17.1. Bolalar psixologiyasi fani o‘qituvchisining shaxsi va faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlari
0 ‘qituvchi ta’lim-tarbiya jarayonining asosiy ishtirokchilaridan biridir. 0 ‘qituvchi — yosh avlodni hayotga, mehnatga tayyorlash uchun xalq oldida, davlat oldida javob beradigan, bolalarga ta’lim-tarbiya berishga maxsus tayyorlangan odam.
Bolalar psixologiyasi fani o‘qituvchisi bo‘lajak murabbiylarga, tarbiyachilarga kasbiy jihatdan o‘ta ahamiyatli bo‘lgan bilimlar — bolalar psixik taraqqiyoti qonuniyatlari haqidagi bilimlami beruvchi, ularda pedagogik faoliyatni muvaffaqiyatli bajarish uchun kerak bo‘ladigan ko‘nikma va malakalami shakllantiruvchi mutaxassis.
Bolalar psixologiyasi fani o’qituvchisiga barcha pedagoglarga qo‘yiladigan umumiy talablardan tashqari yana quyidagi talablar qo‘yiladi:
Umumiy va bolalar psixologiyasidan tashqari psixodiagnostika, psixokorreksiya, psixologik maslahat, maxsus psixologiya bo’yicha bilimga ega bo‘lish;
Maktabgacha tarbiya muassasasi tarbiyachisining ish faoliyatiga xos xususiyatlarni yaxshi bilish;
Bolalar psixik taraqqiyoti muammolari yuzasidan mustaqil tadqiqotlar o‘tkaza olishi va bu jarayonga talabalami jalb eta bilishi;
Muntazam ravishda ilg‘ortarbiyachi-murabbiylaming pedagogik tajribasini o‘rganib borish va taig‘ib qilish;
Bolalar psixologiyasi fani o‘qituvchisi pedagog sifatida quyidagi qobiliyatlaiga ega bo‘lishi kerak:
Didaktik qobiliyat - o‘quv materialini aniq va ravshan tushuntira olish;
Akademik qobiliyatlar - o‘z fanidan tashqari boshqa sohalar bo‘yicha ham keng bilimga ega bo‘lish;
Dostları ilə paylaş: |