Pedagogik konsiliumda psixologning vazifasi — o‘quvchi
intellektual taraqqiyotini baholashda o‘qituvchilarga har xil
tomondan yondoshuvga yordamlashishdan iborat.
Pedagogik
konsilium imkoniyatlarini baholashda sub’yektivizmdan holi
bo‘lishga, ulami obyektiv baholash imkonini beradi.
Lekin, shuni ta’kidlash lozimki, o ‘qituvchilarda u yoki
bu o ‘quvchi haqida o‘z fikri bo‘ladi, bu fikrlami o‘zgartirish
juda qiyin. Shuning uchun konsilium natijasi foydali bo‘lishi
uchun psixolog unga jiddiy tayyorlanishi kerak. Psixolog
konsiliumda ishtirok etib quyidagi vazifalami amalga oshiradi:
1. Pedagogik jamoa o ‘quvchi
psixik va shaxsiy xarakte-
ristikalarini turli tomondan ko‘rsatish, bunda albatta ijobiy
kuchli tomonlarni ta’kidlash joiz. Kuzatish, suhbat,
psixo-
tashxis natijalariga asoslanib, o‘quvchi muammolarining kelib
chiqishi haqida isbotlangan farazlami keltirish zarur.
2. Har bir o ‘qituvchida o ‘quvchiga nisbatan
munosabatni
o ‘zgartirishga erishish zarur. Bu juda qiyin vazifa bo‘lib, uni
ehtiyotkorlik bilan hal qilish zarur, konsilium o ‘tkazguncha
sekin-asta boshlash kerak. Ko‘pincha o ‘qituvchi o ‘quvchiga
nisbatan fikrini o‘zgartirgisi kelmaydi. 0 ‘qituvchi bunda psixolog
nima haqida gapirayotganini tushunmaganligi uchun emas,
balki ongli ravishda o‘z hayotini
murakkablashtirgisi kelma-
ganligi uchun shunday qiladi.
3. Barcha o‘qituvchilarning o‘quvchi muammolarini, uning
shaxsi mohiyatini jamoa bo‘lib, tushunishlariga erishish. Faqat
ana shu holda o ‘quvchi foydasiga o'zaro
harakat qilishlariga
ishonish mumkin.
Shunday qilib, psixologik-pedagogik konsilium psixo-
profilaktik ishning muhim bosqichi hisoblanadi. Yuqori darajada
tayyorlangan konsilium — o ‘quvchilar, o ‘qituvchilar va butun
jamoaning rivojlanishiga yordam beradi.
Dostları ilə paylaş: