Yaponiyada ta’lim- tarbiya va uning o’ziga xos xususiyatlari. Yaponiya ta’limining shakllanishi 1867 - 1868 yillarda boshlangan. Yaponiya o’z
oldiga ikki vazifani: birinchi — boyish, ikkinchi – g`arb texnologiyasini Yaponiya ishlab chiqarishiga kiritish masalasiin qo’yadi va bu ishni amalga oshirish uchun birinchi galda ta’lim tizimini tubdan o’zgartirish kerakligi aytildi.
1872 yili «Ta’lim xaqidagi qonun» qabul qilindi. Bunda Yapon ta’limi G`arb ta’limi bilan uyg‘unlashtirildi. 1908 yilda Yaponiyada boshlang‘ich ta’lim majburiy 6 yillikka aylantirildi. 1893 yili kasb yo’nalishidagi dastlabki kollej paydo bo’ldi.
1946 yili qabul qilingan Konstitutsiya fuqarolarning ta’lim sohasidagi xuquq va burchlarini belgilab berdi. Unda barcha bolalar bepul umumiy ta’lim olishlari belgilab qo’yilgan.
Yaponiyada hozirgi zamon ta’lim tizimlarinig tarkibi quyidagicha: Bolalar bog`chalari, boshlang`ich maktab, kichik o’rta maktab, yuqori o’rta maktab, oliy ta’lim tizimlariga kiruvchi o’quv yurtlaridan iborat.
Bolalar bog`chalari. Ta’limning bu bosqichiga 3 — 5 yoshli bolalar qabul qilinadi. Bolalar yosh xususiyatlariga muvofiq ravishda 3, 2, 1 yillik ta’lim kurslariga jalb qilinadilar.
Majburiy ta’lim. Ta’limning bu pog`onasiga 6 yoshdan 15 yoshgacha bo’lgan bolalar jalb qilinib, ular shu muddat ichida 6 yillik boshlang`ich maktab va 3 yillik kichik o’rta maktab kursini o’taydilar. 9 yillik bu ta’lim majburiy bo’lib, barcha bolalar bepul o’qitiladilar va tekin darsliklardan foydalanadilar.
Yuqori bosqich o’rta maktabi. Bu maktablar ta’lim yo’nalishining 10.11.12. sinflarini o’z ichiga oladi. Yaponiyada bunday bosqich maktablarining kunduzgi, kechki va sirtqi bo’limlari mavjud. Kunduzgi yuqori bosqichli maktablarida o’qish muddati 3 yil. O’quvchilarning 95 foizi kunduzgi maktablarda ta’lim oladilar. Bu tarzdan maktablarda o’qish ixtiyoriydir. Unda quyi o’rta maktablarni bitirgan yuqori bosqich o’rta maktablariga kirish sinovlaridan muvaffaqqiyatli o’tgan 16 yoshdan 18 yoshgacha bo’lgan o’quvchi yoshlar qabul qilinadilar. Unda umumiy ta’lim (akademik) fanlari, texnik bilimlar, tijorat, mahalliy sanoat, qishloq xo’jaligi, chorvachilik, baliqchilik, kemasozlik va boshqa maktablarda umumiy va xususiy tarmoqlarni qo’shib hisoblaganda 95 foiz yosh bilim oladi.
Dorilfununlar, kichik kollejlar, texnik kollejlar, maxsus ixtisoslashtirilgan kollejlar Yaponiyada oliy ta’lim tizimini tashkil etadi.
Yaponiyada boshlang`ich, o’rta va oliy o’quv yurtlaridan tashqari, bir — biridan farq qiluvchi «Ixtisos maktablari» va «turli» maktablar ham mavjud. Ularning ko’pchiligi xususiy bo’lib, turli firma, konsern va sindikatlar uchun qisqa vaqtli kurslarda tikuvchi, oshpaz, hisobchi, mashinkada yozuvchi, avtotexnik, elektron hisoblash mashinalari uchun dastur tuzuvchilar va boshqa zaruriy kasblar o’rgatiladi. Yaponiyada ham turli xorijiy tillarni o’rgatishga ixtisoslashtirilgan maktablar mavjud.
Boshqa maktablardan farqli o’laroq, Yaponiya maktablarida o’qish 1 apreldan boshlanib, kelasi yilning 31 martida nixoyasiga yetadi.
Boshlang`ich va kichik o’rta maktablarda o’quv yili uch semestrga bo’linadi: aprel — iyul, sentabr — dekabr, yanvar — mart. Katta o’rta maktablarda esa o’quv yili 2 yoki 3 semestrga bo’linadi.
O’quv yili Yaponiyada 240 kun yoki Amernka Qo’shma Shtatlaridan 60 kun ko’pdir. Darslar 7 soat. Ko’pchilik maktablarda darslar ertalab soat sakkiz yarimda boshlanib, uchdan keyin tugaydi.
O’quvchilar xaftasiga 2—3 soat sinfdan tashqari klub ishlarida, 7 soat ixtisos bo’yicha mashғulotlarda yoki repetitorlar ixtiyorida bo’ladilar.
Yuqori bosqich o’rta makgablarida butun o’quv jarayonida o’quvchilar 80 ta sinov topshirishadi. O’quvchilar majburiy asosiy fanlardan tashqari o’z hoxishlariga ko’ra ingliz tili, texnik ta’lim va maxsus sinovlarga jalb etiladilar.
Yaponiya ta’limining asosiy maqsadi va mazmuni aholini zamonaviy texnik hamda texnologik jarayonlar bilan jixozlangan xozirga zamon sanoatida samarali ishlashga moslashtirishdir. Mamlakatda maktabga muhim ijtimoiy vazifani bajaruvchi, jamiyatning olg`a siljishini ta’minlovchi dargoh deb qaraladi va xalq tomonidan e’zozlanadi.
Yuqoridagilardan ko’rinib turibdiki, Yaponiyada ta’lim tizimi ham shaklan, ham mazmunan yuksak uyg`unlik kasb etgan. Ibrat olsa, o’rgansa arziydigan jihatlari ko’p. E’tiborli yana bir tomoni — Yaponiyada faqat milliy an’analar bilan cheklanib qolmay, jahondagi Amerika, Fransiya, Germaniya kabi taraqqiy etgan mamlakatlarning pedagogik ish tajribalari ham ijodiy o’zlashtirilgan.
O’quvchilar umumiy ta’lim va texnik litseylarni tugatganlaridan so’ng bakalavr unvoni va diplom ish uchun imtihon topshiradilar. Ana shunday diplomga ega bo’lganlargina oliy o’quv yurtlariga kirish huquqini qo’lga kiritadilar.