x
m bo’lgan nuqtadan
x
o’qi bo’ylab doimiy 6 m/s tezlik bilan
harakatlana boshladi. Qancha sekunddan so’ng jismning koordinatasi 5 m bo’ladi?
Javob: 2
6. Piyoda yo’lni 4,2 km/h tezlikda, yo’l yo’nalishi bilan 30
0
burchak hosil qiluvchi to’g’ri chiziq
bo’ylab bir minut davomida kesib o’tdi. Yo’lning kengligini aniqlang.
Javob: 35
7. 20 m/s tezlikda yuruvchi tovar poyezdi stansiyadan yo’lga chiqdi. Oradan 10 daqiqa o’tib
xuddi o’sha yo’nalishda tezligi 30 m/s bo’lgan ekspress yo’lga chiqdi. Stansiyadan qanday
masofada (km da) ekspress tovar poyezdini quvib yetadi?
Javob: 36
8. Sportchilar 20 m li kolonna bo’lib, bir xil 3 m/s tezlik bilan harakat qilishmoqda. Qarama-
qarshi yo’nalishda murabbiy 1 m/s tezlik bilan yugurib kelmoqda. Murabbiy bilan uchrashgan
har bir sportchi ortiga oldingi tezlik bilan qaytib ketmoqda. Barcha sportchilar burilib olganidan
keyin kolonna uzunligi qanday bo’ladi?
Javob: 10
9. Tekis sho’ng’iyotgan suvosti kemasidan 30,1 s davomiylikli tovush impulslari chiqariladi.
Suv tubidan qaytib, kemada qabul qilingan impulsning davomiyligi 29,9 s. Kemaning sho’ng’ish
tezligini aniqlang. Tovushning suvdagi tezligi 1500 m/s.
Javob: 5
Harakatning nisbiyligi. Tezliklarni qo’shish
10. Agar teploxodning oqim bo’yicha tezligi 22 km/h, oqimga qarshi esa 18 km/h bo’lsa, oqim
tezligini (km/h da) aniqlang.
Javob: 2
11. Mototsiklchining tezligi 54 km/h, qarshi esuvchi shamolning tezligi esa 3 m/s. Mototsiklchi
bilan bog’langan sanoq sistemasida shamolning tezligi qanday?
Javob: 18
12. 54 km/h tezlik bilan tekis harakatlanayotgan poyezdning yo’lovchisi qo’shni yo’lda, xuddi
o’sha yo’nalishda katta tezlik bilan harakatlanayotgan, 300 m uzunlikli boshqa poyezdni 60 s
davomida ko’radi. Ikkinchi poyezdning tezligini (km/h da) toping.
Javob: 72
13. 54 km/h tezlik bilan borayotgan poyezdning derazasi yonida turgan yo’lovchi tezligi 36
km/h, uzunligi esa 150 m bo’lgan, qarama-qarshi yo’nalishda uning oldidan o’tib ketadigan
poyezdni necha sekund davomida ko’radi?
Javob: 6
14. 45 km/h tezlikda harakatlanayotgan avtomobil 10 s ichida o’sha yo’nalishda, doimiy
tezlikda harakatlanayotgan avtobus 15 s da o’tganiga teng yo’l o’tdi. Ularning nisbiy tezligining
kattaligini (km/h da) toping.
Javob: 15
7
15. Shosse bo’ylab bir yo’nalishda ikki mototsiklchi harakatlanmoqda. Birinchisining tezligi
10 m/s, ikkinchisiniki 20 m/s. Boshlang’ich momentda ikkinchi mototsiklchi birinchisidan 200 m
ortda qolayotgan edi. Necha sekunddan so’ng u uni quvib yetadi?
Javob: 20
16. Qayiqning suvga nisbatan tezligi daryo oqimining tezligidan ikki marta katta. Ikki punkt
orasida oqimga qarshi suzib borish oqim bo’ylab borishga qaraganda necha marta ko’p vaqt
oladi?
Javob: 3
17. Metropoliten eskalatori tekis harakatlanib, unda turgan harakatsiz yo’lovchini bir
minutda yuqoriga olib chiqadi. Yo’lovchi harakatsiz eskalatorda tekis harakatlanib, 3 minutda
ko’tariladi. Yuqoriga harakatlanayotgan eskalatorda yo’lovchi necha sekundda ko’tariladi?
Javob: 45
18. Shamolsiz havoda A shahardan B shaharga borish va qaytib kelish uchun samolyot 8 soat
uchish vaqti sarflaydi. Agar butun parvoz davomida A dan B ga qarab 20 m/s tezlikda shamol
esib tursa, bu vaqt necha minutga ortadi? Samolyotning havoga nisbatan tezligi 312 km/h.
Javob: 27
19. Qayiqning suvga nisbatan tezligi 4 m/s va qirg’oqqa tik yo’nalgan, daryo oqimining tezligi
esa 3 m/s. Qayiqning qirg’oqqa nisbatan tezligini toping.
Javob: 5
20. Kengligi 800 m bo’lgan daryodan suzib o’tayotgan kater suv bilan bog’langan sanoq
sistemasida daryo oqimiga tik yo’nalgan 4 m/s tezlik bilan harakatlandi. Agar daryo oqimining
tezligi 1,5 m/s bo’lsa, kater oqim tomonidan qanchaga surib yuboriladi?
Javob: 300
21. Samolyot shimolga yerga nisbatan 48 m/s tezlikda uchdi. Agar g’arbdan 14 m/s tezlikda
shamol essa, samolyot yerga nisbatan qanday tezlikda harakatlanadi?
Javob: 50
22. Ikki velosipedchi o’zaro perpendikulyar yo’llarda 10,8 km/h va 14,4 km/h tezliklarda
borishmoqda. Ularning nisbiy tezligi qanchaga teng (km da)?
Javob: 18
23. A punktdan o’zaro perpendikulyar yo’llar bo’ylab bir vaqtda ikki avtomobil yo’lga chiqdi:
biri 80 km/h tezlik bilan, boshqasi – 60 km/h tezlik bilan. Ular bir-biridan qanday tezlikda
uzoqlashadi?
Javob: 100
24. Avtobus bekatda turgan paytda yomg’ir tomchilari yon oynada vertical izlar qoldiradi, u
72 km/h tezlik bilan harakatlanayotganda esa tomchi izlari vertikaldan 30
0
burchak ostida
og’adi. Yomg’ir tomchilari qanday tezlikda tushmoqda?
7
,
1
3
.
Javob: 34
25. Shamolning tezligi 10 m/s bo’lganda yomg’ir tomchilari vertikalga 30
0
burchak ostida
tushadi. Shamolning tezligi qanday bo’lganda yomg’ir tomchilari vertikalga 60
0
burchak ostida
tushadi?
Javob: 30
26. Shamolning tezligi 20 m/s bo’lganda yomg’ir tomchisining tezligi 40 m/s. Shamolning
tezligi 5 m/s bo’lganda tomchining tezligi qanday bo’ladi?
Javob: 35
27. Samolyot shamolsiz havoda shaharlar orasidagi borib kelishda 6 soat vaqt sarflaydi. Agar
uchish yo’nalishiga tik holda 20 m/s tezlik bilan yondan shamol essa, uchish vaqti necha
minutga ortadi? Samolyotning havoga nisbatan tezligi 328 km/h ga teng.
Javob: 9
28. A shahardan B shaharga uchib borib qaytib keluvchi samolyot uchish davomida havoga
nisbatan 328 km/h tezlikka erishadi. Yondan uchish yo’nalishiga tik holda shamol esganda
borish va qaytish uchun parvozga 6 soat vaqt sarflandi. Agar shamol barcha vaqtda A dan B ga
tomon yo’nalishda essa, bu parvozga necha minut ko’proq vaqt sarflanadi? Ikkala holda ham
shamolning tezligi 20 m/s.
8
Javob: 9
29. 60 m kenglikli daryoni kechib o’tishda start nuqtasidan oqim bo’yicha 80 m pastda
joylashgan nuqtaga borib tushish kerak. Qayiqchi motorli qayiqni shunday boshqaryaptiki, u
qirg’oqqa nisbatan 8 m/s tezlik bilan aniq nishonga qarab harakatlanyapti. Agar daryo
oqimining tezligi 2,8 m/s bo’lsa, bunda qayiqning suvga nisbatan tezligi qanday?
Javob: 6
30. 80 m kenglikli daryoni kechib o’tishda start nuqtasidan oqim bo’yicha 60 m yuqorida
joylashgan nuqtaga borib tushish kerak. Qayiqchi motorli qayiqni shunday boshqaryaptiki, u
qirg’oqqa nisbatan 4,5 m/s tezlik bilan aniq nishonga qarab harakatlanyapti. Agar daryo
oqimining tezligi 2,1 m/s bo’lsa, bunda qayiqning suvga nisbatan tezligi qanday?
Javob: 6
31. Daryo oqimining tezligi 5 m/s, uning kengligi 32 m. Qayiqchi tezligi suvga nisbatan 4 m/s
bo’lgan qayiqda daryoni kechib o’ta turib, imkonli bo’lgan eng kichik surilishni ta’minladi. (
ya’ni, qayiqni oqim surib ketishi mumkin bo’lgan masofaning eng kichigini ta’minladi). Shu
surilib ketish necha metrga teng?
Javob: 24
32. Avtomobil A punktga 80 km/h tezlik bilan yaqinlashmoqda. U manzilga (A punktga)
yetishiga 10 km qolganda A punktdan perpendikulyar yo’nalishda 60 km/h tezlikda yuk
mashinasi yo’lga chiqdi. Avtomobil va yuk mashinasi orasidagi eng qisqa masofa qanchaga (km
da) teng?
Javob: 6
O’rtacha tezlik
33. Dastlabki 5 soat davomida poyezd o’rtacha 60 km/h tezlikda harakatlandi, keyin esa 4
soat davomida 15 km/h tezlik bilan. Butun harakat davomida poyezdning o’rtacha tezligini
toping.
Javob: 40
34. Velosipedchi 12 km/h tezlikda 4 km masofani o’tib to’xtadi va 40 daqiqa dam oldi. Qolgan
8 km yo’lni u 8 km/h tezlikda o’tdi. Velosipedchining butun yo’ldagi o’rtacha tezligini (km/h
da)toping.
Javob: 6
35. Velosipedchi dastlabki 5 s da 35 m yo’l o’tdi, keyingi 10 s da 100 m va oxirgi 5 s da 25 m.
Butun yo’ldagi o’rtacha harakat tezligini toping.
Javob: 8
36. Poyezd o’z harakat vaqtining dastlabki 3/4 qismida 80 km/h tezlikda, qolgan vaqtda esa 40
km/h tezlikda yurdi. Poyezdning butun yo’ldagi o’rtacha harakat tezligi (km/h da) qanday?
Javob: 70
37. Yo’lning birinchi yarmini avtomobil 40 km/h tezlikda o’tdi, ikkinchisini 60 km/h tezlikda.
Avtomobilning butun yo’ldagi o’rtacha harakat tezligini (km/h da) toping.
Javob: 48
38. Avtomobil yo’lning dastlabki choragida 60 km/h tezlikda harakatlandi, qolgan yo’lda 20
km/h tezlikda. Avtomobilning o’rtacha tezligini toping.
Javob: 24
39. Kater yo’lning birinchi yarmini ikkinchisiga qaraganda uch marta katta o’rtacha tezlikda
o’tdi. Butun yo’ldagi o’rtacha tezlik 6 km/h ni tashkil qiladi. Katerning yo’lning birinchi
yarmidagi o’rtacha tezligi qanday (km/h da)?
Javob: 12
40. Yo’lning birinchi yarmini avtomobil 60 km/h tezlikda o’tdi. Yo’lning qolgan qismidagi
vaqtning yarmida u 35 km/h tezlik bilan harakatlandi, oxirgi uchastkani esa 45 km/h tezlikda
o’tdi. Avtomobilning butun yo’ldagi o’rtacha harakat tezligini (km/h da) toping.
Javob: 48
41. Velosipedchi 3 km yo’lni 12 km/h tezlikda o’tdi, so’ngra burilib perpendikulyar yo’nalishda
qandaydir masofani 16 km/h tezlikda o’tdi. Agar butun vaqt davomida velosipedchining o’rtacha
yo’l tezligi 14 km/h bo’lsa, uning ko’chish modulini toping (km da).
Javob: 5
9
42. Jism vaqtning birinchi yarmida 30 m/s tezlik bilan berilgan yo’nalishga 30
0
burchak ostida
harakatlanadi, vaqtning ikkinchi yarmida esa xuddi o’sha yo’nalishga (berilgan yo’nalish) 120
0
burchak ostida 41 m/s bilan harakatlanadi. Berilgan yo’nalish bo’ylab jism ko’chishining o’rtacha
tezligini (cm/s da) toping.√3=1.7
Javob: 250
Tekis tezlanuvchan harakat
43. Avtomobil tekis tezlanuvchan harakatlanib, harakat boshlanganidan 10 s o’tib 36 km/h
tezlikka erishdi. Uning tezlanishini toping.
Javob: 1
44. Samolyot ko’tarilishi uchun bo’lgan yo’lning uzunligi 675 m. Agar samolyot tekis
tezlanuvchan harakatlanib 15 s dan so’ng yerdan ko’tarilsa, uning yerdan uzilish tezligi qanday?
Javob: 90
45. Tinch holatidan boshlab 6 m/s
2
tezlanish bilan harakatlanayotgan raketa 75 m yo’lda
qanday tezlik oladi?
Javob: 30
46. Tinch holatidan boshlab tekis tezlanuvchan harakatlanayotgan shar dastlabki sekundda
10 cm yo’l o’tdi. Harakat boshidan 3 sekund ichida u qanday (cm da) yo’l o’tadi?
Javob: 90
47. Miltiq stvolining 1/4 ini o’tgan o’qning tezligi stvoldan uchib chiqayotgandagidan necha
marta kichik? O’qning tezlanishini doimiy deb hisoblang.
Javob: 2
48. Agar poyezd tormoz yo’lini 30 s da 0,5 m/s
2
tezlanish bilan o’tsa, u tormozlanish
boshlanguncha qanday tezlikda harakatlangan?
Javob: 15
49. Agar haydovchi 20 m/s tezlikda darhol tormozni bossa, va tormozlash paytidan
to’xtaguncha 6 s vaqt o’tsa, avtomobil to’liq to’xtaguncha qanday yo’l o’tadi?
Javob: 60
50. 30 m/s tezlikda harakatlanayotgan avtomobil avariyali tormozlanishda tormoz yo’lini 5
m/s
2
tezlanish bilan o’tadi. Tormoz yo’lini toping.
Javob: 90
51. Avtomobilning to’liq to’xtaguncha tormozlanishiga 4 s vaqt ketdi va bunda uning
tezlanishi 4 m/s
2
edi. Tormoz yo’lini toping.
Javob: 32
52. 15 km/h tezlikda avtomobilning tormoz yo’li 1,5 m ga teng. 90 km/h tezlikda uning tormoz
yo’li qancha bo’ladi? Ikkala holda tormozlanish bir xil tezlanishda sodir bo’ladi.
Javob: 54
53. Gorizontal muz maydoni sirti bo’ylab tosh qanday tezlikda otilsa, u 0,5 m/s
2
tezlanish
bilan sirpanib boshlang’ich vaziyatdan 100 m masofada to’xtaydi?
Javob: 10
54. Harakatlanayotgan poyezddan oxirgi vagon ajratib yuborildi. Poyezd o’sha tezlik bilan
harakatini davom ettiradi. Vagon doimiy tezlanish bilan harakatlanadi, deb hisoblab, uning
to’xtaguncha o’tgan yo’li poyezdning shu vaqt momentigacha o’tgan yo’lidan necha marta
kichikligini toping.
Javob: 2
55. O’q 20 cm qalinlikdagi doskani teshib o’tadi. O’qning doskaga yetguncha tezligi 200 m/s,
undan uchib chiqishdagi tezligi 100 m/s. O’qning doska ichidagi harakatida tezlanishi (km/s
2
da) qanchaga teng?
Javob: 75
56. Harakatning bir sekundida jism 10 m yo’l o’tdi, bunda uning tezligi yo’nalishini
o’zgartirmay, boshlang’ich holat bilan solishtirganda 4 marta ortdi. Jismning tezlanishi qanday
bo’lgan?
Javob: 12
10
57. 0,5 m/s
2
tezlanish bilan harakatlanib, jism o’z tezligini 60 m yo’lda 4 martaga oshirdi.
Jismning boshlang’ich tezligini toping.
Javob: 2
58. Chang’ichi 180 m uzunlikdagi tog’dan tushmoqda. Agar chang’ichining tezlanishi 0,5 m/s
2
, boshlang’ich tezligi esa 4 m/s bo’lsa, tushish qancha vaqtni oladi?
Javob: 20
59. Jism tinch holatdan tekis tezlanuvchan harakatlana boshladi va harakat boshidan
beshinchi sekundda 27 m yo’l o’tdi. U qanday tezlanish bilan harakatlangan?
Javob: 6
60. Avtomobil tekis tezlanuvchan harakatlanib, harakat boshidan 5 s o’tgach 36 km/h tezlikka
erishdi. Avtomobil harakatning uchinchi sekundida qanday yo’l o’tgan?
Javob: 5
61. Jism tinch holatdan tekis tezlanuvchan harakatlanyapti. Uning ikkinchi sekundda o’tgan
yo’li birinchi sekundda o’tgan yo’lidan necha marta katta?
Javob: 3
62. Doimiy tezlanishli to’g’ri chiziqli harakatning beshinchi sekundida jism 5 m yo’l o’tadi va
to’xtaydi. Jism bu harakatning ikkinchi sekundida qanday yo’l o’tadi?
Javob: 35
63. Bir yo’nalishda doimiy tezlanish bilan harakatlanib, jism har biri 2 s dan bo’lgan ketma-
ket ikki vaqt oraliqlarida 16 va 8 m li yo’l kesmalarini o’tadi. Jismning birinchi kesma boshidagi
tezligini toping.
Javob: 10
64. 10 m/s boshlang’ich tezlik berilgan jism o’zgarmas 2 m/s
2
ga teng bo’lgan va boshlang’ich
tezlikka qarama-qarshi yo’nalgan tezlanish bilan harakatlanadi. Harakat boshidan 8 s ichida
jism o’tgan yo’lni aniqlang.
Javob: 34
Og’irlik maydonidagi harakat ( vertikal bo’yicha )
65. Yerdan 12 m balandlikdan boshlang’ich tezliksiz jism tushadi. Tushish boshidan 1 s
o’tgach jism qanday balandlikda bo’ladi? g=10m/s
2
.
Javob: 7
66. Erkin tushayotgan jismning o’ninchi sekundda o’tgan yo’li, undan oldingi sekundda o’tgan
yo’lidan necha metrga ko’p ekanligini aniqlang. Jismning boshlang’ich tezligi nolga teng.
g=10m/s
2
.
Javob: 10
67. Otish momentidan jismning yerga tushish momentigacha bo’lgan vaqt 3 s ga teng bo’lishi
uchun, uni yer sirtidan qanday tezlik bilan vertical yuqoriga otish kerak? g=10m/s
2
.
Javob: 15
68. Jism yer sirtidan 20 m/s tezlik bilan vertical yuqoriga otildi. U qanday maksimal
balandlikka ko’tariladi? g=10m/s
2
.
Javob: 20
69. Vertikal yuqoriga otilgan sharcha otilish nuqtasiga 2,4 s dan so’ng qaytib keldi. Sharcha
qanday (cm da) balandlikka ko’tarilgan? g=10m/s
2
.
Javob: 720
70. Yerdan ikki jism vertical yuqoriga otildi. Birinchi jismning boshlang’ich tezligi
ikkinchisining boshlang’ich tezligidan 4 marta katta. Birinchi jism ikkinchisiga qaraganda
necha marta balandroq ko’tariladi?
Javob: 16
71. Qaysidir vaqt momentida erkin tushayotgan jismning tezligi 6 m/s bo’ladi. 2 s dan keyin
jismning tezligi qanday bo’ladi? g=10m/s
2
.
Javob: 26
72. Koptok qandaydir balandlikdan 4 m/s tezlik bilan vertical pastga otildi. Harakatning
dastlabki ikki sekundida koptokning o’rtacha tezligini toping. g=10m/s
2
.
Javob: 14
11
73. Tosh 2 m/s tezlik bilan vertical pastga otildi. Otishdan 1 s o’tgach, toshning tezligi necha
marta ortadi? g=10m/s
2
.
Javob: 6
74. Vertikal pastga otilgan jismning tezligi bir sekunddan so’ng 6 martaga ortdi. Otishdan
ikki sekund o’tgach uning tezligi boshlang’ich bilan solishtirganda necha marta ortadi?
Javob: 11
75. Agar ko’tarilishda jismning tezligi otishdan 0,8 s o’tgach ikki marta kamaygan bo’lsa, u
qanday tezlik bilan vertical yuqoriga otilgan? g=10m/s
2
.
Javob: 16
76. 20 m balandlikdan doskaga tushgan metal sharcha undan 25 % tezligini yo’qotib sakraydi.
Sharcha urilishdan necha sekund o’tib doskaga ikkinchi bor tushadi? g=10m/s
2
.
Javob: 3
77. Tosh 50 m/s tezlik bilan vertical yuqoriga otildi. Necha sekund o’tgach uning tezligi 30 m/s
bo’lib pastga yo’nalgan bo’ladi? g=10m/s
2
.
Javob: 8
78. Jism 40 m balandlikdan 5 m/s boshlang’ich tezlik bilan vertikal yuqoriga otildi. 2 s o’tgach
jism qanday balandlikda bo’ladi? g=10m/s
2
.
Javob: 30
79. Jism vertikal yuqoriga 20 m/s tezlik bilan otildi. Jismning harakat boshidan 3 s ichida
o’tgan yo’lini toping. g=10m/s
2
.
Javob: 25
80. Yerdan 8 m balandda bo’lgan nuqtadan vertical yuqoriga otilgan jism otish paytidan 2 s
o’tgach yerga tushadi. Jism qanday tezlik bilan otilgan? g=10m/s
2
.
Javob: 6
81. Jism 15 m balandlikdan 10 m/s boshlang’ich tezlik bilan vertikal yuqoriga otildi. Necha
sekunddan so’ng u yerga tushadi? g=10m/s
2
.
Javob: 3
82. To’p 2,4 m balandlikdan 1 m/s tezlik bilan vertikal pastga otildi. Yerga tushish paytida
uning tezligi qancha bo’ladi? g=10m/s
2
.
Javob: 7
83. To’p 2,4 m balandlikdan 1 m/s tezlik bilan vertical pastga otildi. Qancha vaqtdan so’ng (ms
da) u yer sirtiga yetadi? g=10m/s
2
.
Javob: 600
84. Jism 80 m balandlikdan erkin tushadi. U tushish vaqtining so’nggi sekundida qanday yo’l
o’tadi? g=10m/s
2
.
Javob: 35
85. Agar jism tushish vaqtining oxirgi sekundida 45 m yo’l o’tgan bo’lsa, u qanday
balandlikdan tushgan? g=10m/s
2
.
Javob: 125
86. Jism yer sirtidan vertikal yuqoriga otildi. Jismning maksimal ko’tarilish balandligining
8/9 qismini tashkil qiluvchi balandlikdagi tezligi boshlang’ich tezlikdan necha marta kichik?
Javob: 3
87. Jism vertikal yuqoriga otiladi. Kuzatuvchi qayd etdiki, jism 75 m balandlikdagi nuqtada 2
s vaqt intervali bilan ikki marta bo’ldi. Jismning boshlang’ich tezligini toping. g=10m/s
2
.
Javob: 40
88. Vertikal yuqoriga otilgan tosh bitta balandlikda ikki marta bo’ldi – harakat boshidan 0,8
va 1,5 s vaqt o’tganda. Bu balandlik qanchaga teng? g=10m/s
2
.
Javob: 6
89. Agar jismning harakatning oxirgi sekundida o’tgan yo’li dastlabki sekundda o’tgan
yo’lidan besh marta katta bo’lsa, jism qanday balandlikdan boshlang’ich tezliksiz tushgan?
g=10m/s
2
.
Javob: 45
90. Erkin tushayotgan jism o’z harakatining oxirgi 10 sekundida butun yo’lning 3/4 ini o’tadi.
Jism boshlang’ich tezliksiz tushgan balandlikni aniqlang. g=10m/s
2
.
12
Javob: 2000
91. Vertikal trubkadan qum sochilyapti, bunda qum oqimining diametri trubka diametriga
teng bo’lib qolmoqda. Qum zarrasining trubka oxiridagi tezligi 1 m/s. Trubka oxiridan 2,4 m
masofadagi oqimning ichida qumning o’rtacha zichligi trubka oxirining ichidagisiga qaraganda
necha marta kichik bo’ladi? Har bir qum zarrasi g=10m/s
2
. tezlanish bilan erkin tushadi deb
hisoblansin.
Javob: 7
Ikki jism harakati
92. Bir nuqtadan bir vaqtda bir yo’nalish bo’yicha ikki jism harakat boshladi: biri 5 m/s tezlik
bilan tekis, boshqasi boshlang’ich tezliksiz 2 m/s
2
tezlanish bilan tekis tezlanuvchan. Necha
sekunddan so’ng ikkinchi jism birinchisini quvib yetadi?
Javob: 5
93. Yo’lovchiga vagonning eshigigacha 15 m qolganda poyezd joyidan qo’zg’aldi va 0.5 m/s
2
tezlanish bilan harakatlana boshladi. Yo’lovchi 4 m/s tezlik bilan yugurib ketdi. Necha
sekunddan so’ng u vagon eshigiga yetishadi?
Javob: 6
94. Doimiy 5 m/s tezlik bilan tushayotgan aerostatdan yerga nisbatan 10 m/s tezlik bilan
vertical yuqoriga jism otiladi. Necha sekunddan so’ng jism aerostat bilan tenglashadi? g=10m/s
2
.
Javob: 3
95. Ikkita tosh bir vertikalda bir-biridan 20 m masofada joylashgan. Qandaydir vaqt
momentida yuqoridagi tosh 2 m/s tezlik bilan vertical pastga otiladi, pastdagisi esa boshlang’ich
tezliksiz qo’yib yuboriladi. Necha sekund o’tib toshlar to’qnashishadi?
Javob: 10
96. Yer sirti ustida muallaq turgan vertolyotdan boshlang’ich tezliksiz ikki jism tashlab
yuborildi. Bunda ikkinchisi birinchisidan 1 sekundga kechiktirildi. Birinchi yukning harakati
boshidan 4 s o’tgandagi yuklar orasidagi masofani aniqlang. g=10m/s
2
.
Javob: 35
97. Jism 4 m/s boshlang’ich tezlik bilan vertikal yuqoriga otildi. U trayektoriyaning yuqori
nuqtasiga erishgan paytda u otilgan nuqtadan o’sha boshlang’ich tezlik bilan ikkinchi jism
vertical yuqoriga otildi. Jismlar boshlang’ich nuqtadan qanday masofada (cm da) uchrashishadi?
g=10m/s
2
.
Javob: 60
98. Kichkina sharcha 3,2 m balandlikdan boshlang’ich tezliksiz tusha boshlaydi. U bilan bir
vaqtda yer sirtidan boshqa sharcha birinchi shar yerga tushganda ega bo’ladigan tezlikdan 1,5
marta kichik bo’lgan boshlang’ich tezlik bilan otildi. Sharlar qanday balandlikda (cm da)
to’qnashishadi?
Javob: 140
99. Tezyurar lift yerga nisbatan 5 m/s
2
tezlanish bilan tushmoqda. Qandaydir vaqt
momentida lift shiftidan bolt tusha boshlaydi. Liftning balandligi 2,5 m. Boltning tushish
vaqtini aniqlang. g=10m/s
2
.
Javob: 1
100. Yo’lovchiga vagonning eshigigacha 25 m qolganda poyezd joyidan qo’zg’aldi va 0,5 m/s
2
tezlanish bilan harakatlana boshladi. Yo’lovchi doimiy tezlik bilan yugura boshladi. Qanday
minimal tezlikda u o’z vagonini quvib yetadi?
Javob: 5
101. Ikki jism bir vaqtda bir chiziq bo’ylab bir-biriga tomon 10 va 20 m/s boshlang’ich tezliklar
bilan va mos ravishda boshlang’ich tezliklarga qarama-qarshi yo’nalgan 2 va 1 m/s
2
doimiy
tezlanishlar bilan harakatlana boshladi. Jismlar orasidagi boshlang’ich masofaning qanday
maksimal qiymatida ular harakat jarayonida uchrashishadi?
Javob: 150
Harakatning bir necha ketma-ket bosqichlari
102. Agar jism dastlabki 5 s ichida 2 m/s doimiy tezlik bilan, keyin esa 5 s davomida 2 m/s
2
doimiy tezlanish harakatlansa, u to’g’ri chiziq bo’ylab qanday yo’lni o’tadi?
Javob: 45
13
103. Yuguruvchi 4 s ichida 10 m/s tezlikkacha o’z tezligini oshiradi, shundan keyin doimiy
tezlik bilan yuguradi. 100 m masofada u qanday natija ko’rsatadi?
Javob: 12
104. Avtomobil tinch holatidan tekis tezlanuvchan harakatlanib 10 s da 20 m/s tezlikka
erishadi. Keyingi 5 s da u tekis harakatlanadi, so’ngra doimiy tezlanish bilan harakatlanib 5 s
davomida to’xtaydi. Avtomobilning butun harakat davomidagi yo’lini toping.
Javob: 250
105. Avtomashina ikki svetofor orasidagi masofaning 0,1 qismiga teng bo’lgan birinchi
uchastkani tekis tezlanuvchan harakatlanib o’tdi va 20 m/s tezlik oldi. Keyin u shu tezlik bilan
tekis yurdi va uzunligi birinchisiga teng bo’lgan oxirgi uchastkada doimiy tezlanish bilan
tormozlandi. Avtomashinaning o’rtacha tezligi (km/h da) qanday?
Javob: 60
106. Tinch holatidan tekis tezlanib harakatlangan bola chanada uzunligi 50 m bo’lgan tog’dan
10 s da tushdi, so’ngra to’xtaguniga qadar gorizontal uchastkada yana 25 m o’tdi. Harakatning
ikkinchi uchastkasida bola tezlanishining kattaligini toping.
Javob: 2
107. Yer sirtidan vertikal yuqoriga uchirilgan raketaning dvigatellari 10 s davomida ishlab
turdi va raketaga 30 m/s
2
doimiy tezlanish berdi. Dvigatellar o’chirilgach raketa yer sirti ustida
qanday maksimal balandlikka (km da) erishadi? g=10m/s
2
.
Javob: 6
108. Vertikal yuqoriga uchgan raketaning dvigateli 20 s davomida ishlab turdi. Raketa yana
biroz vaqt harakatni davom ettrib 1,5 km maksimal uchish balandligiga erishdi. Raketaning
dvigatellar ishlab turgan vaqtdagi tezlanishini toping. g=10m/s
2
.
Javob: 5
109. 20 s davomida raketa doimiy 0.8g tezlanish bilan ko’tariladi-da, uning dvigatellari
o’chiriladi. Shundan so’ng qancha vaqt o’tib raketa yerga tushadi?
Javob: 40
110. Jism boshlang’ich tezliksiz doimiy tezlanish bilan to’g’ri chiziq bo’ylab harakatlana
boshlaydi. 28 s dan keyin uning tezlanishi yo’nalish bo’yicha qarama-qarshi tomonga o’zgaradi
va miqdor jihatidan 4 % ga kamayadi. Shundan so’ng qancha vaqt o’tib jism boshlang’ich
nuqtaga qaytib keladi?
Javob: 70
111. Konkichi doimiy
ϑ
tezlik bilan 450 m o’tadi, keyin to’xtaguniga qadar 0,5 m/s
2
tezlanish
bilan tormozlanadi.
ϑ
tezlikning qandaydir qiymatida konkichi harakatining umumiy vaqti
minimal bo’ladi. Shu vaqt qanchaga teng?
Javob: 60
Gorizontal otish
112. Samolyot 8 km balandlikda 900 km/h tezlik bilan gorizontal uchmoqda. Mo’ljalga necha
kilometr qolganda uchuvchi bombani tashlashi kerak? g=10m/s
2
.
Javob: 10
113. Agar qandaydir balandlikdan gorizontal otilgan jismning boshlang’ich tezligi 2 marta
ortsa, uning uchish uzoqligi necha marta ortadi?
Javob: 2
114. Gorizontal otilgan jismning boshlang’ich balandligini 4 marta kamaytirib, boshlang’ich
tezligini 3 marta oshirilsa, uning uchish uzoqligi necha foizga ortadi?
Javob: 50
115. 45 m balandlikdagi minoradan qandaydir tezlik bilan tosh gorizontal otildi. Qancha
sekunddan so’ng u yerga tushadi? g=10m/s
2
.
Javob: 3
116. 4,9 m/s tezlik bilan gorizontal otilgan jismning uchish uzoqligi u otilgan balandlikka
teng. Bu balandlik nimag teng (cm da)? g=9.8 m/s
2
.
Javob: 490
117. Jism qandaydir balandlikdan 40 m/s tezlik bilan gorizontal otildi. Uning uch sekunddan
keyingi tezligini aniqlang. g=10m/s
2
.
14
Javob: 50
118. 15 m/s tezlik bilan gorizontal otilgan tosh yerga 25 m/s tezlik bilan tushdi. Toshning
uchishi qancha davom etgan? g=10m/s
2
.
Javob: 2
119. Yerdan 5 m balandda joylashgan derazadan gorizontal yo’nalishda tosh otildi va u uydan
8 m masofaga borib tushdi. Tosh qanday tezlikda otilgan? g=10m/s
2
.
Javob: 8
120. Tosh gorizontal otilgan. Otishdan 2 s o’tib uning tezlik vektori gorizont bilan 45
0
burchak
hosil qildi. Toshning boshlang’ich tezligini toping. g=10m/s
2
.
Javob: 20
121. Jism gorizontal otilgan. Otishdan 2 s o’tib tezlik va tezlanish vektorlarining yo’nalishlari
orasidagi burchak 60
0
ga teng bo’ldi. Jismning shu paytdagi to’liq tezligini aniqlang. g=10m/s
2
.
Javob: 40
122. Gorizontal yo’nalishda otilgan jismning uchish uzoqligi u tashlangan balandlikning
yarmiga teng. Jism yerga tushishida uning tezligi gorizont bilan hosil qilgan burchakning
tangensi qanchaga teng?
Javob: 4
123. Tosh 5,5 m balandlikdan gorizontal yo’nalishda shunday otildiki, u yer sirtiga 45
0
burchak ostida tushadi. Tosh gorizontal yo’nalishda qancha masofa uchib o’tdi?
Javob: 11
124. 500 m balandlikda 180 km/h tezlik bilan uchayotgan samolyotdan yuk tushib ketdi.
Qanday balandlikda yukning tezligi gorizontga 60
0
burchak ostida yo’nalgan bo’ladi? g=10m/s
2
.
Javob: 125
125. Koptok 2 m/s tezlik bilan gorizontal otildi. Koptokning gorizontal sirtga ikkita ketma-ket
urilishlari orasidagi masofa 4 m ga teng. Koptok qanday balandlikdan otilgan? g=10m/s
2
.
(urilishlar absolyut elastik).
Javob: 5
126. Qiyalik burchagi gorizontga 30
0
bo’lgan tog’dan 15 m/s boshlang’ich tezlik bilan
gorizontal yo’nalishda koptok otiladi. Otish nuqtasidan qiya tekislik bo’ylab qanday masofada
koptok tushadi? g=10m/s
2
.
Javob: 30
127. Metall sharcha zinapoyaning yuqori zinasi chetiga 1,5 m/s tezlik bilan dumalab keldi.
Har bir zinaning balandligi va kengligi 20 cm. Sharcha hisob bo’yicha qaysi zinaga birinchi
uriladi? Sharcha ustida bo’lgan (yuqori) zinadan keyingi zinani birinchi deb hisoblang. g=10m/s
2
.
Javob: 3
128. Qo’zg’almas miltiqdan 120 m masofadagi vertikal nishonga gorizontal yo’nalishda ikki
marta o’q uzilgan. Birinchi o’qning tezligi 300 m/s, ikkinchisiniki 400 m/s. Nishondagi teshiklar
orasidagi masofani (cm da) aniqlang? g=10m/s
2
.
Javob: 35
129. Bir nuqtadan bir vaqtda ikki jism otiladi: biri 6 m/s tezlik bilan gorizontal, boshqasi 8
m/s tezlik bilan vertikal. Jismlar 2 s dan so’ng bir-biridan qanday masofada bo’ladi?
Javob: 20
130. Ikki tosh bir gorinzontal chiziq ustida, bir-biridan 30 m masofada joylashgan. Bir toshni
9 m/s tezlik bilan vertikal yuqoriga otib yuborishadi, ikkinchisini esa birinchi tosh yo’nalishiga
gorizontal ravishda va u bilan bir vaqtda 12 m/s tezlik bilan otishadi. Harakat davomida toshlar
orasidagi eng qisqa masofa qanchaga teng?
Javob: 18
Burchak ostida otish
131. Koptok yer sirtidan gorizontga 30
0
burchak ostida 20 m/s boshlang’ich tezlik bilan otildi.
U yerga urilguncha qancha vaqt o’tadi? g=10m/s
2
.
Javob: 2
132. 40 m/s tezlik bilan gorizontga 60
0
burchak ostida uchirilgan raketaning ko’tarilish
balandligini toping. g=10m/s
2
.
Javob: 60
15
133. Quroldan gorizontga burchak ostida uchib chiqqan snaryand 20 s uchdi. U qanday
maksimal balandlikka erishgan? g=10m/s
2
.
Javob: 500
134. Gorizontga burchak ostida otilgan tosh 20 m maksimal balandikka erishdi. Toshning
uchish vaqtini toping. g=10 m/s
2
.
Javob: 4
135. 40 m/s tezlik bilan gorizontga 15
0
burchak ostida uchirilgan raketaning uchish uzoqligini
toping. g=10m/s
2
.
Javob: 80
136. Jism yer sirtidan gorizontga 30
0
burchak ostida otilgan. To’liq uchish vaqti 2 s ga teng
bo’ldi. Jismning boshlang’ich tezligini toping. g=10m/s
2
.
Javob: 20
137. Ko’tarilishning eng yuqori nuqtasida jismning tezligi boshlang’ich tezlikdan ikki marta
kichik bo’lishi uchun uni gorizontga qanday burchak (graduslarda) ostida otish kerak?
Javob: 60
138. Gorizontga burchak ostida otilgan tosh yerga 15 m/s tezlikda tushdi. Agar harakat
vaqtida toshning eng katta tezligi eng kichik tezligidan uch marta katta bo’lgani ma’lum bo’lsa,
uning maksimal ko’tarilish balandligi qanday? g=10m/s
2
.
Javob: 10
139. 2 km balandlikda 540 km/h tezlik bilan uchayotgan samolyot aniq zenit quroli ustida
bo’lgan paytda, quroldan o’q uziladi. Snaryad qanday minimal tezlik bilan uchib chiqqanda
nishonni shikastlashi mumkin? g=10m/s
2
.
Javob: 250
140. Gorizontga 45
0
burchak ostida otilgan tosh harakat boshidan 0,8 s o’tgach 12 m/s vertikal
tashkil etuvchi tezlikka ega bo’lgan holda ko’tarilishni davom ettirdi. Toshning otilish va tushish
nuqtalari orasidagi masofa qanday? g=10m/s
2
.
Javob: 80
141. Jism 30 m/s boshlang’ich tezlik bilan gorizontga 45
0
burchak ostida otildi. Jismning
tezligi gorizontga 30
0
burchak ostida yo’nalgan paytda u qanday balandlikda bo’ladi? g=10m/s
2
.
Javob: 15
142. Gorizontga 45
0
burchak ostida otilgan disk 15 m maksimal balandlikka erishdi. Diskning
uchish uzoqligi qanday?
Javob: 60
143. Tosh gorizontga shunday burchak ostida otildiki, bu burchakning sinusi 0,8 ga teng.
Uchish uzoqligining maksimal ko’tarilish balandligiga nisbatini toping.
Javob: 3
144. Toshni yer sirtidan birinchi gal gorizontga 60
0
burchak ostida, ikkinchi gal 30
0
burchak
ostida otishdi. Agar birinchi holda tosh otilish joyidan ikki marta uzoqroqqa borib tushsa,
birinchi holdagi ko’tarilish balandligi ikkinchi holdagidan necha marta katta bo’ladi?
Javob: 6
145. Yer sirtining bitta nuqtasidan ikkita tosh otib yuborildi. Birinchisi yerga
L masofada
tushdi, ikkinchisi –
3L masofada. Agar ikkinchi tosh gorizontga 30
0
burchak ostida otilgan, va
ularning ko’tarilish balandliklari birday bo’lsa, birinchi tosh gorizontga qanday burchak ostida
(graduslarda) otilgan?
Javob: 60
146. Jism gorizontga burchak ostida otildi. Butun harakat vaqtining qanday qismida
(foizlarda) jism maksimal ko’tarilish balandligining 3/4 qismidan balandda bo’ladi?
Javob: 50
147. Mina vertikal yuqoriga
g
3
tezlanish bilan uchadigan raketani shikastlashi uchun u
raketa starti vaqtida (raketa bilan bir vaqtda) minometdan qanday tezlikda uchib chiqishi
kerak? Minometdan raketa start oladigan joygacha masofa 250 m, mina gorizontga 45
0
burchak
ostida uchib chiqadi. g=10m/s
2
.
Javob: 100
16
148. Futbol to’pi 10 m/s tezlik bilan gorizontga 15
0
burchak ostida tepiladi. Tepish nuqtasidan
3 m masofada vertikal devor bo’lib, to’p unga elastik uriladi. To’pni tepish nuqtasidan u yerga
tushgan nuqtagacha bo’lgan masofani aniqlang. g=10m/s
2
.
Javob: 1
149. Shlangdan gorizontga 15
0
burchak ostida suv oqimi chiqadi. Oqim shlangdan 20 m
masofada borib tushadi. Shlang uchining yuzasi 1 cm
2
. Shlangdan 1 minutda qancha massali
suv oqib chiqadi? g=10m/s
2
.
Javob: 120
150. Shlangdan 10 m/s tezlik bilan gorizontga 30
0
burchak ostida suv oqimi chiqadi. Agar
teshik yuzasi (suv chiqadigan) 2 cm
2
bo’lsa, havoda bo’ladigan suvning massasini toping.
g=10m/s
2
.
Javob: 2
151. 15 m balandlikda joylashgan nuqtadan tosh 20 m/s tezlik bilan gorizontga 30
0
burchak
ostida otiladi. Qancha vaqtdan so’ng u yerga tushadi? g=10m/s
2
.
Javob: 3
152. Yerdan 30 m balandlikda joylashgan nuqtadan tosh 20 m/s tezlik bilan gorizontga 45
0
burchak ostida otiladi. U otish nuqtasidan qanday masofada (gorizontal bo’yicha) tushadi?
g=10m/s
2
.
Javob: 60
153. 7,5 m balandlikda joylashgan derazadan tosh gorizontga 45
0
burchak ostida otiladi. U uy
devoridan 15 m masofada tushadi. Tosh qanday tezlik bilan otilgan? g=10m/s
2
.
Javob: 10
154. Tog’ yonbag’ridagi qandaydir nuqtadan nishablik bo’ylab yuqoriga 21 m/s boshlang’ich
tezlik bilan gorizontga 60
0
burchak ostida jism otiladi. Agar tog’ning qiyalik burchagi 30
0
bo’lsa,
jism otish nuqtasidan qanday masofada tushadi? g=10m/s
2
.
Javob: 30
155. Koptok qiyalik burchagi gorizontga 30
0
bo’lgan tog’ ustida 6 m/s boshlang’ich tezlik bilan
tog’ yonbag’riga tik ravishda otib yuboriladi. Koptok otish nuqtasidan qiya tekislik bo’ylab
qanday masofada (cm da) tushadi? g=10m/s
2
.
Javob: 480
156. 1,5 m balandlikdan qiya tekislik ustiga vertikal yo’nalishda sharcha tushadi va absolyut
elastik ravishda qaytadi. U yana shu tekislikka tushish nuqtasidan qanday masofada uriladi?
Tekislikning qiyalik burchagi gorizontga 30
0
.
Javob: 6
157. Qandaydir nuqtadan ikkita tosh bir vaqtda otiladi: biri shimoliy yo’nalishda 24 m/s tezlik
bilan gorizontga 30
0
burchak ostida, boshqasi janubiy yo’nalishda 32 m/s tezlik bilan gorizontga
60
0
burchak ostida. 1,5 s dan so’ng toshlar orasidagi masofani aniqlang?
Javob: 60
158. Ikkita tosh bir gorizontal chiziq ustida bir-biridan 42 m masofada joylashgan. Toshlardan
biri vertikal yuqoriga 5 m/s tezlik bilan otiladi, ikkinchisi esa u bilan bir vaqtda 8 m/s tezlik
bilan birinchi toshga tomon yo’nalish bo’ylab gorizontga 30
0
burchak ostida otiladi. Harakat
davomida toshlar orasidagi eng kichik masofa qanchaga teng?
Javob: 6
Aylanma harakat
159. Bir g’ildirak sekundiga 50 marta aylanib tekis aylanmoqda. Ikkinchi g’ildirak tekis
aylana turib 30 sekundda 500 marta aylanmoqda. Birinchi g’ildirakning burchak tezligi
ikkinchisinikidan necha marta katta?
Javob: 3
160. G’ildirak
4
rad/s burchak tezlik bilan tekis aylanib necha sekundda 100 marta to’liq
aylanadi?
Javob: 50
161. Ventilyator parragining burchak tezligi
20
rad/s. 10 minut ichidagi to’liq aylanishlar
sonini toping.
17
Javob: 6000
162. Disk tekisligi ustida uning markazidan chetiga radius bo’ylab to’g’ri chiziq o’tkazilgan.
Disk tekis aylanishni boshladi, bunda to’g’ri chiziq 7 s ichida
3
2
radian burchakka burildi.
Diskning aylanish davrini toping.
Javob: 21
163. Aylanayotgan g’ildirak chetidagi nuqtaning chiziqli tezligi 50 cm/s, aylanish o’qiga 3 cm
yaqinroqda joylashgan nuqtaning tezligi esa 40 cm/s. G’ildirakning radiusini (cm da) aniqlang.
Javob: 15
164. Agar aylanayotgan g’ildirak gardishidagi nuqtaning chiziqli tezligi 0,5 m/s, va aylanish
o’qiga 4 cm yaqinroqdagi nuqtaning tezligi 0,3 m/s bo’lsa, u qanday burchak tezlikda
aylanmoqda?
Javob:5
165. Soatning minut strelkasi sekund strelkasidan 20 % ga uzunroq. Sekund strelka oxirining
tezligi minut strelka oxirining tezligidan necha marta katta?
Javob:50
166. Ikki shkiv tasmali uzatma orqali bog’langan. Birinchi shkiv minutiga 600 marta
aylanadi. Ikkinchisi minutiga 3000 marta aylanishi kerak. Agar ikkinchi shkivning diametri 10
cm bo’lsa, birinchisining diametrini qanday qilib yasash (cm da) kerak?
Javob:50
167. Yuk barabanining diametri 18 cm bo’lgan chig’ir yordamida 0,9 m/s tezlik bilan tekis
ko’tariladi. Chig’ir barabani aylanishining burchak tezligini toping.
Javob:10
168. 0,2 m radiusli blok orqali oxirlarida bir xil yukchalar bo’lgan cho’zilmas ip o’tkazilgan.
Blokning o’qi 1 m/s tezlik bilan ko’tariladi, yuklardan biri esa 2 m/s tezlik bilan tushadi (yerga
nisbatan). Blok aylanishining burchak tezligi qancha?
Javob:15
169. Miltiqdan chiqadigan o’q 50 ayl/s chastota bilan aylanayotgan, diametri 20 cm bo’lgan
yupqa devorli silindrga borib tegadi. Agar o’q silindrning diametri yo’nalishida otilsa, va o’q
silindr ichidan uchib chiqqanda kirish teshigi 1 cm ga siljisa, o’qning tezligini toping.
14
,
3
.
Javob:628
170. Yer sirtining 60
0
kenglikda yotuvchi nuqtasining chiziqli tezligi ekvatorda yotuvchi
nuqtaning chiziqli tezligidan necha marta kichik?
Javob:2
171. Ayalana bo’ylab 16 rad/s burchak tezlik va 2 m/s chiziqli tezlik bilan harakatlanayotgan
nuqtaning markazga intilma tezlanishining miqdorini aniqlang.
Javob:32
172. Agar g’ildirakning aylanish davri 5 marta kamaysa, uning gardishidagi nuqtaning
markazga intilma tezlanishi necha marta ortadi?
Javob:25
Kinematik bog’lanishlar
173. Uchlariga ikki sharcha osilgan cho’zilmas ip blok orqali o’tkazilgan. Blok o’qi 4 m/s tezlik
bilan vertikal yuqoriga ko’tariladi, va bunda sharchalardan biri o’z joyida ushlab turiladi.
Boshqa sharcha qanday tezlikda harakatlanadi?
Javob:8
174. Uchlariga ikkita yuk osilgan cho’zilmas ip blok orqali o’tkazilgan. Qandaydir vaqt
momentida blok o’qi 2 m/s tezlik bilan vertikal yuqoriga ko’tariladi, yuklardan biri esa 3 m/s
tezlik bilan tushadi. Shu paytda boshqa yuk qanday tezlik bilan harakatlanadi?
Javob:7
175. Sol arqon yordamida baland qirg’oqqa tomon tortilmoqda. Arqon gorizont bilan 60
0
burchak hosil qilganda sol 1,2 m/s tezlik bilan harakatlanishi uchun arqonni qanday tezlikda
(cm/s da) tortish kerak?
Javob:60
18
176. Uchlariga ikkita bir xil yuk osilgan uzun ip bir xil balandlikda bir-biridan 1,2 m
masofada qoqib qo’yilgan ikkita mix orqali o’tkazilgan. Ipning mixlar orasidagi masofaning
o’rtasida joylashgan nuqtasini pastga doimiy 1 m/s tezlik bilan torta boshlashadi. Yuklar 40 cm
ga ko’tarilgan paytda, ularning tezligi (cm/s da) qanday bo’ladi?
Javob:80
177. Agar avtomobil g’ildiragining diametri 60 cm ga, va uning aylanish burchak tezligi 60
rad/s ga teng bo’lsa, avtomobil sirpanishsiz qanday tezlikda harakatlanadi?
Javob:18
178. G’ildirak gorizontal yo’lda sirpanishsiz 1 m/s tezlik bilan dumalamoqda. G’ildirakning
vertikal diametrining yuqori uchida joylashgan nuqtasining tezligini aniqlang.
Javob:2
179. 1 m uzunlikdagi tayoq yerda yotibdi. Tayoqning bir uchini 1,2 m/s tezlik bilan vertikal
yuqoriga ko’tara boshlashadi. Tayoqning yuqoridagi uchi 80 cm balandda bo’lgan vaqtda uning
pastki uchi yer bo’ylab qanday tezlikda (cm/s da) sirpanayotgan bo’ladi?
Javob:160
180. 60 cm uzunlikdagi tayoqchani devorga tirab qo’yishdi, va u sirpana boshladi.
Tayoqchaning pastki uchi va devor orasidagi masofa 48 cm bo’lgan paytda uning (pastki uch)
tezligi 18 cm/s ga teng bo’ladi. Shu paytda yuqori uchning tezligi (cm/s da) qanday bo’ladi?
Javob:24
181. Tayoqcha tekislikda harakatlanadi. Qandaydir vaqt momentida tayoqchaning bir
uchining tezligi tayoqcha bo’ylab yo’nalgan va 25 cm/s ga teng, ikkinchi uchning tezligi esa
tayoqcha yo’nalishiga 60
0
burchak ostida yo’nalgan. Shu paytda ikkinchi uchning tezligi
qanchaga (cm/s da) teng?
Javob:50
182. To’g’ri burchakli teng yonli ABC uchburchak shaklidagi plastinka tekislikda
harakatlanadi. Qandaydir vaqt momentida to’g’ri burchakli B uchning tezligi 10 cm/s ga teng va
A uch tomonga yo’nalgan, A uchning tezligi esa AC ga parallel yo’nalgan. Shu paytda C uchning
tezligi qanchaga (cm/s da) teng?
Javob:20
183. Teng tomonli ABC uchburchak shaklidagi plastinka tekislikda harakatlanadi. Qandaydir
vaqt momentida A nuqtaning tezligi AC ga parallel yo’nalgan, B nuqtaning tezligi esa BC ga
parallel yo’nalgan va 15 cm/s ga teng. Shu paytda C uchning tezligi qanchaga (cm/s da) teng?
Javob:30
2. DINAMIKA
Nyutonning ikkinchi qonuni
a) parallel kuchlar
184. Doimiy kuch ta’sirida harakatlana boshlagan 6 kg massali jism birinchi sekundda 15 m
yo’l o’tdi. Kuchning miqdorini aniqlang.
Javob:180
185. 60 N kuch jismga 0,8 m/s
2
tezlanish beradi. Qanday kuch shu jismga 2 m/s
2
tezlanish
beradi?
Javob:150
186. 36 km/h tezlik bilan harakatlanib kelgan 2 t massali avtomobil tormozlash boshidan 25
m yo’l o’tib to’xtadi. Tormozlovchi kuch miqdorini (kN da) aniqlang.
Javob:4
187. 4 t massali yuk avtomobili 0,3 m/s
2
tezlanish bilan harakatlanadi. Yuk ortilgandan keyin
u o’sha tortish kuchida joyidan 0,2 m/s
2
tezlanish bilan qo’zg’aladi. Avtomobilga necha tonna yuk
ortilgan? Harakatga qarshilik hisobga olinmasin.
Javob:2
188. Qandaydir kuch ta’sirida tinch holatidan harakatga kelgan aravacha 40 cm yo’l o’tdi.
Aravachaga 2 kg yuk qo’yilganda u o’sha kuch ta’sirida, o’shancha vaqt ichida tinch holatidan
boshlab 20 cm yo’l o’tdi. Aravachaning massasi qancha?
Javob:2
19
189. 2 kg massali jism vertikal yuqoriga og’irlik kuchi tezlanishidan ikki marta katta
tezlanish bilan ko’tarilishi uchun unga qanday kuch bilan ta’sir qilish kerak? g=10m/s
2
.
Javob:60
190. 10 kg massali jism vertikal pastga 5 m/s
2
tezlanish bilan harakatlanishi uchun unga
qanday kuch bilan ta’sir qilish kerak? g=10m/s
2
.
Javob:50
191. Agar yuk osilgan ipning tarangligi harakatsiz yuk hosil qilgan taranglikdan uch marta
katta bo’lgan bo’lsa, yuk ipda qanday tezlanish bilan ko’tarilmoqda? g=10m/s
2
.
Javob:20
192. Trosning chidamliligi 1600 N. Shu tros yordamida qanday maksimal massali yukni 15
m/s
2
. tezlanish bilan ko’tarish mumkin? g=10m/s
2
.
Javob:64
193. 10 N taranglikka dosh bera oladigan ip orqali 0,5 kg massali yukni tinch holatidan
vertikal yuqoriga ko’tarishmoqda. Harakatni tekis tezlanuvchan deb hisoblab, ip uzilmasdan
turib yukni 0,1 s da ko’tarish mumkin bo’lgan chegaraviy balandlikni (cm da) toping. g=10m/s
2
.
Javob:5
194. Blok orqali o’tkazilgan cho’zilmaydigan ipning bir uchiga 10 kg massali yuk osilgan. Yuk
1 m/s
2
tezlanish bilan ko’tarilishi uchun ipning boshqa uchini qanday kuch bilan pastga tortish
kerak? Blokning va ipning massasini hisobga olmang. g=10m/s
2
.
Javob:110
195. 60 kg massali kosmonavt raketaning vertikal ko’tarilishida tayanchga 5400 N kuch bilan
bosadi. Raketa tezlanishini toping. g=10m/s
2
.
Javob:80
196. Agar lift pastga yo’nalgan va 3 m/s
2
ga teng bo’lgan tezlanish bilan tushsa, uning ichida
turgan 70 kg massali odamning vazni qancha bo’ladi? g=10m/s
2
.
Javob:490
197. Lift harakat boshida va to’xtashda bir xil miqdordagi tezlanishga ega bo’ladi. Agar lift
ichida turgan odamning vazni birinchi va ikkinchi hollarda uch marta farq qilsa, shu
tezlanishning miqdori qanday? g=10m/s
2
.
Javob:5
198. 1100 kg umumiy massali pastga tekis harakatlanayotgan aerostat yuqoriga shu tezlik
moduli bilan tekis ko’tarila boshlashi uchun undan tashlab yuborish kerak bo’lgan yukning
massasini aniqlang. Arximed kuchi 10 kN. Havoning aerostat harakatiga qarshilik kuchi
tezlikka proporsional. g=10m/s
2
.
Javob:200
199. 0.5 kg massali jism 9 m balandlikdan boshlang’ich tezliksiz tushib yer sirti yaqinida 12
m/s tezlik oldi. Havoning o’rtacha qarshilik kuchini toping. g=10m/s
2
.
Javob:1
200. Vertikal yuqoriga 40 m/s tezlik bilan otilgan 1 kg massali jism 2,5 s dan keyin maksimal
ko’tarilish balandligiga erishdi. Havoning qarshilik kuchini doimiy deb hisoblab, uning
miqdorini aniqlang. g=10m/s
2
.
Javob:6
201. 0,5 kg massali shar 10 m balandlikdan qor ustiga tushadi va unda 0,8 m chuqurlikdadgi
o’ra hosil qiladi. Havodagi va qordagi harakatni tekis tezlanuvchan, va havoning qarshilik kuchi
0,6 N ga teng deb hisoblab, qor ichidagi harakatda qarshilik kuchini toping. g=10m/s
2
.
Javob:60
202. 1,3 m/s
2
tezlanish bilan tushayotgan lift ichida bikrligi 595 N/m bo’lgan prujinaga yuk
osilgan. Agar prujinaning uzayishi 1 cm ga teng bo’lsa, yukning massasini (g da) toping.
g=10m/s
2
.
Javob:700
203. Avtomobil 3 m/s
2
tezlanish bilan harakatlana boshladi. 60 km/h tezlikda uning
tezlanishi 1 m/s
2
ga teng bo’ldi. Agar motorning tortish kuchi doimiy qolsa, va qarshilik kuchi
20
tezlikka proporsional bo’lsa, avtomobil qanday barqaror (установившейся) tezlik (km/h da) bilan
harakatda bo’ladi?
Javob:90
204. Bir xil moddadan tayyorlangan ikkita sharcha havoda tusha boshlaydi. Sharchalar
radiuslarining nisbati 4 ga teng. Katta sharchaning tushishdagi barqaror tezligi necha marta
katta? Qarshilik kuchi sharchaning ko’ndalang kesim yuzasiga va uning tezligining kvadratiga
proporsional.
Javob:2
205. 1 g massali sharcha uchun havoda (juda yuqoridan tushishda) tekis harakatning
barqaror tezligi 100 m/s. Shu moddadan tayyorlangan, tushishdagi barqaror tezligi 200 m/s
bo’lgan boshqa sharchaning massasi qanchaga (g da) teng? Qarshilik kuchi sharchaning
ko’ndalang kesim yuzasiga va uning tezligining kvadratiga proporsional.
Javob:64
206. Jismning boshlang’ich tezligi 10 m/s ga teng. Jismga faqat muhitning qarshilik kuchi
ta’sir qiladi deb hisoblab, u to’xtagunga qadar qancha masofa o’tishini aniqlang. Qarshilik kuchi
tezlikka proporsional. Qarshilik koeffitsiyenti 2 kg/s. Jismning massasi 4 kg.
Javob:20
207. Erkin uchayotgan jism muhitga tushib qoladi, va bu muhitda unga tezlikka proporsional
bo’lgan qarshilik kuchi ta’sir qiladi. Jismning tezligi ikki marta kamaygan paytda u 60 m yo’l
o’tdi. Shu paytdan boshlab jism to’xtaguniga qadar qancha masofa o’tadi? Og’irlik kuchini
hisobga olmang.
Javob:60
b) parallel bo’lmagan kuchlar
208. Silliq gorizontal stolda joylashgan 2 kg massali jismga gorizontga 30
0
burchak ostida
yuqoriga yo’nalgan 30 N kuch ta’sir qiladi. Jism stolga qanday kuch bilan bosadi? g=10m/s
2
.
Javob:5
209. 10 kg massali jism silliq gorizontal sirt bo’ylab gorizontga 60
0
burchak ostida yo’nalgan
40 N kuch ta’sirida harakatlantirilmoqda. Jismning tezlanishini toping.
Javob:2
210. Brusok vertikal devor bo’ylab yuqoriga ko’chirilmoqda. Unga vertikalga qandaydir
burchak ostida yo’nalgan kuch qo’yilgan. Agar brusokning devorga normal bosim kuchi unga
qo’yilgan kuchdan ikki marta kichik bo’lsa, kuch qanday burchak ostida qo’yilganini
(graduslarda) toping.
Javob:30
211. Gorizontal yo’nalishda 10 m/s
2
tezlanish bilan harakatlanayotgan aravacha ichida yuk
osilgan ip vertikaldan qanday burchakka (graduslarda) og’adi? g=10m/s
2
.
Javob:45
212. 2,25 m/s
2
tezlanish bilan harakatlanayotgan aravachaga yukli ip osilgan. Ip barqaror
og’ma vaziyatni egallagandan keyingi uning taranglik kuchini toping. Yukning massasi 4 kg.
g=10m/s
2
.
Javob:41
213. 0,5 kg massali yuk lift shiftiga ikkita ip orqali osib qo’yilgan, va bunda har bir ip vertikal
bilan 60
0
burchak hosil qiladi. Agar lift 2 m/s
2
tezlanish bilan ko’tarilsa, har bir ipning taranglik
kuchi qanday bo’ladi? g=10m/s
2
.
Javob:6
214. 5 kg massali yuk lift shiftiga birining uzunligi 30 cm, ikkinchisiniki 40 cm bo’lgan ikkita
ip orqali osib qo’yilgan. Shiftga mahkamlangan iplar orasidagi masofa 50 cm ga teng. Lift 2 m/s
2
tezlanish bilan ko’tariladi. Qisqa ipning taranglik kuchini toping. g=10m/s
2
.
Javob:48
215. Qiyalik burchagi 30
0
bo’lgan qiya tekislik ustida 5 kg massali brusok yotibdi. Qiya
tekislik 2 m/s
2
tezlanish bilan yuqoriga ko’tarilayotgan lift ichida turibdi. Brusokning tekislikka
normal bosim kuchini aniqlang. g=10m/s
2
. √3=1.7.
Javob:51
21
216. Jism qiya tekislikdan ishqalanishsiz 2 m/s
2
tezlanish bilan sirpanib tushmoqda. Qiya
tekislikning balandligi 18 m. Qiyalik uzunligini toping. g=10m/s
2
.
Javob:90
217. 18 m uzunlikli muz tog’ gorizont bilan 30
0
burchak hosil qiladi. Bola tog’ bo’ylab chanada
uchadi. Agar tog’dan tushish 3 s davom etsa, chananing sirpanib tushishidagi ishqalanish kuchi
qanchaga teng? Bolaning chana bilan birgalikdagi massasi 60 kg. g=10m/s
2
.
Javob:60
218. Qiya tekislik asosida 6 m/s tezlikka ega bo’lgan 1 kg massali jism tekislik bo’ylab
to’xtaguniga qadar 1 s davomida ko’tariladi. Agar tekislikning qiyalik burchagi gorizontga 30
0
bo’lsa, jismga ta’sir qiluvchi ishqalanish kuchini toping. g=10m/s
2
.
Javob:1
Ishqalanish koeffitsiyenti
219. YPX xodimi avtomobilning asfalt yo’lidagi tormozlanish izi 40 m ga teng ekanligini
aniqladi. G’ildiraklarning asfaltga ishqalanish koeffitsiyenti 0,5 bo’lsa, avtomobil qanday tezlik
bilan (km/h da) harakatlangan?
Javob:72
220. 1 kg massali jism gorizontal tekislikda joylashgan. Jismga 2 N gorizontal kuch ta’sir
qiladi. Ishqalanish koeffitsiyenti 0,3 bo’lsa, ishqalanish kuchini aniqlang.
Javob: 2
221. 10 kg massali jism gorizontal tekislikda joylashgan. Jismga gorizontga 30
0
burchak
ostida yo’nalgan 50 N kuch ta’sir qiladi. Ishqalanish koeffitsiyenti 0,2 bo’lsa, ishqalanish kuchini
aniqlang. g=10m/s
2
.
Javob: 15
222. 10 kg massali jism gorizontal tekislikda joylashgan. Birinchi marta jismga 5 N gorizontal
kuch bilan ta’sir qilishadi, ikkinchi marta esa gorizontga 30
0
burchak ostida yuqoriga yo’nalgan
50 N kuch bilan ta’sir qilishadi. Agar ishqalanish koeffitsiyenti 0,2 bo’lsa, ikkinchi holdagi
ishqalanish kuchi birinchisidagidan necha marta katta? g=10m/s
2
.
Javob: 3
223. Massasi 8 kg bo’lgan jism o’ziga qo’yilgan kuch ta’sirida stol bo’ylab tekis
harakatlanayotgan bo’lsa, shu gorizontal kuchning qiymati qanday? Ishqalanish koeffitsiyenti
0,3. g=10m/s
2
.
Javob: 24
224. 3 kg massali brusok gorizontal prujina yordamida gorizontal joylashgan doska bo’ylab
tekis tortilmoqda. Agar prujina 5 cm ga uzaygan bo’lsa, uning bikrligi qanday? Brusok va doska
orasidagi ishqalanish koeffitsiyenti 0,25. g=10m/s
2
.
Javob: 150
225. 2 kg massali jism gorizontal kuch ta’sirida gorizontal sirt bo’ylab 2 m/s
2
tezlanish bilan
harakatlanmoqda. Agar jism va tekislik orasidagi ishqalanish koeffitsiyenti 0,2 bo’lsa, shu
kuchning miqdorini toping. g=10m/s
2
.
Javob: 8
226. 500 N maksimal tortish kuchiga ega bo’lgan itlar galasi qanday maksimal massali
chanani (yuki bilan birga) gorizontal yo’lda tekis torta oladi? Ishqalanish koeffitsiyenti 0,1.
g=10m/s
2
.
Javob: 500
227. Yuk mashinasi o’zining kuzovidagi mahkamlanmagan yuk siljimasligi uchun qanday eng
katta tezlanish bilan harakatlanishi kerak? Yukning kuzov tubiga ishqalanish koeffitsiyenti 0,2.
g=10m/s
2
.
Javob: 2
228. Gorizontal sirtda yotgan jism unga ta’sir qiluvchi og’irlik kuchining yarmiga teng bo’lgan
gorizontal kuch ta’sirida harakatga keltiriladi. Kuch qandaydir
t vaqt ta’sir etadi, keyin ta’sirni
to’xtatadi. Agar jism harakat boshidan to’xtaguniga qadar o’tgan to’liq yo’l 15 m ga teng bo’lsa,
t
vaqtni aniqlang. Ishqalanish koeffitsiyenti 0,2. g=10m/s
2
.
Javob: 2
22
229. Sportchi boshlang’ich tezliksiz harakat boshlab, va faqat yo’lning 20 m uzunlikli birinchi
qismida tezlashib, 100 m masofani qanday minimal vaqtda o’ta oladi? Oyoq kiyimi va yugurish
yo’lakchasi orasidagi ishqalanish koeffitsiyenti 0,25. g=10m/s
2
.
Javob: 12
230. Odam 6 kg massali chanani arqon yordamida doimiy tezlikda tortib bormoqda. Bunda
arqon gorizont bilan qandaydir burchak hosil qiladi, va shu burchakning tangensi 0,75. Chana
va gorizontal sirt orasidagi ishqalanish koeffitsiyenti 0,3. Arqonning taranglik kuchini aniqlang.
g=10m/s
2
.
Javob: 18
231. 6 kg massali chanani ip yordamida gorizontga 30
0
burchak ostida yo’nalgan 20 N kuch
bilan tortganda, u qanday tezlanish oladi? Ishqalanish koeffitsiyenti 0,1. √3=1.7. g=10m/s
2
.
Javob: 2
232. 2,8 kg massali brusok vertical devor bo’ylab yuqoriga 70 N ga teng bo’lgan va vertikalga
burchak ostida yo’nalgan kuch yordamida ko’chirilmoqda. Agar sinα=0.6, hamda brusok va
devor orasidagi ishqalanish koeffitsiyenti 0,4 ekanligi ma’lum bo’lsa, busokning tezlanishini
toping. g=10m/s
2
.
Javob: 4
Ishqalanishli qiya tekislik
233. Jism qiya tekislik bo’ylab tekis sirpanmoqda. Agar jismning tekislikka ishqalanish
koeffitsiyenti 0,2 bo’lsa, tekislikning gorizontga qiyalik burchagi kotangensi nimaga teng?
Javob: 5
234. Jism birinchi marta qiyalik burchagi 30
0
bo’lgan qiya tekislik ustida, ikkincha marta
qiyalik burchagi 60
0
bo’lgan qiya tekislik ustida qo’yiladi. Agar ikkala holda ham ishqalanish
koeffitsiyenti 0,8 bo’lsa, birinchi holdagi ishqalanish kuchi ikkinchi holdagidan necha foizga
ko’p?
Javob: 25
235. Jism balandligi 3 m va uzunligi 5 m bo’lgan qiya tekislikdan sirpanib tushadi.
Ishqalanish koeffitsiyenti 0,5. Jismning tezlanishini toping. g=10m/s
2
.
Javob: 2
236. Jismga turtki bilan qiya tekislik bo’ylab yuqoriga yo’nalgan tezlik berildi. Agar qiya
tekislikning balandligi 4 m, uzunligi 5 m, va ishqalanish koeffitsiyenti 0,5 bo’lsa, jism
tezlanishining miqdorini toping. g=10m/s
2
.
Javob: 11
237. Jismga turtki bilan qiya tekislik bo’ylab yuqoriga yo’nalgan tezlik berildi. Qiya
tekislikning balandligi 3 m, uzunligi 5 m, va ishqalanish koeffitsiyenti 0,6. Jismning yuqoriga
harakatlanishidagi tezlanish miqdori uning pastga harakatlanishidagi tezlanish miqdoridan
necha marta katta?
Javob: 9
238. Balandligi 5 m va qiyalik burchagi gorizontga 45
0
bo’lgan qiya tekislik uchidan jism
sirpanishni boshlaydi. Jismning qiya tekislikka ishqalanish koeffitsiyenti 0,19. Jismning tushish
oxiridagi tezligini toping. g=10m/s
2
.
Javob: 9
239. Jism balandligi 5 m va uzunligi 13 m bo’lgan qiya tekislikdan sirpanib tushadi.
Ishqalanish koeffitsiyenti 0,4. Jismning qiya tekislik bo’ylab harakat vaqtini toping. g=10m/s
2
.
Javob: 13
240. Agar kichik shayba qiyalik burchagi gorizontga 30
0
bo’lgan qiya tekislikdan pastga tekis
harakatlanib tushsa, u xuddi shu moddadan tayyorlangan, balandligi 2,5 m va qiyalik burchagi
60
0
bo’lgan qiya tekislikdan qancha vaqtda sirpanib tushadi? g=10m/s
2
.
Javob: 1
241. Asosining uzunligi va balandligi 6 m bo’lgan qiya tekislik uchida og’ir jism joylashgan.
Agar jism shu tekislikda tinch turadigan chegaraviy burchak balandlik 2,4 m va asos uzunligi
oldingidek 6 m bo’lganda ro’y bersa, jism qiya tekislik asosigacha qancha vaqtda sirpanib
tushadi? g=10m/s
2
.
Javob: 2
23
242. Jismga turtki bilan qiya tekislik bo’ylab yuqoriga yo’nalgan 3 m/s tezlik berildi. Agar
tekislikning gorizontga qiyalik burchagining sinusi 0,6, va ishqalanish koeffitsiyenti 0,25 bo’lsa,
jismning yuqoriga to’xtagunicha bo’lgan harakat vaqtini (ms da) toping. g=10m/s
2
.
Javob: 375
243. Jism qiya tekislikning uchigacha chiqa olishi uchun unga qiya tekislik bo’ylab yuqoriga
yo’nalgan qanday minimal boshlang’ich tezlik berish kerak? Qiya tekislikning balandligi 6 m,
uzunligi 10 m, va ishqalanish koeffitsiyenti 0,5. g=10m/s
2
.
Javob: 14
244. Uzunligi 26 m va balandligi 10 m bo’lgan qiya tekislik uchida kichik brusok joylashgan.
Brusok va tekislik orasidagi ishqalanish koeffitsiyenti 0,45. Brusok tekislik asosigacha yeta
olishi uchun unga qanday minimal tezlik berish kerak? g=10m/s
2
.
Javob: 4
245. Qiyalik burchagi gorizontga 45
0
bo’lgan qiya tekislik bo’ylab shayba yuqoriga turtib
yuborildi. Qanchadir vaqtdan so’ng u to’xtaydi va pastga sirpana boshlaydi. Shaybaning
tekislikka ishqalanish koeffitsiyenti 0,8. Shaybaning tushish vaqti ko’tarilish vaqtidan necha
marta katta?
Javob: 3
246. Shayba qiyalik burchagi gorizontga 45
0
bo’lgan qiya tekislik bo’ylab 12 m/s tezlik bilan
yuqoriga turtib yuborildi. Qanchadir vaqtdan so’ng u to’xtaydi va pastga sirpana boshlaydi.
Shayba boshlang’ich nuqtaga qanday tezlik bilan yetib keladi? Shaybaning tekislikka
ishqalanish koeffitsiyenti 0,8.
Javob: 4
247. 5 kg massali jismni balandligi 3 m va uzunligi 5 m bo’lgan qiya tekislik bo’ylab tekis
ko’tarishmoqda. Va bunda unga qiya tekislikka parallel kuch qo’yilgan. Agar ishqalanish
koeffitsiyenti 0,3 ga teng bo’lsa, shu kuchning miqdorini toping. g=10m/s
2
.
Javob: 42
248. Balandligi 3 m va uzunligi 5 m bo’lgan qiya tekislikda 50 kg massali yuk turibdi. Yukni 1
m/s
2
tezlanish bilan sudrab chiqarish uchun unga tekislik bo’ylab yo’nalgan qanday kuch qo’yish
kerak? Ishqalanish koeffitsiyenti 0,2. g=10m/s
2
.
Javob: 430
249. Jismga gorizontal kuch qo’ygan holda qiya tekislik bo’ylab yuqoriga ko’tarishmoqda. Bu
kuchning miqdori jismga ta’sir qiluvchi og’irlik kuchidan ikki marta katta. Qiya tekislikning
balandligi 3 m va uzunligi 5 m. Agar ishqalanish koeffitsiyenti 0,2 ga teng bo’lsa, jismning
tezlanishini toping. g=10m/s
2
.
Javob: 6
250. Agar qiya tekislik ustida turgan jismni o’ziga bog’langan ip yordamida gorizontal
yo’nalishda jismga ta’sir qiluvchi og’irlik kuchidan ikki marta kichik kuch bilan tortilsa, u qiya
tekislikdan qanday tezlanish bilan tusha boshlaydi? Qiya tekislikning balandligi 3 m, uzunligi 5
m. Ishqalanish koeffitsiyenti 0,8. g=10m/s
2
.
Javob: 6
251. Jismga turtki yordamida qiya tekislik yuzasi bo’ylab gorizontal yo’nalgan
tezlik berildi. Agar tekislikning qiyalik burchagining sinusi 0,2, va ishqalanish koeffitsiyenti
√3/3 bo’lsa, boshlang’ich vaqt momentida (turtki berilgan paytda) jism tezlanishining miqdorini
aniqlang. g=10m/s
2
.
Javob: 6
Ikki jismdan iborat bo’lgan sistema. Bloklar.
252. 4 va 5 kg massali, ip orqali bog’langan ikki yuk ularning biriga qo’yilgan 27 N gorizontal
kuch ta’sirida silliq stol ustida harakatlanmoqda. Yuklarning tezlanishini toping.
Javob: 3
253. 0,4 va 0,6 kg massali, ip orqali bog’langan ikki brusok silliq gorizontal sirtda ikkinchi
brusokka qo’yilgan 5 N gorizontal kuch ta’sirida harakatlanmoqda. Ipning taranglik kuchini
toping.
Javob: 2
24
254. Massalari 0,3 kg va 0,2 kg bo’lgan ikki jism ip orqali bog’langan va silliq gorizontal sirt
ustida yotibdi. 6 N yuklanishga dosh bera oladigan ip uzilib ketmasligi uchun birinchi jismni
gorizontal yo’nalgan qanday maksimal kuch bilan tortish kerak?
Javob: 15
255. Ip bilan bog’langan ikki yuk silliq gorizontal sirtda harakatlanmoqda. 100 N kuch
yuklardan biriga qo’yilganda ipning taranglik kuchi 30 N ga teng bo’lgan. Agar 100 N kuch
boshqa yukka qo’yilsa, ipning taranglik kuchi qanday bo’ladi? Kuch gorizontal yo’nalgan.
Javob: 70
256. Yengil ip bilan bog’langan ikki jism silliq gorizontal sirtda birinchi jismga qo’yilgan va
gorizontga 60
0
burchak ostida yo’nalgan 10 N kuch ta’sirida harakatlanmoqda. Agar birinchi
jismning massasi ikkinchisining massasidan 1,5 marta katta bo’lsa, ipning taranglik kuchi
qanday?
Javob: 2
257. Stolda yotgan ikki jism ip bilan bog’langan. Yengilroq jismga gorizontal kuch qo’yilgan,
va buning natijasida jismlar stol bo’ylab tezlanish bilan harakatlanyapti. Bunda ipning
taranglik kuchi qo’yilgan kuchning 4/5 qismini tashkil etadi. Yengil jismning massasi og’ir jism
massasidan necha marta kichik? Jismlarning stolga ishqalanish koeffitsiyenti bir xil.
Javob: 4
258. Ip bilan bog’langan ikki brusok yuqoridagi 2 kg massali brusokka qo’yilgan, tekislikka
parallel yo’nalgan 30 N kuch ta’sirida qiya tekislik bo’ylab yuqoriga ko’tarilmoqda. Brusoklar va
tekislik orasidagi ishqalanish koeffitsiyenti bir xil. Agar pastdagi jismning massasi 4 kg bo’lsa,
ipning taranglik kuchini toping.
Javob: 20
259. Massalari 6 va 4 kg bo’lgan, ip bilan bog’langan ikki jism gorizontal sirtda yotibdi.
Birinchi jismga gorizont bilan α burchak hosil qiluvchi 50 N kuch qo’yiladi. Agar ishqalanish
koeffitsiyenti 0,5, va tgα=0.75 bo’lsa, ipning taranglik kuchini toping.
Javob: 22
260. Massalari 4 va 6 kg bo’lgan, ip bilan bog’langan ikki brusok qiyalik burchagi gorizontga
60
0
bo’lgan qiya tekislikdan sirpanib tushadi. Pastdagi brusok va tekislik orasidagi ishqalanish
koeffitsiyenti 0,15, yuqoridagi brusok va tekislik orasida esa 0,4. Ipning taranglik kuchini
toping. g=10m/s
2
.
Javob: 3
261. Alyuminiy (zichligi 2700 kg/m
3
) va temirdan (zichligi 7900 kg/m
3
) bir xil 1 dm
3
hajmli
ikkita sharcha tayyorlashdi, hamda ularni bir-biriga ip bilan bog’lab dengizga tashlashdi.
Sharchalarning suvga cho’kishi barqaror bo’lgach (ya’ni, cho’kish doimiy tezlik bilan davom eta
boshlasa), ipning taranglik kuchi qanchaga teng bo’ladi? g=10m/s
2
. Sharchaning harakatiga
qarshilik kuchi uning radiusi va tezligiga bog’liq.
Javob: 26
262. Ikki qayiq navbatma-navbat gorizontal
F kuch yordamida harakatga keltiriladi. Bir
qayiqning barqaror tezligi 1,2 m/s ga teng bo’ladi, boshqasiniki 0,4 m/s ga. Agar qayiqlar uzun ip
yordamida bog’lansa, va ulardan biriga shu
F kuch qo’yilsa, barqaror tezlik qanchaga (cm/s da)
teng bo’ladi? Suvning qarshilik kuchi tezlikka proporsional.
Javob: 30
263. 12 kg massali taxta silliq gorizontal tekislik ustida turibdi. Taxta ustida 3 kg massali
brusok yotibdi. Taxta va brusok orasidagi ishqalanish koeffitsiyenti 0,2. Brusok taxta ustida
sirpana boshlashi uchun taxtaga qanday minimal gorizontal kuch qo’yish kerak? g=10m/s
2
.
Javob: 30
264. Gorizontal polda yotgan 4 kg massali taxta ustida 1 kg massali brusok turibdi. Taxta va
brusok orasidagi ishqalanish koeffitsiyenti 0,2, taxta va pol orasida esa 0,4. Brusok taxta
ustidan sirpanib chiqib ketishi uchun taxtaga qanday minimal gorizontal kuch qo’yish kerak?
g=10m/s
2
.
Javob: 30
25
265. Silliq gorizontal tekislikda yotgan 2 kg massali taxta ustida 1 kg massali brusok turibdi.
Taxta va brusok orasidagi ishqalanish koeffitsiyenti 0,4. Brusokni taxtadan sudrab chiqarish
uchun unga qanday gorizontal minimal kuch qo’yish kerak? g=10m/s
2
.
Javob: 6
266. 8 kg massali taxta qiyalik burchagi gorizontga 30
0
bo’lgan qiya tekislik bo’ylab
ishqalanishsiz harakatlanishi mumkin. Taxta qiya tekislikdan sirpanib tushib ketmasligi uchun
80 kg massali odam uning ustida qanday miqdordagi tezlanish (cm/s
2
da) bilan yugurishi kerak?
g=10m/s
2
.
Javob: 550
267. Qo’zg’almas o’qqa ega bo’lgan blok orqali o’tkazilgan ipning uchlariga massalari 300 va
200 g bo’lgan yuklar mahkamlangan. Yuklar qanday tezlanish bilan harakatlanadi? g=10m/s
2
.
Javob: 2
268. Qo’zg’almas o’qqa ega bo’lgan blok orqali o’tkazilgan ipning uchlariga massalari 2 va 8 kg
bo’lgan yuklar mahkamlangan. Ipning taranglik kuchini toping. g=10m/s
2
.
Javob: 32
269. Qo’zg’almas o’qqa ega bo’lgan blok orqali o’tkazilgan ipning uchlariga har birining
massasi 0,49 kg bo’lgan jismlar osilgan. Jismlarning har biri 4 s da 1,6 m yo’l o’tishi uchun
ulardan birining ustiga qanday massali (g da) qo’chimcha yuk qo’yish kerak? g=10m/s
2
.
Javob: 20
270. Qo’zg’almas o’qqa ega bo’lgan blok orqali o’tkazilgan ipning uchlariga har birining
massasi 400 g bo’lgan yuklar mahkamlangan. Yuklardan birining ustiga 200 g massali ortiqcha
yukcha qo’yildi. Harakat davomida yukchaning yukka ko’rsatadigan bosim kuchini (mN da)
toping. g=10m/s
2
.
Javob: 1600
271. Qo’zg’almas o’qqa ega bo’lgan blok orqali o’tkazilgan ipning uchlariga massalari 7 va 11
kg bo’lgan yuklar osilgan. Harakat boshlanganidan necha millisekund o’tgach yengil yuk og’ir
yukdan 20 cm yuqorida bo’ladi? g=10m/s
2
.
Javob: 300
272. Blok orqali o’tkazilgan uzun ipning uchariga ikkita bir xil massali yuk bir xil balandlikda
osib qo’yilgan. Yuklarning biridan uning massasining 1/5 qismiga teng bo’lgan bo’lakcha ajrab
chiqadi, va 1 s dan keyin yerga tushadi. Shundan so’ng (ya’ni, bo’lakcha yerga tushgandan
keyin) qancha vaqt o’tib boshqa yuk yerga tegadi?
Javob: 2
273. Blok tros orqali shiftga osib qo’yilgan. Blok orqali o’tkazilgan ipning uchlariga 2 va 3 kg
massali yuklar osiladi. Trosning tarangligini toping. g=10m/s
2
.
Javob: 48
274. Blok tros orqali shiftga osib qo’yilgan. Blok orqali uchlariga yuklar osilgan ip o’tkazilgan.
Agar yuklarning harakat vaqtida trosning tarangligi og’irroq yukning og’irlik kuchiga teng
bo’lsa, yuklarning massalari nisbati qanday?
Javob: 3
275. Qo’zg’almas o’qqa ega bo’lgan blok orqali o’tkazilgan ip blokning bir tarafidan kichik
tirqish ichidan o’tadi. Ip doimiy tezlanish bilan harakatlanganda tirqish tomonidan unga 3 N
ishqalanish kuchi ta’sir qiladi. Ipning uchlariga 200 va 800 g massali yuklar osilgan. Yuklarning
tezlanishini toping. g=10m/s
2
.
Javob: 3
276. 2 m/s
2
tezlanish bilan ko’tarilayotgan lift kabinasining shiftiga dinamometr osib
qo’yilgan. Dinamometrga gorizontal o’q atrofida erkin aylanadigan blok osilgan. Blok orqali
uchlariga 1 va 3 kg massali yuklar mahkamlangan ip o’tkazilgan. Dinamometrning ko’rsatishini
aniqlang. g=10m/s
2
.
Javob: 36
277. Yengil blok orqali o’tkazilgan ipning uchlariga 3 va 5 kg massali yuklar mahkamlangan.
Blokning o’qiga vertical yuqoriga yo’nalgan va 120 N ga teng bo’lgan kuch qo’yildi. Blok qanday
tezlanish bilan ko’tariladi? g=10m/s
2
.
Javob: 6
26
278. Yengil blok orqali o’tkazilgan ipning bir uchiga 2 kg massali jism osildi, ipning boshqa
uchi esa qo’zg’almas qilib mahkamlandi. Blok 3 m/s
2
tezlanish bilan ko’tarilishi uchun uning
o’qiga qanday kuch qo’yish kerak? g=10m/s
2
.
Javob: 64
279. O’rtasidan o’tgan gorizontal o’q atrofida erkin aylanadigan yengil sterjenning uchlariga 1
va 3 kg massali yuklar mahkamlangan. Sterjen gorizontal holatga keltiriladi va qo’yib
yuboriladi. U shundan so’ng, darhol o’qqa qanday kuch bilan ta’sir qiladi? g=10m/s
2
.
Javob: 30
280. Vaznsiz sterjen o’zini 1 : 2 nisbatda bo’ladigan nuqtadan o’tgan gorizontal o’q atrofida
erkin aylanadi. Sterjenning uchlariga har biri 0,5 kg dan bo’lgan ikkita bir xil yuk
mahkamlangan. Sterjen gorizontal holatga keltiriladi va qo’yib yuboriladi. U shundan so’ng,
darhol o’qqa qanday kuch bilan ta’sir qiladi? g=10m/s
2
.
Javob: 9
Butun olam tortishish qonuni
281. Agar bir jinsli sharning sirtiga tegib turgan moddiy nuqta shar sirtidan uning ikkilangan
diametriga teng masofaga uzoqlashtirilsa, ular orasidagi tortishish kuchi necha marta
kamayadi?
Javob: 25
282. Bir-biri bilan tegishib turgan ikkita bir xil, bir jinsli sharlar bir-biridan sharlarning
diametriga teng masofaga uzoqlashtirilsa, ularning tortishish kuchi necha marta kamayadi?
Javob: 4
283. 20 va 30 cm radiusli ikki shar bir-biriga tegib turadi. Agar ulardan birini 100 cm
masofaga uzoqlashtirilsa, sharlar orasidagi tortishish kuchi necha marta kamayadi?
Javob: 9
284. Neptun sayyorasi va Quyosh orasidagi masofa Yer va Quyosh orasidagi masofadan 30
marta katta, Neptunning massasi esa Yerning massasidan 15 marta katta. Quyoshning Yerga
tortilish kuchi Quyoshning Neptunga tortilish kuchidan necha marta katta?
Javob: 60
285. Yer sirtidan qanday balandlikda (km da) erkin tushish tezlanishi Yer sirtidagiga
qaraganda 16 marta kichik bo’ladi? Yerning radiusi 6400 km.
Javob: 19200
286. Raketa Yer sirtidan vertical yuqoriga start oladi, va bunda tortish kuchi shunday
o’zgartiriladiki, uning tezlanishi doimiy va 10 m/s
2
ga teng bo’lib qolaveradi. Raketaning tezligi
8 km/s ga teng bo’lguniga qadar uning massasi 10 % ga kamaydi. Ana shu paytgacha tortish
kuchini necha foizga kamaytirish kerak? Yerning radiusi 6400 km, g=10m/s
2
.
Javob: 35
287. Agar Marsning radiusi Yer radiusining 0,5 qismini, Marsning massasi esa Yer
massasining 0,1 qismini tashkil etsa, Mars sirtidagi erkin tushish tezlanishi Yerdagi erkin
tushish tezlanishining necha foizini tashkil qiladi?
Javob: 40
288. Qandaydir sayyoraning radiusi Yer radiusidan √2 marta kichik, sayyora sirtidagi og’irlik
kuchining tezlanishi esa Yer sirtidagidan 3 marta kichik. Sayyoraning massasi Yer massasidan
necha marta kichik?
Javob: 6
289. Qandaydir sayyoraning radiusi Yer radiusidan 10 marta katta, sayyora moddasining
o’rtacha zichligi esa Yerning o’rtacha zichligidan 2 marta kichik. Sayyora sirtidagi erkin tushish
tezlanishi Yer sirtidagiga qaraganda necha marta katta?
Javob: 5
290. Qandaydir sayyoraning massasi Yer massasidan 16 marta katta, sayyora moddasining
o’rtacha zichligi esa Yerning o’rtacha zichligidan 2 marta katta. Sayyora sirtidagi erkin tushish
tezlanishi Yer sirtidagiga qaraganda necha marta katta?
Javob: 4
27
291. Jism boshlang’ich tezliksiz erkin tushib 3 s ichida radiusi Yer radiusidan uchdan bir
qismga kichik, moddasining o’rtacha zichligi esa Yerning o’rtacha zichligidan 40 % ga kichik
bo’lgan sayyora sirtida qanday masofa o’tadi? g=10m/s
2
.
Javob: 18
292. Massasi M va radiusi
R
bo’lgan shar hamda m massali moddiy nuqta bor. Agar sharning
ichida 5R/6 radiusli sferik teshik hosil qilinsa, ular orasidagi tortishish kuchi necha marta
kamayadi? Moddiy nuqta shar va teshikning markazlari orqali o’tkazilgan to’g’ri chiziq ustida
shar markazidan R masofada, teshik markazidan 5R/6 masofada yotadi.
Javob: 6
Yo’ldoshlar
293. Qandaydir sayyoraning massasi Yer massasidan 4,5 marta katta, uning radiusi esa Yer
radiusidan 2 marta katta. Shu sayyora uchun birinchi kosmik tezlik Yer uchun birinchi kosmik
tezlikdan necha foizga ortiq?
Javob: 50
294. Yer sirtidan 3600 km balandlikda aylana orbita bo’ylab harakatlanishi uchun sun’iy
yo’ldosh qanday tezlikka ega bo’lishi kerak? Yerning radiusi 6400 km. Yer sirtida og’irlik
kuchining tezlanishi 10 m/s
2
.
Javob: 6400
295. Yo’ldosh ekvator tekisligida sayyora sirtidan uning radiusiga teng balandlikda aylana
orbita bo’ylab harakatlanadi. Yo’ldoshning chiziqli tezligini (km/s da) toping. Sayyoraning
radiusi 7200 km. Sayyora sirti yaqinidagi erkin tushish tezlanishi 10 m/s
2
.
Javob: 6
296. Kosmik kema qandaydir sayyor yaqinida 13000 km radiusli orbita bo’ylab 10 km/s tezlik
bilan harakatlandi. Agar shu sayyoraning radiusi 10000 km bo’lsa, uning sirti yaqinida og’irlik
kuchining tezlanishi qanday?
Javob: 13
297. Yer sirtidan 21600 km masofada harakatlanadigan yo’ldoshning aylanish davri uning
sirtidan 600 km masofada harakatlanadigan yo’ldoshning aylanish davridan necha marta katta.
Yerning radiusi 6400 km.
Javob: 8
298. Qandaydir sayyoraning Quyosh atrofida aylana orbita bo’ylab aylanish davri 27 yilga
teng. Shu sayyoradan Quyoshgacha bo’lgan masofa Yerdan Quyoshgacha bo’lgan masofadan
necha marta katta?
Javob: 9
299. Yer sun’iy yo’ldoshining aylanish davri 27 marta oshirilsa, uning aylanma orbitasining
radiusi necha marta ortadi?
Javob: 9
300. Qandaydir sayyorada aloqa yo’ldoshi uchirilgan, ya’ni hamma vaqt sayyora ustidagi bir
nuqtada bo’ladigan yo’ldosh. Agar sayyora atrofida kichik balandlikda aylanadigan boshqa bir
yo’ldosh sayyoraviy bir sutkada 8 marta aylanishi ma’lum bo’lsa, aloqa yo’ldoshining sayyora
sirtidan balandligi uning radiusidan necha marta katta?
Javob: 3
Aylana bo’ylab harakat dinamikasi
a) bitta proyeksiya
301. Rezina shnurning bir uchiga 50 g massali sharcha bog’lab qo’yildi, uning boshqa uchi esa
silliq gorizontal tekislikka mahkamlandi va sharcha sirt bo’ylab 20 rad/s burchak tezlik bilan
aylanma harakatga keltirildi. Agar shnurning bikrligi 100 N/m, boshlang’ich uzunligi esa 40 cm
bo’lsa, shnurning cho’zilishini (cm da) toping.
Javob: 10
302. 0,5 kg massali kichik yuk vertikal o’qqa mahkamlangan gorizontal sterjen bo’ylab
ishqalanishsiz ko’cha oladi. Yuk o’q bilan prujina orqali bog’langan. Sterjen vertikal o’q atrofida
3 rad/s burchak tezlik bilan aylanganida prujina 2 marta uzaysa, prujinaning bikrligi qanday?
Javob: 9
28
303. Vaznsiz sterjen gorizontal tekislikda 30 rad/s burchak tezlik bilan aylanadi. Ayalnish
o’qidan 0,4 va 0,3 m masofalarda mos ravishda 0,2 va 0,1 kg massali yuklar mahkamlangan.
Agar aylanish o’qi yuklar orasida bo’lsa, unga qanday gorizontal kuch ta’sir qiladi?
Javob: 45
304. Shtanga (uzun metall sterjen) uchiga o’rnatilgan kabina ichida odam bor. Shtanga
kabina bilan birgalikda vertikal tekislikda 0,7 rad/s burchak tezlik bilan aylanadi. Odam
trayektoriyaning yuqori nuqtasida vaznsizlik holatini o’tashi uchun shtanganing uzunligi
qanday bo’lishi kerak? g=9.8 m/s
2
.
Javob: 20
305. 2000 kg massali avtomobil egrilik radiusi 100 m bo’lgan va 18000 N dan ortiq bo’lmagan
yuklanishga bardosh bera oladigan qavariq ko’prikdan muvaffaqiyatli o’tishi uchun u qanday
minimal qiymatgacha tezligini oshirishi kerak? g=10 m/s
2
.
Javob: 10
306. Massasi 2 t bo’lgan avtomibil egrilik radiusi 100 m bo’lgan qavariq ko’prik ustida 72
km/h tezlik bilan harakatlanmoqda. Mashina ko’prik markazidan o’tayotib uni qanday kuch
bilan (kN da) bosadi? g=10 m/s
2
.
Javob: 12
307. 65 kg massali chang’ichi yo’lning egrilik radiusi 20 m bo’lgan botiq qismi bo’ylab
harakatlanmoqda. Agar chang’ichining tezligi 2 m/s bo’lsa, yo’lning shu qismining eng pastki
nuqtasida chang’ilarning yo’lga beradigan bosim kuchini aniqlang. g=10 m/s
2
.
Javob: 650
308. Agar 90 km/h tezlik bilan harakatlanayotgan avtomobilning bosimi aylana yoyi
ko’rinishidagi mostning eng yuqori nuqtasida ikki marta kamaygani ma’lum bo’lsa (yo’lning
gorizontal qismidagi bosim bilan solishtirganda), shu egri mostning radiusini aniqlang. g=10
m/s
2
.
Javob: 125
309. Massasi 1000 kg bo’lgan avtomibil egrilik radiusi 250 m bo’lgan qavariq ko’prik ustida 72
km/h tezlik bilan harakatlanmoqda. Ko’prikning egrilik markazidan unga tomon o’tkazilgan
chiziq vertikal bilan 30
0
burchak hosil qiluvchi nuqtada avtomobil ko’prikka qanday kuch bilan
(kN da) bosadi? g=10 m/s
2
.√3=1.72
Javob: 7
310. Agar egrilik radiusi 63 m bo’lgan qavariq ko’prik bo’ylab harakatlanayotgan
avtomobilning ko’prikning yuqori nuqtasidagi bosim kuchi
ko’prikning egrilik markazidan unga
tomon o’tkazilgan chiziq vertikal bilan 30
0
burchak hosil qiluvchi nuqtadagi bosim kuchidan ikki
marta katta bo’lsa, avtomobil qanday tezlik bilan harakatlanmoqda? g=10 m/s
2
.√3=1.7.
Javob: 21
311. 50 cm uzunlikli vaznsiz sterjenga 400 g massali sharcha mahkamlangan, va u vertikal
tekislikda tekis aylanadi. Agar sterjen 24 N maksimal yuklanishga dosh bera olsa, aylanishning
qanday minimal burchak tezligida uning uzilishi ro’y beradi? g=10 m/s
2
.
Javob: 10
312. Ipning uchiga bog’langan 250 g massali sharcha vertikal tekislikda tekis aylanadi.
Ipning taranglik kuchi trayektoriyaning pastki nuqtasida yuqori nuqtasidagiga qaraganda
qanchaga ortiq? g=10 m/s
2
.
Javob: 5
313. 0,1 kg massali jism 1 m uzunlikdagi ipda vertikal tekislikda tekis aylanadi. Aylanish o’qi
poldan 2 m balandda joylashgan. Pastki nuqtadan o’tish jarayonida ip uzilib ketadi, va jism
polga ip uzilgan nuqtadan 4 m masofaga (gorizontal bo’yicha) borib tushadi. Ipning uzilish
momentidagi taranglik kuchini aniqlang. g=10 m/s
2
.
Javob: 9
314. Massasi 1 kg va uzunligi 20 cm bo’lgan matematik mayatnik vertikal tekislikda
tebranishlar bajarmoqda. Mayatnik ipi vertikal bilan 60
0
burchak hosil qilgan paytda, mayatnik
yukining tezligi 1 m/s ga teng. Shu paytda ipning taranglik kuchi qanday? g=10 m/s
2
.
Javob: 10
29
315. 2 kg massali jism 1 m uzunlikdagi ipda vertikal tekislikda tekis aylanadi. Jism ip osilgan
nuqtadan 0,5 m pastda joylashgan nuqtadan o’tayotgan paytda ip uziladi. Shundan so’ng jism ip
osilgan nuqtadan 4 m balandlikka ko’tariladi. Ip uzilishdan oldin uning tarangligi qanday
bo’lgan? g=10 m/s
2
.
Javob: 250
316. Samolyot “o’lik sirtmoq” bajarmoqda (ya’ni, halqasimon sirtmoq bo’yicha
harakatlanmoqda). Agar uchuvchining massasi 70 kg, samolyotning tezligi 100 m/s, va aylana
(sirtmoq) radiusi 200 m bo’lsa, uchuvchining trayektoriyaning quyi nuqtasida o’rindiqqa
beradigan bosim kuchini aniqlang. g=10 m/s
2
.
Javob: 4200
317. Samolyot “o’lik sirtmoq” bajarmoqda. Trayektoriyaning quyi nuqtasida uchuvchining
o’rindiqqa beradigan bosim kuchi og’irlik kuchidan 5 marta katta. Yuqori nuqtada uchuvchi
vaznsizlik holatida bo’ladi. Samolyotning quyi nuqtadagi tezligi yuqori nuqtadagidan necha
marta katta?
Javob: 2
318. Qandaydir jismning og’irligi Yerning qutbida uning ekvatordagi og’irligidan 313,6 mN ga
ko’p. Shu jismning massasi qanchaga teng? Yerning o’z o’qi atrofida aylanish burchak tezligi
7
.
10
-5
rad/s, Yerning radiusi 6400 km. Yerni ideal shar deb hisoblang.
Javob: 10
319. Jismni qandaydir sayyoraning qutbidan ekvatoriga ko’chirishda uning vazni 20 % ga
kamayadi. Sayyoraning aylanish burchak tezligi 0,001 rad/s, uning radiusi 3000 km. Shu
sayyoradagi erkin tushish tezlanishi qanchaga teng? Sayyorani ideal shar deb hisoblang.
Javob: 15
320. 2500 kg massali poyga avtomobili ekvator bo’ylab shosseda 360 km/h tezlik bilan
harakatlanadi. Avtomobilning g’arbdan sharqqa va sharqdan g’arbga tomon harakatlarida yo’lga
beradigan bosim kuchlari qanchaga farq qiladi? Yerning aylanish burchak tezligi 7.3
.
10
-5
rad/s.
Javob: 73
321. Uzunligi 1 m va massasi 200 g bo’lgan yupqa zanjirni aylana halqa qilib bog’landi, silliq
gorizontal sirtga qo’yildi va vertikal o’q atrofida shunday aylantirildiki, zanjirning har bir
elementining tezligi 5 m/s ga teng bo’ldi. Zanjirning tarangligini toping.
Javob: 5
322. Uzunligi 0,8 m va massasi 300 g bo’lgan rezina shnur aylana halqa shakliga ega. Uni
silliq gorizontal sirtga qo’yildi va vertikal o’q atrofida shunday aylantirildiki, zanjirning har bir
elementining tezligi 3 m/s ga teng bo’ldi. Agar shnurning bikrligi 30 N/m bo’lsa, uning uzayishini
(cm da) toping.
Javob: 10
b) ikkita proyeksiya
323. Gorizontal aylanayotgan platforma ustida aylanish o’qidan 10 m masofada yuk yotibdi.
Yuk va platforma orasidagi ishqalanish koeffitsiyenti 0,01. Platforma aylanishining qanday
burchak tezligida yuk sirpanishni boshlaydi?
10
g
m/s
2
.
Javob: 1
324. Agar avtomobil shinalari va yo’l orasidagi ishqalanish koeffitsiyenti 0,1 bo’lsa, u egrilik
radiusi 400 m bo’lgan yo’lning qayrilish qismida qanday maksimal tezlik bilan harakatlanishi
mumkin? g=10 m/s
2
.
Javob: 20
325. Mototsiklchi 10 m radiusli vertikal silindrning ichki sirti bo’ylab harakatlanganda,
hamma vaqt bir gorizontal tekislikda qolishi uchun uning tezligi kamida qanday bo’lishi kerak?
Mototsikl shinalari va silindr yuzasi orasidagi ishqalanish koeffitsiyenti 0,25. g=10 m/s
2
.
Javob: 20
326. 540 km/h tezlik bilan uchayotgan samolyot qayrilishida tangensi 0,3 bo’lgan burchakka
og’adi. Qayrilishning radiusi qanchaga teng?
10
g
m/s
2
.
Javob: 7500
30
327. Yengil ip bilan shiftga osilgan sharcha gorizontal tekislikda yotuvchi aylana bo’ylab
harakatlanadi. Osish nuqtasi va aylana markazi orasidagi masofa 2,5 m. Sharchaning aylanish
burchak tezligi qancha? g=10 m/s
2
.
Javob: 2
328. Sharcha radiusi 28 cm bo’lgan silliq sferaning ichki sirti bo’ylab harakatlanganda, u
hamma vaqt sferaning pastki nuqtasidan 20 cm balanddagi gorizontal tekislikda qolishi uchun
sharchaning tezligi qanday bo’lishi kerak? g=10 m/s
2
.
Javob: 3
329. Rezina shnurga mahkamlangan 100 g massali toshcha gorizontal tekislikda aylana
bo’ylab 10 rad/s burchak tezlik bilan shunday aylanadiki, shnur vertikal bilan 60
0
burchak hosil
qiladi. Agar shnurning qattiqligi 40 N/m bo’lsa, uning cho’zilmagan holdagi uzunligini (cm da)
toping. g=10 m/s
2
.
Javob: 15
330. Yo’lning 100 m radiusli muyulishi shunday profillanganki (qiyalab tekislangan), yo’lning
ko’tarmasi muyulish tomonga tangensi 0,4 bo’lgan burchak ostida o’ggan. Shu muyulishdan
o’tishning optimal (eng qulay, eng maqbul) tezligi (km/h da) qanday?
10
g
m/s
2
.
Javob: 72
331. Qiyalik burchagi gorizontga 45
0
bo’lgan qiya trekning egrilik radiusi 30 m bo’lgan
muyulishida mototsiklchining mumkin bo’lgan maksimal harakat tezligi qanday? Ishqalanish
koeffitsiyenti 0,5. g=10 m/s
2
.
Javob: 30
332*. Mototsiklchi qiya trekda qayrilishni bajaradi. Agar ishqalanish koeffitsiyenti 0,75,
trekning qiyalik burchagi esa gorizontga 45
0
bo’lsa, harakatning mumkin bo’lgan maksimal
tezligi minimalidan necha marta ortiq?
Javob: 7
333*. Radiusi 2,75 m bo’lgan sferaning ichkarisida kichik shayba bor. Shayba sfera
markazidan 165 cm pastda sirpanmasdan turishi uchun, sferani vertikal o’q atrofida qanday
maksimal burchak tezlikkacha aylantirish mumkin? Ishqalanish koeffitsiyenti 0,5. g=10 m/s
2
.
Javob: 5
334*. Radiusi 12,5 cm bo’lgan sferaning ichkarisida kichik shayba bor. Shayba sfera
markazidan 7,5 cm pastda sirpanmasdan turishi uchun, sferani vertikal o’q atrofida qanday
minimal burchak tezlikkacha aylantirish mumkin? Ishqalanish koeffitsiyenti 0,5. g=10 m/s
2
.
Javob: 7
335. Velosipedda 48 m radiusli yarimsfera shakliga ega bo’lgan do’nglik ustida hamma vaqt
38,4 m balandlikda (egrilik markazidan hisoblaganda) qolgan holda qanday maksimal tezlik
bilan harakatlanish mumkin? G’ildiraklarning yerga ishqalanish koeffitsiyenti 0,8. g=10 m/s
2
.
Javob: 3
336. Sirk attraksionida mototsiklchi 8,5 m radiusli sferaning ichki sirti bo’ylab hamma vaqt
sfera markazidan 5,1 m balandda qolgan holda harakatlanadi. Bu qanday minimal tezlikda
bo’lishi mumkin? G’ildiraklar va sfera sirti orasidagi ishqalanish koeffitsiyenti 0,92. g=10 m/s
2
.
Javob: 26
337. Uzunligi 1 m va massasi 157 g bo’lgan zanjirni halqa shakliga keltirib, vertikal o’qqa ega
bo’lgan silliq konusga yuqoridan “kiydirildi”. Konus uchining yarim ochilish burchagi 45
0
(ya’ni,
konus uchidagi burchakning yarmi). Konusni zanjirning har bir elementi 2 m/s tezlikka ega
bo’ladigan qilib aylantirilsa, zanjirning tarangligi (mN da) qanday bo’ladi? π=3.14, g=10 m/s
2
.
deb qabul qilinsin.
Javob: 878
338. 157 g massali yopiq zanjir 5 cm radiusli qattiq vertikal silindrga tarang holda “kiydirib
qo’yilgan”. Zanjirning tarangligi 3 N ga teng. Zanjir silindrdan sirpanib tusha boshlashi uchun
silindrni qanday burchak tezlikkacha aylantirish kerak? Zanjirning silindrga ishqalanish
koeffitsiyenti 0,1, g=10 m/s
2
. π=3.14 deb qabul qilinsin.
Javob: 20
31
3. IMPULSNING SAQLANISH QONUNI
Impulsning aniqlanishi
339. 1 va 2 kg massali sharchalar mos ravishda 4 m/s va 6 m/s tezliklar bilan bir-biriga
parallel ravishda bir yo’nalish bo’ylab harakatlanadi. Bu ikki sharchaning natijaviy impulsi
qanchaga teng?
Javob: 16
340. 2 kg massali bir xil ikkita sharcha bir-biriga qarama-qarshi harakatlanadi. Bir
sharchaning tezligi 3 m/s, ikkinchisiniki 7 m/s. Ikkala sharchaning natijaviy impulsining
qiymatini toping.
Javob: 8
341. 3 kg massali bir xil sharchalar 3 m/s va 4 m/s tezliklar bilan o’zaro perpendikulyar
yo’nalishda harakatlanadi. Bu sistemaning to’liq impulsi qiymati qanchaga teng?
Javob: 15
342. 2 kg massali sharcha 4 m/s tezlik bilan, 1 kg massali sharcha esa 3 m/s tezlik bilan
harakatlanadi. Agar sharchalarning tezliklari bir-biriga nisbatan 120
0
burchak ostida yo’nalgan
bo’lsa, bu sistemasining to’liq impulsi qiymatini toping.
Javob: 7
343. Massasi 0,1 kg bo’lgan sharcha gorizontal maydonchaga tushdi, uning tushish paytidagi
tezligi 10 m/s. Absolyut noelastik urilishdagi sharcha impulsining o’zgarishini toping. Javobda
olingan qiymatning modulini ko’psating.
Javob: 1
344. 10 g massali o’q devorni teshib o’tdi, bunda uning tezligi 800 m/s dan 400 m/s gacha
kamaydi. O’q impulsining o’zgarishini toping. Javobda olingan qiymatning modulini ko’psating.
Javob: 4
345. 0,2 kg massali sharcha tushish paytida 15 m/s tezlikka ega bo’lgan holda gorizontal
maydonchaga erkin tushdi. Absolyut elastik urilishdagi sharcha impulsining o’zgarishini toping.
Javobda olingan qiymatning modulini ko’psating.
Javob: 6
346. 2 kg massali jism boshlang’ich tezliksiz 5 m balandlikdan gorizontal tekislikka erkin
tushdi va unga urilgach, 5 m/s tezlik bilan sakrab ketdi. Zarb vaqtida jism impulsi
o’zgarishining absolyut qiymatini toping. g=10 m/s
2
.
Javob: 30
347. Massasi 1 kg bo’lgan jism 1 m radiusli aylana bo’ylab 2 rad/ s burchak tezlik bilan tekis
aylanadi. Aylana markazidan jismga o’tkazilgan radius-vektorning 180
0
ga burilgandagi jism
impulsining o’zgarish modulini toping.
Javob: 4
348. Massasi 2 kg bo’lgan jism aylana bo’ylab harakatlandi, va bunda u qaysidir nuqtada 4
m/s tezlikka ega bo’ldi. Aylananing to’rtdan birini o’tib, jism 3 m/s tezlikka erishdi. Jism impulsi
o’zgarishining modulini aniqlang.
Javob: 10
349. 200 g massali koptok 20 m/s tezlik bilan uchgan. Devorga urilgandan so’ng u 15 m/s
tezlik bilan avvalgi yo’nalishiga to’g’ri burchak ostida sakrab ketdi. Koptokning devorga
urilishdagi impulsi o’zgarishining modulini toping.
Javob: 5
350. 200 g massali koptok 25 m/s tezlik bilan uchgan. Devorga urilgandan so’ng u 15 m/s
tezlik bilan avvalgi yo’nalishiga 120
0
burchak ostida sakrab ketdi. Koptokning devorga
urilishdagi impulsi o’zgarishining modulini toping.
Javob: 7
Impulsning o’zgarishi va o’rtacha kuch
351. Quroldan 600 m/s tezlik bilan snaryad uchib chiqadi. Agar porox gazlarining o’rtacha
bosim kuchi 2700 kN ga teng bo’lsa va snaryad stvol ichida 0,002 s harakatlansa, snaryadning
massasini aniqlang.
Javob: 9
32
352. 2 m/s tezlik bilan uchayotgan 100 g massali to’p uchish paytida ushlab olindi. Agar to’p
0,02 s ichida to’xtagan bo’lsa, to’pning qo’lga urilishidagi o’rtacha kuch qanday bo’ladi?
Javob: 10
353. 1000 kg massali bosqon 1,8 m balandlikdan sandonga tushad. Zarbning davomiyligi 0,1
s. Urilish noelastik. Sandon va bosqonning o’zaro ta’sir kuchining (kN da) o’rtacha qiymatini
aniqlang. g=10 m/s
2
.
Javob: 70
354. 5 m/s tezlik bilan tushayotgan 20 g massali metall sharcha po’lat plitaga elastik uriladi
va undan modul bo’yicha xuddi shu tezlik bilan qarama-qarshi yo’nalishda sakrab ketadi. Agar
sharcha va plitaning urilishdagi o’zaro ta’sirlashuvi 0,01 s davom etgan bo’lsa, shu o’zaro ta’sir
kuchining o’rtacha qiymatini toping. Urilish vaqtida og’irlik kuchining ta’siri inobatga
olinmasin.
Javob: 20
355. 0,1 kg massali sharcha 0,2 m balandlikdan gorizontal tekislikka tushadi va urilishdan
so’ng qaytib 0,2 m balandlikka ko’tariladi. Agar zarbning davomiyligi 0,04 s bo’lsa, sharchaning
tekislikka urilish vaqtida unga beradigan o’rtacha bosim kuchini aniqlang. g=10 m/s
2
.
Javob: 10
356. Po’lat sharcha 45 sm balandlikdan stolning gorizontal sirtiga tushadi va unga urilib 20
sm balandlikka ko’tariladi. Sharchaning massasi 20 g. Agar sharchaning stol bilan to’qnashuvi
4
10
s davom etsa, urilish paytida sharcha stolga qanday o’rtacha kuch bilan ta’sir qiladi? Urilish
vaqtida og’irlik kuchining ta’siri inobatga olinmasin. g=10 m/s
2
.
Javob: 1000
357. 300 g massali koptok 20 m/s tezlik bilan uchgan. Devorga urilgandan so’ng u oldingi
harakat yo’nalishiga to’g’ri burchak ostida 15 m/s tezlik bilan sakrab ketadi. Agar
to’qnashishning davomiyligi 0,05 s bo’lsa, urilish vaqtida koptok va devorning o’zaro
ta’sirlashuvining o’rtacha kuchi qanday bo’ladi?
Javob: 150
358. 0,5 kg massali koptok vertikalga 60
0
burchak ostida yo’nalgan 10 m/s tezlik bilan polga
urilib sakrab ketadi. Agar urilish 0,1 s davom etsa, koptokning pol bilan o’zaro ta’sirlashuvining
o’rtacha kuchini toping (to’qnashish paytida). Urilish absolyut elastik deb hisoblang. g=10 m/s
2
.
Javob: 55
359. 20 m/s tezlik bilan gorizontal uchayotgan 40 g massali po’lat sharcha qiyalik burchagi
gorizontga 30
0
bo’lgan qiya tekislikka uriladi. Urilishni absolyut elastik deb hisoblab,
sharchaning qiya tekislik bilan o’zaro ta’sirlashuvining (to’qnashish paytida) o’rtacha kuchini
toping. Urilishning davomiyligi 0,01 s. Urilish vaqtida og’irlik kuchining ta’siri inobatga
olinmasin.
Javob: 80
360. Avtomat o’qining uchib chiqish paytidagi tezligi 300 m/s, massasi esa 10 g bo’lsa, o’q
uzish paytida avtomatning yelkaga beradigan o’rtacha bosim kuchi qanday bo’ladi? Avtomat
minutiga 300 ta o’q otadi.
Javob: 15
361. Yer sirtidan balandda harakatsiz turgan 2 t massali raketa reaktiv gaz oqimini pastga
tomon 1250 m/s tezlik bilan chiqarib tashlaydi. 1 s ichida qanday massali gaz chiqarib
tashlanadi? g=10 m/s
2
.
Javob: 16
362. Agar 1 t massali raketa sekundiga 10 kg qizdirilgan gazlarni 1500 m/s tezlik (o’ziga
nisbatan) bilan vertikal pastga chiqarib tashlasa, u yer sirtidan qanday tezlanish bilan
ko’tariladi?
10
g
m/s
2
.
Javob: 5
363. 3 t massali raketa yer sirtidan 1600 km balandlikda bo’lganda, uning tezlanishi 5,6 m/s
2
ga teng va vertikal yuqoriga yo’nalgan bo’ladi. Raketadan 1 s da qanday massali gaz chiqarib
tashlanadi? Gazlarning chiqish tezligi 1800 m/s (raketaga nisbatan). Yerning radiusi 6400 km.
g=10 m/s
2
.
33
Javob: 20
364. Cheksiz koinotda 6 km/s tezlik bilan uchayotgan 5 t massali raketa burilish uchun yon
reaktiv dvigatelini yoqadi. Reaktiv oqimdagi gazlarning tezligi 2 km/s, yoqilg’i sarfi 10 kg/s.
Qanday radiusli (km da) aylana bo’ylab burilish sodir bo’ladi?
Javob: 9000
365. 4 t massali raketa radiusi Yerning radiusidan ikki marta katta bo’lgan aylanma orbitaga
chiqarildi. Manyovr qilish paytida raketa qanchadir vaqt xuddi o’sha orbita bo’ylab, lekin
ikkilangan tezlik bilan harakatlandi. Shunday harakatni saqlab qolish uchun reaktiv dvigatel
sekundiga qancha gaz massasini chiqarib tashlashi kerak? Oqimdagi gazlarning tezligi 1500 m/s
(raketaga nisbatan). g=10 m/s
2
.
Javob: 20
366. Kosmik kema atmosferasiz planetaga qo’nish paytida avval uning atrofida (kichik
balandlikda) o’chirilgan dvigatel bilan aylanadi. Keyin u tezligini 20% ga kamaytiradi va aylanib
uchishning bu yangi rejimida reaktiv yoqilg’i sarfi 3 kg/s ni tashkil etadi. Aylanib uchish tezligi
yana ikki marta kamaytirilganda yoqilg’i sarfi qanday bo’ladi? Gazlar chiqindisining tezligi
doimiy (raketaga nisbatan).
Javob: 7
367. Suv oqimi o’ziga perpendikulyar joylashgan vertikal devorga uriladi. Urilishdan so’ng
suv devor bo’ylab pastga oqib tushadi (erkin holatda). Agar oqimning kesim yuzasi 5 сm
2
, uning
tezligi esa 8 m/s bo’lsa, oqim devorga qanday kuch bilan ta’sir qilishini toping.
Javob: 32
368. Sakrashga tayyorlanayotgan ilon boshini 10 m/s tezlik bilan ko’taradi. Ilonning 2 kg
massasi uning 80 сm li uzunligi bo’ylab tekis taqsimlangan deb hisoblab, shu jarayonda ilonning
yerga beradigan bosim kuchi necha millinyutonga oshishini toping.
Javob: 25
369. 200 g massali yupqa, yumshoq zanjirchaning bir uchidan shunday ushlab turilibdiki,
uning ikkinchi uchi stolga tegib turadi. Zanjircha qo’yib yuboriladi va u stolga tushadi.
Zanjirchaning havoda joylashgan barcha elementlari erkin tushadi deb hisoblab, uning yarmi
havoda bo’lgan paytda stolga beriladigan bosim kuchini toping. g=10 m/s
2
.
Javob: 3
Impulsning saqlanish qonuni
370. Massasi
5
10
8
,
1
kg bo’lgan, 0,5 m/s tezlik bilan harakatlanayotgan elektrovoz
4
10
5
,
4
kg
massali harakatsiz vagon bilan to’qnashadi, so’ngra esa ular birgalikda harakatlanadi. Ularning
birgalikdagi harakat tezligini (cm/s da) toping.
Javob: 40
371. 5 m/s tezlik bilan harakatlanayotgan 200 g massali shar xuddi shu yo’nalishda 4 m/s
tezlik bilan harakatlanayotgan 300 g massali shar bilan absolyut noelastik to’qnashadi.
Sharlarning to’qnashuvdan keyingi tezligini (cm/s da) toping.
Javob: 440
372. Ikki jismning har biri 3 m/s tezlik bilan bir-biriga qarab harakatlanib, o’zaro
to’qnashgandan keyin 1,5 m/s tezlik bilan birga harakatlana boshladi. Ular massasining
nisbatini toping.
Javob: 3
373. 3 t li zambarakdan 15 kg massali snaryad 650 m/s tezlik bilan gorizontal yo’nalishda
uchib chiqadi. Orqaga tisarilganda zambarak qanday tezlik (absolyut qiymat bo’yicha) oladi.
Javobni cm/s da bering.
Javob: 325
374. Konkichi yukli chanani 5 m/s tezlik bilan muz ustida uchiryapti. Keyin esa uni oldinga
qarab itardi va qo’yib yubordi. Agar chananing tezligi 8 m/s gacha oshgan bo’lsa, itarishdan
keyin konkichi qanday tezlik bilan (cm/s da) uchadi? Chananing massasi 90 kg, odamning
massasi 60 kg. Javobda tezlik modulini ko’rsating.
Javob: 50
34
375. 1 m/s tezlik bilan harakatlanayotgan 200 kg massali qayiqning quyruq qismidan qayiq
harakatiga qarama-qarshi tomonga qarab bola gorizontal yo’nalishda sakradi. Bolaning massasi
50 kg, uning sakrashidan so’ng qayiqning tezligi 3 m/s gacha oshgan bo’lsa, bola (yerga nisbatan)
qanday tezlik bilan sakragan?
Javob: 7
376. 56 m/s tezlik bilan uchayotgan snaryad portlab, ikki bo’lakka bo’lindi.
3
/
1
Dostları ilə paylaş: |