, shinalar tizimi (aylanib o ctuvchidan tashqari) doim
ishda bo‘lishi shart. Bu esa iste’molchilarni elektr energiyasi bilan
ta’minlashda zaruriy ishonchlilikni yaratadi. Agar shinalar tizimidan
bittasi
shikastlansa yoki uzilsa, boshqasi ishda qoladi. Rejali la’mii
ishlarini o ‘tkazish uchun shinalar tizimidagi hamma tutashmalar
bitta ishlovchi shina tizimiga o ‘tkaziladi. 0 ‘tkazish uchun zarur
sharoitlardan biri ikkita shinalar tizimidagi potensiallarning tcng-
ligidir. Shina birlashtiruvchi uzgich (SHBU)li sxemalarda bu shart
ikkita shinalar tizimini elektrik birlashtiruvchi SHBUni ulash or
qali ta ’minlanadi. SHBU o‘tkazish bilan bir vaqtning o ‘zida bittaga
yig£ilgan har bir shina ajratkichlar juftligini shuntlaydi. Ikkita shina
ajratkichlardan
birining tutashuvi, ikkita shina tizimidagi yoqilgan
ajratkichlardan birini uzib-ulash hech qanaqa xavf tug‘dirmaydi,
chunki u zanjirlarni shuntlovchi SHBU kichik qarshilikka ega.
13.1-rasmda keltirilgan sxema uchun ulanishlarni / shinalar
tizimidan
II
shinalar tizimiga o‘tkazish quyidagi tartibda amalga
oshiriladi: / va
II
shinalar tizimida kuchlanishning sinxronligi
tekshiriladi. Kuchlanish sinxronligini tekshirish imkoniyati mavjud
bo‘lmagan podstansiyalarda har ikkala shinalar tizimida kuchlanish
Dostları ilə paylaş: