talabalarni faollikka undaydi, ular bilimlarni o‘zlari o‘zlashtirishlarini ta’minlashga e’tibor beradi.
Bolalar psixologiyasi fani o‘qituvchisi o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlarga erishishi uchun undan yuksak metodik mahorat talab etiladi. Metodika sohasidagi mahorat ikki katta qismdan tashkil topadi. Birinchi qism bilim, ikkinchisi tajriba. 0 ‘qituvchi pedagogik tajribasi ortgan sayin uning metodik mahorati ham takomillashib boradi. Metodik mahorat asosini tashkil etuvchi bilim esa bolalar psixologiyasi fanini o‘qitish metodikasini o‘rganish orqaU hosil bo‘ladi. Nazariy bilim amaliy tajriba poydevori bo‘lib xizmat qiladi. Yuksak metodik bilim va amaliy tajriba birgalikdagi yuqori mahoratU o‘qituvchini shakllantiradi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
0 ‘QUV FAOLIYATINI TASHKIL ETISHNING ASOSIY SHAKLLARI
18.1. 0 ‘quv faoliyatini tashkil etishning asosiy shakllari
Ta’limni tashkil etishning asosiy shakli maktabda dars, oliy o‘quv yurtida ma’ruzadir. 0 ‘quv faoliyati vazifalari va metodlarga bog‘liq ravishda ta’limni tashkil etishning aynan bir shakli o‘z tuzilishini va tarkibini o‘zgartirishi mumkin. Masalan, dars, o ‘yin-dars, konferentsiya-dars, munozara-dars kabi ko‘rinishlarda, ma’ruza esa muammoli ma’ruza, binar ma’ruza, telekonferensiya-ma’ruza kabi shakllarda tashkil etilishi mumkin.
Maktabda darsdan tashqari ta’limni tashkil etishning boshqa shakllari-fakultativlar, to‘garaklar, mustaqil uy vazifalari va boshqalardan ham foydalaniladi. Nazoratning ham turU shakllari qo‘Uanadi: yozma va og‘zaki imtihonlar, nazorat ishlari, mustaqil ishlar, test, suhbat.
OUy o‘quv yurtida ma’ruzadan tashqari ta’limni tashkil etishning boshqa shakllari-seminarlar, laboratoriya mashg‘ulotlari, ilmiy tadqiqot ishlari, mustaqU ishlar, ishlab chiqarish amaUyoti, boshqa oliy o‘quv yurtida malaka oshirish va boshqalardan ham foydalanUadi. Nazorat turlari sifatida imtihonlar, baholashning reyting tizimi, mustaqil ishlar, referat, kurs ishi, bitiruv malakaviy ishlami yozish kabUardan foydalanUadi.