125
rolini bajarish vazifasi ham kiradi.
Transport sathi, amaliy protokoldan
ma‟lumotlarni u yoki bu sifat bilan uzatish topshirg„iini oladi,
topshiriqni bajargandan so„ng esa unga bu hakida hisobot beradi.
TCP va UDP protokollari, ulardan pastroqda joylashgan tarmoq
sathiga, tarmoqlardan iborat bo„lgan tarmoq orqali ma‟lumotlarni erkin
uzata oladigan, ammo unchalik ishonchli bo„lmagan vosita sifatida
qaraydi. TCP va UDP protokollarini amalga oshiradigan dasturiy
modullar, amaliy sath protokollari modullari kabi xostlarda o„rnatilgan
bo„ladi.
III. Tarmoq sathi yoki internet sathi
deb ham ataladigan sath –
TCP/IP arxitekturasining asosi yoki asosiy bo„g„ini hisoblanadi (6.2-
rasm). TCP/IP stekining aynan shu sathi vazifasi OSI modelining tarmoq
sathi vazifalariga mos keladi. Tarmoq sathi ko„p sonli tarmoqlarni
birlashtirish natijasida hosil qilingan, tarmoqlardan iborat tarmoq, ya‟ni
Internet chegarasida paketlarni harakatlantirishni ta‟minlab beradi.
6.2-rasm. Tarmoq sathining kerakligini ko„rsatuvchi chizma.
IV.Tarmoqlarning interfeyslari sathi
. TCP/IP protokollari stekining,
boshqa steklarning ko„p sathli tashkil kilinishdan g„oyaviy jihatdan
farqli joyi shuki, unda quyi sath hisoblangan tarmoqlar interfeyslari
sathining vazifalarini talqin qilinishining boshqachaligidir. OSI
modelining quyi sathlari hisoblangan kanal va fizik sathlari -
ma‟lumotlarni
uzatish muhitiga ulanish, kadrlarni shakllantirish, elektr
signallari sathlarini moslashtirish, kodlash, sinxronlash va shu kabi
126
boshqa vazifalarni amalga oshiradilar. Keltirilgan vazifalar - Ethernet,
Token Ring, PPP, HDLS va boshka ko„pgina ma‟lumotlarni almashinish
protokollarining mohiyatini tashkil qiladi.
TCP/IP steki quyi sathining vazifasi esa, anchagina oson bo„lib u
tarmoqlardan iborat bo„lgan tarmoq tarkibiga kirgan har qanday
texnologiyali tarmoqlarning o„zaro ishlashini
tashkil qilishga javob
beradi. TCP/IP protokollari steki - tarmoqlardan iborat tarmoq tarkibiga
kirgan har qanday tarmoqni, paketlarni harakatlanish yo„li davomida
keladigan keyingi marshurtrizatorgacha etkazib berish vositasi sifatida
qaraydi.
TCP/IP
tarmog‘i texnologiyasi, ya’ni Internet tarmog‘i
texnologiyasi
bilan, boshqa har qanday oraliq tarmoq texnologiyasi -
LAN, WAN, MAN, PAN-lar o„rtasida interfeycni ta‟minlash masalasini,
soddalashtirib quyidagicha ifodalash mumkin:
- IP paketni, qanday kilib, oraliq tarmoqning ma‟lumotlarni
uzatish
birligiga, ya‟ni uning protokollarida qo„llaniladigan ma‟lumotlar bo„lagi
PDU-ga qanday qilib joylashtirish yo„lini topish;
- tarmoq adreslarini, oraliq tarmoq texnologiyasi adresiga o„zgartirish
yo„lini topish.
Bunday yondoshish, ma‟lumotlarni uzatishga qanday ichki
texnologiyadan foydalanishdan qatiy nazar, tarmoqlardan iborat tarmoq
bo„lgan TCP/IP tarmog„ini, uning tarkibiga har qanday tarmoqni
qo„shish (ulash) uchun
ochiq
qilib qo„yadi. Bunda har bir yangi
texnologiya uchun, ya‟ni TCP/IP tarmog„i
tarkibiga ulanayotgan
tarmoqda, o„zining xususiy interfeysi vositalarini ishlab chiqilishi kerak
bo„ladi. Demak bu sathni avvaldan aniq qilib ishlab qo„yish mumkin
emas.
TCP/IP protokollari stekida tarmoqlar interfeyslari sathi chegaralab
qo„yilmaydi. U barcha ko„p tarqalgan texnologiyalar bilan ishlay oladi.
Lokal tarmoqlar uchun, ya‟ni LAN-lar uchun, bu Enthernet, FDDI, Fast
Enthernet, Gigabit Ethernet texnologiyalari, global tarmoqlar uchun,
ya‟ni WAN-lar uchun esa bu ikki nuqtali ulanish protokollari SLIP va
PPP, hamda Frame Relay va ATM texnologiyalaridir.
Odatda yangi lokal yoki global tarmoq texnologiyasi paydo bo„lsa,
IP paketlarni, uning kadrlariga inkapsulatsiya qilish, ya‟ni
joylashtirish
usuli aniqlangach, RFC xujjatlarini ishlab chiqish yo„li bilan, TCP/IP
protokollari steki tarkibiga tezda qo„shib qo„yiladi. Masalan
RFC 1577
1994 yili ishlab chiqilgan, IP protokolni aniqlovchi spetsifikatsiya
hisoblanadi.