Z. T. M s h m o V a


Psixologik xizmat mahsuldorligining



Yüklə 3,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/106
tarix09.09.2023
ölçüsü3,82 Mb.
#142202
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   106
Psixologik xizmat. Nishanova Z.T

1.6. Psixologik xizmat mahsuldorligining
sharoitlari
Ta’lim-tarbiya jarayonida o‘quvchilarga individual yonda- 
shuv zarurligi hamma tomonidan tan olingan, lekin undan 
amalda kam foydalaniladi. Bunga maktabda o‘qituvchilaming 
bola haqida ko'p gapirishlari dalil bo‘ladi. Chunki maktabda 
o ‘quvchining qobiliyatlari, shaxsning asosiy xislatlari haqida 
chuqur va har tomonlama ma’lumot beradigan mutaxassis yo‘q.
Ta’lim-tarbiyadagi individual yondashuv, bolani bosh- 
qalardan ajratib alohida o‘qitishni bildirmaydi, balki shaxsning 
u yoki bu xislatlarining shakllanishida maxsus sharoitlarni 
hisobga olish, har bir o ‘quvchining individual psixologik 
xususiyatlarini ilmiy asosda tushunishni anglatadi.
15


Psixologiyada shaxsning individual xususiyatlari deganda 
bir shaxsni ikkinchi shaxsdan farqlaydigan xususiyatlar tu- 
shuniladi.
Individual yondashuvning vazifasi — rivojlanishning 
individual usullarini aniqlash, bolaning imkoniyatlarini har 
bir shaxsning faolligini ta ’minlashdan iborat. Bu nuqtayi 
nazardan olganda individual yondashuv faqatgina «tarbiyasi 
qiyin» bolalarga emas, barcha o ‘quvchilarga ham zarurligi 
tushunarli bo‘ladi. Kollej psixologlari bu usulni u yoki bu 
shaklda qo‘llaydilar, chunki bu ko‘zga tashlanib turgan qiyin- 
chiliklar bilan birgalikda, bola shaxsiy taraqqiyotining ba’zi 
yashirin nuqsonlarini ham topishga yordam beradi.
Bunday diagnostik ishning asosiy maqsadi — o ‘quvchi 
psixik taraqqiyotining umumiy holatini bilishdan iborat. Bunday 
ko‘p qirrali va to‘liq tashxis natijalari psixolog uchun ham, 
ota-onalar, o ‘qituvchilar uchun ham «tarbiyasi qiyin» bola 
bilan olib boriladigan tuzatish va rivojlantirish ishlarining 
yo‘llarini aniqlash imkonini beradi. Bu usul yutuqlar bilan 
birga kamchiliklarga ham ega.
Bu usulni qo‘llash juda ko‘p vaqtni olganligi uchun, uni 
amalga oshirishning har doim ham iloji bo‘lmaydi. Negaki, 
uzoq vaqt davomida nafaqat psixolog, balki «tarbiyasi qiyin» 
o ‘quvchi ham charchaydi, tekshiruvda ishtirok etishdan bosh 
tortadi, topshiriqlami o ‘zi sezmagan holda nomiga bajaradi. 
Tajribadan ma’lum bo‘lishicha, ayniqsa, og‘zaki metodikalar 
qanchalik to ‘liq bolm asin, qiyinchilik tug‘diradi. Bundan 
tashqari bunday metodikalar shaxsni to ‘liq xarakterlash uchun 
yetarli bo‘lmaydi.
Rasmiy iltimosga qanday munosabatda bo‘lish kerak? 
Kollej psixologi javob beradigan birinchi savol mana shu. 
Rasmiy iltimosga ikki xil munosabat, ikki xilma-xil ish uslubi 
mavjud.
Birinchisi, rasmiy iltimosga o ‘ziga xos bo‘lmagan javob 
qaytarishdir. Bu ikki usul bilan amalga oshiriladi.
Birinchidan, rasmiy talabga javob tarzida (uning maz- 
muniga bog‘liq bo‘lmagan holda) psixodiagnostik metodlar 
to ‘plami qo‘llaniladi.
16


Ikkinchidan, rasmiy talabga o ‘ziga xos javob qaytarishning 
usuli bo‘lib, mashhur amerikalik psixolog K.Rodjers psixologiya 
fani va amaliyotiga kiritgan psixologik ish to‘g‘ri hisoblanadi. 
Uning fikricha, «tarbiyasi qiyin» bola bilan ishlash uchun, 
rasmiy talabning mazmuni qiyinchiliklar sabablarini tushunishga 
teng, lekin bu muhim ahamiyatga ega emas. Bola shaxsini ri- 
vojlantiradigan shunday sharoit yaratish kerakki, bu sharoit 
uni xulq-atvoming salbiy shakllaridan voz kechishga va yangi 
ijobiy shakllarini yaratishga majbur qilsin.
Rasmiy iltimosga o ‘ziga xos bo‘lmagan javob qaytarishga 
teskari uslub — bu rasmiy talabga qat’iy mos tushadigan 
diagnostik metodikalarni tanlashdan iborat: masalan, yomon 
o ‘zlashtirish haqida shikoyat tushganda, birinchi navbatda 
bilish jarayonlarining taraqqiyoti tahlil qilinadi. Bunday tashxis 
o ‘zlashtirm aslik sabablarini aniqlay olmasagina, boshqa 
ko‘rsatkichlar qaraladi. Tashxis natijalariga mos ravishda, 
ko‘pincha trening turida amalga oshiriladigan tuzatish ishlari 
olib boriladi. Masalan, xotira kuchsiz rivojlanganda, uni 
maxsus mashq qildirish maqsadga muvofiq, ixtiyoriylik yetarli 
darajada rivojlanmaganda, uni shakllantirishning maxsus 
dasturlari kiritiladi.

Yüklə 3,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin