Z. T. M s h m o V a


«Oilaviy kelishuv o‘yini»



Yüklə 3,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/106
tarix09.09.2023
ölçüsü3,82 Mb.
#142202
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   106
Psixologik xizmat. Nishanova Z.T

«Oilaviy kelishuv o‘yini». 
Tajribali oilaviy juftliklar ko‘p 
urinib ko‘rish va xato qilish yo‘li bilan, ko‘p janjallar va 
yarashishlar natijasida bir-biri bilan kelishish muhimligini 
anglashgan. Kelishuv vaziyati davlatlar orasida ham, er- 
xotin munosabatlarida ham urishga qaraganda yaxshiroq.
«Kelishuv» o‘yini uch bosqichdan iborat.
Birinchi bosqichda muhim muammo muhokama qilinadi. 
Muammoni obyektiv jihatdan umumiy ko‘rish muhim (Siz 
aybdor emassiz, bizda ana shunday muammo mavjud).
Ikkinchi bosqichda xonaning ikki burchagiga o ‘tirib 
quyidagi mavzular bo‘yicha 7 holatni yozib chiqiladi. «Bu 
muammoni yechish uchun turmush o ‘rtog‘imning nima 
qilishini xohlayman». Turmush o ‘rtog‘ingizga qo‘yiladigan talab 
iloji boricha aniq bo‘lishi kerak. Bunday ifodalardan qochishga 
harakat qiling: «U menga yaxshiroq munosabatda bo‘lishini 
xohlayman», «Munosabatlarimiz yaxshilanishini xohlayman», 
«Menga ko‘proq e’tibor berishini xohlayman» va hokazo.
60


Sizning fikrlaringiz taxminan quyidagicha bo‘lishi mumkin: 
«Наг kuni ertalab menga «Assalomu alaykum» deyishini 
xohlayman», yoki «Menga yoqadigan, sochlari tabiiy rangda 
bo‘lishini xohlayman".
Uchinchi bosqichda yonma-yon o ‘tirib 8 holatdan iborat 
umumiy kelishuvga keling. Bunda dastlabki to ‘rttasi eming 
xotiniga talablarini, keyingi to ‘rtta holat ayolning eriga bo‘lgan 
talablarini aks ettiradi. Aksincha bo‘lishi ham mumkin. Umumiy 
kelishuvni xonaning eng k o ‘rinadigan joyiga, m asalan 
oshxonada ovqatlanish stolining tepasiga osib qo‘ying. Bu 
kelishuvni tez-tez o ‘qib turing, muhokama qiling va u haqda 
o‘ylang.
Bunday kelishuv o £rtacha 3 — 4 oy devorda osig‘lig‘ turishi 
mumkin.
Maktabda o‘z-o‘zini qanday «topish» mumkin? 
Hozirgi 
vaqtda maktablarda, litsey va kollejlarda ikki yo‘l bilan amaliy 
psixologiyaga kelgan psixologlar ishlashadi. Birinchilari univer- 
sitetlaming psixologiya fakultetini bitirgan va ikkinchilari mak­
tabda m a’lum vaqt o ‘qituvchi bo‘lib ishlab, keyin amaliyotchi 
psixologlar fakultetini bitirgach, yana o‘z maktablariga psixolog 
sifatida qaytib kelganlar.
Bu ikki psixologlar guruhining qaysi biri mahsuldorroq 
degan savol tug‘iladi. Asosiy ma’lumotli psixologlar yaxshi kas­
biy bilimga egalar, psixologik metodlami yaxshi biladilar. Lekin 
ular maktab hayotidagi ishning barcha xususiyatlaridan xa- 
bardor emaslar.
Ikkinchi mutaxassislikni egallagan o'qituvchi psixologlar 
aksincha maktab va pedagogik amaliyot bilan yaxshi tanishlar, 
lekin psixologik bilim lar va psixologik ish ko‘nikm alari 
yetishmasligini his qiladilar.

Yüklə 3,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin