Pedagogik jarayonning asosiy elementlari: maqsad, vazifa, vosita va natija. Vosita keng mahnoda mazmun, shakl va usullarni o’z ichiga oladi. Pedagogik jarayonni harakatlantiruvchi kuchlar: qo’yilgan talablar bilan tarbiyalanuvchi imkoniyatlari o’rtasidagi ziddiyatlardir. Xuddi shu qarama-qarshilik rivojlanish uchun asosiy manba bo’lib xizmat qiladi.
Nazorat uchun savollar: «Pedago’gik tizm» tushunchasiga ta`rif bering.
Pedago’gik jarayonining alohida asosiy elimentlari nima?
Yaxlit pedagogik jarayonning ichki qonuniyatlari.
Yaxlit pedagogik jarayonni o’timallashtirish va uning asosiy shartlari nimalardan iborat?
5-MAVZU: DIDAKTIKA-TA’LIM NAZARIYASI. O’QITISH JARAYONI YAXLIT TIZIM SIFATIDA. TA’LIM MAZMUNI REJA :
1. Didaktika o’qitish va ta’lim nazariyasi sifatida.
2. O’qitish jarayonining mohiyati.
3. Didaktika, uning asosiy kategoriyalari.
4. Didaktik tizim. Zamonaviy didaktik tizim.
5. Didaktik jarayonlarning qonuniyatlari
6.Bilish jarayonlarining dialektikasi.
7. Ta’lim yo’nalishining rivojlanishi. Ta’lim paradigmasi.
Tayanch so’z va iboralar: Didaktika, o’qitish, didaktik tizim, ta’lim yo’nalishlari, ta’lim paradigmasi
1. Didaktika o’qitish va ta’lim nazariyasi sifatida Pedagogika fani ta’lim va tarbiya jarayonini ularning yaxlitligi va birligi asosida o’rganadi.
Ikki faoliyatning har birining mohiyatini aniq bayon etish uchun didaktika (ta’lim nazariyasi) va tarbiya nazariyasini ajratib ko’rsatadilar.
Hozirgi davrda didaktika o’qitishning mazmuni, metodlari va tashkiliy shakllarini ilmiy asoslab beruvchi pedagogika sohasi sifatida tushuniladi.
Umumiy didaktikadan tashqari xususiy didaktikalar yoki alohida fanlar bo’yicha ta’lim metodikasi deb ataluvchi didaktikalar ham mavjud.
Ularning mazmuni ta’limning ma’lum bosqichlarida u yoki bu fanlarni o’rganish va ta’lim berishning nazariy asoslarini belgilaydi. Har bir o’qituvchi didaktika asoslarini puxta bilishi va ularga tayangan holda faoliyatni tashkil etishi zarur.
Didaktika predmetini aniqlash bo’yicha turli qarashlar ilgari surilgan. Qarashlarning turlicha bo’lishi didaktikaning metodologik kategoriyalarini aniq ajratilmaganligi bilan bog’liq.
Ko’pchilik olimlar ta’lim obyekti deb o’qitish jarayonining maqsadi, mazmuni, qonuniyatlari, metodlari va tamoyillarini ko’rsatadilar.
Didaktika ta’limni ijtimoiy tajriba berish vositasi sifatida e’tirof etadi. Ta’lim yordamida yoshlarni hayotga tayyorlash amalga oshiriladi. Ta’limiy faoliyatni tashkil etishda o’qituvchi — o’quvchi, o’quvchi — o’quv materiali, o’quvchi — boshqa o’quvchilar o’rtasidagi munosabatlar yuzaga keladi.
Pedagogik adabiyotlarda ulardan qaysi biri didaktika uchun asosiy hisoblanishi kerakligi borasida ham turli fikrlar keltiriladi hamda o’quvchining o’quv materialiga bo’lgan munosabati, ya`ni, bilimlarni o’rganish munosabatini asosiy deb e’tirof etuvchi qarashlar soni nisbatan ko’p.
Darhaqiqat, o’qish, o’rganish ta’lim jarayonining ajralmas xususiyatidir. Ta’limga psixologiya nuqtayi nazaridan yondashilsa, ushbu munosabatning ustuvorligiga shubha qolmaydi. Biroq, ta’limga pedagogik, ya’ni, ijtimoiy tajribani berish, o’igatish nuqtayi nazaridan qaralsa faoliyat uchun asosiy sanaluvchi munosabat — ikki shaxs (o’quvchi va o’qituvchi) o’rtasidagi munosabatlar yetakchi o’rin egallashi lozim ekanligi anglanadi.
Didaktika predmetining mohiyatini ochishga xizmat qiluvchi yana bir qarash ta’lim-tarbiya jarayonini yaxlit o’rganish zarurligini ilgari suradi. Ta’limning tarbiyaviy vazifalari o’quvchining bilimni o’zlashtirishlarini ta`minlabgina qolmay, shaxs xususiyati, uning rivojlanishi, ma`lum ma`naviy-axloqiy sifatlarni o’zlashtirishi, fe’l-atvori, xulqini tarbiyalash uchun zarur shart-sharoitni yaratishdan iborat.
Didaktikaga ta’limning mazmunli va jarayonli jihatlarini birgalikda o’rganish xosdir. Amaliyotni qayta tashkil etish va takomillashtirish masalalarini nazarda tutgan holda didaktika ta’limni faqatgina o’rganish obvekti sifatidagina emas, balki ilmiy asoslangan loyihalashtirish obyekti sifatida qaraydi.
Umumiy didaktikaning predmeti dars o’tish (o’qituvchi faoliyati) va bilim olish (o’quvchining o’rganish faoliyati)ning o’zaro bog`liqligi va aloqadorligi hjsoblanadi.
Didaktikaning vazifalari quyidagilardan iborat:
ta’lim jarayonlari va ularni amalga oshirish shartlarini ta`riflash va tushuntirish;
ta’lim jarayon L uchun xos bo’lgan umumiy qonuniyatlarni aniqlash, omillarini tajilil qilish va ta`riflash.
Didaktika nazariy va bir vaqtning o’zida me`yoriy-amaliy fan. bidaktikaning ilmiv-nazariv vazifasi ta’limning mavjud jarayonlarini o’rganish, uning turli jihatlari o’rtasidagi bog`liqliklar, ularning mohiyatini ochib berish, rivojlanish tendensiyalari va kelajagini aniqlashdan iboratdir.
O’zlashtirilgan nazariy bilimlar ta’lim amaliyotini yo’naltirish, ta’limni jamiyat tomonidan qo’yilayotgan ijtimoiy talablarga muvofiq takomillashtirishga imkon beradi. Ta’lim mazmunini anglab olish, ta’lim tamoyillari, ta’lim metod va vositalarini qo’llash me`yorlarini aniqlash asosida didaktika amaliy-me’yoriy hamda tashkiliy-texnologik vazifani bajaradi.
Didaktika pedagogikaning “Nima uchun o‘qitish kerak”, “Nimani o‘qitish kerak”, “Qanday o‘qitish kerak”, “Qanday hajmda o‘qitish kerak”, “Kimlarni o‘qitish kerak”, “Qaerda o‘qitish kerak”, “Nimadan foydalanib o‘qitish kerak” kabi savollariga javob izlaydi. Umumiy didaktika o‘z navbatida ayrim fanlarga oid usullar bilan juda mustahkam bog‘langan bo‘lib, ularga oid ma’lumotlariga tayanib o‘qitishning umumiy qonuniyatlarini ochib beradi va ayni vaqtda har bir o‘quv fanini o‘qitish usullari uchun umumiy asos bo‘lib xizmat qiladi.