17.3. Bolalar psixologiyasi fani o‘qituvchisining metodik mahorati
Pedagogik faoliyatga tayyorlanishda talabalaming uzoq yillar davomida ushbu faoliyat bilan shug‘ullanib kelayotgan o‘qituvchilaming tajribasini o‘zlashtirishi juda muhim. SHuning uchun talabalar har bir o‘qituvchisi ish tajribasidan o‘ziga, bo‘lajak pedagogik faoliyatiga imkon qadar ko‘proq narsa olishga harakat qilislii lozim. Bunda talabalar har bir o‘qituvchining metodik mahoratiga e’tibor berishlari кегак bo‘ladi.
Pedagogik amaliyotning ko‘rsatishicha, metodik mahorati past bo‘lgan o’qituvchi quyidagi xususiyatlarga ega bo‘ladi:
ta’lim metodlarini auditoriya xususiyatlarini hisobga olmay tanlaydi;
tanlangan ta’lim usuli natijasini oldindan ko‘ra bilmaydi; faoliyatida ta’siming to‘g‘ridan-to‘g‘ri usullari ustun bo‘ladi; o‘z ko‘rsatmalarini aniq bajarishnigina yuqori baholaydi; pedagogik ta’siming tor doiradagi turlaridan foydalanadi; muloqotning avtoritar uslubidan foydalanadi;
www.ziyouz.com kutubxonasi
talabalarda itoatkorlik, bajaruvchanlik xususiyatlarini rivojlantirishga urg‘u beradi; bilimlami talabalarga uzatishgagina e’tibor beradi.
Metodik mahorati yuqori bo‘lgan o ‘qituvchi quyidagi xususiyatlaiga ega bo‘ladi:
pedagogik metodlami talabalar saviyasiga muvofiq tanlaydi; tanlangan metod va usullar orqali erishiladigan natijani
oldindan ko‘ra biladi;
faoliyatida ta’siming aylanma usullari ustunlik qiladi; talabalar o‘quv dasturini o‘zlashtirishida ularda mustaqillikni
rivojlantirishi uchun sharoit yaratadi;
pedagogik ta’sir etishning xilma-xil turlaridan foydalanadi; muloqotning demokratik uslubidan foydalanadi;
talabalar emotsional-intellektual sohalarining rivojlanishiga urg‘u beradi;