Z. Z. Miryusupov, J. X. Djumanov


uzatishda esa LLC sathi, MAC  sathidan tarmoq orqali kelgan  kanal sathi kadrini



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/55
tarix28.11.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#168638
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   55
Kompyuter-tarmoqlari.Z.Z.MiryusupovJ.X.Djumanov.

 
uzatishda esa LLC sathi, MAC 
sathidan tarmoq orqali kelgan 
kanal sathi kadrini
 
qabul qilib oladi. 
LLC sathining ikkinchi asosiy vazifasi
 
– so„ralgan darajadagi 
ishonchlilik bilan kadrlarni manziliga etkazib berishdir. LLC protokoli 
kadrlarni etkazib berishning bir necha xil rejimlarini ta‟minlay oladi. Bu 
rejimlar kadrlarni uzatish davomida, ular yo„qolib qolganda yoki xato 


113 
uzatilganda tiklash muolajalarining bor yoki yo„qligi bilan bir-biridan 
farq qiladilar.
LLC sathi yuqori sath protokollariga 
uch xildagi transport 
xizmatini
amalga oshirib berish imkoniyatiga egadir: 
1. 
LLC1
xizmati – 
ulanish hosil qilmasdan turib
ma‟lumotlarni 
uzatuvchi xizmat. Ushbu xizmat turida ma‟lumotlarni etib borganligini 
tasdig„ini olish amalga oshirilmaydi. LLC1 xizmati foydalanuvchiga 
ma‟lumotlarni uzatishda kam xarajatlar talab qiladigan vositalarni 
qo„llash imkoniyatini beradi.
2. 
LLC2
xizmati – foydalanuvchiga har bir ma‟lumotlar blokini 
uzatishdan avval, 
mantiqiy ulanish
 
imkonini beradigan xizmatdir. Agar 
talab qilinadigan bo„lsa, ushbu ulanish chegarasida xatoliklardan so„ng 
ma‟lumotlarni tiklash va bloklar oqimini tartibga solish muolajalari 
bajariladi. Ma‟lumotlarni ishonchli etkazib berishni ta‟minlash uchun 
LLC2 protokoli surilib yuruvchi oraliq algoritmdan foydalanadi. 
3. 
LLC3
xizmati – 
ulanishni hosil qilmasdan turib
 
ma‟lumotlarni 
uzatuvchi xizmat. Ushbu xizmat turida LLC1 xizmatidan farqli ravishda, 
ma‟lumotlarni etib borganligini 
tasdig‘ini olish
 
amalga oshiriladi.
LLC sathining yuqorida keltirilgan uchta rejimining qaysi biridan 
foydalanish, yuqori sath protokoli tomonidan qo„yiladigan talablarga 
bog„liqdir. LLC sathiga qaysi transport xizmatidan foydalanish kerakligi 
haqidagi axborot, sathlararo interfeys orqali apparat adresi va 
foydalanuvchining ma‟lumotlaridan iborat paket bilan birga uzatib 
beriladi. Masalan LLC sathidan yuqorida IP protokol ishlayotgan bo„lsa, 
u har doim LLC1 xizmatidan foydalanishni so„raydi, negaki TCP/IP 
stekida ma‟lumotlarni ishonchli etkazib berish vazifasini TCP protokoli 
ta‟minlab beradi.
MAC sathi va uning vazifalari.
MAC sathining asosiy vazifalari 
quyidagilardir: 
1.Birgalikda foydalaniladigan muhitga ulanishni ta‟minlash. 
2.Fizik sathning bajaradigan vazifalari va qurilmalardan foydalangan 
holda, bog„lamlar, ya‟ni - kompyuterlar, stansiyalar, kommutatorlar, va 
marshrutizatorlar o„rtasida kadrlarni uzatib berish.
Birgalikda foydalaniladigan muhitga ulanishning quyidagi uchta 
asosiy usuli mavjud:
- tasodifiy ulanish usuli; 
- tasodifiy bo„lmagan ulanish usuli; 
- so„rovlar algoritmiga asoslangan ulanish usuli. 


114 
Ulanish usullarining qaysinisi qo„llanilishidan qat‟iy nazar, MAC 
sathi tomonidan kadrlarni uzatish bir nechta bosqichlarda amalga 
oshiriladi: 
1-bosqich. 
Kadrni shakllantirish bosqichi.
Ushbu bosqichda yuqori 
sath protokolidan olingan axborot asosida kadrning tashkil etuvchi 
qismlarini to„ldirish amalga oshiriladi. Olingan axborot tarkibiga – 
ma‟lumotlar yuborilayotgan va yuborayotgan kompyuterlarning 
adreslari, foydalanuvchining ma‟lumotlari va yuqori sath protokolining 
belgilari kiradi. Kadr shakllantirilib bo„lingandan so„ng, MAC sathi 
kadrning nazorat qilish summasini hisoblab chiqaradi va uni ham kadr 
tarkibiga joylashtiradi. 
2-bosqich. 
Muhit orqali kadrni uzatish bosqichi.
Kadr shakllantirilib 
uzatish muhitiga ulanish uchun ruxsat olingandan so„ng, MAC sathi 
kadrni fizik sathga uzatadi. Fizik sath kadrning qismlarini bitma-bit 
ma‟lumotlarni uzatish muhiti orqali uzata boshlaydi. Fizik sath 
vazifalarini tarmoq adapteri bajaradi. U kadrning baytlarini ketma-ket 
uzatiladigan bitlarga aylantiradi va ularga mos elektr yoki optik signallar 
yordamida kodlaydi. Uzatilgan signallar, ma‟lumotlarni uzatish muhiti 
orqali, qabul qiluvchi kompyuterning tarmoq adapteriga kelib tushadi. 
Ushbu adapter esa, avvalgi jarayonga teskari bo„lgan jarayonni amalga 
oshiradi, ya‟ni signallarning kodlarini baytlarga aylantiradi. 
3-bosqich. 
Kadrni qabul qilish bosqichi
. Tarmoqqa ulangan har bir 
kompyuterning MAC sathi, unga kelib tushgan kadrdagi, ma‟lumot 
yuborilgan kompyuter adresi qismini tekshirib ko„radi, agar u o„zining 
adresi bilan mos tushsa, kadrni ishlashni, ya‟ni uni qabul qilib olishni 
davom ettiradi, aks holda kadrni ishlash, ya‟ni uni qabul qilish 
to„xtatiladi. Kadr to„liq qabul qilib olingandan so„ng, uning nazorat 
qilish summasi hisoblanadi. Agar nazorat qilish summasi to„g„ri chiqsa, 
kadr MAC sathi orqali, undan yuqorida joylashgan sathga uzatiladi. 
Agar nazorat qilish summasi to„g„ri chiqmasa, ya‟ni ma‟lumot muhit 
orqali uzatilganda noto„g„ri etib kelgan bo„lsa, kadr e‟tiborga olinmaydi 
(tashlab yuboriladi). Bunda ma‟lumotlarni uzatish paytida xatolik sodir 
bo„lgan bo„ladi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin