Insonni, uning ma’naviy olamini bosh mavzu sifatida qarash
falsafaning insonparvarlik bilan bog‘langan qadriyatlarini
sh ak llan tirad i. Insonp arvarlik — barcha m uam m olarga
um um insoniyat m anfaati, qadri-qim m atidan kelib chiqib
yondashishdir.
„D unyoda insondan buyuk qadriyat yo‘q, uning
m anfaatlari yo ‘lida xizmat qilish esa, bu yorug1
olamdagi eng
muqaddas ishdir“ , degan fikrda Sharq falsafasining asosiy g‘oyasi
ifodasini topgan. N aqshbandiyya g ‘oyalarida ham odam larga
yaxshilik qilish, yetim -yesirlarga, beva-bechoralarga inehr-
muruvvatli, rahm -shafqatli b o ‘lish
eng savobli ish, deb ta ’rif-
langan.
Sharq falsafasida katta o ‘rin olgan insonparvarlik qadriyatlari
Umar Xayyomning quyidagi aiboiysida ham o ‘z ifodasini topgan:
„ Bir g ‘arib ко ‘nglini qila olsang shod,
Yaxshidir yer yuzin qilgandan obod.
Lutfingla bir dilni qul qila olsang,
Afzaldir yuz qulni qilgandan ozod“.
Bu g‘oya Alisher Navoiyning quyidagi misralarida ham aniq
ko'zga tashlanadi:
,J(imki bir ко ‘ngli siniqning xotirin shod aylagay,
Oncha borkim ка Ъа vayron bo ‘Isa, obod aylagay. “
Demak, bir g‘arib, nochor,
muhtoj kishiga yordam berish,
uning ko'nglini ko'tarish savobliligi jihatidan vayron b o ‘lgan
ka’bani tiklash bilan barobardir.
Dostları ilə paylaş: