Z. T. M s h m o V a


Maktab psixologining individual yoki guruhiy ish usulini



Yüklə 3,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/106
tarix09.09.2023
ölçüsü3,82 Mb.
#142202
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   106
Psixologik xizmat. Nishanova Z.T

Maktab psixologining individual yoki guruhiy ish usulini
tanlashi. 
Albatta, maktabda ikkala usul bilan ham ishlashga 
to‘g‘ri 
keladi, lekin tanlash imkoniyati mavjud bo‘Isa, sizning 
individualligingiz uchun qaysi usul ko‘proq mos keladi, siz 
qaysi usulda kuchli ekanligingizni qanday tushunish mumkin.
30 yoshlardagi m aktab psixologi o ‘q itu v ch ilar va 
o ‘quvchilar bilan guruhiy treninglar o ‘tkazadi. U m um an 
treninglar muvaffaqiyatli o ‘tadi, lekin mashg‘ulotlardan so‘ng J 
kuchli charchoq sezadi, kasal bo‘lib qoladi. Uning fikricha, 
o‘zini yomon his qilishi ishi bilan bog‘liq. Nima uchun?
Haqiqatdan ham ayol psixologning fikri to‘g‘ri bo‘lib, unda 
hayotiy me’yorning pasayib ketishi u ko‘p shug‘ullanadigan 
psixologik ish usuli bilan bog‘liq. Kuzatishlardan m a’lum 
bo‘lishicha, «inson — inson» sohasida ishlaydigan mutaxas- 
sislarda, psixologiya ham ana shu fanlar sohasiga kiradi, 
individual yoki guruhiy ish usuliga layoqat mavjud bo'ladi.
Agar siz tabiatan guruhiy ishlarni yoqtirsangiz, char- 
chamasdan a’lo darajada m a’ruzalar o‘qiysiz, uzoq davom 
etadigan seminar va treninglar o ‘tkazasiz, individual mas- 
lahatlar bo‘lsa, sizda bir muncha qiyin kechadi, ko‘p energiya 
kuch talab qiladi. Agar siz individual ishga layoqatli bo‘lsangiz, 
faoliyatning guruhiy turlarini uncha yoqtirmaysiz. Mijozingiz 
bilan individual munosabatda bo‘lishni afzal ko'rasiz.
«Sizning individualligingiz» mashqi. 
«Psixolog-individual» 
va «psixolog guruhchilar» qanday xususiyatlarga ega degan 
savolga javob beramiz?
Guruhiy treninglarda muvaffaqiyat qozonasiz, agar siz:
— ochiq, serharakat inson bo‘lsangiz;
— nutqingiz yaxshi, o‘z fikrlaringizni oson va aniq bayon 
eta olsangiz, savollami to ‘g‘ri tushunib, ularga tez javob topa 
olsangiz;
— vaziyatni tez va aniq his qilsangiz, tez moslasha 
olsangiz, tez qaror qabul qila olsangiz;
— yuqori quwatga ega bo‘lsangiz, auditoriyani qiziqtira 
olsangiz, aktyorlik qobiliyatingiz mavjud bo‘lsa;
4 - 3 4
49


— guruh bilan besh kun qatorasiga 8 soatlab ishlay olasiz 
va bu sizni charchatmaydi, aksincha kundan-kunga «yonib», 
ishlashdan «huzur olasiz»;
— agar siz o ‘zingizni sevsangiz, o ‘zingiz haqingizda 
bemalol gapirsangiz, har qanday qiyin savolga javob bera- 
yotganda ham o‘zingizga qat’iy ishonsangiz, bahsga jon deb 
kirishib, unda har doim yengib chiqasiz;
— agar siz tashkilotchilik qobiliyatiga ega bo‘lsangiz va 
odamlami orqangizdan ergashtira olsangiz.
Individual maslahatlami yaxshi o ‘tkazasiz, agar siz:
— xotiijam, muvozanatli inson boMsangiz;
— sekin, muloyim gapirsangiz;
— suhbatdoshingiz kayfiyatidagi arzimas o‘zgarishni seza 
olsangiz, o ‘zingizni «ikkinchi darajali» deb hisoblab, uning 
individualligiga moslasha olsangiz;
— ishonch qozona oladigan, ochiq ko‘ngil, mehribon, 
«davolovchi» ko‘rinishingiz bo‘lsa;
— insonlar bilan suhbatlashganda, yaqinlik hissini yarata 
olsangiz. Bunda eng muhimi:
— shoshmaysiz, hamdard bo‘lib, jimgina tinglaysiz.

Yüklə 3,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin