Z. G. Gapparov sport psixologiy asi



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə108/138
tarix27.04.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#103282
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   138
18-45 Sport psixologiyasi

t/r

Tayyorgarlik
elemcntlari

Tavsifnoma

1

2

3

1

O’z kuchiga qat’iy ishonch

Bo'lajak musobaqaning shart-sharoitlarmi hisobga olgan holda o'z imkoniyati va raqib imkoniyatini o'zaro qiyoslashga asoslanadi

2

Musobaqada qo'yilgan maqsadga oxirigacha, qat’iy g'alaba uchun kurashga intilish

Sportchining musobaqaning so'nggi daqiqasigacha l'ang olib borish va maqsadga enshishga intibshi

3

Emotsional qo'zg'ahshmng optimal darajasi

Sportchidagi emotsional qo'zg’alishi musobaqalashuv faoliyatining sharoitlariga, sportchining mdividual- psixologik xususiyalariga, musobaqalarmng miqyosi va daraiasiga muvofiq bo'lishi

4

Turli to'siqlarga, chalg'ituvchilarga dosh berishning yuqori darajasi

Noxush ichki va tashqi ta'sirlarga nisbatan, turli halal berishlar va to'siqlarni “pisand etmaslik”da, yoki ularning salbiy ta’siriga qarshi qat’iy harakat qilishda namoyon bo'ladi

5

O’z xatti-harakatim, tuyg'ularini, xulq- atvorini erkin boshqara olish qobiliyati

Musobaqalashuv sharoitining har qanday variativ holatlarida ham sportchi eng oqilona qarorm qabul qila olishi, o'z harakatini boshqarishi, ularni sherrklarining harakatlariga muvofiqlashtirishi, o'z his tuyg'ularini boshqanshi, o'z xatti-harakatini axloq va odob me’yorlariga mos tarzda amalga oshirishida namoyon bo'ladi

Musobaqaga psixik jihatdan tayyorlik holati o‘z-o‘zidan paydo bo‘lmaydi. U har bir musobaqaga alohida yo‘naltirilgan psixik tayyorgarlik jarayonida shakllanadi.
Musobaqaga psixik jihatdan tayyorlik holatini maxsus shakllantirish — bu oldinda turgan musobaqalarning shart-sharoitidan kelib chiqqan holda sportchi ongi va hatti-harakatini yo‘naltirilgan holda tashkil etish jarayonidir.
Sportning jamoaviy turlarida psixik tayyorlik birinchi navbatda, yagona g‘oya,yagona maqsad va yuqori darajadagi ijtimoiy ahamiyat kasb etuvchi yagona motiv bilan birikkan o'yinchilarning jamoaviy ongi shakllanishi tarzida namoyon boladi.
Sportchi ongini yo‘nalgan tarzda tashkil qiiish shundan iboratki, bunda sportchining oldida turgan musobaqaga mos jangovor kayfiyatini yaratish,bu kayfiyatni sportchining imkoniyatlariga muvofiqlashtirish va shular asosida musobaqada muvaffaqiyatli ishtirok etishni ta’minlashga alohida ahamiyat beriladi.
Sportchi ongining ana shunday yo‘naltirilgan tashkil etilishida musobaqaga psixik jihatdan tayyorlik holati shakllantiriladi. Sportchini maxsus psixologik tayyorlash quyidagi alohida vazifalarni hal etishga yo‘naltirilgan:

  • Sportchi uchun asosiy hisoblanuvchi ijtimoiy qadriyatlarga e’tiborni qaratish;

  • Sportchida psixik “ichki tayanch”larni shakllantirish;

  • Psixologik to‘siqlarni, ayniqsa muayyan raqib bilan kurashda yuzaga keladigan to'siqalarni bartaraf etish;

  • Yaqinda bo'ladigan kurash sharotlarini psixologik modellashtirish;

  • Musobaqa oldidan boladigan xatti-harakatlarning psixologik dasjairini tuzish.

  1. Musobaqaga psixologik tayyorgarlik ko‘rish tizimi

Musobaqaga psixologik tayyorgarlik ko'rishning murakkab jarayoni bir-biriga o‘zaro bogiangan alohida bo‘g‘inlarning o‘ziga xos shunday bir tizimi boiib, bu tizim musobaqa boshlangunga qadar sportchilar imkoniyatida bo'ladigan vaqt oralig'ida amalga oshiriladi. Ushbu jarayon bir necha oylar, yoki ikki-uch kun davom etishi mumkin. U doimo murabbiyning va sportchining hamkorlikdagi ijodiy izlanishini taqozo etadi. Aytish mumkinki, bu hamkorlik davomida sportchi ancha yetakchiroq maqomda bo‘ladi, zero musobaqada murabbiy emas, sportchi mustaqil ravishda jang olib borib, yuqori natijani qo'lga kiritishi kerak. Shuning uchun ham musobaqaga psixologik tayyorgarlik jarayonida murabbiy sportchi uchun eng yaqin va uni yo‘naltiruvchi sherik bo'lishi lozim, biroq hech qachon, sportchi uchun o'ylaydigan sherik bo'lishi kerak emas.
Garchi har bir alohida sport turida sportchini musobaqaga psixologik tayyorlash tizimi muayyan sport turining xususiyatidan kelib chiqsa-da, biroq ular uchun umumiy bo'lgan jihatlar ham bor.
Umumiy tizim tarkibiga quyidagi bo'g'inlar kiradi:

  1. Oldinda turgan musobaqalar haqida, shuningdek raqiblar to'g'risida imkon qadar ko'proq va ishonchliroq ma’lumotni to'plash. Sportchi yohud jamoaning tayyorgarlik darajasi, imkoniyati to'g'risida shuningdek, ularning musobaqa boshlanishiga qadar o'zgarishi va istiqbollari to'g'risidagi ma’lumotlarni to'ldirish va aniqlashtirib olish.

  2. Musobaqada ishtirok etishning maqsadini to'g'ri belgilash va izohlab bera olish.

  3. Musobaqada ishtirok etishning o'ziga xos ijtimoiy ahamiyatli maqsadlariga mos bo'lgan motivlarni shakllantirish yoki aktuallashtirish.

  4. Musobaqalashuv faoliyatida yuz berishi mumkin bo'lgan vaziyatlarni hisobga olgan holda dasturlash. Bu ish oldinda turgan musobaqaning shartlarini, imkoniyat darajasidagi modellashtirish asosidagi aqliy va amaliy xatti-harakatlar mobaynida amalga oshiriladi va taktik rejani aniqlab olishga,ya’ni musobaqa sharoitida yuzaga keladigan vaziyaldagi xatti-harakatlar dasturining oqilona variantini aniqlashtirishga yo'naltirilgan bo'ladi.

  5. Yuzaga kelishi mumkin bo'lgan turli noxush ichki holatlarni sportchi tomonidan mustaqil tartibga solinishi.

  6. Musobaqa boshlanishiga qadar sportchining asab hamda psixik tetikligini saqlab qolish, musobaqa jarayonida uni qayta tiklay bilish.

Musobaqaga psixologik tayyorgarlik ko'rish tizimining birinchi bo'gini uning keyingi barcha bo'g'inlari uchun dastlabki asos va ularni ishga tushirish uchun omil bo'lib xizmat qiladi.
Chindan ham, faqatgina oldinda turgan musobaqa haqidagi yetarli darajada toiiq va ishonchli ma’lumotlarga ega bo'lgan holdagina, ya’ni musobaqa jarayonidagi tevarak-atrof shart- sharoitlari, uning boshlanishi va tugash vaqti, unda ishtirok etuvchilar tarkibi, ayniqsa, asosiy raqiblar, ularning individual xususiyatlari (jismoniy va psixik), tayyorgarlik darajasi (texnik, taktik, jismoniy, irodaviy) to‘g‘risidagi ma’lumotlarga ega boiib, shuningdek, muayyan sportchining yoki jamoaning rivojlanishi jarayonidagi ayni bosqichda qay darajada mahorat kasb etganligini bilgan holdagina sportchi o'z oldiga real maqsad qo‘yishi va musobaqa jarayonida uni hal etishning rejasini tuza olishi mumkin.
Zarur ma’lumotga ega boimay turib, musobaqaga psixik tayyorlik holatini shakllantirib bo‘lmaydi. Bu aksincha yaxshi natijani qo‘lga kiritishga to‘sqinlik qilishi mumkin.
Yirik musobaqalarga tayyorgarlik ko‘rish jarayonida sport murabbiysi asosiy raqiblarni (bitta yoki ikkita raqibni) modellashtiradi. Masalan, kurashda murabbiy u yoki bu tarzda ushbu maqsadga muvofiq keladigan kurashchilarni qidirib topib, o‘z qo‘l ostidagi kurashchilarga raqib sifatida ularni maxsus tayyorlaydi. Shundan so‘ng, modellashtirilgan bu “raqiblar” murabbiyning shogirdlari bo‘lgan kurashchilarning sparring-sheriklari sifatida ular bilan bellashadilar. Bu bellashuvlarda musobaqaga tayyorlanayotgan kurashchilar ularga mos taktikani qoilashlari hamda turli hujumkor va himoya uslublaridan, qarshi hujum tizimlaridan foydalanishi lozim boiadi.
Shunday qilib, oldinda turgan musobaqada ishtirok etish maqsadida sportchining psixik tayyorlik holati uchun dastlabki asoslar yaratiladi.
Sportchilarni musobaqa psixologik tayyorlash tizimining ikkinchi va uchinchi boginlari — ularning musobaqada ishtirok etish maqsadi va motivlarini to‘g‘ri belgilashdan iboratdir.
Maqsad deganda kishining nima ishni bajarishi kerak va nima ishni bajarishni xohlayotganligi, nimaga intilayotgani tushuniladi. Motivlar esa kishini ayni shu ishlarni bajarishga da’vat qilayotgan kuchni aniqlashtirishga yordam beradi, ya’ni u nima uchun shu maqsadni o‘z oldiga qo‘ygan, nima uchun o‘z intilishida aynan shunday yo‘1 tutmoqda, degan savollarga javob beradi.
Shuni ham ta’kidlash kerakki, inson faoliyatida aynan motivlar eng qudratli psixologik mexanizm boiib xizmat qiladi. Zero, ularni o'rganib, shakllantirib va o‘zgartirib, muayyan shaxsning va hatto butun boshli jamoaning ham istalgan jabhadagi, hayot tarzidagi, shu jumladan, sportdagi rivojlanishini, xatti-harakatini, yurish-turishini maqsadli ravishda boshqarish mumkin bo'ladi.
Musobaqada ishtirok etish sportchining tayyorgarlik mashg‘ulotlari yillik rejasida ko‘zda tutilgan bo'ladi. Shuningdek, bu musobaqalarning bir yil davomidagi soni ham rejalashtiriladi. Biroq, sportchi yil davomida ishtirok etadigan musobaqalarning barchasi ham mazmun va mohiyatiga ko‘ra bir xil bo‘lmaydi. Ularning orasida eng asosiy musobaqalar belgilab olinadi.
Tabiiyki, har bir alohida musobaqada ishtirok etishning maqsad va motivlari ham ularning ahamiyatidan kelib chiqib, bir- biridan farq qiladi. Maqsad va motivlar haqida bir-biridan ayri holda gapirish mumkin emas. Chunki ularning har biri alohida sport turida o‘zgacha qiyofa kasb etadi. Shuningdek, ular har bir alohida sportchi yoki jamoa uchun maxsus ravishda shakllantirilgan bo'lishi lozim. Biroq, ularning ayrim umumiy dastlabki holatlarini ko‘rsatish mumkin. Zero bu musobaqada ishtirok etishning maqsad va motivlarini yanada oydinlashtirish uchun xizmat qiladi.
Odatda maqsad deb, belgilangan natijaga erishish (shu jumladan rekord qo‘yish ham) hisoblanadi. Shu bilan bogiiq ravishda musobaqa ishtirokchilari orasida muayyan o‘rinni qo'lga kiritish ham maqsadning tarkibiga kiradi.
Maqsad sportchining muayyan sport turidagi ayni paytda egallagan imkoniyatlariga hamda uning tayyorgarlik darajasiga mos bo‘lmog‘i kerak. Zinhor maqsad sportchining imkoniyatlaridan oshib ketishi yoki uning iqtidori yoki salohiyati yetmaydigan darajada baland bo‘lmasligi kerak. Ayni paytda belgilangan maqsad sportchi uchun juda ham sodda, erishish uchun u qadar qiyinchilik tug'dirmaydigan bo'lishi ham kerak emas. Yuqorida aytilgan ikki sharoitda sportchidagi musobaqa oxirigacha kurash ni davom ettirish hissi, qolaversa o'ziga bo'lgan ishonch hissi yo'qolib, mazkur tuyg'uni shakllantirish imkoniyati ham qo'ldan boy beriladi.
Shuni ham ununtmaslik kerakki, sportchi oldiga qo'yilgan maqsad ustanovkasi hamisha aniq va qat’iy bo'lmog'i lozim. Ya’ni: falon natijaga erishish yoki falon o'rinni qo'lga kiritish .
A.S.Yegorov tomonidan o'tkazilgan tadqiqotlar shuni ko'rsatdiki, sportchilarga mavjud to‘siqlar haqida qat’iy ustanovkaiar berilganda, bu ustanovkaiar to‘siqlarni yengib, maqsadga yetishi uchun zarur kuchni safarbar etishda signal vazifasini o‘tagan. To‘siqlarni yengishga berilgan shartli shaklidagi ustanovkasi esa aksincha, sportchilarning kuchini yo‘qotishi, hatto bellashuvni tugatishiga sabab bo‘lishi ham mumkin.
A.S.Yegorov uzoq va o‘rta masofaga yuguruvchi 100 dan ortiq sportchini turli maqsadli ustanovkaiar berish vositasida tekshirib ko‘rib, shuni aniqladiki, qat’iy ustanovkaiar (har qanday vaziyatda oldiga qo‘ygan vazifani bajarish shart) chog'ida maqsadga 75% holatda erishilgan. Shartli ko‘rsatmalar sharoitida esa (noxush vaziyatlar yuz bermasa, vazifani bajarish lozim degan ustanovka berilganda) bor yo‘g‘i 16% holatda maqsadga erishilgan.
Sport amaliyotida sportchining individual xususiyatlaridan, uning musobaqalarda ishtirok etish tajribasidan, musobaqa ishtirokchilari tarkibidan, musobaqa shartlaridan kelib chiqqan holda maqsadli ustanovkaiar musobaqagacha sir tutilishi va musobaqa davrida esa aniq va puxta anglangan holda aktuallashtirilishi lozim.

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin