Bir so‘z bilan aytganda, psixologiya fanlarini o‘qitish jarayonini takomillashtirish uchun keng koiamdagi nazariy va empirik tadqiqotlar o‘tkazish talab etiladi
Bir so‘z bilan aytganda, psixologiya fanlarini o‘qitish jarayonini takomillashtirish uchun keng koiamdagi nazariy va empirik tadqiqotlar o‘tkazish talab etiladi.
20.2. Gumanitar fan sifatida psixologiya mazmunining o‘ziga xosligi va psixologiyani o‘qitish maqsadlari
Ta’lim maqsadi va o‘quv fanining mazmuni doimo o‘zaro bog‘liq boiadi. Fan mazmuni ta’lim maqsadini belgilab beradi.
Psixologiyani o ‘qitish maqsadlari gumanitar fan sifatida psixologiya mazmunining o‘ziga xosligi bilan belgilanadi. Ammo psixologiya har doim ham gumanitar fan sifatida talqin etilmaydi.
Ayrim o‘rinlaida u eng awalo, tabiiy yoki biosotsial fan sifatida ta’riflanadi. Albatta psixologiya o‘rganadigan hodisalaming barchasi muayyan tabiiy substratlar, ya’ni tuzilmalar bilan bogiiq. Biroq
psixik voqelikni o‘iganishning ko‘pchilik metodlari ijtimoiy fanlaming metodidir.
Gumanitar bilim — ilmiy bilimning alohida turi bo’lib, tabiiy bilimdan farqli ravishda uning diqqat markazida buyumlar emas, balki shaxslar, ular o‘rtasidagi munosabatlar, sub’ekt-ob’ekt tizimi emas, sub’ekt-sub’ekt tizimi turadi. Gumanitar bilimning ushbu xususiyatlaridan kelib chiqib, psixologiya mutaxassislarga va psixologiyani pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish uchun o‘iganayotganlarga o‘qitish maqsadini belgilab olish mumkin.
Psixologiyani o‘qitish maqsadi — turli hayotiy sharoitlarda odamlar bilan muloqot va munosabat qila olish uchun zarur bilimlar, metodlami nazariy hamda amaliy jihatdan egallash. Psixologik bilishning muhim xususiyati unda bUimlar va ular asosida amalga oshiriladigan harakatlaming birligi, nazariy va amaliy tomonlaming uyg‘unligidan iborat. Bilim va harakat birligi odamning boshqalar va o‘zini bUishga erishishi orqali ro‘yobga chiqariladi. Psixologiyani o‘qitish faqat boshqa odamlaming xulq-atvori, fikrlash tarzini o‘zgartmsh usuUarini o‘iganishga emas, ayni vaqtda insonga o‘zini o‘zgartirish usuUarini ham o‘igatishga yo‘naltiriladi. Albatta, umumiy maqsadga bir qancha xususiy maqsadlarga erishish orqaU etishUadi. Qolaversa, maqsadga erishish qo‘yUgan vazifalaming muvaffaqiyatli bajarUishiga ham bog‘Uq bo‘ladi.