Ь
Bu bo‘limlar 2 — 3 kishilik xizmat xodimlariga ega boiishi
1 kerak. 0 ‘quvchilar soni 500 gacha bo‘lgan maktablarda 1 ta
» psixolog lavozimi belgilanadi. 0 ‘quvchilari 500 kishidan ortiq
*•'' kontingentdagi maktablarda har 500 o ‘quvchi uchun ikkinchi
psixolog lavozimi belgilanadi. Maktabgacha tarbiya muas-
sasalaridagi har bir bolalar muassasasida 1
shtat birligida
bolalar psixologi lavozimi belgilanadi.
Kollej va litseylarda har 250 o ‘quvchi uchun shtatli
psixolog lavozimi tayinlanadi. 0 ‘quvchilar soni 250 kishidan;
yuqori kontingentli hollarda har 250 ta o ‘quvchi uchun
qo‘shimcha psixolog shtati belgilanadi. Bu shtat birligi haqida
ma’lumotlar 1996 yilgi Nizomdan olingan.
1.9. Psixolog ishining bolalar muassasalariga
ko‘ra xususiyatlari
Psixologlaming ta ’lim tizimida faoliyat ko‘rsatib ke-
layotganlariga ancha bo‘ldi. Biroq hozirgacha ham ko‘pchilik
bu soha mutaxassislari ishiga biroz shubha bilan qarashmoqda..
Bunga m a’lum m a’noda psixologlaming o ‘zlari ham aybdor.
Ular o ‘z faoliyatlarining, o ‘z yordamining qanchalik muhim-
ligini, yosh avlodni barkamol insonlar qilib voyaga yetkazishda
ularning ishtiroki juda zarur ekanligini ko‘rsatib,
ifodalab bera
olmayaptilar. Buning asosiy sabablaridan biri, bizning fik-
rimizcha, psixologlaming o ‘z faoliyatida ta’lim-tarbiya muas-
sasalari xarakterli xususiyatlariga yetarlicha e’tibor bermayot-
ganliklari, muassasaning o ‘ziga xos xususiyatlariga moslasha
olmayotganliklaridadir.
Turli
yoshdagi, jinsdagi m a’lumot va e’tiqod darajasidagi
odamlar bilan psixolog bir xil usulda ishlab boMadimi? Turli
muassasa bu turlicha sharoit, turli muassasa — bu rivojlanishi
jihatdan turlicha bo‘lgan bolalar. Buning ustiga har xil shart-
sharoitdagi muassasalarda psixolog
yagona qolipga solingan
yo‘ldan borishi mumkinmi? Bizningcha, mum kin emas.
Shundan kelib chiqib, turli bolalar muassasalarida psixolog
olib boradigan ishning bir-biridan farqi, o ‘ziga
xos va tak-
rorlanmas xususiyatlariga e’tiboringizni qaratmoqchimiz. Biz
23
qisqacha tarzda psixologning maktabgacha tarbiya muas-
sasalarida olib boradigan ishlari, umumiy o'rta ta’lim mak-
tablarida va mehribonlik uylarining tarbiyalanuvchilari bilan
amalga oshiradigan ishlarning ayrim jihatlari haqida tobxtalib
o‘tamiz.
Dostları ilə paylaş: