Nazariy psixologiyada
amaliy psixologiya bilan bog‘liq
bo‘lmagan fikrlar kurashi davom etadi: eski nazariyalaming
barbod bo‘lishi va yangilarining shakllanishi, g‘oyalar, ilmiy
maktablar va yo‘nalishlarning bir-biriga qarshi chiqishi, tafak-
kuming yangi usullari va mantiqning vujudga kelishi, taraq-
qiyotning eski qonunlari ochilishi. Nazariy psixologiyada inson
psixikasi anotomik kesimlarda o ‘rganiladi, ya’ni psixologik
ko‘rinishining jarayonlari, funksiyalari turlari sifatida o ‘r-
ganiladi.
Nazariy psixologiya maktab amaliyoti ehtiyojlarini qon-
dirishga bevosita xizmat qilmasa-da, u jamiyatga shuning
uchun kerakki, unda inson tafakkuri kuchlarining o‘ziga xos
o‘yini sodir bo‘ladi. Nazariy psixologiya maktabga to‘g‘ridan-
to ‘g‘ri ta’sir ko‘rsatmasa-da, «maktab g‘oyalari»ning shaklla-
36
nishiga ta’sir etadi: o'quvchiga munosabat, ta’lim va tarbiya
konsepsiyalarini ishlab chiqish, maktabning boshqa jamoat
tashkilotlari bilan hamkorligi maktab ta’limi rivojlanadigan
yo‘nalish bo‘yicha jamiyatning diniy va milliy qadriyatlar
tizimini ishlab chiqish.
Experimental psixologiya
akademik institutlarda ko‘proq
insonning ruhiy hayoti haqidagi fikrlami yig‘ish va umum-
lashtirishga yo‘nalgan. Umuman, eksperimental psixologiyadagi
faktlami yig‘ish faqat amaliy ehtiyojlar uchungina emas, balki
nazariy psixologiyaning rivojlanishi uchun ham xizmat qiladi.
Eksperimental psixologiya hayot va amaliyotdan uzoq bo‘lgan
laborotoriya sharoitida o ‘rganiladi va nazariy g‘oyalarni
tasdiqlash uchun xizmat qiladi. Nazariy va eksperimental psixo
logiyada amaliyotdan uzoq bo‘lgan, fanga qiziqqan, aqli va
xarakteri o‘ziga xos bo‘lgan insonlar ishlaydi.
Amaliy psixologiya
bo‘lsa inson mehnat faoliyatining har
xil sohalariga xizmat qiladi, jumladan tibbiyot psixologiyasi,
pedagogik psixologiya, biznes psixologiyasi va hokazo. Amaliy
psixologiyaning har bir yo‘nalishida o ‘ziga xos usullari
mavjud. U yoki bu mehnat turida ish olib boruvchi psixolog
uning o ‘ziga xosligi va atamalari bilan tanish bo‘lishi kerak.
Masalan, pedagogik psixologiya sohasida ishlaydigan psixolog
maktab o ‘qituvchisi mehnatidan chuqur xabardor bo‘lishi,
qiyinchiliklari va muammolarini bilishi, maktab hayotini,
o ‘quvchilarni yaxshi bilishi zarur. Amaliy psixologning mu-
vaffaqiyatli ish olib borishida pedagogik jamoaga qo‘shila olishi
va u lar to m o n id an ijobiy qabul qilinishi m uhim omil
hisoblanadi.
Psixologiyadagi psixopraktika yo‘nalishi hayotimizda har
doim mavjud bo‘lgan, so‘nggi vaqtlarda bu yo‘nalishga qiziqish
ortdi. Bu insonning ruhiy holatini boshqarishga, uning ruhiy
kuchlarini takomillashtirishga va rivojlantirishga psixotexnik
mashqlar tizimi bilan bog‘liq. Respublikamizda sharq psixo-
praktikasi hamda g'arbda yaratilgan va moslashtirilgan psixo-
terapevtik dasturlar (geshtaltterapiya, psixodramma, transakt
tahlili, neyrolingvistik dasturlash va boshqalar) keng tarqalgan.
37
Psixopraktika har bir turining asosida inson hayotiga yaqin
bo‘lgan holat ma’lum konseptual tamoyillar tizimi yotadi va
ular muallifning shaxslararo munosabati va hayotni kuzatishlari
asosida sodda shaklda bayon etiladi.
Asosiy muammo bo‘lmish «Maktabga qanday psixologiya
kerak?» degan savolga to‘xtalamiz. Psixolog maktabga ko‘proq
foyda keltirishi va murakkab, hayotiy vaziyatlarda o‘qituvchilar,
o‘quvchilar va ota-onalarga yordam bera olishi uchun qanday
kasbiy pozitsiyani egallashi kerak?
Bu haqda birgalikda o ‘ylab ko‘ramiz. Tasawur qiling,
maktabga nazariyotchi, akademik psixolog yoki tadqiqotchi
psixolog keldi. Qanday holat yuz beradi? Nazariyotchi psixolog
t a ’lim va tarbiyaning m avhum , nazariyaga asoslangan
konsepsiyasini yaratadi, maktabda seminarlar tashkil qiladi,
har bir o ‘qituvchiga o‘qib chiqish uchun ilmiy adabiyotlaming
uzun ro‘yxatini tavsiya etadi, pedagogik jamoaga murakkab
nazariy m a’ruzalar o ‘qiydi. K o‘p o ‘tm asdan nazariyotchi
psixolog «oliy psixologiya»ga befarq bo‘lganligidan o ‘qituv-
chilardan xafa bo‘ladi, o ‘qituvchilar bo‘Isa sekin asta psixolog
bilan muloqotdan qocha boshlaydi, chunki ular bu «oliy psi
xologiya» o ‘qituvchi mehnatiga tegishli emasligini tushunadilar.
Nazariyotchi psixologning maktabni kichik psixologiya institutiga
aylantirishga urinishi muvaffaqiyatsizlikka uchraydi.
0 ‘qituvchilar maktabga psixologiya kerak emas, degan
xulosaga keladilar. Psixologlar bo‘Isa psixologik g'oyalami taig‘ib
qilishga hali maktab tayyor emas, degan xulosa chiqaradilar.
Bu vaziyatda nazariy psixologiya va maktab o ‘rtasida
bog‘lanish bo‘ladi. Boshqa vaziyatni qarab chiqamiz.
Maktabga psixolog ishlash uchun keldi. U o‘zining «ish-
chi muammosini» tanlaydi, tadqiqot obyektini aniqlaydi,
tajriba qiladi, murakkab diagnostik metodikalami va boshqa
metodikalarini qo‘llaydi, eksperimental material yig‘adi, ulami
qayta ishlaydi va jumalga maqola yozadi. Ko‘pincha o‘quvchilar
va
0
‘qituvchilar ishtirok etgan tatqiqot ishlari haqida m a’lumot
berilmaydi. Agar psixolog tadqiqot natijalari bo‘yicha maktabda
m a’ruza qilsa-da, ko‘proq «taraqqiyot darajalari, tadqiqot
38
metodlari», «korreksion bog‘lanishlar» haqida to ‘xtalib o‘tadi.
Bunday tahlilda o‘qituvchilar o ‘zlari haqida hech narsa bilib
olmaydilar.
Psixolog o ‘qituvchilar va o‘quvchilar bilan shaxsiy aloqa
o ‘rnatmaydi. Natijada o ‘quvchilar va o ‘qituvchilar turli tadqi-
qotlarda ishtirok etishdan qocha boshlaydilar, chunki ular
bularning bari o ‘quvchilarga yoki maktab m a’muriyatiga
kerakligini tushunadilar. Ular: «Biz inson sifatida psixologga
kerak emasmiz. Biz unga faqat tajriba o ‘tkazish uchun k@-
rakmiz»,— deya boshlaydilar. Keyin nima bo‘lishi mumkin?
Oxirida psixolog bu maktabdan ketadi, eksperiment o ‘tka-
zishga qulayroq boshqa maktabni izlaydi: uning faoliyati
kengayib boradi, maktablar bo‘yicha qiyosiy tahlil qilish
uchun imkoniyatlar kengayadi.Maktabga qanday psixolog
kerakligi haqidagi savol hamon ochiq qolmoqda. Eksperi
mental psixologiya ham, sof nazariy psixologiya ham mak
tabga kerak emas.
Qanday psixologiya maktabda «yashab» ketadi? Qanday
psixologiyani maktab o ‘zining yaxshi yordamchisi sifatida
quloch ochib kutib oladi?
Maktabga pedagogik professional sohaga xizmat qiladigan
amaliy psixologiya yo‘nalishi hisoblanmish, amaliy pedagogik
psixologiya kerak. Psixologiya tavsiyalari, yordami, qoilab-
quvatlashi bilan o ‘qituvchilar va o‘quvchilaming hayotiga to‘liq
kirib borishi kerak. Sinflaming bo‘linishi, dars jadvalini tuzish,
o ‘quvchilarga individual yondashuv, ta’lim, o ‘quvchi va o ‘qi-
tuvchilaming shaxsiy muloqoti, bolalarning qobiliyatlarini
baholash, korreksion ishlar, maktabdagi nizolar va ularni
boshqarish, ota-onalar bilan suhbat va boshqa ko‘pgina sa-
vollami psixolog hal qilishi lozim. Bulardan tashqari,
0
‘qi-
tuvchi mehnatining juda og‘irligi va o‘quvchilarda m a’lum
his-tuyg‘ularning mavjudligi sababli maktabda psixoprak-
tikaning u yoki bu texnikasi — o ‘qituvchilar va o‘quvchilaming
ish qobiliyatini oshirishi uchun, reaksiya (charchoq va
qo‘rqinch holatlarini yo‘qotish) mashqlarini qo‘llash darkor.
39
Maktab psixologi — bu o‘qituvchilar bilan chiqisha ola-
digan, pedagogik jamoa tomonidan tan olingan, ota-onalar
va o‘quvchilar orasida kasbiy obro‘ga ega bo'lgan psixolog
amaliyotchidir. Unga maktab hayoti yaqin va tushunarli, u
ko‘pgina psixologik-pedagogik jamoalar bilan shug‘ullanishga,
psixodiagnostik va psixokorreksion ish usullarini egallashga
tayyor. Boshqacha aytganda, maktab psixologi bu har
tomonlama etuk va bilimli inson.
Agar psixolog nazariyotchi — psixologlaming semi-
narlariga doimo qatnashib, turli xil psixologik assotsiatsiyalarga
a’zo bo‘lsa, bulaming bari uning mutaxassis sifatida o'sishiga,
maktab hayotidagi odatiy faktlarga yangicha qarashning shakl-
lanishiga olib keladi. Maktab psixologi nashr qilingan ishlami
o ‘qib, eksperimental tadqiqot natijalari bilan qiziqib tanishishi
mumkin. Maktab amaliyotiga yaqin faktlarni bilish dunyo-
qarashni kengaytiradi, maktabdagi ishlami va o ‘z muvaffa-
qiyatlarini to‘g‘ri baholash imkoniyatini beradi.
Shunday qilib, psixologiya maktabga kerak. Qanday psi
xologiya degan savol tug‘iladi? Turli psixologiya sohalaridan
maktabda amaliy psixologiya va psixopraktika ko‘proq kerak.
Nazariy va eksperimental psixologiya maktabga emas, maktab
psixologiga mutaxassis sifatida o‘sishi uchun kerak.
Dostları ilə paylaş: |