‘z b e k ist o n r esp u b L ik a si oliy va 0 ‘rta maxsus ta’l im V a zir L ig I


X o ‘sh, tabiatning falsafiy tahlili nimalarni o ‘z ichiga oladi?



Yüklə 7,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə130/295
tarix02.12.2023
ölçüsü7,77 Mb.
#171704
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   295
Falsafa (1)

X o ‘sh, tabiatning falsafiy tahlili nimalarni o ‘z ichiga oladi?
„ Tabiat tartibin yaratib Olloh,
Ne uchun chilparchin etadi. Ey voh!
Yaxshi bo ‘Isa, nega parchalar uni,
Yomon b o ‘lganda-chi, ayt, kimda gunoh?“
146


1- §. ,,Tabiat“ tushunchasi. Tabiatni falsafiy tushunishning
tarixiy taraqqiyot jarayonida o ‘zgarib borishi
,,T abiat“ tushunchasi falsafiy jih a td a n keng m a ’noga ega. Biz 
,,tabiat“ deganda benihoyat xilm a-xil k o ‘rinishlarga ega b o ‘lgan, 
insonni qurshab turgan m oddiy olam ni, b ir b u tu n m oddiy borliqni 
tushunam iz. U moddiy borliq sifatida koinotdagi uzoq yulduzlardan 
kelayotgan nurlardan tortib galaktikalargacha, bir-birlariga o ‘tib, 
ay lan ib tu ra d ig a n m ik ro z a rra la rd a n m a k ro o la m d a g i u lk a n
narsalargacha, Yer, yerdagi quruqlik, dengizlar, okeanlargacha, 
b u tu n hasharotlar, suvo'tlari, o ‘sim liklar va hayvonot dunyosi- 
yu, h atto inson tanasini ham o ‘z ichiga oladi.
T abiatni ju d a k o ‘p fanlar o'rg an ad i. X ususan, tabiatshunoslik 
fanlari tabiatdagi b arch a narsa va h od isalarn in g o 'zlarig a xos 
xususiyatlari, tabiati va m ohiyatini, ulardagi o ‘zgarish va rivojlanish 
qonunlarini o ‘rganadi. Bu fanlar erishgan y utuqlar asosida bizning 
tabiat haqidagi tasaw urlarim iz kengayib, boyib boradi.
Falsafa esa, shu fanlar yutuqlariga tayangan h olda tab iatn i b ir 
b u tu n holda olib o ‘rganadi va tu sh un tirad i. Bu jih a td a n tabiatni 
turli-tum an k o ‘rinishlar va shakllarda mavjud bo'ladigan m ateriya, 
deyish m um kin. Bu — tabiatni keng m a ’noda falsafiy tushunishdir. 
B iroq, biz ,,ta b ia t“ tu sh u n c h asin i b ir q a d a r to rro q m a ’n o d a 
ishlatib, ,,tabiat“ deganda inson va insoniyat m avjudligi u ch u n
zaruriy bo 'lg an b arch a tabiiy sh art-sh aro itlar va om illarni h am d a 
u larn i qurshagan m u h itn i tu sh u n am iz. S hu m a ’no d a, o d atd a 
,,tabiat“ tushunchasini inson va insoniyat m avjudligining tabiiy 
s h a ro itla ri b irlig i s ifa tid a is h la ta m iz . B u jih a td a n ,,ta b ia t“ 
tush u nch asi jam iy atn in g tarixiy taraqq iy o ti jaray o n i davom ida 
o ‘zgarib borganligining guvohi b o ia m iz .
Jam iyat rivojlanishi, u bilan birgalikda inson aql-idrokining 
ham takomillashuvi, ilm -fan taraqqiyoti insonning tabiatga bo'lgan 
m unosabati — xarakterini ham o ‘zgartirib boradi. N atijada, in son ­
ning tabiatga m unosabati jam iyat taraq qiyotining turli b o sq ich ­
larida turlich a n am oyon b o ‘ladi. M asalan, ibtidoiy o d am u ch u n
tabiat butunlay g'ayritabiiy, fantastik narsa sifatida bo'lganligi bilan 
xarakterlidir. Bu davrga xos b o 'lg an m ifologik d u n yo qarash tabiat 
bilan insonning o ‘zaro m unosabatlarini, ularni bir-biriga taqqoslash 
va bir-birid an tub farqlarini aniqlashga yetarli im kon berm aydi.
T abiat haqidagi qarashlarning rivojlanib borishi insonning 
tabiatni diniy tushunishining yuzaga kelishiga olib keldi. D in insonni 
qurshab turgan tabiatni, h atto insonning o 'z in i ham X udo yarat-
147


gan, lekin inson oliy m avjudot sifatida yaratilgan b o ‘lib, u tab iat- 
dan ustun, uning x o ‘jayini, degan qarashlarni ilgari suradi. Shu 
bilan birga, din insonning tabiatga ehtiyotkorlik bilan m unosabatda 
b o ‘lishi lozim ligiga e ’tiborini qaratadi. Biroq uning o'zgarish va 
rivojlanish qonunlarini izlashga va bilishga undam aydi.
Bugungi kunda biz insonning tabiatga m unosabatida, uning 
faoliyati xarakterining tubdan o'zgarib borayotganligining guvohi 
bo'lm oqdam iz. Bu insonning tabiatga munosabatida onglilikning roli 
tobora ortib borishi, inson va tabiat, tabiat va jamiyat o'zaro ta ’sirining 
aqlga muvofiq insonparvarlik jihatlarini izlash, tabiatga oqilona va odilona 
m unosabatda bo'lishga intilish yaqqol ko'zga tashlanm oqda. Inson 
tabiat bilan nafaqat jism o n an , balki ruhan ham bog 'liq ekanligi, 
tabiat inson jism o niy hayotining asosigina b o ‘lib qolm asdan, 
balki inson ru h iy -m a’naviy hayotining ham asosi ekanligi tob o ra 
k o 'p ro q anglab borilm oqda. H aq iq atan ham , biz faqat o 'zim iz — 
insonlar yaratgan go 'zallik lard ang in a hayratlanib qolm ay, balki 
tabiat yaratgan „san ’at asarlarid an “ h am ju d a hayratlanam iz.
XXI 
asrga kelib, tabiat va insonning o ‘zaro m unosabatlarida 
m a ’lum m uvozanatga erishish m uam m osi tobora dolzarb b o ‘lib 
qolm oqda. C hunki, ekologiya m uam m osi hozirgi zam onning keng 
m iqyosdagi keskin ijtim oiy m uam m o laridan biriga aylandi. „U n i 
hal etish, b arch a xalqlarning m anfaatlariga m os b o 'lib , sivili- 
zatsiyaning hozirgi kuni va kelajagi k o ‘p jih atd an ana shu m uam - 
m oning hal qilinishiga bog‘liq d ir“ '.
In so n iy a t ta ra q q iy o tin in g hozirgi b o sq ich id a ta b ia t b ilan
insonning o ‘zaro m unosabatiga oid b ir q ato r m u am m olarn i hal 
etish b u tu n insoniyatning u m u m iy ishi b o ‘lib qolm oq da, u lar 
xalqaro ham korlik asosida hal qilinishi lozim . Bugungi kunda, 
„tabiatga 
qo'pol 
va takabburlarcha m unosabatda bo'lishga yo‘l q o ‘yib 
b o ‘lm aydi. Biz bu b o ra d a ach c h iq tajribaga egam iz. B unday 
m unosabatni tabiat k ech irm ay di“ . B utun insoniyat „inson ta b iat­
ning x o ‘ja y in i“ degan soxta m afkuraviy d a ’vodan voz kechishi 
lozim . H ozirgi vaqtda ekologik m u am m o lam in g global xarakteri 
insondan tabiatga nisbatan butunlay yangicha m unosabatda bo'lish 
tafakkur usulini, y a ’ni insonning o ‘z tabiatini, o 'zin i anglashidan 
kelib chiquvchi ekologik ongni shakllantirishni talab qilm oqda.

Yüklə 7,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   295




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin