‘z b e k is t n r espu blik asi o L iy va ‘rta m axsus ta’ L i m vazirlig I



Yüklə 80 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/243
tarix16.12.2023
ölçüsü80 Kb.
#182265
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   243
Pedagogika. 1-qism (M.To\'xtaxo\'jayeva, S.Nishonova)

Tarbiya maqsadi va vazifalari. 
Tarbiva muayyan, aniq maqsad hamda 
ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida yosh avlodni har tom onlam a o ‘stirish, 
uning ongi, xulq-atvori va dunyoqarashini tarkib toptirish jarayonidir. 
Turli z a m o n va m akonda ijtimoiy tarbiya mohiyatan turlicha ifodalab 
kelingan boMib, uning m azm uni ijtimoiy maqsadlardan kelib chiqib 
asoslangan.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Tarbiva maqsadi ijtimoiy b uyurtm a asosida belgilanadi. Eng oddiy 
harakat dan tortib to keng ko‘lamli davlat dasturi asosida tashkil etiluvchi 
tarbiya d o im o muayyan maqsadga y o ‘naltirilgan boMadi.
Maqsadsiz, m a ’lum g‘oyani ifoda etmaydigan tarbiya boMmaydi. 
Tarbiya maqsadi asosida uning m az m u n i asoslanib, m aqsadni amalga 
oshirishga xizm at qiluvchi m eto d va usullar a n iq la n a d i. Tarbiya 
maqsadining muammosi pedagogikaning dolzarb m asalalaridan biri 
sanaladi.
Tarbiya maqsadi umumiy va individual xarakterga ega boMishi 
mumkin. llg‘or pedagogika um umiy va individual m aqsadlar birligi va 
uyg‘unligini nam oyon etadi.
M aqsad tarbiyaning umumiy ijtimoiy maqsadni ijobiy hal etishga 
y o‘naltiriladi ham da aniq vazifalar tizimi sifatida nam o y o n boMadi. 
Demak, tarbiva maqsadi tarbiya jarayonini tashkil etish asosida hal 
etiladigan vazifalar tizimidir. Tarbiya maqsadlari mohiyati va koMamiga 
ko‘ra um um iy va aniq vazifalar sifatida guruhlanadi.
Tarbiya maqsadi qanday shakllanadi? Uning shakllanishida ko‘plab 
obyektiv sabablar yetakchi rol o ‘ynaydi. Organizmning fiziologik yetilish 
qonuniyatlari, insonning ruhiy rivojlanishi, falsafiy va pedagogik fikrlar 
yutugM, ijtimoiy madaniyat darajasi maqsadga umumiy yo‘nalish beradi. 
Biroq asosiy omil doimo davlat mafkurasi va siyosati boMib qolaveradi.
Hozirgi p'aytda 0 ‘zbekiston Respublikasi rahbariyati yoshlar orasidan 
eng iqtidorli, salohiyatlilarini tanlab, saralab olib, ularni ilmiy, madaniy- 
m a ’naviy jih a td a n kamolotga erishishlari, zam on aviy fa n -te x n ik a
asoslarini puxta o ‘zlashtirib olishlari u c h u n g ‘a m x o ‘rlik qilm oqda. 
0 ‘z bekisto n Respublikasining istiqboli n a z a rd a tu tilib , k o ‘pgina 
y o sh la rn in g T urkiya, Xitoy, Y a p o n iy a , A Q S H , G e r m a n i y a kabi 
rivojlangan xorijiy mamlakatlarga tahsil olish uchun yuborilayotganliklari 
fikrimizning yorqin dalilidir.
Bugungi kunda 0 ‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim t o ‘g ‘risida»gi 
Q on unin i hayotga joriy etish, t a ’lim -tarbiya, sogMiqni saqlash ham d a 
um umiy tibbiyot muammolarini zam o n talablari darajasida olib borish, 
m aktablarni milliylashtirish, o ‘rta maxsus h a m d a oliy o ‘quv yurtlariga 
kirish imtihonlarini test usulida o ‘tkazish borasida amalga oshirilayotgan 
ijobiy ishlar o ‘z samarasini berm oqda.
Jamiyat m a ’naviyati va shaxs k a m o lo tid a m uhim o ‘rin tutuvchi 
m a ’naviy va axloqiy poklik, iymon, insof, diyonat, o r -n o m u s , m eh r- 
o q ib a t, keksalarga hurm at singari in s o n iy faz ila tla r o ‘z - o ‘z id a n
www.ziyouz.com kutubxonasi


shakllanmaydi. Barchasining asosida yosh avlodga oila, umumiy o ‘rta, 
o ‘rta m ax su s, k a s b - h u n a r h a m d a oliy t a ’lim tiz im id a am a lga
oshirilayotgan t a ’lim-tarbiya mazmuni, g ‘oyaviy yo ‘nalishi va samarasi 
yotadi.
0 ‘sib kelayotgan yosh avlodning zamon talablariga mos, barkamol 
inson b o ‘lib shakllanishlari uchun ijtimoiy tarbiyaning muhim tarkibiy 
qismlari — aqliy, m a’naviy-axloqiy, jismoniy, mehnat, estetik, huquqiy, 
ekologik, iqtisodiy h am da jinsiy tarbiyani tashkil etishga nisbatan 
yangicha nuqtayi nazardan yondashish, ularning samarali yoMlarini 
ishlab chiqish alohida dolzarblik kasb etadi. Bu esa tarbiyadagi eng 
m uhim vazifalardir.
T a rb iy a mazmuni. Aqliv tarbiva — shaxsga tabiat va jam iyat 
taraqqiyoti t o ‘g‘risidagi bilim asoslarini berish, uning aqliy (bilish) 
qobiliyati, tafakkurini shakllantirishga yo'naltirilgan pedagogik faoliyat 
jarayoni b o ‘lib, shaxs to m o n id a n tabiat, jamiyat, shuningdek, inson 
tafakkuri haqidagi bilimlarni o ‘zlashtirish, unda ilmiy dunyoqarashni 
shakllantiradi. Aqliy tarbiya yuksak m a’naviy va axloqiy sifatlarga ega 
shaxsni tarbiyalashda yetakchi o ‘rin tutadi.
Bilimlar tizimini ongli ravishda o ‘zlashtirish mantiqiy fikrlash, xotira, 
diqqat, idrok etish, aqliy qobiliyat, moyillik va iqtidorni rivojlantirishga 
ko‘maklashadi.
Aqliy tarbiyaning vazifalari quyidagilar sanaladi:
— s h a x s t o m o n i d a n ilm iy b ilim la rn in g m u a y y a n h a jm in i 
o ‘zlashtirilishiga erishish;
— bilishga boMgan qiziqishlarni yuzaga keltirish;
— aqliy qobiliyat va iqtidorni rivojlantirish;
— bilishga boMgan faollikni kuchaytirish;
— mavjud bilimlarni m untazam ravishda boyitib borish, umumiy 
o ‘rta t a ’lim va maxsus kasbiy tayyorgarlik darajasini oshirishga boMgan 
ehtiyojni rivojlantirish.
— ilmiy dunyoqarashni shakllantirish.
M u h a m m a d alayhissalom o ‘z hadislarida: «Ilmga ilm olm oq yoMi 
bilan erishilgaydir. lim y hunarni Xitoyga borib boMsa ham o'rganinglar. 
... Ilm egallang. Ilm sahroda d o ‘st, hayot yoMlarida tayanch, yolgMz 
d a m l a r d a yoMdosh, baxtsiz daqiqalarda rahbar, qayg‘uli onlarda 
m a d a d k o r , o d a m l a r o r a s id a z e b u -z iy n a t, d u s h m a n la rg a qarshi 
kurashishda quroldir» deydi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Shuningdek, Hadisi Sharifda «Ilm olm oqqa intilish har bir muslim 
va muslima uchun farzdir» deydilar.
Alisher Navoiy o ‘zining «Farhod va Shirin» dostonida Farhodning 
aqlu-idrokli, bilimdon, hunarm and, kamtar, insonparvar, irodali va 
e ’tiqodli b o ‘lganligini tasvirlaydi.
Jism o n iy tarbiva o ‘quvchilarda jism o n iy va irodaviy sifatlarni 
shakllantirish, ularni aqliy va jism oniy jihatdan m ehnat ham da Vatan 
mudofaasiga tayyorlashga yo‘naltirilgan pedagogik jara y o n boMib, 
ijtimoiy tarbiyaning ajralmas tarkibiy qismi sifatida n am oy on boMadi. 
Yuqori darajada rivojlangan ishlab chiqarishga asoslangan mavjud 
ijtimoiy sharoit jismonan baquvvat, ishlab chiqarish jarayonida yuqori 
u n u m bilan ishlashga qodir, q iy in c h ilik la rd an c h o ‘c h im a y d ig a n , 
shuningdek, Vatan himoyasiga d o im o tayyor boMgan yosh avlodni 
tarbiyalash zarurligini ko‘rsatmoqda.
Jism oniy tarbiyaning vazifalari quyidagilardan iborat:
— o ‘quvchilarning sogMigMni mustahkamlash, ularni t o ‘g ‘ri jismoniy 
rivojlantirish;
— o ‘quvchilarning aqliy va jism oniy ish qobiliyatlarini oshirish;
— 
u l a r n i n g
tabiiy 
h a r a k a t c h a n l i g i n i
r iv o j la n t ir is h
va 
m ukammallasht irish;
— o ‘quvchilarni harakatning yangi turlariga o ‘rgatish;
— u larning irodaviy sifatlari ( k u c h , c h a q q o n lik , uquvlilik va 
boshqalar)ni rivojlantirish;
— o ‘quvchilarning gigiyenik koMiikmalarini rivojlantirish;
— ularda m a ’naviy-axloqiy sifatlar (dadillik, q at’iyatlilik, intizomlilik, 
m as’uliyatlilik, jam oa bilan boMish)ni tarbiyalash;
— o ‘quvchilarda jismoniy tarbiya va sport bilan doimiy va m untazam
shug‘ullanishga boMgan ehtiyojni shakllantirish;
— o ‘quvchilarning sogMom va baquvvat boMishlariga erishish.
Jism oniy tarbiyani bolalarning m ak tab g ach a yoshidan boshlab
m u ntazam tashkil etish maqsadga muvofiqdir. Jism oniy tarbiya t a ’lim 
muassasalarida o ‘qitilishi voMga a o ‘vilgan fanlardan biri sanaladi. 
Sinfdan va maktabdan tashqari sharoitlarda tashkil etiluvchi jism oniy 
mashg‘ulotlar jismoniy tarbiya darslarining samaradorligini t a ’minlovchi 
q o ‘shim cha tadbir hisoblanadi. Jism oniy tarbiya tarbiyaning boshqa 
tarkibiy qism lari bilan m u sta h k a m bogMangan h a m d a u la r bilan 
birgalikda har tom onlam a rivojlangan shaxsni shakllantirish vazifalarini 
hal etadi.
www.ziyouz.com kutubxonasi



Yüklə 80 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   243




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin