2.4. Psixologning huquqlari Amaliyotchi psixologning o ‘qituvchilar, o‘quvchilar, ota-
onalar hayoti bo‘yicha muammolariga shaxsiy tajribasi bo‘lmay
turib, maslahat berishga haqqi bormi? Bu muammo birinchi
navbatda oilaviy hayot va oilada bolalami tarbiyalash ma-
salalariga tegishlidir. Bu masalani muhokama qilishda psixo
loglar anchadan
bed bahslashadilar va hali umumiy qarorga
kelishmadi.
Ba’zilar bu savol xirurg haqidagi: «Biror marta operatsiya
stoliga yotmasdan, operatsiya qilishga haqqi bormi?» — degan
savolga o ‘xshaydi, deyishadi. M a’lumki, tibbiyotda bunday
savol tug‘ilmaydi. Shuning uchun, psixologlaming birinchi gu-
ruhi, mutaxassis, amaliyotchi sifatida har xil yoshdagi insonlar
bilan turli muammolar bo'yicha ishlashni bilishi kerak, deb
hisoblaydilar.
Psixologning shaxsiy hayoti va shaxsiy tajribasining mav-
judligi yoki yo‘qligi katta ahamiyatga ega emas: muhimi bu
kasbiy mahorat (professionalizm).
Boshqa psixologlaming fikricha, amaliyotchi psixologning
shaxsiy hayotiy tajribasi muhim ahamiyatga ega, hech qanday
eng yuksak kasbiy mahorat va bilimlar bilan ham almashtirish
mumkin emas. Ulaming fikricha, nizolar va ulami boshqarish
usullari haqida o ‘n soatlik ma’ruzani eshitish mumkin, lekin
agar siz yaqin kishingiz bilan bo‘lgan nizoni boshdan ke-
chirmagan bolsangiz, munosabatlami buzmasdan amaliy hal
qila olmagan bo‘lsangiz, ish joyingizda nizolami boshqarishga
kirishmang. Bunda sizda faqat texnika va faqat kasbiy mahorat
namoyon bo‘ladi, sizning ichki dunyongiz, ruhingiz, sizning
boshdan kechirganlaringiz, sizning dardingiz boMmaydi. Shunday
qilib, kasbiy ishda texnika yoki shaxsiy tajriba bilan boshdan
kechirayotgan ichki dunyo, ruh — ikkisidan biri bo‘lishi kerak.
Nima uchun «va» so‘zini emas, yoki so‘zini ishlatish
kerak? Bizningcha, amaliyotchi psixologning kasbiy ishi —
bu kasbiy bilimlar va hayotiy tajribasidir. Birini ikkinchisidan
ajratish mumkin emas. Psixologik kasbda kasbiy bilimlar va
shaxsiy tajribasiz ish olib borish qiyin.
57