jih atd an bir-biridan farq qiladi. O rganik tabiat o ‘z atrofidagi m uhit
bilan uzluksiz m odda almashinib turadi. N oorganik tabiatda bunday
m odda alm ashinish b o ‘lmaydi.
Sifat bir narsani ikkinchi bir narsadan ajratibgina qolm asdan,
balki uning boshqa narsalar bilan b o g liq lig in i ham k o ‘rsatadi.
S huning uch u n m uayyan sifatga ega b o ‘lgan narsa va hodisalarni
bir-biridan ajratib, bir tom o n lam a o'rganish bilan chegaralanm ay,
balki ularn i b ir-b iri bilan b o g ‘laydigan u m u m iy xususiyatlari
aso sid a h am o ‘rg an ish zaru r. A gar o rg a n ik ta b ia td a g i tirik
organizm ning atrof-m uhit bilan m odda alm ashinishi to 'xtab qolsa,
bu organizm halok b o ‘ladi, o ‘zining tiriklik sifatini y o ‘qotadi,
chunki tirik organizm ning tirikligi, undagi hayotning m ohiyati —
m odda alm ashinuvidan iborat.
N arsa va hodisalarning sifati, ularning xususiyatlari orqali
nam oyon b o ‘ladi. H ar bir narsa yoki hodisa ko‘pgina xususiyatlarga
ega. Bu xususiyatlardan b ir q an ch asi birikib, shu narsa yoki
hodisaning m uayyan sifatini tashkil qiladi. N arsa va hodisalarda
xususiyatlar k o ‘p b o iib , ularning m uhim , nisbiy tu rg ‘unlarigina
sifatni tashkil etadi. Sifat narsa va hodisaning m ohiyati bilan b o g iiq
b o ia d i.
N arsa va hodisalar n om uhim xususiyatlarini yo ‘qotishlari yoki
yangidan hosil qilishlari natijasida m uayyan sifatlarini o 'zgartir-
m aydilar. Agar bu narsa va hodisalar o 'zlarin in g m uhim xusu
siyatlarini yo ‘qotsa yoki o ‘zgartirsalar, u lar yangi sifatga o ‘tadilar.
M asalan, b enzin u ch u n rang m u him xususiyat em as. B enzin
rangini y o ‘qotgani yoki boshqa rangga kirgani bilan u boshqa
suyuqlikka aylanm aydi. Tez yonuvchanlik esa, benzinning m uhim
xususiyatidir. Benzin o ‘zining bu xususiyatini b iro r sabab bilan
y o ‘qotsa, u dvigatel uchun boshqa kim yoviy m oddaga aylangan
b o ia d i.
Borliqdagi narsa va hodisalar bir-biridan nafaqat sifatlari bilan,
balki m iqdorlari bilan ham farqlanadilar. U larning sifatlari doim o
m iqdorlari bilan birga mavjuddir.
Dostları ilə paylaş: