yozib tahlil qila boshlashlari, echimni endilikda to‘satdan emas, asosli ravishda topa boshlashlari kuzatilgan.
asming 90-yiIlarida psixologiyada “kognitiv ta’lim” yo‘nalishi paydo bo‘ldi. Mazkur yo‘nalish doirasida kognitiv ta’limning individual metod va uslublarini ishlab chiqish, tafakkur jarayonini faollashtirish, ijodiy qobiliyatlami diagnostika qilish, bolalar va kattalaming ijodiy qobiliyatlari, yashirin salohiyatlarini myobga chiqarish muammolari o‘iganiladi. Xorijiy psixologlar kognitiv taiim sohasida o‘zlarining asosiy e’tiborini mehnatga yaroqsiz, nogiron bolalar, savodsiz kattalaming taiim olishi uchun zarar boigan kognitiv qobiliyatlarini rivojlantirish masalasiga qaratadilar. Rus psixologlari ko‘proq oliy maiumotli, intellektual qobiliyati yuqori kattalaming ijodiy tafakkurini faollashtirish metodlari va maxsus texnologiyalarini ishlab chiqishga e’tibor beradilar.
Kognitiv taiim muammolari yaqin yillardan boshlab keng muhokama qilinayotgan boiishiga qaramay, ular o‘zining uzoq tarixiga ega. XX asming 20-yillaridayoq A.Binl tomonidan fanga “aqliy ortopediya” tushunchasi kiritilgan edi. Jismoniy ortopediya umurtqa pog‘onasidagi nuqsonlami to‘g‘rilaganday, A.Binlning fikricha, mental-aqliy ortopediya diqqat, xotira, idrok, aqliy qobiliyatlar, irodani to‘g‘rilash, rivojlantirish va mustahkamlashi kerakedi. Kognitiv taiim muammolari boshqa mashhur psixologlar J.Piaje, L.S.Vigotskiy, J.Braner kabilaming ham diqqatini tortgan. J.Piaje psixologiyaga “kognitiv stmktura” haqidagi g‘oyani olib kirdi. Uning fikricha, kognitiv strakturalar insonning nimani qila olishi va nimaga qodir boimasligini belgilab beradi. Mazkur strakturalar ongsizlikka tegishli boiib, ular tafakkurga muayyan yo‘nalish beradilar. Masalan, odam biror muammo yoki narsa haqida qanday fikrda ekanligini yaxshi bilishi mumkin. Ammo nega aynan shunday fikrda ekanligini anglamaydi. Aynan ongsiz kognitiv strakturalar fikrining muayyan yo‘nalishda bo‘lishini belgilab beradi.
L.S.Vigotskiyning izlanishlarida intellektual va affektiv jarayonlaming o‘zaro munosabatiga katta e’tibor berildi. Olimning fikricha, eng katta xato intellektual soha bilan affektiv sohani bir-
www.ziyouz.com kutubxonasi
biridan mustaqil hodisalar sifatida talqin etishdir. Affektiv soha bilan munosabatsiz tafakkur fikrlovchi insonning hayotiy qiziqishlari, intilishlari, mayllaridan ajralib qolgan avtonom oqimga aylanib qoladi. Natijada tafakkur inson hayotidagi hech narsani o ‘zgartira olmaydigan keraksiz narsaga aylanadi. L.S.Vigotskiyning quyidagi fikri uning bu boradagi asosiy g‘oyasini aks ettiradi: “Kimki awal boshidanoq tafakkumi affektdan ayirsa, u tafakkuming o‘rganish yo‘lini o‘zi uchun to‘sib qo‘ygan bo‘ladi”.
J.Bmner o‘z ilmiy qarashlarida ancha dadil g‘oyalami ilgari surgan. Uning taxminiga ko‘ra, har qanday fanni har qaysi yoshdagi bolaga samarali o‘rgatish mumkin. Bunda faqatgina har bir yosh bosqichida bola olamni o‘ziga xos tarzda ko‘rish va tushuntirishini etiboiga olish hamda o‘rgatiladigan narsani bolaning qarashlariga monand talqin etish talab qilinadi.
Demak bugungi kunga kelib kognitiv ta’lim masalasiga qiziqishning yanada kuchayishiga asosiy sabab ta’lim berish sohasidagi inqirozli vaziyatdir. Kognitiv taiim sohasidagi tadqiqotlar maxsus taiimiy dasturlar yordamida individning kognitiv faoliyatini takomillashtirish imkoniyatlarini o ‘rganishga yo‘naltirilgan. Mazkur taiim metodlarining asosiy maqsadi —intellektni rivojlantirish, ya’ni taiim olish uchun zarur barcha aqliy qobiliyatlar majmuasini takomillashtirishdir. Kognitiv taiim pozitsiyasiga ko‘ra insonning yoshi va awalgi tajribasidan qat’i nazar uning intellektini yanada oshirish va rivojlantirish mumkin. Kognitiv taiim nuqtai nazaricha, taiim jarayonining o‘zi uning natijasida hosil boiadigan bUimlardan ko‘ra muhimroqdir.