Z. T. M s h m o V a


«Mening yaxshi kayfiyatim» mashqi



Yüklə 3,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/106
tarix09.09.2023
ölçüsü3,82 Mb.
#142202
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   106
Psixologik xizmat. Nishanova Z.T

«Mening yaxshi kayfiyatim» mashqi. 
Kayfiyatingizni 
ko‘tarish, qo‘rqinchli fikrlardan xolos bo‘lish, ishga psixologik 
tayyorlanish uchun nima ishlar qilasiz?
Ikkita toza qog‘oz oling. Birinchi qog‘ozga sizni bo‘- 
shashtiradigan, kuchsizlantiradigan, kayfiyatingizni tushi- 
radigan, ishga tayyor emasdek his qiladigan harakatlar, mash- 
g‘ulotlarni yozing. Hozir qancha yozolsangiz, barchasini yozing.
Masalan, siz faqat ikki harakatni yozdingiz. Hayotingizdagi 
qiyin harakat ikkitagina bo‘lsin.
Ikkinchi qog‘ozni olib, insonlar bilan muloqotda eng yoqimli 
bo‘ladigan 10 ta holatni yozing. Kim bilan bo‘lish sizga juda 
yoqadi, kim bilan birga bo‘lish yaxshi? Kim bilan birga bo‘lish 
qiziq, kim bilan birga bo‘lish quvonchli?
Siz dam oladigan 10 ta faoliyat turini ham yozib chiqing. 
Masalan: xonaki gullarni o ‘stirasiz, rasm chizasiz, to ‘qiysiz 
va hokazo.
Quyidagi savollarga javob bering.
— Sizga ichki qoniqish hissini beradigan mashg‘ulot bilan 
ko‘pincha shug‘ullanasizmi?
— Agar yo‘q desangiz, nima uchun?
— Sizga yoqimli b o lgan ichki energiyangizni, hayotiy 
tonusingizni ko‘taradigan mashg'ulot bilan shug‘ullanishga 
nima halaqit beradi?
0 ‘zingizga xulosa chiqaring, kasbingizda muvaffaqiyatli 
ishlashga tayyor bo‘ladigan, sizni faol kuchli bo‘lishingizga 
yordamlashadigan individual usullaringizni aniqlang. Shuni 
yodda tutish lozimki, psixologik o ‘ziga-o‘zi yordam berish 
mahsuldorligi o ‘zimizga bogMiq.
47


2.3. Psixologik kasbda qanday qilib
o‘z о ‘mini topish mumkin?
Psixologiya fakulteti talabalari va endigina maktabga 
kelgan psixologlarga ko‘p muhim savollar berishadi, bu sa- 
vollarga bir xil javob berish mumkin emas.
Psixologiyada individual maslahat berish yoki guruhiy 
treninglar o‘tkazish bilan shug‘ullanish yaxshimi?
— Ota-onalar o ‘qituvchi va o ‘quvchilar bilan muloqotda 
yumshoq bo‘lgani yaxshimi yoki qat’iy turgani yaxshimi?
— M enga ko‘proq qaysi psixotexnika to ‘g‘ri keladi: 
«geshtaltterapiyami, psixodrammami yoki tana terapiyasimi?
— Qaysi yosh davri bilan shug‘ullanganim yaxshi: kichik 
maktab o ‘quvchilari, o ‘smirlar, o ‘spirinlar?
— Qaysi muammoni tanlaganim yaxshi?
— 0 ‘zim bir necha m arta turm ushga chiqib, hozir 
ajrashib, yolg‘iz yashayotgan bo‘lsam, oilaviy juftlarga maslahat 
bera olamanmi?
— 0 ‘zimning bolalarim yo‘q bo‘la turib (bo‘lmasa ham 
kerak), ota-onalarga farzandlar tarbiyasi bo‘yicha masiahatlar 
bera olamanmi?
— Agar uyda turmush o ‘rtog‘im bilan doimo urishib, 
shaxsiy muammolami to ‘g‘ri hal qilishni bilmasdan turib, 
o ‘qituvchi va o ‘quvchilar orasidagi nizolar bo'yicha mas- 
lahatlar bera olamanmi?
— Sizda uyingizda, ishingizda hammasi joyidami?
Hozirgi vaqtda psixologlar kam bo‘lganligi uchun maktab
psixologi universal mutaxassis bo‘lishi va barcha ishlarni 
bajara olishi kerak. Har bir psixolog o ‘zining qobiliyatlari va 
individual psixologik xususiyatlari negizida o ‘zini kasbiy va 
shaxsiy aniqlashi, individual tanlash muammosini hal qilishi 
mumkin.
Tabiat va taqdir har bir insonga va har bir psixologga 
yuz, tana, ovoz, ruh, aql, hissiyot, xarakter, kuch ato 
qilganki, ularning bari har bir insonning «rang, tovush, ta’m 
va hid»ini, uning psixoenergetik muhitini tashkil qiladi. Psixolog
48


foydali va muvaffaqiyatli bo‘lishi uchun o‘zini «qo‘l ostidagi 
ish quroliday» bilishi kerak.

Yüklə 3,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin