keltirilgan. Agar tanlash imkoniyati mavjud bo‘lsa, ular
yuqorida tavsiflangan qaysi psixologni tanlashardi.
«— Men boshlang‘ich sinf o ‘qituvchisiman. Turmush o ‘r-
tog‘im bilan kelishmovchilik paydo b o ig u n ch a, menda
hammasi yaxshi edi. M ening doimo bolalar haqida qay-
g‘urishimni, turmush o‘rtog‘im yoqtirmasdi. Ba’zan
nima qi-
lishni, maktabga borishni ham, uyda qolishni ham, umuman
yashashni ham istamayman».
Bu ayol qaysi psixologni tanlagan bo‘lar edi (psixologik
portret raqamini ko‘rsating)? U nima uchun aynan shu psi
xologni tanlaganini tushuntirib bering? 0 ‘z fikringizni asoslang.
«— M ening ismim Sarvar, 7 «А» sinfda o ‘qiyman.
0 ‘qituvchi meni yomon ko‘radi? Men Sardorga o‘girildim!
Daftarim bilan Ozodani turtdim! Uy vazifalarini bajarmadim!
Kundalik daftarimni uyda unutib qoldiribman.
Sinfda hamma
kundalik daftarini qoldirgan, u faqat mendan so‘raydi! Meni
doimo ahmoq deb ataydi! Hammasi jonga tegdi! Darsga borgim
kelmaydi».
Bu yigit o ‘z xohishiga ko‘ra qaysi psixologga boradi? (ixti-
yoriy, sinf rahbarining ko‘rsatmasini kutmasdan) Sizningcha
nima uchun? «Gulmira aqlli va juda chiroyli qiz! U hamma
ishni bajara oladi: toza qilib supuradi,
dazmol qiladi, darslarini
qiladi. Ota-onasi so‘zini ikki qilmaydi.
0 ‘qituvchisi bo‘lsa, uni yoqtirmaydi! Turmushga chiq-
magan o ‘qituvchi Gulmiraga yomon baholar qo‘yadi! Biz hatto
turmush o ‘rtog‘im bilan direktorga ham bordik, nafi bo‘lmadi.
Endi bunday davom etishi mumkin emas. Qizimni boshqa
maktabga o‘tkazishga qaror qildik!».
Bu ota-onalar qaysi psixologni tanlaydilar?
Sizningcha, ular qaysi psixologga m aslahat uchun
murojaat
qilishsa, foydali bo‘lardi?
Siz nim a uchun shunday deb o ‘ylaysiz? Fikringizni
asoslang.
Shunday qilib, psixologning o‘z kasbidagi mahorati, ishni
boshlashda va keyin davom ettirishda eng asosiy muammo
44
hisoblanadi. Psixologning maktabdagi
faoliyatining muvaf-
faqiyati shaxsiy va kasbiy o‘zini aniqlashiga bog‘liq: kasbiy
yordamning mahsuldorligi maktabda kasbiy obro‘ga ega
bo‘lishga hamda o‘zining maktabga, o‘qituvchilarga, bolalarga,
ota-onalarga kerakli ekanligini his qilishga bog‘liq.
Amaliy psixologning shaxsiy va kasbiy o ‘zini aniqlashi
yillar davomida hayotiy va kasbiy tajribaning to‘planishi, o ‘z
imkoniyatlarini sinab ko‘rish, ichki yetuklik va yutuqlar bilan
quvonish, xato va kamchiliklardan o‘kinish hissi bilan amalga
oshadi.
«Psixologiya qirq yoshlilarning kasbi!» —
deb bejiz
aytishmaydi.
Dostları ilə paylaş: