Bu
qarashlar keyinchalik
Geraklit
tom onidan rivojlantirilgan.
U Kichik Osiyoning Efes shahrida dunyoga kelgan (miloddan oldingi
530—470-yillar), Geraklit Milet maktabi namoyondalaridan farqli
o'laroq, olamdagi barcha narsa va hodisalarning asosi — o ‘t (olov)
deb ta ’kidladi. Olamdagi narsa va hodisalarning cheksizligiga, turli-
tumanligiga, G eraklitning fikricha, boshlang'ich o ‘tning mangu
harakati va o ‘zgarishi sababchidir. Biroq, uning falsafasidagi eng
qimmatli fikr — harakat,taraqqiyot haqidagi g'oya hisoblanadi.
Geraklitning fikricha, olam doimiy harakat jarayonidan iborat.
Olamda doimiy o ‘zgarmas biron narsa yo‘q,
undagi ham m a narsa
o ‘sib, o‘zgarib boradi. Olamdagi bunday doimiy jarayonni Geraklit
daryodagi suv oqimiga o'xshatadi. Uning fikricha, oqib turgan
daryoga ikki marta tushib bo ‘lmaydi. Ikkinchi marta tushganda,
oldingi suvlar allaqachon oqib ketgan bo ‘ladi. Bu esa, dialektika
haqidagi dastlabki g‘oyalardir. Olam dialektikasi to ‘g‘risidagi bu
tasaw ur Geraklit tom onidan to ‘g‘ri ifoda etilgan bo'lib, u ham m a
narsa bor va shu vaqtning o ‘zida yo‘q,
chunki ham m a narsa oqib
turadi, hamm a narsa o ‘zgarib boradi, ham m a narsa doim vujudga
keladi va yo‘qolib ketadi, degan qarashdan kelib chiqadi.
M ana shu davrda atom istik ta ’lim ot ham vujudga keldi.
Qadim gi Y unonistondagi atom istik t a ’lim otning asoschilari
Levkipp va Demokrit hisoblanadi. Masalan, Demokrit olamning
asosi atomlar (mayda, bo‘linmas, moddiy zarrachalar) va bo ‘shliq-
dan iborat, turli-tum an narsa va hodisalar shu atomlarning turlicha
qo ‘shilishidan tashkil topgan, deb ta ’kidlaydi.
D em okrit atom istik va determ inistik g‘oyalarini o ‘zining
kosmogonik nazariyasiga ham tatbiq etdi. Atomlar o‘zlarining fazodagi
tartibsiz harakatlari jarayonida,
bir tom ondan, o ‘zaro to'qnashib,
bir-birini parchalab boradi. Ikkinchi tomondan, bir-biriga qo‘shilib,
tuproq, suv, havo, o ‘tdan quyun shaklida harakatlanuvchi ko‘p
dunyolarni vujudga keltiradi. Demokritning kosmogonik ta ’limoti
(ayniqsa, Yer va unda hayotning paydo bo‘lishi masalasida) garchi
sodda bo‘lsa-da, katta ilmiy ahamiyatga ega edi.
Qadimgi Y unonistonda ruhni, g‘oyani olamning asosi sifatida
talqin etuvchi falsafiy qarashlar ham vujudga kelib, rivojlanib bordi.
B unday falsafiy q arash larn in g asoschilari Pifagor, S u q ro t,
Aflotundir.
Qadimgi Yunonistonda bunday
dunyoqarashni rivojlantirib,
uni dastlab muayyan tizim holiga keltirishga harakat qilgan faylasuf
A flotun edi. A flotunning falsafiy qarashlari, asosan, uning
40
,,Bazm“ , ,,Teetet“ , ,,Fedon“ nomli dialoglarida, siyosiy qarashlari
esa, ,,Davlat“ va „Q onunlar11 nomli asarlarida bayon etilgan.
Aflotun ta ’limoticha, olamda ,,g‘oyalar dunyosi“ birlamchi
bo‘lib, hodisalar dunyosi esa. uning mahsuli, soyasidir. ,,G ‘oyalar
dunyosi“ zamon va makonga bog‘liq bo ‘lmay, mangu,
harakatsiz,
o‘zgarmasdir, u — haqiqiy dunyodir. Dunyodagi narsa va hodisalar
zamon va makonga bogiiq bo ‘lib, o'tkinchi tabiatga ega. Chunki,
ular vujudga keladi va yo'qoladi. Aflotun nuqtayi nazaricha,
,,g‘oyalar dunyosi“da eng oliy g‘oya — yaxshilik va baxt g'oyasi —
Xudodir. Boshqa g‘oyalarning hammasi u bilan bog‘liq.
Aflotunning bilish nazariyasida ham muhim tom onlar bor.
Uning ta ’limoticha, ,,g‘oyalar dunyosi“ aqliy bilish obyektidir.
M oddiy dunyo, narsalar to ‘g‘risidagi tasaw urlarim iz esa, hissiy
bilish orqali paydo b o ‘ladi. Aflotunning fikricha,
hissiy bilish
haqiqat emas. M oddiy narsalaming boshlang‘ich asosi, mohiyati
b o ig a n ,,g‘oyalar dunyosi“ ni faqat sof tafakkur orqali bilish
mumkin.
Aflotun Qadimgi yunon falsafasining eng yirik namoyondasi
hisoblanadi. Uning taiim o ti o ‘rta asrda va, ayniqsa, hozirgi zamon
falsafasidagi turli oqim larning nazariy asosi b o iib kelmoqda.
Aflotun falsafiy qarashlarini,
xususan ,,g‘oyalar“ nazariyasini
birinchi b o iib tanqid qilgan uning vatandoshi, falsafa rivojiga katta
hissa qo‘shgan mutafakkir
Dostları ilə paylaş: