129
IP-paket sarlavhasining tuzilishi 6.5-rasmda keltirilgan. IP-
protokolining funksional jihatdan sodda yoki murakkabligi, IP-
paketning sarlavhasi qay darajada sodda
yoki murakkab ekanligiga
bog„liqdir.
6.5-rasm. IP-paket sarlavhasining tuzilishi.
Ma‟lumotlarni tarmoq orqali uzatish davomida, ko„p vaqt, paket
sarlavhasiga joylashtirilgan axborotni ishlash uchun sarf bo„ladi. IP-
paketning sarlavhasini tashkil etuvchi qismlarini o„rganish bilan biz,
uning tuzilishi haqidagi bilimlar bilan birga,
IP-protokolining
asosiy
vazifalari
bilan ham tanishib boramiz. Quyida IP-paket sarlavhasini
tashkil etuvchi qismlari va ularni nima uchun mo„ljallanganliklari
haqidagi ma‟lumotlar keltirilgan:
Versiya raqami
(номер версии) – uzunligi 4 bit. IP-protokolining
qaysi versiyasi ekanligini bildiradigan qismi. Hozirda IP-protokolning 4
versiyasi - IPv4 dan foydalanilmoqda. Ushbu protokolning yangi
versiyasi IPv6 hisoblanadi.
IP-paket sarlavhasining uzunligi
(длина заголовка) – 4 bitdan
iborat. Bunda har biri 32-bit uzunlikka ega bo„lgan so„zlar soni
nazarda
tutilgan. Odatda IP-paketning sarlavhasi 20 baytdan iborat bo„ladi, ya‟ni
uzunligining qiymati 0101-ga teng bo„ladi (beshta 32-bitli so„zlar).
Sarlavhaning uzunligi, ba‟zi qo„shimcha axborotlar hisobiga oshirilishi
ham mumkin. Sarlavhaning maksimal uzunligi 60 baytga teng bo„lishi
mumkin, ya‟ni 1111-ga, bu har biri to„rt baytdan iborat bo„lgan 15-ta 32
bitli so„zlar degani.
130
Ko‘rsatiladigan xizmat xili
(тип сервиса -
Type of Service, ToS
) –
hozirda bu
DS
-bayt, ya‟ni differensiallashgan xizmat ko„rsatish bayti
deb ataladi – uzunligi 8-bit. Sarlavhaning ushbu qismi – paketni
harakatlantirish paytida, ko„rsatiladigan xizmatlar sifatiga qo„yiladigan
talablardan iborat bo„ladi
. PR
(3 bit) - IP-paketning
muhimlik darajasini
ko„rsatuvchi qismi, uning qiymati 0 dan 7 gacha o„zgarishi mumkin
(приоритет пакета). Qolgan 3 bit yordamida marshrutni tanlash
mezonlari ko„rsatiladi.
D – (Delay
) kechikish, agar D=1 bo„lsa, paketni
etkazib berishdagi kechikish minimal bo„lishi so„ralgan hisoblanadi.
T=1 bo„lsa -
(Throughput
) o„tkazish qobiliyatini yuqori bo„lishini
so„rash. R=1 bo„lsa - (
Reliability
) paketning etib borish ishonchliligining
yuqori bo„lishini so„rash. Keyingi ikkita bitlar nolga teng bo„ladi.
IP-paketning umumiy uzunligi
(общая длина), ya‟ni IP-paketning
sarlavhasi va undagi ma‟lumotlar qismining uzunligini ko„rsatuvchi
qismi – ushbu qismning uzunligi 2 baytga teng. Bu IP-paketning
maksimal uzunligi 65535 bayt bo„lishi mumkin ekanligini anglatadi.
Ammo hozirgi paytda paketlarni tashish Ethernet kadri yordamida
amalga oshirilayotganligi sababli, uning maksimal uzunligi 1500
baytdan oshmasligi kerakligini anglatadi.
Qaysi paket ekanligini ko‘rsatuvchi qismi
(идентификатор
пакета) – uzunligi 2 bayt. Ushbu ko„rsatgichdan paketlarni bo„laklarga
ajratish va qayta yig„ish jarayonida foydalaniladi (фрагментация и
дефрагментация пакета). Fragmentatsiyalangan (bo„laklarga ajratilgan)
paketning ushbu qismi bir xil qiymatga ega bo„lishi kerak.
Bayroqlar
(флаги) – uzunligi 3 bit.
Paketni fragmentatsiyalash
bilan
bog„liq
bo„lgan
belgi.
DF=1
(Do
not
Fragment)
fragmetatsiyalanmasin degani.
Paketning bo‘lagini necha baytga surilganligini ko‘rsatuvchi qismi
(смещение фрагмента) – uzunligi 13 bit. Paket bo„lagini dastlab
fragmentatsiyalanmagan paketning boshlanishiga nisbatan necha baytga
surilganligini ko„rsatuvchi qismi.
Paketning yashash vaqti
(
Time To Live, TTL)
– uzunligi 1 bayt.
Bu tarmoq orqali paketning qancha vaqtgacha harakatlanishi mumkin
ekanligini ko„rsatuvchi qism. Ushbu vaqt paketni uzatgan kompyuter
tomonidan belgilanadi va sekundlarda o„lchanadi.
Yuqori sath protokoli qaysi ekanligini ko‘rsatuvchi qismi.
Masalan:
6 raqami – paketda
TCP protokoli xabari borligini, 17 raqami – UDP
protokoli xabari borligini, 1 raqami esa – ICMP protokoli xabari
borligini anglatadi.
131
Nazorat qilish summasi
– uzunligi 2 bayt (16 bit), paketning
sarlavhasi asosida hisoblanadi.
Uzatuvchi va qabul qiluvchi kompyuterlarning IP-adreslarini
ko‘rsatuvchi qismi
– har biri 32 bitdan.
Quyida yozuvlarda real IP-paketning sarlavhasi keltirilgan:
Dostları ilə paylaş: