Z. T. M s h m o V a


sizga  yoqadigan 10 ta xislatini sanab o‘tasiz. Keyin er-xotin bir-  birlari



Yüklə 3,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/106
tarix09.09.2023
ölçüsü3,82 Mb.
#142202
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   106
Psixologik xizmat. Nishanova Z.T

sizga 
yoqadigan 10 ta xislatini sanab o‘tasiz. Keyin er-xotin bir- 
birlari 
bilan rasmlar va so‘zlar qatori bilan almashadilar. Dastlab 
Siz 
hayron qolish, kelishmovchilikni ifodalaysiz yoki kulimsiraysiz. 
Asosiysi, muhokamani darrov boshlamang. 15 daqiqagacha 
tanaffus 
saqlash kerak. Yaqin kishingiz nima uchun shunday 
chizganligini tushunishga harakat qiling. Keyin ikkinchi qog‘ozlami 
olib o‘qing va muhokama qiling.
Bu o ‘yinning maqsadi odatda oilada muhokama qilin- 
maydigan er-xotinlaming xulq-atvor va xarakterining ayrim 
jihatlari tahlil qilinadi, bu jihatlar o‘zaro bir-biridan qoniq- 
maslikka, jahlini chiqarishga, natijada bir-biridan uzoq- 
lashishga olib kelishi mumkin. Bir-biridan hissiyotlarini yashir- 
maslik muhim, о‘yin da do‘stona shaklda birgalikda muhokama 
qiling, bunda har bir turmush o ‘rtoq bir-biridan nim ani 
xohlashini vujudga kelgan begonalashishni yo‘qotish uchun 
o ‘zini qanday o ‘zgartirish zarurligini tushunish muhim. Muho­
kamani eringiz (xotiningiz)ning xulq atvori va xarakteridan 
sizga yoqadigan jihatlarini tahlil qilish bilan tugatasiz. Har 
bir turmush o ‘rtoq quyidagilarni aytadi: «Bizda ba’zi ke- 
lishmovchiliklar bo‘lishiga qaramay, siz erkaklar ichida eng 
yaxshisisiz, chunki ... ». Yoki erkak: «Siz ayollar ichida eng 
yaxshisisiz, chunki... ».
«Muammo 
o ‘yini». 
Agar oilaviy munosabatlar inqiroz 
holatiga tushib qolgan bo‘lsa, «Ajrashish kerakmi yoki birga 
yashash?», 
«Yashash kerakmi yoki yashash kerak emasmi?» 
degan 
muammoni hal qilishga shoshilmang. Bunday vaziyatda 
birinchi navbatda to ‘xtash va yaxshilab, obdan o‘ylab ko‘rish 
muhim. Muammoni yolg‘izlik orqali, ajrashish orqali yechish 
mumkin, deb o ‘ylamang. «Bir-biridan dam olishning» boshqa 
yo‘llari: masalan sayohat, biror haftaga ota-onanikiga borish, 
ertalabdan kechgacha ishda qolib ketish ham mumkin. Umu- 
man vaqtni cho‘zish muhim. Muammoingiz bir-biringizdan 
charchaganligingizning, umumiy hayotiy qoniqmaslikning, 
oilaviy hayotning bir xilligining natijasi ham bo‘lishi mumkin.
59


Faqatgina «bir-birlaridan dam olibgina qolmay» oilaviy 
o ‘yinlami o‘ynashlari ham mumkin. Bunday o‘yinlar turmush 
o ‘rtoqlariga ularni yoqimli qiladigan yangi jihatlarini ko‘rish 
imkonini beradi.
Qog‘oz olib rangli qalam yoki flamaster bilan alohida 
o‘tirib chap qo‘l bilan, aniq syujetsiz «Bizning muammo» degan 
rasmni chizing. «Chiroyli chizishga» harakat qilmang, muhimi 
muammoni qanday tushunganingizni, bu haqda qayg‘ura- 
yotganingizni yetkazish muhim. Rasmlar tayyor bo‘lganda, bir- 
galikda o‘tirib, ularni muhokama qiling.
— Rasmingizda nimani ifodalamoqchi edingiz?
— Rasm ning qayerida o ‘z «meningiz» va turm ush 
o ‘rtog‘ingiz "menini" joylashtirasiz?
— Nima uchun boshqa ranglami emas, xuddi shu rang- 
lami tanladingiz?
— Muammoni tushunishda qanday farqlar mavjud?
— Ikkingiz ham muammoning qanday umumiy xusu­
siyatlarini aniqladingiz?
— Bir-biringiz chizgan rasmda muammoni yechish bo‘- 
yicha qanday ijobiy intilishlami sezdingiz?

Yüklə 3,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin