H issiy bilish
deyilganda,odatda, insonning his qilishi, sezgi
a’zolari orqali predmet va hodisalami, ularning tashqi tomonlarini,
tashqi belgi va xususiyatlarini bevosita bilish tushuniladi. Insonning
bu bilishi, deyarli hayvonlarga ham xos,lekin ular tub farqlarga
ham ega.
M antiqiy bilish
esa insonning predm et va hodisalam i tafakkur
orqali umumlashtirib, mavhumlashtirib va konkretlashtirib, ularni
fikrda bilishidir.
Intuitiv bilish
esa, odatda kishi biror narsa yoki hodisa haqida
muayyan tasaw urlar va bilimlarga ega bo'lgan, uning fikri m a’lum
m uam m o yoki masalani yechishga yo‘naltirilgan, shu asosda o ‘z
fikrini rivojlantirayotgan bir paytda ro ‘y beradi. Intuitiv bilish
inson bilish jarayonining m uhim jihatini tashkil qiladi va uning
borliqni bilishida m uhim rol o'ynaydi. Intuitiv bilish hissiy va
m antiqiy bilishlardan farq qilib, o ‘z tabiatiga ko ‘ra, hech bir
bevosita hissiy idroksiz va mantiqiy m uhokamasiz yangi tasaw ur
yoki yangi fikrning birdaniga, kutilmaganda tug'ilishidir.
Fanda uzoq davr intuitiv bilishning mexanizmi m a’lum bo‘lmay
keldi. Shu sababli intuitiv bilish haqida har xil qarashlar, har xil
yondashishlar, turli-tuman ta’limotlar paydo bo‘ldi. Ba’zilar intuitiv
bilishni ilohiylashtirib, uni faqat buyuk va murntoz kishilargagina
xos, degan fikrni bildirgan b o ‘lsalar, boshqalari faqat ijodiy
jarayonga, ya’ni ilmiy kashfiyotlar, ixtirolar va badiiy ijod jarayoniga
xos, degan qarashlami ilgari surdilar. Ularning nuqtayi nazaricha,
intuitiv bilish, bu — ijodiy jarayonda fikrning rivojlanishida eski
fikrdan yangi fikrga o ‘tish, ya’ni sakrashdan iboratdir. Yana bir
guruh tadqiqotchilam ing fikricha, intuitiv bilish — badiiy ijod
bilan bog‘liq, yangi g‘oyaning tug'ilishidir. Haqiqatan ham, intuitiv
bilish insonning ijodiy faoliyati bilan bog'liq bo‘lib, bunda tadqiqotchi
yoki ijodkoming butun fikri-zikri biron narsa bilan qattiq band
bo‘lgan paytda, uning miyasiga hech kutilmaganda biror yangi fikr,
yangi g‘oya birdan, to'satdan kelib qolishi mumkin.
Intuitiv bilish, aslida inson bilish jarayonining b ir jih ati
sifatida, faqat ijodiy jarayonga xos bo'lm asdan, balki insonning
oddiy kundalik amaliy bilish faoliyatiga ham xosdir. Intuitiv bilish
inson bilishining boshqa shakllari bilan chambarchas bog‘liq bo ‘lib,
ularni to ‘ldiradi.
Qadimdan
Dostları ilə paylaş: