Bolalar psixologiyasi fanining optimal mazmunini ishlab chiqish;
Bolalar psixologiyasi fani bo‘yicha bo‘lajak o‘qituvchilami ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etish ko‘nikma-malakalari bilan qurollantirish uchun ulami o‘qitishning eng samarali shakl, metod va usullarini tizimlashtiradi;
Bolalar psixologiyasi fanini o ‘qitish bo‘yicha hozirgacha to‘plangan amaliy tajribalami tizimlashtirish va kelajakka tavsiyalar ishlab chiqish;
Bolalar psixologiyasi fanidan dars beradigan bo‘lajak o‘qituvchilami o‘z faoliyatlariga ijodiy yondashuvga o‘rgatish.
www.ziyouz.com kutubxonasi
16.2. Bolalar psixologiyasi faninini o‘qitish metodikasi kursining tarkibiy tuzilishi
Bolalar psixologiyasi fanini o‘qitish metodikasi kursi o‘zining muayyan tarkibiy tuzilishiga ega. Uning asosini bolalar psixologiyasi fanining asosiy bo‘limlari tashkil etadi. bolalar psixologiyasi fanini o‘qitish metodikasining tarkibi quyidagi qismlardan iborat:
Bolalar psixologiyasi fanining umumiy masalalarini o‘qitish metodikasi. Bu bo‘limga bolalar psixologiyasi fani predmeti, metodlari, bola psixik taraqqiyotining umumiy qonuniyatlarini o‘rgatish masalalari kiradi.
Go‘daklik va ilk bolalik davrlarida bola psixik taraqqiyoti xususiyatlari bilan bog‘liq masalalami o‘qitish metodikasi.
Maktabgacha yosh davrida bola psixik taraqqiyoti qonuniyatlarining mazmuni, psixik taraqqiyotda bola faoliyati va ijtimoiy munosabatlarning ahamiyati bilan bog‘liq masalalarni o‘qitish metodikasi.
Maktabgacha yosh davrida bola shaxsining taraqqiyoti, bola xulq-atvorining motivlari, bola shaxsi ma’naviy sifatlarining shakllanishi, bola hissiyotlari va irodasining rivojlanishi bilan bog‘liq masalalami o‘qitish metodikasi.
Maktabgacha yosh davrida bola aqliy taraqqiyoti, bola nutqining, diqqatining, xotirasi va xayolining, shuningdek, tafakkurining rivojlanishi, bola sensor rivojlanishi bilan bog‘liq masalalami o‘qitish metodikasi.
6 . Bolaning maktabga psixologik jihatdan tayyorlash bilan bog‘liq masalalami o‘qitish metodikasi.
Dostları ilə paylaş: |