Z. T. M s h m o V a


lasizmi,  bu murakkab muammo»,— deb javob beradi. Uzoq  davom



Yüklə 3,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/106
tarix09.09.2023
ölçüsü3,82 Mb.
#142202
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   106
Psixologik xizmat. Nishanova Z.T

lasizmi, 
bu murakkab muammo»,— deb javob beradi. Uzoq 
davom 
etgan suhbatdan so‘ng sekin asta ko‘p narsa tushunarli 
bo‘lib 
boradi.
3- portret. 
Maktabda sobiq o ‘qituvchi 
K.L. 
psixolog bo‘lib 
ishlay 
boshladi. U psixologik kursni bitirib kelgan. Maktabda 
psixolog 
nima ishlar qilishi kerakligini hali aniq bilmaydi. U 
o ‘z 
kuchiga ishonmaydi. Lekin u ochiq ko‘ngil, mehribon, 
hayotiy tajribaga boy.
4- portret. 
35 yoshli erkak kishi psixolog bo‘lib ishlaydi. 
Psixologiya fakultetini sirtdan tugatib, ikki yil oldin maktabga 
keldi. 
Ilgari qaysidir ilmiy tekshirish institutida injener bo‘lib 
ishlagan. Gapga chechan va kirishimli, hazilkash maktabga 
kelgan kunidan boshlab o ‘rta va yuqori sinf o‘quvchilari u 
bilan do‘stlashib olishdi, milliy kurash bo‘yicha to ‘garak tashkil 
qilishdi, turistik sayohatlarga borishdi. 0 ‘qituvchilar hayron: 
tanaffus 
va darslardan so‘ng psixolog xonasi oldida bolalar 
gavjum. 
Nima haqdadir bahslashishadi, musiqa tinglashadi. U 
hech kimni ataylab chiqarmaydi, o‘zi ham qiziqib bahslashadi, 
ko‘pchilik unga intiladi.
Siz kimni tanlashingizni aniqladingiz? 
Bo‘sh kvadrat ichiga 
muammoingiz bo‘yicha qaysi psixologga murojaat qilishingiz 
mumkin boisa, o ‘sha psixolog portreti raqamini yozing.
41


Nima uchun aynan shu psixologni tanlaganingizni muho- 
kama qilamiz?
Psixologik maslahatdan qoniqish hosil qiladigan sizning 
rasmiy iltimosingiz nima? Siz maktab psixologidan nima 
kutasiz?
Agar siz maktab psixologi sifatida yosh qizni (1- portret) 
tanlasangiz qanday bajarish, qanday harakat qilish, qanday 
qaror qabul qilish haqida maslahat berishga muhtojsiz. Sizning 
muammoingizni hal qilib, uni tahlil qilib, sizga yo‘l ko‘rsa- 
tishlarini xohlaysiz.
Muammoingizni mustaqil hal qila olmaysiz, bunga yetarli 
kuch va ishonchni his qilmaysiz, xato qilishdan qo‘rqasiz.
Agar siz 2- portretda tasvirlangan psixologni tanlasangiz, 
muammoingizni qanday yechishni ko‘rsatishlarini emas, uni 
muhokama qilishni xohlaysiz. Siz muammoli vaziyatning barcha 
nozik tomonlarini va qiyinchiliklami hisobga olgan holda tahlil 
qilishni xohlaysiz. Sizga qiyinchiliklaringizning obyektiv tahlili 
kerak, qaromi mustaqil qabul qilasiz.
Siz 3- portretda tasvirlangan psixologni tanladingiz. Sizga 
faqat hamdard bo‘lishlarini xohlaysiz. Sizni begonalashtir- 
masdan tinglashlariga umid qilasiz. Faqat tinglab, bosh chayqab 
qo‘yish emas, balki chin ko‘ngildan eshitib ruhan tushunib, 
yordam berishlarini his qilasiz.
Siz 4- portretda tasvirlangan psixologni tanladingiz. Sizning 
muammoingiz o‘smir o‘g‘lingizni tarbiyalash qiyinchiliklari bi­
lan bog‘liq. Siz psixolog bilan quyidagilarni maslahatlash- 
moqchisiz: farzandingiz bilan qanday qilib yaxshi munosabat 
o‘matish mumkin, unga qanday qilib ta’sir qilish mumkin? 
Quyidagi savollarga javob izlaysiz: nima uchun psixolog bolalar 
bilan kirishib ketgan, ular psixologning fikrini qadrlashadi va 
unga intilishadi? Nima uchun sizning farzandingiz bilan mu- 
nosabatingiz «boshi berk ko‘chaga» kirib qoldi?
42


Shunday qilib, siz muammoingiz bo‘yicha qaysi psixologga 
murojaat qilishni aniqlab oldingiz. Bu yerda maktab psi- 
xologlarining 4 portretigina tasvirlandi, hayotda ular xarak- 
teri, kasbiy mahorati bo‘yicha juda ко‘p. Siz qaysi psixologni 
maktabga chin dildan qabul qilasiz, qiyin hayotiy yoki kasbiy 
vaziyatlarda ishonch bilan murojaat qilishingiz mumkin? Bu 
haqda o‘ylab ko‘rsa arziydi.

Yüklə 3,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin