Задачи по физике



Yüklə 1,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/9
tarix24.12.2023
ölçüsü1,26 Mb.
#193015
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Chernoutsan tarjima

m
N

ga teng. Ramkaning kengligi 0,1 m, 
uzunligi esa 0,2 m bo’lsa, maydon induksiyasini aniqlang. 
Javob: 1
1415. Agar 1 cm
2
yuzali ramkadagi tok kuchi 1 A bo’lganda, unga ta’sir etuvchi kuchlarning 
maksimal momenti 50 mN
.
m ga teng bo’lsa, magnit maydon induksiyasini aniqlang. Ramka 100 
ta sim o’ramidan iborat.
Javob: 5 
1416. Massasi 10 g, tomoni 10 cm bo’lgan simli kvadrat ramka o’zining tomonlaridan biri 
bilan mos tushadigan gorizontal o’q atrofida aylana oladi. Ramka induksiyasi 0,1 T bo’lgan bir 
jinsli vertikal magnit maydonda turibdi. Ramkadagi tok kuchi qanday bo’lganda, u gorizont 
bilan 45
0
burchak hosil qilib, qo’zg’almay turadi? g=10m/s
2

Javob: 5 
1417. 4 A tok o’tayotgan, yuzi 150 cm
2
bo’lgan to’g’ri burchakli konturga faqat induksiyasi 0,1 
T bo’lgan bir jinsli magnit maydon ta’sir etganida, u barqaror muvozanat holatini egallaydi. 
Shundan so’ng konturni qarama-qarshi tomonlarining o’rtasi orqali o’tadigan o’q atrofida asta-
sekin 90
0
ga burish uchun qanday ish (mJ da) bajarish kerak? 
Javob: 6 
1418. 3 A tok o’tayotgan, yuzi 150 cm
2
bo’lgan to’g’ri burchakli konturga faqat induksiyasi 0,1 
T bo’lgan bir jinsli magnit maydon ta’sir etganida, u barqaror muvozanat holatini egallaydi. 
Shundan so’ng konturni qarama-qarshi tomonlarining o’rtasi orqali o’tadigan o’q atrofida asta-
sekin 180
0
ga burish uchun qanday ish (mJ da) bajarish kerak? 
Javob: 9 
Lorens kuchi
1419. Induksiyasi 0,006 T bo’lgan magnit maydoniga induksiya chiziqlariga 30
0
burchak 
ostida 100 km/s tezlikda uchib kirgan 30 mkC zaryadga maydon qanday kuch bilan (mN da) 
ta’sir qiladi?
Javob: 9 
1420. Elektr maydon kuchlanganligi 1,5 kV/m, magnit maydon induksiyasi esa 0,1 T bo’lsa, 
elektronga ta’sir qiladigan elektr kuchi magnit kuchidan necha marta katta? Elektronning 
tezligi 200 m/s ga teng hamda magnit maydon induksiyasi chiziqlariga perpendikulyar holda 
yo’nalgan. 
Javob: 75 
1421. Bir jinsli magnit maydoniga maydon induksiyasi chiziqlariga perpendikulyar ravishda 
proton va alfa-zarracha uchib kiradi. Agar magnit maydon tomonidan alfa-zarrachaga ta’sir 


118 
qiladigan kuch protonga ta’sir qiluvchi kuchdan 8 marta katta bo’lsa, alfa-zarrachaning tezligi 
protonning tezligidan necha marta katta? 
Javob: 4 
1422. Magnit maydoniga perpendikulyar ravishda kuchlanganligi 100 kV/m bo’lgan elektr 
maydon uyg’otilgan. Zaryadlangan zarracha har ikkala maydonga tik ravishda 100 km/s 
o’zgarmas tezlik bilan harakatlanadi. Magnit maydon induksiyasini aniqlang? 
Javob: 1 
1423. Induksiyasi 3 mT bo’lgan magnit maydonida maydon chiziqlariga tik ravishda 2 m/s 
tezlik bilan harakatlanayotgan protonning tezlanishini (km/s
2
da) toping. Proton zaryadining 
massasiga nisbati 10

C/kg.
Javob: 600 
1424. Proton 60 km/s tezlik bilan chiziqlari yo’nalish bo’yicha mos keladigan elektr va magnit 
maydonlari fazosiga, shu chiziqlarga perpendikulyar ravishda uchib kiradi. Agar magnit 
maydon induksiyasi 0,1 T, ikkala maydon ta’sirida yuzaga kelgan protonning boshlang’ich 
tezlanishi esa 10
12 
m/s
2
bo’lsa, elektr maydon kuchlanganligini (kV/m da) aniqlang. Proton 
zaryadining massasiga nisbati 10
8
C/kg.
Javob: 8 
1425. Elektron induksiyasi 0,01 T bo’lgan bir jinsli magnit maydonda induksiya chiziqlariga 
perpendikulyar holda yo’nalgan 1.6
.
10

m/s tezlik bilan harakatlanadi. Elektron 
harakatlanadigan aylananing radiusini (mm da) aniqlang. Elektronning zaryadi 1.6
.
10
-19 
C, 
massasi esa 9
.
10
-31 
kg. 
Javob: 9 
1426. 6.4
.
10
-23 
kg
.
m/s impulsga ega bo’lgan elektron induksiyasi 0,02 T bo’lgan bir jinsli 
magnit maydonda aylana bo’ylab harakatlanmoqda. Shu aylana radiusini (cm da) toping. 
Elektronning zaryadi 1.6
.
10
-19 
C. 
Javob: 2 
1427. Induksiyasi 0,03 T bo’lgan bir jinsli magnit maydonda 1 cm radiusli aylana bo’ylab 
harakatlanayotgan elektron qanday kinetik energiyaga (eV da) ega? Elektronning zaryadi 1.6
.
10
-
19 
C, massasi esa 9
.
10
-31 
kg. (1 eV = 1.6
.
10
-19 
J). 
Javob: 8000 
1428. Induksiyasi 8,36 mkT bo’lgan bir jinsli magnit maydonga proton maydon chiziqlariga 
perpendikulyar ravishda uchib kiradi. Proton qanday burchak tezlik bilan (rad/s da) aylanadi? 
Protonning zaryadi 1.602
.
10
-19 
C, massasi 1.672
.
10
-27 
kg. 
Javob: 801 
1429. Proton va alfa-zarracha bir jinsli magnit maydoniga maydon chiziqlariga 
perpendikulyar holda uchib kiradi. Alfa-zarrachaning aylanish davri protonning aylanish 
davridan necha marta katta? 
Javob: 2 
1430. Boshqaruv sistemasi o’chirib qo’yilgan elektron nurli trubka elektronlarning harakat 
tezligiga perpendikulyar bo’lgan bir jinsli magnit maydoniga joylashtiriladi. Bunda elektronlar 
uchib chiqadigan joydan 14 cm uzoqlikda joylashgan ekranda elektronlar dastasining izi 2 cm ga 
siljiydi. Agar maydon induksiyasi 25 mkT, elektronning solishtirma zaryadi esa 
11
10
8
,
1

C/kg 
bo’lsa, elektronlarning tezligi (km/s da) qanday? 
Javob: 2250 
1431. Elektron 500 V tezlatuvchi potensiallar farqini o’tgach, induksiyasi 0,001 T bo’lgan bir 
jinsli magnit maydoniga uchib kiradi. Elektron trayektoriyasining egrilik radiusini (mm da) 
toping. Elektronning zaryadi 1.6
.
10
-19 
C, massasi esa 9
.
10
-3 1
kg. 
Javob: 75 
1432. Bir jinsli magnit maydonga induksiya chiziqlariga perpendikulyar holda bir xildagi 
potensiallar farqi bilan tezlashtirilgan proton va geliyning bir zaryadli ioni uchib kiradi. Ion 
harakatlanayotgan aylana radiusi protonning aylana radiusidan necha marta katta? 
Javob: 2 


119 
1433. Bir jinsli magnit maydonga ikkita ion uchib kirdi. Birinchisi 5 cm radiusli, ikkinchisi 
esa 2,5 cm radiusli aylana bo’ylab harakatlana boshladi. Ikkinchi ionning zaryadi birinchining 
zaryadidan ikki marta katta. Agar ular bir xil potensiallar farqini o’tgan bo’lsa, birinchi ionning 
massasi ikkinchisining massasidan necha marta katta?
Javob: 2 
1434. Induksiyasi 0,01 T bo’lgan magnit maydondagi proton 10 cm radiusli aylana yoyi 
bo’ylab harakatlanmoqda. Magnit maydondan uchib chiqqach, u elektr maydoni ta’sirida to’liq 
tormozlanadi. Agar proton zaryadining massasiga nisbati 10

C/kg bo’lsa, tormozlovchi 
potensiallar farqining moduli qanchaga teng? 
Javob: 50 
1435. Manfiy zaryadlangan zarracha induksiyasi 0,001 T bo’lgan bir jinsli magnit maydon 
sohasiga uchib kiradi va bu yerda u 0,2 m radiusli aylana yoyi bo’ylab harakatlanadi. Keyin 
zarracha bir jinsli elektr maydoniga tushib qoladi va bu yerda potensiallar farqi 1000 V bo’lgan 
uchastkani uchib o’tib, tezligini 3 marta kamaytiradi. Zarrachaning oxirgi tezligini (km/s da) 
aniqlang. 
Javob: 3750 
1436. Protonlar dastasi induksiyasi 0,1 T bo’lgan bir jinsli magnit maydoniga induksiya 
chiziqlariga perpendikulyar holda uchib kiradi. Protonlar magnit maydonda 20 cm radiusli 
aylana yoyi bo’ylab harakatlanadi va yerga ulab qo’yilgan nishonga kelib tushadi. Agar 
dastadagi tok kuchi 0,1 mA bo’lsa, nishonda ajraladigan issiqlik quvvatini toping. Proton 
zaryadining massasiga nisbati 10
8
C/kg.
Javob: 2
1437. 5 g massali sharchaga 2 mC zaryad berildi va induksiyasi 2 T bo’lgan gorizontal magnit 
maydonda 10 m uzunlikdagi ipga osib qo’yildi, so’ngra maydonga perpendikulyar bo’lgan 
tekislikda qandaydir burchakka o’g’dirib, qo’yib yuborildi. Agar sharcha quyi nuqtadan 
o’tayotgan paytda ipning taranglik kuchi 0,17 N ga teng bo’lsa, uning chetki holati quyi 
holatidan necha santimetrga baland? g=10m/s
2

Javob: 720 
1438. 2 g massali musbat zaryadlangan sharcha induksiyasi 0,5 T bo’lgan gorizontal magnit 
maydonda 10 cm uzunlikdagi ipga osib qo’yilgan. Ip sharcha bilan birga maydonga 
perpendikulyar bo’lgan tekislikda gorizontal holatgacha og’diriladi va qo’yib yuboriladi. Agar 
ipning taranglik kuchi pastki nuqtada 51,8 mN bo’lsa, sharchaning zaryadi (mC da) qanchaga 
teng? g=9.8 m/s
2

Javob: 10 
1439. Induksiyasi 0,5 T bo’lgan gorizontal magnit maydonda uzun ipga osib qo’yilgan 2 mC 
zaryadli kichkina sharcha induksiya vektoriga perpendikulyar bo’lgan tekislikda tebranadi. 
Sharcha quyi nuqtadan har xil yo’nalishlarda o’tayotganida ipning taranglik kuchlari 0,01 N ga 
farq qiladi. Sharchaning chetki vaziyati pastki vaziyatidan necha santimetrga baland? g=10m/s
2

Javob: 125 
1440. Vaznsiz ipga osilgan 4 mC zaryadli va 2 g massali kichkina sharcha induksiyasi 3 T 
bo’lgan vertikal magnit maydonda turibdi. Sharcha gorizontal tekislikda ikki bor aylanma 
harakatga keltiriladi, bunda aylanish radiusi ikkala holatda ham bir xil, aylanish yo’nalishi esa 
qarama-qarshi. Bu aylanma harakatlardagi burchak tezliklar bir-biridan qanchaga farq qiladi? 
Javob: 6 
Magnit oqimi. Elektromagnit induksiya qonuni 
a)
 
Magnit maydonning o’zgarishi 
1441. Tomoni 10 cm bo’lgan kvadrat ramka induksiyasi 0,2 T bo’lgan bir jinsli magnit 
maydonda shunday joylashganki, bunda uning sitiga o’tkazilgan normal induksiya vektori bilan 
60
0
burchak hosil qiladi. Ramka tekisligi orqali o’tuvchi magnit oqimni (mWb da) aniqlang. 
Javob: 1 
1442. Yuzi 0,001 m
2
bo’lgan yassi o’ram bir jinsli magnit maydonning induksiya chiziqlariga 
perpendikulyar joylashgan. Agar maydon induksiyasi 4
.
10-

s da 0,5 T dan 0,1 T gacha tekis 
kamaysa, o’ramda hosil bo’ladigan EYK ning absolyut qiymatini toping. 
Javob: 1 


120 
1443. Agar magnit maydon 1 s davomida tekis yo’qotilganda 10 ta o’ramga ega bo’lgan 
g’altakda 10 V EYK induksiyalansa, g’altakning har bir o’ramidan qanday magnit oqim o’tib 
turgan? 
Javob: 1 
1444. Magnit maydonda joylashtirilgan g’altakning har bir o’ramidan o’tuvchi magnit oqim 
0,1 Wb ga teng. Magnit maydon 0,1 s davomida nolgacha tekis kamayadi, bunda g’altakda 20 V 
EYK induksiyalanadi. G’altakda nechta o’ram bor? 
Javob: 20 
1445. Yuzi 0,03 m
2
bo’lgan qo’zg’almas kontur bir jinsli, tekis o’zgarayotgan magnit maydonda 
induksiya chiziqlariga perpendikulyar turibdi. Agar bunda 0,9 V induksion EYK hosil bo’lsa, 
magnit induksiyasining o’zgarish tezligini (T/s da) toping. 
Javob: 30 
1446. 5 cm
2
yuzali 100 o’ramdan iborat bo’lgan g’altak bir jinsli magnit maydonda shunday 
joylashtirilganki, bunda o’ramlar tekisligi induksiya vektoriga perpendikulyar. G’altak 
simlarining uchlari 4 mkF sig’imli yassi kondensator qoplamalariga ulangan. Agar magnit 
maydon 20 T/s tezlik bilan kamaysa, kondensatorning qoplamalarida qanday zaryad (mkC da) 
hosil bo’ladi? 
Javob: 4
1447. Qarshiligi 2 k

bo’lgan simli ramka magnit maydonda joylashgan. Ramka yuzi orqali 
o’tuvchi magnit oqimi 0,001 s da 6 Wb ga tekis o’zgaradi. Bunda ramkadagi tok kuchi qanchaga 
teng? 
Javob: 3 
1448. Bir jinsli magnit maydonda yuzi 0,001 m
2
bo’lgan yassi o’ram maydon chiziqlariga tik 
holatda turibdi. Agar maydon induksiyasi 0,01 T/s o’zgarmas tezlik bilan kamaysa, o’ramdagi 
tok kuchi (mkA da) qanchaga teng bo’ladi? O’ramning qarshiligi 1 Ω. 
Javob: 10 
1449. Ko’ndalang kesim yuzasi 1 mm
2
bo’lgan mis simdan tomoni 6,8 mm bo’lgan kvadrat 
ramka yasalib, bir jinsli magnit maydonda induksiya chiziqlariga perpendikulyar holda 
joylashtirildi. Magnit maydon induksiyasi 0,1 s da 2 T ga tekis o’zgaradi. Bunda ramkadagi tok 
kuchi qanchaga teng bo’ladi? Misning solishtirma qarshiligi 1.7
.
10
-8 
Ω
.
m. 
Javob: 2 
1450. Berk (tutash) sim sakkiz raqami shaklida bukildi va bir jinsli magnit maydonda 
induksiya chiziqlariga perpendikulyar holda joylashtirildi. Sakkizning halqalarini radiuslari 3 
cm va 7 cm bo’lgan aylanalar deb hisoblab, magnit maydon 3 mT/s tezlik bilan kamayganda sim 
bo’ylab oqadigan tok kuchini (mkA da) toping. Simning uzunlik birligining qarshiligi 2 Ω/m. 
Javob: 30 
1451. Induksiyasi 0,09 T bo’lgan bir jinsli magnit maydonda induksiya chiziqlariga 
perpendikulyar holda joylashgan o’ram turibdi. Magnit maydon o’chirilganda o’ram bo’ylab 
qanday zaryad (mkC da) oqib o’tadi? O’ramning yuzi 0,001 m
2
, qarshiligi 1 Ω.
Javob: 90 
1452. 100 ta o’ramdan iborat bo’lgan doiraviy berk g’altak o’z o’qiga parallel bo’lgan bir jinsli 
magnit maydonda joylashtirilgan. Magnit induksiyasi 0,2 mT ga o’zgartirilganda g’altak orqali 
40 mkC zaryad o’tadi. Agar simning uzunlik birligining qarshiligi 0,1 Ω /m bo’lsa, g’altakning 
radiusi (cm da) qanchaga teng? 
Javob: 4
1453. Yuzi 0,08 m
2
, qarshiligi esa 0,004 Ω bo’lgan mis halqa bir jinsli magnit maydonda 
shunday joylashtirilganki, bunda halqa tekisligi maydonning induksiya chiziqlariga 
perpendikulyar holda turibdi. Agar magnit maydon induksiyasi 0,01 T/s tezlik bilan kamaysa, 
halqada 0,1 s da qanday issiqlik miqdori ( mkJ da) ajraladi? 
Javob: 16 
1454. Yuzi 10 cm
2
bo’lgan 100 ta o’ramdan iborat berk g’altak o’z o’qiga parallel bo’lgan bir 
jinsli magnit maydonda joylashtirilgan. Magnit maydon 0,1 s davomida 0,1 T ga tekis 
o’zgartirilganda g’altakda 10
-3 
J issiqlik ajraladi. G’altakning qarshiligi qanchaga teng? 
Javob: 1 


121 
1455. Bir jinsli magnit maydonda kvadrat shaklidagi 1000 ta o’ramdan iborat bo’lgan 
chulg’am bor. Maydon chiziqlarining yo’nalishi o’ramlar tekisligiga perpendikulyar. Maydon 
induksiyasi 0,1 s da 0,02 T ga tekis o’zgarganda chulg’amda 0,1 J issiqlik ajralib chiqadi. 
Chulg’am simlarining ko’ndalang kesim yuzasi 1 mm
2
, solishtirma qarshiligi 10
-8 
Ω
.
m. 
Kvadratning tomonini (cm da) aniqlang. 
Javob: 10 
b) Kontur yuzasining o’zgarishi 
1456. Yuzi 10 cm
2
bo’lgan yassi berk kontur induksiyasi 10 mT bo’lgan bir jinsli magnit 
maydonda induksiya chiziqlariga perpendikulyar holatda qolib, deformatsiyalanadi. 2 s da 
konturning yuzi 2 cm
2
gacha tekis kamayadi. Agar konturning qarshiligi 1 Ω bo’lsa, shu vaqt 
mobaynida konturdagi o’rtacha tok kuchini (mkA da) aniqlang.
Javob: 4 
1457. Tomoni 60 cm bo’lgan kvadrat ramka induksiyasi 1 mT bo’lgan magnit maydonda 
induksiya chiziqlariga perpendikulyar holatda turibdi. Ramka cho’zilib, to’g’ri chiziq shakliga 
keltiriladi. Ramkaning shakli o’zgarishida undan qanday zaryad (mC da) oqib o’tadi? Ramka 
simining uzunlik birligining qarshiligi 0,01 Ω /m.
Javob: 15 
1458. Tomoni 3 m bo’lgan kvadrat ramka induksiyasi 1 T bo’lgan bir jinsli magnit maydonda 
induksiya chiziqlariga perpendikulyar holatda joylashtirildi. So’ngra, uni maydondan 
chiqarmasdan va oriyentatsiyasini o’zgartirmay turib, tomonlarining nisbati 1 : 2 bo’lgan to’g’ri 
to’rtburchak shakliga keltirildi. Bunda kontur bo’ylab qanday zaryad o’tgan? Ramkaning 
qarshiligi 1 Ω. 
Javob: 1 
1459. Qarshiligi 5 Ω bo’lgan simdan yasalgan kvadrat induksiyasi 0,2 T bo’lgan bir jinsli 
magnit maydonda induksiya chiziqlariga perpendikulyar holda joylashtirildi. So’ngra, uni 
maydondan chiqarmasdan va oriyentatsiyasini o’zgartirmay turib, tomonlarining nisbati 1 : 3 
bo’lgan to’g’ri to’rtburchak shakliga keltirildi. Bunda kontur bo’ylab 4 mkC zaryad o’tgan. 
Simning uzunligi (cm da) qanday?
Javob: 8 
c) Kontur va maydon orasidagi burchakning o’zgarishi 
1460. 100 ta o’ramga ega bo’lgan va 6 T induksiyali magnit maydonga perpendikulyar 
joylashgan g’altak 1 s da 90
0
burchakka buriladi. Bu vaqt ichida g’altakda o’rtacha 0,6 V 
qiymatli EYK hosil bo’ladi. G’altakning ko’ndalang kesim yuzasini (cm
2
da) aniqlang. 
Javob: 10 
1461. 5 cm radiusli mis halqa induksiyasi 8 mT bo’lgan bir jinsli magnit maydonda induksiya 
chiziqlariga perpendikulyar holda joylashtiriladi. Agar halqa o’z diametri bilan ustma-ust 
tushadigan o’q atrofida 180
0
ga burilsa, undan qanday zaryad (mC da) o’tadi? Halqaning uzunlik 
birligining qarshiligi 2 m Ω /m ga teng. 
Javob: 200 
1462. Simli o’ram induksiyasi 0,2 T bo’lgan bir jinsli magnit maydonda induksiya chiziqlariga 
perpendikulyar joylashgan. O’ram galvanometrga ulab qo’yilgan. O’ram qandaydir burchakka 
burilganida galvanometr orqali o’tgan to’liq zaryad 0,08 C ga teng. Agar o’ramning yuzi 4000 
cm
2
, galvanometr bilan birgalikdagi qarshiligi esa 1,5 Ω bo’lsa, o’ram qanday burchakka 
(graduslarda) burilgan? 
Javob: 120 
1463. Yupqa simli o’ram bir jinsli magnit maydonga perpendikulyar joylashgan. O’ram 180
0
ga burilganda, undan 7,2 mkC zaryad o’tgan. O’ram bo’ylab 1,8 mkC zaryad o’tishi uchun uni 
qanday burchakka (graduslarda) burish kerak? 
Javob: 60 
1464. Doiraviy ramka bir jinsli magnit maydonda o’zining diametri orqali o’tuvchi va 
induksiya vektoriga perpendikulyar bo’lgan o’q atrofida aylanmoqda. Agar ramkaning yuzi 0,2 
m
2
, aylanish burchak tezligi 50 rad/s, magnit maydon induksiyasi esa 0,1 T bo’lsa, ramkada 
hosil bo’ladigan induksion EYK ning maksimal qiymatini toping.
Javob: 1 


122 
1465. Yuzi 200 cm
2
bo’lgan ramka o’z tekisligida yotuvchi va tomonlari o’rtasini 
tutashtiruvchi o’q atrofida 100 rad/s burchak tezlik bilan aylanadi. Ramka 0,01 T induksiyali bir 
jinsli magnit maydonda joylashgan bo’lib, induksiya vektori aylanish o’qiga perpendikulyar. 
Ramkadagi maksimal induksion EYK 1 V ga teng bo’lishi uchun unga nechta sim o’ramini o’rash 
kerak bo’ladi?
Javob: 50 
1466. Yuzi 300 cm
2
bo’lgan doiraviy ramka 100 ta o’ramga ega va induksiyasi 0,2 T bo’lgan bir 
jinsli magnit maydonda o’z diametri orqali o’tuvchi hamda induksiya vektoriga perpendikulyar 
bo’lgan o’q atrofida aylanmoqda. Agar ramkadagi induksion EYK ning maksimal qiymati 15 V 
bo’lsa, ramkaning aylanish burchak tezligini toping. 
Javob: 25 
1467. Bir jinsli magnit maydonda aylanayotgan to’g’ri burchakli ramkada yuzaga keladigan 
induksion EYK ning maksimal qiymati 3 V ga teng. Agar ramka orqali o’tuvchi maksimal 
magnit oqimi 0,05 Wb bo’lsa, ramka qanday burchak tezlik bilan aylanmoqda? Ramkaning 
aylanish o’qi uning qarama-qarshi tomonlarining o’rtalari orqali o’tadi va maydon induksiyasiga 
perpendikulyar. 
Javob: 60 
Magnit maydonda o’tkazgichning harakati 
1468. 1 m uzunlikdagi o’tkazgich bir jinsli magnit maydonning induksiya chiziqlariga 
perpendikulyar ravishda 5 m/s tezlik bilan harakatlanadi. Agar o’tkazgich uchlarida 0,02 V 
potensiallar farqi yuzaga kelsa, magnit maydon induksiyasining miqdorini (mT da) aniqlang.
Javob: 4 
1469. Samolyot 900 km/h tezlik bilan gorizontal uchmoqda. Agar Yerning magnit maydon 
induksiyasining vertikal tashkil etuvchisi 50 mkT, samolyot qanotlarining uchlari orasidagi 
masofa 12 m bo’lsa, qanotlar uchlari orasida yuzaga keladigan potensiallar farqini (mV da) 
toping. 
Javob: 150
1470. Samolyot qanotlarining uchlari orasidagi masofa 20 m bo’lsa, uning 900 km/h tezlik 
bilan harakatlanishida hosil bo’lishi mumkin bo’lgan maksimal EYK (mV da) qanchaga teng? 
Yerning magnit maydonining gorizontal tashkil etuvchisi 0,03 mT, vertikal tashkil etuvchisi 
0,04 mT. 
Javob: 250 
1471. 2 m uzunlikdagi o’tkazgich induksiyasi 0,2 T bo’lgan bir jinsli magnit maydonda 
maydon chiziqlariga perpendikulyar ravishda 10 m/s tezlik bilan harakatlanmoqda. Tezlik 
vektori o’tkazgichga perpendikulyar va induksiya chiziqlari bilan 30
0
burchak hosil qiladi. 
O’tkazgichda induksiyalanadigan EYK ni toping. 
Javob: 2 
1472. To’g’ri o’tkazgichda 0,3 V induksion EYK yuzaga kelishi uchun uni induksiyasi 0,2 T 
bo’lgan bir jinsli magnit maydonning chiziqlariga perpendikulyar bo’lgan tekislikda, uchlaridan 
biri orqali o’tuvchi o’q atrofida qanday burchak tezlik bilan aylantirish kerak? O’tkazgichning 
uzunligi 20 cm. 
Javob: 75 
1473. To’g’ri to’rtburchakli karkasning (simlardan yasalgan shakl) 10 cm uzunlikdagi bir 
tomoni boshqa ikki tomoni bilan elektr kontaktida qolgan holda ular bo’ylab 1 m/s tezlik bilan 
sirpanmoqda. To’g’ri to’rtburchakning tekisligi induksiyasi 0,01 T bo’lgan bir jinsli magnit 
maydonning induksiya chiziqlariga tik joylashgan. Harakat boshidan 0,9 s o’tgach, to’g’ri 
to’rtburchakdagi tok kuchini (mkA da) toping. Simlarning uzunlik birligining qarshiligi 1 Ω /m. 
Boshlang’ich vaqt momentida to’g’ri burchakning yuzi nolga teng. 
Javob: 500 
1474. Uzunlik birligining qarshiligi 0,1 

/m bo’lgan simdan kvadrat yasaldi va u induksiyasi 
4 mT bo’lgan bir jinsli magnit maydonda maydon chiziqlariga perpendikulyar holda o’rnatildi. 
Kvadratning ikki qarama-qarshi tomoni bo’ylab xuddi shu simdan tayyorlangan ulagich 
(o’tkazgich sim) qolgan ikki tomonga parallel qolgan holda 0,3 m/s tezlik bilan sirpanmoqda. 


123 
Ulagich kvadratni teng ikkiga bo’lgan paytda ulagichdan o’tuvchi tok (mA da) qanchaga teng 
bo’ladi? 
Javob: 6 
1475. Uzunlik birligining qarshiligi 0,1 Ω /m bo’lgan simdan muntazam uchburchak yasaldi 
va u induksiyasi 7 mT bo’lgan bir jinsli magnit maydonda maydon chiziqlariga perpendikulyar 
holda o’rnatildi. Uchburchak bo’ylab xuddi shu simdan tayyorlangan ulagich uning bir tomoniga 
parallel qolgan holda 0,5 m/s tezlik bilan sirpanmoqda. Ulagich uchburchak tomonlarining 
o’rtasi orqali o’tayotgan paytda ulagichdan o’tuvchi tok (mA da) qanchaga teng bo’ladi? 
Javob: 15 
1476. Uzunlik birligining qarshiligi 0,1 Ω /m bo’lgan simdan 60
0
burchakli romb yasaldi va u 
induksiyasi 4 mT bo’lgan bir jinsli magnit maydonda maydon chiziqlariga perpendikulyar holda 
o’rnatildi. Romb bo’ylab xuddi shu simdan tayyorlangan ulagich uning kichik diagonaliga 
parallel qolgan holda 0,5 m/s tezlik bilan sirpanmoqda. Ulagich rombning qo’shni tomonlarining 
o’rtasi orqali o’tayotgan paytda ulagichdan o’tuvchi tok (mA da) qanchaga teng bo’ladi? 
Javob: 8 
1477. Diametri 1 mm, solishtirma qarshiligi 
7
10

Ω
.
m bo’lgan simdan aylana yasaldi va u 
induksiyasi 4 mT bo’lgan bir jinsli magnit maydonda maydon chiziqlariga perpendikulyar holda 
o’rnatildi. Kontur bo’ylab qarshiligi juda kichik bo’lgan ulagich 0,3 m/s tezlik bilan sirpanmoqda. 
Ulagich aylanani teng ikkiga bo’lgan paytda ulagichdan o’tuvchi tok (mA da) qanchaga teng 
bo’ladi?
Javob: 12 
1478. Uzunlik birligining qarshiligi 0,01 Ω /m bo’lgan simdan 17 cm radiusli aylana yasaldi va 
u induksiyasi 7 mT bo’lgan bir jinsli magnit maydonda maydon chiziqlariga perpendikulyar 
holda o’rnatildi. Kontur bo’ylab xuddi shu simdan tayyorlangan ulagich 0,3 m/s tezlik bilan 
sirpanmoqda. Ulagich aylanani teng ikkiga bo’lgan paytda sistemada issiqlik hosil bo’lishining 
quvvati (mkW da) qanchaga teng bo’ladi? π=3,14 deb hisoblang. 
Javob: 84 
1479. Uzun sim α burchak ostida bukildi (tgα=3/4) va induksiyasi 0,1 T bo’lgan bir jinsli 
magnit maydonda maydon chiziqlariga perpendikulyar holda o’rnatildi. Burchak tomonlari 
bo’ylab xuddi shu simdan tayyorlangan ulagich tekis harakatlantirilmoqda: bunda u 
tomonlardan biri bilan hamma vaqt to’g’ri burchak hosil qilmoqda. Ulagich boshlang’ich paytda 
burchak uchidan 0,2 m masofada, 1 s dan keyin esa 0,6 m masofada joylashadi. Shu vaqt ichida 
sistemada qancha issiqlik (mJ da) ajralgan? Simning uzunlik birligining qarshiligi 0,01 Ω /m.
Javob: 12 
1480. Bir jinsli magnit maydonda induksiya chiziqlariga perpendikulyar joylashgan П-simon 
ramka bo’ylab qarshiligi 2 Ω bo’lgan ulagich 2 m/s o’zgarmas tezlik bilan ishqalanishsiz 
harakatlanadi. Ulagichga 4 N kuch qo’yilgan. Ulagichdagi tok kuchini toping. Ramkaning 
qarshiligi va og’irlik kuchi hisobga olinmasin. 
Javob: 2 
1481. Induksiyasi 40 mT bo’lgan bir jinsli vertikal magnit maydonda joylashgan gorizontal П-
simon ramka bo’ylab qarshiligi 0,1 Ω, uzunligi 50 cm bo’lgan ulagich ishqalanishsiz 
harakatlanadi. Ulagichning harakat tezligi 1 m/s bo’lishi uchun unga qanday minimal kuch (mN 
da) qo’yish kerak? Ramkaning qarshiligi inobatga olinmasin. 
Javob: 4 
1482. Qiyaligi gorizontga 30
0
bo’lgan П-simon ramka o’z tekisligiga tik yo’nalgan bir jinsli 
magnit maydonda joylashtirilgan. Ramka bo’ylab 30 g massali ulagich ishqalanishsiz sirpanib 
tusha boshlaydi. Ulagichning uzunligi 10 cm, qarshiligi 2 m

, maydon induksiyasi 0,1 T. 
Ulagichning barqaror harakat tezligini toping. Ramkaning qarshiligi inobatga olinmasin. g=10 
m/s
2

Javob: 3 
1483. Qiyaligi gorizontga 30
0
bo’lgan П-simon ramka bir jinsli vertikal magnit maydonda 
joylashtirilgan. Ramka bo’ylab 30 g massali ulagich ishqalanishsiz sirpanib tusha boshlaydi. 
Ulagichning uzunligi 10 cm, qarshiligi 1 m Ω, maydon induksiyasi 0,1 T. Ulagichning barqaror 
harakat tezligini toping. Ramkaning qarshiligi inobatga olinmasin. g=10m/s
2



124 
Javob: 2 
1484. Qiyaligi gorizontga α bo’lgan (sinα=0.8) П-simon ramka bir jinsli vertikal magnit 
maydonda joylashtirilgan. Ramka bo’ylab 20 g massali ulagich sirpanib tushmoqda. Ulagichning 
uzunligi 10 cm, qarshiligi 1,2 mΩ, maydon induksiyasi 0,1 T, ulagich va ramka orasidagi 
ishqalanish koeffitsiyenti 0,5. Ulagichning barqaror harakat tezligini toping. Ramkaning 
qarshiligi inobatga olinmasin. g=10m/s
2

Javob: 2 
1485. Ikkita vertikal reykaning uchlari orasida bir xildagi 4 m Ω qarshiliklar ulanib, berk 
kontur hosil qilingan. Reykalar orasidagi masofa 10 cm, ularning qarshiligi juda kichik. Kontur 
bir jinsli magnit maydonda joylashgan va bu maydonning induksiyasi 0,1 T hamda kontur 
tekisligiga perpendikulyar. Reykalar bo’ylab qarshiligi 4 m Ω, massasi 10 g bo’lgan ulagich 
ishqalanishsiz sirpanmoqda. Ulagichning barqaror harakat tezligini toping. g=10m/s
2

Javob: 6 
1486. Ikkita vertikal reykaning yuqori uchlari orasida EYK 60 mV va ichki qarshiligi 1 m Ω 
bo’lgan tok manbai ulangan, pastki uchlari esa uzunligi 10 cm, massasi 10 g bo’lgan ulagich 
bilan tutashtirilib, berk kontur hosil qilingan. Kontur bir jinsli magnit maydonda joylashgan va 
bu maydonning induksiyasi 0,1 T hamda kontur tekisligiga perpendikulyar. Ulagich qo’yib 
yuborilgach, ko’tarila boshlaydi. Reykalarning va ulagichning qarshiliklarini hamda 
ishqalanishni inobatga olmagan holda, ulagichning barqaror tezligini toping. g=10m/s
2

Javob: 5 
1487. Ikkita vertikal reykaning pastki uchlari orasida EYK 60 mV va ichki qarshiligi 1 m Ω 
bo’lgan tok manbai ulangan, yuqori uchlari esa uzunligi 10 cm, massasi 10 g bo’lgan ulagich 
bilan tutashtirilib, berk kontur hosil qilingan. Kontur bir jinsli magnit maydonda joylashgan va 
bu maydonning induksiyasi 0,1 T hamda kontur tekisligiga perpendikulyar. Ulagich qo’yib 
yuborilgach, pastga tusha boshlaydi. Reykalarning va ulagichning qarshiliklarini hamda 
ishqalanishni inobatga olmagan holda, ulagichning barqaror tezligini toping. g=10m/s
2

Javob: 7 
1488. Bir jinsli magnit maydonda joylashgan vertikal П-simon ramka bo’ylab ulagich 
ishqalanishsiz sirpanmoqda. Magnit maydon ramka tekisligiga perpendikulyar. Ramkaning 
qisqa tomonida 2 mF sig’imli kondensator ulab qo’yilgan. Ulagichning massasi 3 g, uzunligi 50 
cm, maydon induksiyasi 2 T. Zanjirdagi barcha elementlarning qarshiligini inobatga olmasdan, 
ulagichning tezlanishini toping. g=10m/s
2

Javob: 6 
1489. Qiyaligi gorizontga 30
0
bo’lgan va bir jinsli vertikal magnit maydonda joylashgan П-
simon ramka bo’ylab ulagich ishqalanishsiz sirpanmoqda. Ramkaning qisqa tomonida 4 mF 
sig’imli kondensator ulab qo’yilgan. Ulagichning massasi 2 g, uzunligi 25 cm, maydon 
induksiyasi 4 T. Zanjirdagi barcha elementlarning qarshiligini inobatga olmasdan, ulagichning 
tezlanishini toping. g=10m/s
2

Javob: 2 
Induktivlik. O’zinduksiya EYK. Magnit maydon energiyasi
1490. Berk o’tkazgich bo’ylab 1,5 A tok oqadi. Bu tokning magnit maydoni 6 mW ga teng 
bo’lgan, kontur sirti orqali o’tuvchi oqim hosil qiladi. O’tkazgichning induktivligini (mH da) 
toping.
Javob: 4 
1491. G’altak o’rami bo’ylab oqayotgan tok kuchi 0,25 s da 5 A ga tekis o’zgaradi. Bunda 200 V 
o’zinduksiya EYK yuzaga keladi. G’altakning induktivligini toping. 
Javob: 10 
1492. Agar 1 s ichida g’altakdagi tok kuchi 5 A dan 10 A gacha tekis o’zgarganda 60 V 
o’zinduksiya EYK yuzaga kelsa, g’altakning induktivligini aniqlang. 
Javob: 12 
1493. Induktivligi 6 mH bo’lgan g’altakdagi tok kuchi tekis o’zgarganda unda 8 mV 
o’zinduksiya EYK yuzaga keladi. 3 s ichida tok kuchi qancha miqdorga o’zgaradi? 
Javob: 4 


125 
1494. Induktivligi 0,2 mH bo’lgan g’altakdagi tok kuchi reostat yordamida 100 A/s tezlik bilan 
tekis oshiriladi. G’altakda hosil bo’ladigan o’zinduksiya EYK ning absolyut qiymati (mV da) 
qanday bo’ladi? 
Javob: 20 
1495. Induktivligi 6 mH bo’lgan g’altakdagi tok 40 A ga tekis orttirilganda 8 V o’zinduksiya 
EYK yuzaga keldi. Tokni orttirish necha millisekund davom etgan? 
Javob: 30 
1496. G’altak orqali 5 A tok o’tkazilganda unda induksiyasi 3 T bo’lgan magnit maydon paydo 
bo’ladi. Agar g’altakning ko’ndalang kesim yuzasi 100 cm
2
, o’ramlar soni esa 2500 ta bo’lsa, 
g’altakning induktivligini aniqlang. 
Javob: 15 
1497. Kontur bo’ylab oqayotgan 10 A tok vositasida hosil bo’lib, uning sirti orqali o’tuvchi 
magnit oqim 0,9 mW ga teng. Tok kuchi 1 ms da 5 A gacha tekis kamayganda konturda hosil 
bo’luvchi o’zinduksiya EYK ni (mV da) aniqlang. 
Javob: 450 
1498. Induktivligi 0,1 mH, yuzi 20 cm
2
bo’lgan berk o’ram induksiyasi 2 mT bo’lgan bir jinsli 
magnit maydonda induksiya chiziqlariga perpendikulyar holda joylashtiriladi. So’ngra o’ram o’ta 
o’tkazuvchanlik holatigacha sovutiladi va maydon o’chirib qo’yiladi. Shundan so’ng konturdagi 
tok kuchi (mA da) qanday bo’ladi? 
Javob: 40 
1499. 50 cm
2
yuzali 200 ta o’ramdan iborat bo’lgan 2 H induktivlikli g’altak o’z o’qiga parallel 
bo’lgan 60 mT induksiyali bir jinsli magnit maydonda joylashtiriladi. G’altakning o’rami o’ta 
o’tkazuvchanlik holatigacha sovutiladi, keyin esa g’altak 60
0
ga buriladi. G’altakda qanday tok 
kuchi (mA da) yuzaga keladi? 
Javob: 15 
1500. 10 A tok kuchida 0,6 W magnit oqim yuzaga keladigan solenoidning magnit 
maydonining energiyasini toping. 
Javob: 3 
1501. Qarshiligi 10 Ω bo’lgan g’altakda 50 V kuchlanish saqlab turiladi. Agar g’altakning 
induktivligi 20 mH bo’lsa, unda jamlangan magnit maydon energiyasi (mJ da) qanchaga teng? 
Javob: 250 
12. TEBRANISHLAR VA TO’LQINLAR 
Garmonik tebranishlar kinematikasi
1502. Tebranishlar chastotasi 440 Hz bo’lsa, moddiy nuqta 5 s ichida necha marta to’liq 
tebranadi? 
Javob: 2200 
1503. Moddiy nuqta 
)
2
/
3
/
sin(
2





Yüklə 1,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin