Z. M. Bobur nomidagi andijon davlat universiteti maktabgacha ped
Yaponiyada maktab va ta‘lim mazmuni Yaponiya ta‘limining shakllanishi 1861-1868 yillari boshlangan Yaponiya o’z oldiga 2 vazifani: boyish va G’arb texnologiyasini Yaponiya ishlab chiqarishga kiritish masalasini qo’yadi va bu ishni amalga oshirish uchun 1 nchi galda ta‘lim tizimini tubdan o’zgartirish harakatiga tushadi.
1872 yili Ta‘lim haqida qonun qabul qilinib, Yapon ta‘limi G’arb ta‘limi bilan uyg’unlashtiriladi.
1908 yil Yaponiyada boshlang’ich ta‘lim majburiy 6 yillikka aylantirildi. 1893 yil kasb yo’nalishdagi dastlabki kollej paydo bo’ldi.
1946 yil qabul qilish konstituttsiya fuqarolarning ta‘lim sohasidagi huquq burchlarini belgilab berdi. Unda barcha bolalar bepul umumiy ta‘lim olishlari shart ekanligi belgilab qo’yilgan.
Hozirgi zamon Yapon ta‘lim tizimlarining tarkibi quyidagicha, bog’chalar, boshlang’ich maktab kichik o’rta maktab, oliy ta‘lim tizimlariga kiruvchi o’quv yurtlari.
Bolalar yosh xususiyatlariga qarab 3, 2, 1 yilda ta‘lim kurslariga jalb qilinadi.
Majburiy ta‘lim-ta‘limning pog’onasi 6 yoshdan 15 yoshgacha 6 yillik boshlang’ich ta‘lim va 3 yillik majburiy ta‘limni tashkil etadi.
Darsliklar tekin, muhtoj oilalarning bolalari bepul nonushta, o’quv qurollari, tibbiy xizmat bilan ta‘minlandi. Zarur bo’lgan taqdirda ularning oilalariga ham moddiy yordam ko’rsatiladi.
Yuqori bosqich: o’rta maktab 12 yillik oddiy maktabni tugatgan o’quvchilar 10-11-12 sinflarni o’z ichiga oladi. Bunday maktablar kunduzgi, sirtqi va kechki bo’limlari mavjud bo’lib, o’quvchilarning 95 % kunduzgi maktabga o’qiydilar, o’quvchilar maktabni bitirib bir necha fanlardan imtihonlar topshiradilar. Bu sinovlardan o’tgan talabalar universitetlarga yo’llanma olib qayta sinovlardan o’tadilar. To’g’ridan – to’g’ri test topshiradilar.
Mamlakatda bolalar bog’chasidan boshlab ta‘limning barcha turlari pullik. Faqat o’rta maktabdagi majburiy ta‘lim davri bundan mustasno. Davlat oliy o’quv yurtidagi ta‘lim to’lovining o’rtacha 1 yillik miqdori o’rta xizmatchi yillik daromadining 15 % ini tashkil qiladi.