Faylasuflar jamiyat hayotidagi
har bir tartibot tizimiga, ijti
moiy, iqtisodiy, siyosiy m unosabatlarning shakllariga, ilmiy kash-
fiyotlarga „Bu nima uchun shunday?“ , „Bundan yaxshiroq bo‘lishi
mumkin em asm i?“ , degan savollar asosida yondashadi. Jamiyat
hayoti va ta ra q q iy o tid a , fa n la r so h asid a b u n d a y sav o llar
qo ‘yilmagan zam onlar bo ‘lmagan. Bu
savollarga javob insoniyat
taraqqiyotining yangi y o ilari, shakllari, imkoniyatlarini izlashni
taqozo qiladi. Zero, ularga javob topishga qaratilgan amaliy
jaray o n lar jam iyat,
fan-texnika taraqqiyoti, inson m a’naviy
kamolotining asosiy sabablaridandir.
Faylasuflarning mustaqil, ijodiy fikrlashlari, ya’ni fikr erkinligi
ham bu fanning jamiyat taraqqiyotiga ta’sirini kuchaytiradigan
sabablardandir.
M uam m oni aniqroq tushunish uchun XIX asrda yashagan
rus faylasufi Speranskiyning quyidagi fikrlarini keltirish mumkin:
,Rossiyadagi erkin kishilarni uch guruhga bo ‘lish mumkin. Bular —
daydilar, qashshoqlar va faylasuflardir“.
Bu o'xshatish qo'polroq
bo‘lsa ham, unda m aiu m haqiqat bor. Daydining erkinligi shundaki,
uning uyi, joyi yo‘q, qayerda boshpana bo‘lsa, u o ‘sha yerda bemalol
yashayberadi. Qashshoq uchun esa, qayerda qorni to ‘ysa, o ‘sha
joy jannatm akon b o iib k o iin a d i. Faylasufning erkinligi — fikr
erkinligidir, ijodiy o ‘ylash mustaqilligidir.
Haqiqiy faylasuflar barcha zamonlarda ham o'zlari yashayotgan
davrlardagi turg‘un
aqidalar, avtoritar ko‘rsatmalar, siyosiy anda-
zalar chegarasidan chiqib, erkin, mustaqil o ‘ylashga, fikrlashga
harakat qilganlar. Fikr qaramligi, tafakkur qulligi barcha davrlarda
ham falsafa taraqqiyoti yo‘lidagi asosiy g‘ov bo'lgan. Erkin fikrlash
— inson o ‘z iymoni, e ’tiqodiga tayanib,
aqidaparastlik, siyosiy
mutelik iskanjalaridan qutulib, mustaqil o'ylashi, fikrlashi, keng
qamrovli, xolis um um iy xulosalar qila bilishidir. Faqat erkin,
m ustaqil tafakkurgina jam iyat hayotida b o ig a n , b o iay o tg an
hodisalarni bir-biri bilan bog'lab, um um lashtirib,
ertangi kunni
oldindan ko‘rishga imkon beradigan xulosalar qilishga y o i ochadi.
Jamiyat taraqqiyoti, inson m a’naviy kamolotiga zamin yaratib
beradigan teran falsafiy g‘oyalar faqat shu y o i bilan yuzaga kelishi
mumkin.
Aqidaparastlik, avtoritar qarashlar, siyosiy andazalar ta ’siri
ostida qolib ketgan faylasuflar ilg‘or g‘oyalarni yaratish imkoniga
ega emaslar.
Ularning fikrlari, xulosalari konkret bir davrda ko‘klarga
k o iarib maqtalsa ham, vaqt o ‘tishi bilan butunlay ahamiyatini
29
yo‘qotadi. Erkin fikrlash imkoniga ega bo'lm agan kishi haqiqiy
faylasuf bo ‘la olmaydi. Erkin o ‘ylash, fikrlash imkoni bo'lm agan
jamiyatda falsafa fan sifatida rivojlana olmaydi. Shuning uchun ham
qadimgi dunyoning buyuk faylasuflaridan biri Seneka:
„Inson
haqiqiy erkin bo ‘lishi uchun falsafaga qul bo ‘lishi kerak
degan
xulosaga kelgan edi.
Darhaqiqat, jahon tarixidagi barcha yirik faylasuflar — siyosiy
g‘oyalar iskanjasini yorib chiqib, mustaqil, ijodiy xulosalar qilgan,
yangi ta ’limotlar yaratgan kishilardir.
Dostları ilə paylaş: