Z. T. M s h m o V a


Ota-onalar va tarbiyachilarning psixologga murojaati



Yüklə 3,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/106
tarix09.09.2023
ölçüsü3,82 Mb.
#142202
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   106
Psixologik xizmat. Nishanova Z.T

Ota-onalar va tarbiyachilarning psixologga murojaati
So‘nggi yillarda mutaxassislar shunday fikrdaki, ota- 
onalaming psixologga qiladigan murojaati biroz o ‘zgarib, aniq- 
roq xarakter kasb etdi. Oxirgi paytlarda ota-onalaming amaliy 
psixolog yordamiga bo‘lgan qiziqishi ancha ortdi. Psixologning 
oldiga maslahat uchun keladigan ota-onalar sonining ortishi 
buni isbotlab turibdi. Ehtimol, ota-onalar sekin-asta bola xulq- 
atvoridagi k o ‘p narsalarga o ‘zlari sababchi ekanliklarini 
tushuna boshlaganliklari tufayli ularda psixologik xizmatga 
bo'lgan qiziqish ortib bormoqda. Balki psixologik xizmatning 
xalq ta’lim tizimida ommalashishi va ilmiy ommabop adabiyot- 
larning kocpayib borayotgani ularni o ‘z farzandiga bosh- 
qacharoq qarashga majbur qilayotgandir? Xullas, aytish 
mumkinki, psixologning yordamiga bo‘lgan ongli ehtiyoj asta- 
sekin bo‘lsa ham o‘sib bormoqda.
M aktabgacha tarbiya m uassasalarining psixologlari 
amaliyotida asosan ota-onalarning quyidagi bir necha gu- 
ruhdagi murojaati uchraydi:
25


1. Birinchi guruh murojaatlari «muammoli murojaat» 
emas. Ular bilish xarakteriga ega. Ota-ona bolaning psixik 
rivojlanishini nazorat qilish kerakligini tushunib, psixologga 
farzandlarinmg psixik va aqliy rivojlanish darajasini aniqlab 
berish iltimosi bilan murojaat qiladilar.
Bunday murojaatlarning ko‘payishiga shubhasiz, birin- 
chidan, so‘nggi yillarda respublikamizda maktabgacha yoshdagi 
bolalar muammolariga, umuman bolalarning salomatligiga 
alohida e’tibor bilan qaralayotgani; ikkinchidan, maktabgacha 
yoshdagi bolalikning inson shaxsi shakllanishi va aqliy 
rivojlanishidagi ahamiyati haqidagi ilmiy ommabop kitoblar, 
gazeta-jumallar maqolalari, maxsus ko‘rsatuvlarning ko‘pa- 
yib borayotganligi sababdir.
O ta-o n alar k o ‘pincha psixologdan bola norm al ri- 
vojlanayotganligini bilish uchun keladilar. Shuning uchun ular 
psixologning ta ’kidlarini, maslahatlarini odatda e ’tibordan 
chetda qoldiradilar. Ota-onalaming o‘z bolalari psixik rivojlanish 
darajasini aniqlashga bo‘lgan ishtiyoqi ortishining yana bir 
sababi ta’lim tizimining murakkablashishi, turli o‘quv muas- 
sasalari — litseylar, gimnaziyalaming paydo bo‘lishidir. Ta’lim 
tizim idagi o ‘zgarishlar ta ’sirida k o ‘plab o ta-onalar far- 
zandlarini ta ’limga ancha erta tayyorlab borish kerakligini 
anglay boshladilar. Shu tufayli bo‘lsa kerak, bolani 6 yoshdan 
maktabga berish muammosi bilan murojaat qiluvchi ota-onalar 
ancha ortdi. Psixologning bola 6 yoshdan maktabga borishi 
uchun uning qaysi bilish jarayonlarini rivojlantirish kerakligi 
haqida bergan maslahat va ko‘rsatmalari ota-onalar tomonidan 
ancha katta e’tibor bilan qabul qilinmoqda.
2. Ikkinchi guruh murojaatlari bolalarning qobiliyatlarini 
aniqlab berish yuzasidan boMadigan iltimoslaridan iborat. 
Xilma-xil qiziqarli to‘garaklar (musiqa, rasm chizish, ingliz 
tili va h.k)ning mavjudligi, buning ustiga ba’zi adabiyotlarda 
bolalarning qobiliyatlari 3 — 4 yoshdayoq malum bo‘ladi, degan 
malumotlar ota-onalami psixolog huzuriga yetaklamoqda. Psi­
xologning vazifasi bolani bu yoshda biror sohaga masalan
musiqa yoki matematikaga majburan intensiv o ‘qitishning 
salbiy oqibatlarini tushuntirib, bola uchun ayni damda har
26


tomonlama rivojlanish muhimligini ota-ona ongiga yetkaza 

Yüklə 3,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin