132
paketlarni o„z manziliga etib borganligini nazorat qilish mexanizmiga
ega emas. Agar paketning
harakatlanishi davomida, xatolik sodir
bo„ladigan bo„lsa, IP-protokol ushbu xatoni to„g„irlashni o„z tashabbusi
bilan
amalga
oshirmaydi.
Masalan:
paket
qaysidir
oraliq
marshrutizatorda, nazorat qilish summasi to„g„ri chiqmaganligi sababli
tashlab yuborilgan bo„lsa, ushbu paketni IP-protokol qaytadan uzatib
bermaydi. Bu ishni amalga oshirish uchun unga,
yuqorida joylashgan
transport sathi tomonidan ko„rsatma berilishi kerak bo„ladi. IP-
protokolining
asosiy vazifasi paketlarni marshrutlashni amalga oshirish
hisoblanadi.
Paketlarni marshrutlashni amalga oshirish jarayonini 6.6-rasmda
keltirilgan tarmoqlardan iborat bo„lgan tarmoq, ya‟ni internet misolida
ko„rib chiqamiz. Ushbu tarmoqda raqamlangan kvadratlar shaklida
keltirilgan 20-ta marshrutizatorlar yordamida, 18-ta tarmoq osti
tarmoqlari -
N1, N2, … , N18
, bitta umumiy tarmoqqa birlashtirilgan.
Har
bir marshrutizatorda, hamda
A
va B bog„lamlarda, ya‟ni
kompyuterlarda IP-protokollar o„rnatilgan.
Marshrutizatorlar tarmoqlarni ulash uchun mo„ljallangan bir nechta
interfeyslarga (portlarga) ega. Marshrutizatorning
har bir interfeysini
tarmoqning alohida bog‘lami sifatida
qarash mumkin. Har bir interfeys
tarmoq adresiga va unga ulangan tarmoq osti tarmog‘ining lokal
adresiga
ega bo„ladi. Masalan: 1-raqamli
marshrutizator
N1, N2
va
N3
tarmoqlarga ulangan uchta interfeysga ega. Ushbu portlarning tarmoq
adreslari
IP
11
, IP
12
va
IP
13
qilib belgilangan.
IP
11
interfeysi
N1
tarmoqning bog„lami hisoblanadi, shunga ko„ra uning
IP
11
portining
tarmoq adresi qismida
N1
tarmoqning adresi yozilgan bo„ladi. Mos
ravishda
IP
12
interfeysi
N2
tarmoqning,
IP
13
interfeysi esa
N3
tarmoqning bog„lami hisoblanadi. Shunday qilib
marshrutizator,
har bir
bog‘lami o‘z tarmog‘iga tegishli bo‘lgan, bir nechta bog‘lamlar
to‘plami sifatida
qaralishi mumkin.
Marshrutizatorlar yagona qurilma
sifatida, alohida tarmoq va alohida lokal adresga ega emas.
Tarmoqlardan iborat bo„lgan murakkab tarmoqlarda, ikkita chekka
qurilmalar - kompyuterlar o„rtasida paketlarni uzatish mumkin bo„lgan
bir nechta alternativ marshrutlarni ko„rsatish mumkin.
A
kompyuterdan
B kompyuterga yuborilgan paket
17, 12, 5, 4
va
1
yoki
17, 13, 7, 6
va
3
marshrutizatorlar orqali o„tib o„z manziliga etib borishi mumkin. Ushbu
tarmoqda,
A
va
B
kompyuterlar o„rtasida mavjud bo„lgan yana boshqa
bir nechta marshrutlarni ham ko„rsatish mumkin.
133
6.6-rasm. Tarmoqlardan iborat tarmoqda marshrutlash tamoili.
Mumkin bo„lgan marshrutlar ichidan biron-bir marshrutni tanlash
vazifasini
marshrutizatorlar, hamda chekka qurilmalar – kompyuterlar
amalga oshiradilar. Marshrutni tanlash, ushbu qurilmalar ega bo„lgan,
o„sha paytdagi tarmoq konfiguratsiyasi haqidagi axborotlar asosida,
hamda marshrutni tanlash mezonlari asosida aniqlanadi. Bunday
mezonlar sifatida ko„p
xollarda, paketlarni ushbu marshrutlar orqali
harakatlanishi davomidagi
kechikishi
yoki harakatlanish davomida
o„tilgan oraliq
marshrutizatorlarning
sonlari
olinadi.
Ushbu
axborotlarni tahlil qilish asosida, paketlarni harakatlantirish yo„nalishlari
haqidagi ma‟lumotlar, marshrutizatorlarning –
marshrutlash jadvallariga
134
yozib chiqiladi. 6.1-jadvalda 4-inchi marshrutizatorning marshrutlash
jadvali keltirilgan.
Jadvalning birinchi ustunida, paket etib borishi kerak bo„lgan
tarmoqning adresi ko„rsatilgan. Ikkinchi ustunda, marshrut bo„yicha
keladigan keyingi marshrutizatorning tarmoq adresi ko„rsatiladi.
Uchinchi ustunda esa marshrutizatorning,
paketni uzatilishi kerak
bo„lgan chiqish portining tarmoq adresi ko„rsatiladi. To„rtinchi ustunda
esa, paket etib borishi kerak bo„lgan tarmoqqacha bo„lgan
marshrutizatorlarning soni ko„rsatiladi.
Dostları ilə paylaş: