Z. T. M s h m o V a


SOS — bolalar qishloqchasining ish tajribasidan



Yüklə 3,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/106
tarix09.09.2023
ölçüsü3,82 Mb.
#142202
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   106
Psixologik xizmat. Nishanova Z.T

SOS — bolalar qishloqchasining ish tajribasidan
SOS — bolalar qishloqchasi — bu etim qolgan yoki ota- 
ona qarovisiz qolgan bolalar bilan ishlashning o ‘ziga xos usuli. 
Bu usulga avstriyalik pedagog German Gmayner asos solgan. 
Bugungi kunda u dunyoning 124 mamlakatida keng qo‘llanib 
kelmoqda.
SOS — bolalar qishloqchasi bir necha kottedj-uylardan 
iborat. Ularning har birida «опа» va 6 — 8 ta bola yashaydi. Bu 
bolalar yoki ota-onasidan etim qolgan yoki ularning ota-onasi 
ota-onalik huquqidan mahrum etilgan. Qishloqda hech kim 
ulardan haqiqiy hayotlarini va ularga «onalik» qilayotgan odam 
aslida onalari emasligini yashirmaydi. Bolalar qishloqchasidagi 
alohida uylarda onalaming yordamchilari — «xolalari» ham 
yashaydi. Ular dam olish kunlari, «опа» kasal bo‘lib qolganda 
yoki biror ish bilan uydan ketganda «опа» ning o‘mini bosadilar. 
Qishloqchani direktor boshqaradi. U qishloqchadagi alohida 
uyda oilasi bilan birga yashaydi. Direktorlik vazifasidan tashqari 
u qishloqchadagi barcha bolalarga ota va erkak kishining 
namunasidir. Albatta, qishloqchada boshqa erkak kishilar:
— 
direktor o'rinbosari, usta, haydovchi, xavfsizlikni ta’­
minlash xodimi ham bo‘ladi. Shu bilan birga qishloqchaning 
faoliyat ko‘rsatishida psixologning ishiga alohida e’tibor be- 
riladi. Psixolog ham bolalarga, ham «опа» larga, ham xo- 
dimlarga yaqindan yordam ko‘rsatadi.
Mehribonlik uylari psixologinig
shaxsiy fazilatlari
Mehribonlik uylari shunday tarbiyaviy muassasadir-ki
ularda ishlaydigan psixolog chuqur bilimlari bilan bir qatorda
34


ma’lum bir shaxsiy sifat va transportlarga ega bo‘lmog‘i lozim. 
Bunday xususiyatlar qatorida quyidagilar asosiy o ‘rin tutadi:
1. 
Bolani sevish. 2. Odamlarga bo‘lgan qiziqish. 3. Psixologik 
muvozanatni saqlay olish. 4. Qiyinchiliklarga bardosh berish.
5. Jamiyatda yashashni, ilm o ‘rganib, bilim berishni bilish. 6. 
0 ‘rganishni bilish. 7. Realizm, harnma narsaga reallik nuqtayi 
nazaridan qarash. 8. Bolalarga yoqishni bilish. 9. 0 ‘z-o‘zini 
yaxshi anglash va his etish. 10. Ichki kuch-quwatga ega bo‘lish.
11. Kirishimli bo‘lish. 12. Yaxshi salomatlikka ega bo‘lish. 13. - 
Bag‘rikeng va hazilkash bo‘lish.
O ta-onasi m ehridan m ahrum b o ‘lgan bolalar bilan 
ishlashga kirishishdan oldin psixolog o ‘zidan ana shu sifatlami 
qidirib ko‘rmog‘i lozim. Topsa — yaxshi! Topolmasa-chi? Unda 
izlansin. Albatta, ota-onaning chin mehriga bo‘lgan chanqoqni 
hech qanday sun’iy yo‘l bilan qondirib b o ‘lmaydi. Biroq 
psixolog bolalarning psixologik jihatdan normal rivojlanishini 
ta’minlashi kerak.
Turli tum an bolalar muassasalarida psixolog olib bo- 
radigan ishlaming mazmuni, ularga xos xususiyatlaming qisqa 
tahlili shuni tasdiqlaydiki, haqiqatdan ham psixolog faoliyati 
muassasa turiga ko‘ra farqlanadi.

Yüklə 3,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin