sinxronligini tasdiqlaydi; SHBU ulanadi
va uning yuritmasidan
operativ tok olinadi, SHBUning ulangan holati tekshiriladi;
II
shinalar tizimiga o ‘tkaziluvchi barcha ulanishlarning ajratkichlari
ulanadi;
I
shinalar tizimidan o ‘tkaziluvchi
barcha ulanishlarning
ajratkichlari, SHBU va kuchlanish transformatorlarinikidan tash-
qari, uziladi; rele himoyasi, avtomatika va o ‘lchash
asboblarini
ta ’minlash zanjiri //sh in alar tizimidagi kuchlanish transformatoriga
uzib-ulanadi; am perm etr bo‘yicha SHBUda yuklamaning yo‘qligi
tekshirilib, uning yuklamasiga tezkor tok beriladi va SHBU uziladi;
voltmetrbo‘yicha /shinalar tizimida kuchlanishning yo‘qligi tekshiriladi.
13.6. Yig‘uvchi shinalar tizimini ta’mirga chiqarish
Zaxira shinalar tizimini ta ’mirga chiqarishda quyidagi amallar
bajariladi: SHBU boshqaruv kalitiga «Ulanmasin —
odam lar
ishlamoqda!» plakati osiladi; shu joyning o ‘zida SHBUning uzilgan
holati tekshiriladi va uni zaxiraviy ajratkichlari
shinalar tizimidan
uziladi. Zaruriy holatlarda ishlarning xarakteri va xavfsizlik sharoitlariga
bog‘liq holda SHBUning ishchi shinalar tizimidagi ajratkichlari ham
uziladi; kuchlanish transform atori past kuchlanish tom onidan
avtomat (saqlagich) va yuqori kuchlanish tomondan ajratkichlar
bilan uziladi. Past kuchlanish avtomatlari (saqlagichlari) o‘rnatilgan
shkaf eshigi qulflanib, unga «Ulanmasin — odamlar ishlamoqda!»
plakati osiladi; ta ’mirga chiqariluvchi shinalar tizimining ajratkich-
larini uzilgan holati tekshiriladi va ularning yuritmalari qulflanadi.
Uzilgan ajratkichlarning yuritmalariga «Ulanmasin — odamlar ish
lamoqda!»
plakati osiladi, zaminlanishi lozim b o ig a n joylarda
kuchlanishning yo‘qligi tekshirilib, zaminlovchi pichoqlar ulanadi.
Shundan so‘ng xavfsizlik texnikasi qoidalarida ko‘rsatilgan
tadbirlar amalga oshiriladi (vaqtinchalik to ‘siqlar o ‘rnatiladi, ish
joylariga plakatlar osiladi va h.k.). Brigadalarni ishga qo‘yish xavfsizlik
texnikasi qoidalarining talablariga muvofiq tarzda amalga oshiriladi.
Dostları ilə paylaş: