Z. T. M s h m o V a


Maktabgacha yoshdagi bolalar bilan olib boriladigan



Yüklə 3,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/106
tarix09.09.2023
ölçüsü3,82 Mb.
#142202
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   106
Psixologik xizmat. Nishanova Z.T

Maktabgacha yoshdagi bolalar bilan olib boriladigan
rivojlantiruvchi ishlar muammosi
Ko‘plab tadqiqotlar maktabgacha yoshdagi bolalar juda 
egiluvchan va ta’sirga beriluvchan ekanligini tasdiqlaydi. Bu 
davrda bolalar juda ko‘p narsani o‘zlashtirishi mumkin ekan. 
Ammo bolaning imkoniyatlari cheksiz emas, bola imko- 
niyatlari yosh va psixofiziologik xususiyatlar bilan chega- 
ralangan. Awalo shuni unutmaslik kerakki, bola bu davrda 
tez o ‘sayotgan bo‘ladi. Bolalar bilan ishlash dasturi ishlab 
chiqilar ekan, albatta, biror narsani qilish uchun ular qancha 
asab — psixik kuch sarf qilish ini ham inobatga olish kerak.
Masalan, 3 — 7 yoshli bolalarga erkin harakatlanish im- 
koniyati berilsa, u ko‘p harakatlar qilishi mumkin. Biroq u 
aniq harakatni bajarishga majbur etilsa, u tez toliqib qoladi. 
Demak, maktabgacha yoshdagi bolalar imkoniyatlaridan sa- 
m arali foydalanishning muhim sharti ular bilan ishlash
28


ehog‘ida qo‘llanayotgan usul va tarbiya shakllarining bolalar 
psixofiziologik xususiyatlariga mos bo‘lishidir. Ta’lim-tarbiya 
jarayoni asosan didaktik o ‘yinlar, turli xil amaliy va tasviriy 
faoliyat shakllarida o ‘tkazilishi maqsadga muvofiqdir. Bolalar 
bilan 
an’anaviy maktab darsi shaklida aslo ishlab bo‘lmaydi. 
Bolalar bog‘chada ta’lim olishlari uchun bu jarayon ularning 
tabiiy rivojlanishi bilan uyg‘un bo‘lishi kerak. Psixolog mash- 
g‘ulotidan maqsad bilim va ko‘nikma bilan qurollantirish emas, 
rivojlantirish ekanini unutmasligi kerak.
Psixolog rivojlantiruvchi ishlarining mohiyati shundaki, 
ular yordamida bolaning turli tum an bilish jarayonlari va 
shaxsiy xususiyatlari rivojlanishiga ijobiy turtki beriladi, ular 
takomillashtiriladi.
Psixolog ishining natijalari darhol namoyon bo‘lmaydi. 
Shu tufayli ko‘pincha tarbiyachi va ota-onalarning hafsalasi 
pir bo‘lib ketadi. Shuning uchun ota-ona va bog‘cha tarbiyachisi 
ongiga shuni yetkazish kerakki, psixologning ishi o‘qitish emas, 
balki rivojlantirish. Rivojlanish esa asta-sekin yuz beradi. Shu 
sababli bolaning rivojlanish jarayoni sezilmay o ‘tadi.
M aktabgacha yoshdagi bolalar bilan o ‘tkaziladigan 
rivojlantiruvchi ishlarning asosiy shakli o ‘yindir, chunki o ‘yin 
ushbu davrdagi yetakchi faoliyat sifatida bolaning psixik 
rivojlanishi uchun qulay sharoit yaratadi. Ayni vaqtda bola 
o‘yin davomida yangi bilimlami egallab boradi.

Yüklə 3,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin