Z. Z. Miryusupov, J. X. Djumanov


Tarmoq sathida ma’lumotlar almashinish jarayonini



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/55
tarix28.11.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#168638
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   55
Kompyuter-tarmoqlari.Z.Z.MiryusupovJ.X.Djumanov.

 
5.3.Tarmoq sathida ma’lumotlar almashinish jarayonini 
tashkil qilish 
Tarmoq abonentlarini, ya‟ni foydalanuvchilarning kompyuterlarini, 
serverlarni, telefon apparatlarini va boshqa qurilmalarni 
tranzit 


115 
bog‘lamlar tarmog‘i orqali bog‘lash 
– 
kommutatsiya 
deb ataladi. 
Tranzit bog„lamlar tarmog„i, 
kommutatsion tarmoq
ham deb ataladi (5.6-
rasm). Ma‟lumot yuborgan abonentdan, ma‟lumotni qabul qiluvchi 
abonentgacha bo„lgan bog„lamlar ketma-ketligi – 
marshrut
deb ataladi. 
Masalan: 5.6-rasmda keltirilgan tarmoqda 2-nchi va 4-inchi abonentlar, 
o„zaro to„g„ridan-to„g„ri ulangan emaslar. O„zaro ma‟lumotlarni 
almashinishda, tranzit bog„lamlardan foydalanishga majburdirar. 
Bunday tranzit bog„lamlar sifatida, 1 va 5 bog„lamlardan foydalanish 
mumkin. Bunda 1 bog„lam ma‟lumotlarni o„zining A va B interfeyslari 
orqali o„tkazib berishi kerak bo„ladi. Bu vaziyatda 2-1-5-4 ketma-ketlik 
marshrut hisoblanadi. 2 - axborot uzatgan abonent, 1-5 - tranzit 
bog„lamlar va 4 - axborotni qabul qiluvchi abonent. 
 
5.6-rasm. Kommutatsion tarmoq. 
Tarmoq sathida ma‟lumotlar almashinish jarayonini tashkil 
qilishda echilishi kerak bo„lgan 
kommutatsiyalash masalasini, 
o„zaro 
bog„liq bo„lgan quyidagi xususiy masalalar ketma-ketligi ko„rinishida 
ifodalash mumkin: 
1.Marshrutini belgilash talab qilinidigan axborot oqimlarini aniqlash. 
2.Oqimlarni marshrutlash. 


116 
3.Oqimlarni harakatlantirish, ya’ni oqimlarni anglay bilish va ularni 
har-xil tranzit bog‘lamlarda lokal kommutatsiyalash. 
4.Oqimlarni multeplekslash va demultiplekslash. 
1.Marshrutini belgilash talab qilinidigan axborot oqimlarini 
aniqlash. 
Bitta tranzit bog„lamdan, bir-nechta marshrutlar o„tishi 
mumkin. Masalan: 5-bog„lamdan, 3,4 va 10 abonentlarga keladigan va 
ulardan chiqib ketadigan oqimlar o„tadi. Tranzit bog„lam unga kelib 
tushadigan oqimlarni kerakli yo„nalishda uzatib bera olishi uchun, ularni 
anglay bilishi
kerak bo„ladi.
 
Umumiy tarmoq trafigidan, uni ajrata olish yoki anglay bilish 
imkonini beradigan, 
umumiy belgilar
to„plami bilan birlashtirilgan 
ma‟lumotlarning uzluksiz ketma – ketligi 
axborot oqimi
yoki 
ma’lumotlar oqimi
deb ataladi. 
Masalan, bitta kompyuterdan kelib tushayotgan ma‟lumotlarni – 
oqim deb qarashimiz mumkin. Bunda ularni birlashtiradigan belgi 
sifatida, shu kompyuterning adresini ko„rsatishimiz mumkin, ya‟ni oqim 
xosil bo„layotgan nuqtaning adresini. Xuddi shu ma‟lumotlarni, bir-
nechta kichikroq oqimlar bo„laklaridan iborat oqim ko„rinishida ham 
tasavvur qilishimiz mumkin. Oqimning bo„laklaridan iborat bo„lgan 
nisbatan kichikroq oqimlar, har-xil tarmoq ilovalari tomonidan hosil 
bo„lishi mumkin. Masalan, elektron pochta ma‟lumotlari oqimi, 
fayllardan nusxa olishda xosil bo„ladigan oqim. 
Oqimni 
hosil 
qiladigan 
ma‟lumotlar 
ketma-ketligini 
ma‟lumotlarning turli xil axborot birliklari – 
kadrlar, paketlar yoki 
yacheykalar
ko„rinishida ifodalash mumkin. 
Kommutatsiyalashda ma‟lumotlar etib borishi kerak bo„lgan 
adres
asosiy belgi
 
hisoblanadi. Tranzit bog„lamga kelib tushgan oqim, ana shu 
belgi asosida ajratilib, har-biri o„sha ma‟lumotlarni harakatlantirish 
marshrutiga mos interfeyslar orqali o„z manziliga etkaziladi. 
Oqimning begilari
 
global
yoki 
lokal 
ahamiyatga ega belgilari 
guruhiga bo„linadi. Masalan: ohirgi bog„lamlar, ya‟ni ma‟lumotlarni 
uzatayotgan va qabul qilayotgan 
abonentlar
adreslari,
global belgi 
hisoblanadi. Oqimlarni bog„lamlarda yo„naltirish uchun xizmat 
qiladigan 
interfeyslarining raqamlari
(A, B, C,... F) esa, lokal belgilar 
hisoblanadi.
 
Oqimning metkasi
(tamg„asi) – bu esa belgining o„ziga xos 
xildir. U oqimning barcha bo„laklari o„zlari bilan olib yuradigan 
biron-
bir raqam
ko„rinishida bo„ladi. Oqimga tayinlagan global metka, oqim 
manziliga etib bormaguncha o„z qiymatini o„zgartirmaydi. Ba‟zi 
texnologiyalarda oqim bir bog„lamdan, boshqa bog„lamga o„tganda 


117 
o„zining qiymatini dinamik tarzda o„zgartiruvchi 
lokal metkalardan
ham 
foydalaniladi. 
Shunday qilib kommutatsiya paytida oqimlarni anglay bilish – 
belgilar
asosida amalga oshiriladi. Bunda asosiy belgi bo„lib 
hisoblangan, ma‟lumotlarni etib borishi kerak bo„lgan adres bilan bir 
qatorda, boshqa belgilardan ham foydalaniladi, masalan: ilovalarning 
identifikatorlari - ya‟ni elektorn pochta xabari, ko„chirilayotgan fayl 
yoki veb-matnlar kabi ma‟lumotlarni beradigan belgilar. 
2.Oqimlarni marshrutlash.
Marshrutlash masalasi echish quyidagi 
ikkita qadamda bajariladi: 
1-qadam. Marshrutni aniqlash; 
2-qadam. Tanlangan marshrut haqida tarmoqni habardor qilish. 
Marshrutni aniqlash – bu ma‟lumotlarni manzilga etkazish uchun, 
tranzit bog„lamlar va interfeyslar ketma-ketligini tanlash demakdir. 
Marshrutni aniqlash masalasi ancha murakkab masala hisoblanadi. 
O„zaro birgalikda ishlaydigan bog„lamlardagi tarmoq interfeyslari 
o„rtasidagi yo„llar soni ko„p bo„lgan hol uchun, marshutlash masalasi, 
ancha murakkab masalaga aylanadi. Ko„p hollarda ba‟zi bir mezonlar 
bo„yicha 
optimal 
(yoki ratsional) echimni tanlashga to„g„ri keladi. 
Bunday mezonlar sifatida – aloqa kanallarining nominal o„tkazish 
qobilyati va ularning qay darajada yuklanganligi, kanallar tomonidan 
sodir etiladigan kechikishlar, oraliq tranzit bog„lamlarning ishonchliligi 
kabi ko„rsatgichlar olinadi. 
Marshrutni aniqlash - administrator tomonidan 
qo‘lda 
(rus tilida -
вручную) hisoblab chiqilishi yoki 
avtomatik
ravishda hisoblanishi 
mumkin. Murakkab topologiyalarga ega bo„lgan katta tarmoqlar uchun 
marshrutlarni aniqlashning 
avtomatik
usullari qo„llaniladi. Buning uchun 
oxirgi bog„lamlar, ya‟ni abonentlar va tarmoqdagi boshqa qurilmalar 
maxsus dasturiy vositalar bilan ta‟minlangan bo„ladilar. Bu dasturlar har 
bir bog„lam uchun tarmoq haqidagi “tasavvurni” hosil qiluvchi xabarlar 
bilan almashinish jarayonini tashkil qilib beradi. So„ngra esa shu 
yo„sinda yig„ilgan ma‟lumotlar asosida, dasturiy usullar bilan ratsional 
marshrutlar aniqlanadi. Ko„pincha marshrutni tanlashda tarmoq 
topologiyasi haqidagi axborot bilan cheklanailadi (5.7-rasm). 
Aloqa kanallarining o„sha paytdagi yuklanganligini ham hisobga 
olib marshrutlarni tanlash usullari, yana ham ratsional marshrutlarni 
tanlash imkonini beradi. Ammo bunda bog„lamlar orasida doimiy 
ravishda intensiv axborot almashinib turish kerak bo„ladi. 


118 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin