122
6.TCP/IP PROTOKOLLARI ASOSIDA TARMOQDA O‘ZARO
ISHLASHNI TASHKIL QILISH
6.1.TCP/IP protokollari stekining tuzilishi
TCP/IP protokollari steki umumiy protokollar to„plami
sifatida,
AQSH Mudofaa Vazirligi tashabbusi bilan
ARPANET
tajribaviy
tarmog„ini turli xildagi boshqa-boshqa tarmoqlar bilan o„zaro bog„lash
uchun 1975 yili ishlab chiqilgan. Ushbu stek protokollari Berkli
universiteti tomonidan Unix operatsion tizimida amalga oshirilgan edi.
Hozirda bu stek, kompyuterlarni Internetga ulash uchun, hamda ko„p
sonli korporativ tarmoqlarda ham foydalanilmoqda.
Global ulanishlar asosida tarmoqlarni qurish hakida gap ketganida,
TCP/IP steki avvaldan
Internet uchun yaratilganligi, uni boshqa
protokollar steklariga
nisbatan afzal bo‘lgan xususiyatlarga
ega
ekanligini ta‟kidlash o„rinli bo„ladi.
TCP/IP protokollari steki yoki TCP/IP
texnologiyasining katta
tarmoqlarda qo„llanilishidagi juda foydali xususiyatlaridan biri, bu unda
-
paketlarni bo‘laklarga bo‘la olish
qobilyatining
borligidir.
Tarmoqlardan iborat bo„lgan katta tarmoq, ya‟ni Internet tarmog„i, har-
xil tamoillar asosida qurilgan tarmoqlardan tashkil topgan. Har bir
tarmoq osti tarmog„ida uzatiladigan ma‟lumotlar birligining maksimal
uzunligi, o„z kiymatiga ega bo„ladi. Kadrining
maksimal uzunligi katta
bo„lgan tarmoqdan, kadrining maksimal uzunligi kichikroq bo„lgan
tarmoqqa o„tilganda, avvalgi tarmoq kadrini bo„laklarga bo„lishga
to„g„ri keladi. TCP/IP stekining IP protokoli bunday vazifani samarali
hal qila oladi.
TCP/IP texnologiyasining keyingi muhim xususiyati – bu
moslashuvchan adreslash tizimining mavjudligidir
.
Uning yordamida
tarmoqlardan iborat bo„lgan tarmoq tarkibiga, har-xil texnologiyali
tarmoqlarni ko„shish (ulash) osonlik bilan amalga oshiriladi. Bu
xususiyat ham, TCP/IP stekidan katta-katta xududlarni qamray oladigan
katta tarmoqlarni qurishda foydalanish imkoniyatini beradi. TCP/IP
protokollari stekining tuzilishi 6.1-rasmda keltirilgan.
TCP/IP protokollari stekining sathlarini OSI
modeli sathlariga mos
keltirilganligini shartli ravishda deb qabul kilamiz. TCP/IP steki
protokollari to„rtta sathga ajratilgan:
I.Amaliy sath;
II. Transport sathi;
123
III. Tarmoq sathi;
IV. Tarmoqlarning interfeyslari sathi
.
6.1-rasm. TCP/IP protokollari stekining tuzilishi.
Ushbu sathlar bilan qisqacha tanishib chiqamiz.
I.Amaliy sath
- TCP/IP stekining bu sathiga OSI modelining yuqori
qismida joylashgan ikkita sathi mos keltirilgan. Stekning bu sathi,
foydalanuvchilarning ilovalariga operatsion tizim tomonidan taqdim
qilinadigan xizmatlarni o„z ichiga oladi. Turli mamlakatlar va
tashkilotlar tarmoqlarida ko„p yillar davomida
foydalanilishi natijasida,
TCP/IP steki amaliy sathining ko„p sonli protokollari va xizmatlari
ishlab chiqildi. Bunday protokollar va xizmatlar tarkibiga quyidagi keng
tarqalgan protokollarni kiritish mumkin:
-
FTP (File Transfer Protokol) -
fayllarni uzatish protokoli;
- Telnet -
terminalni emulyasiya qilish protokoli
- SMTP (Simple Mail Transfer Protocol) -
elektron pochtani
uzatishning oddiy protokoli.
- HTTP (Hyper Text Transfer Protocol) -
gipermatnni uzatish
protokoli va boshqa-boshqa ko„pgina protokollar.
124
Amaliy sath protokollari - xostlarda amalga oshiriladi. Xost
deganda, Internetdagi oxirgi bog„lam, ya‟ni
foydalanuvchining
kompyuteri tushuniladi.
Dostları ilə paylaş: