Zahiriddin muhammad bobur nomidagi andijon davlat universiteti



Yüklə 279,06 Kb.
səhifə18/24
tarix02.09.2022
ölçüsü279,06 Kb.
#63391
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   24
Diss tayyor 2022 M.Usmonova

Modellashtirish - real hayotda va jamiyatda yuz berayotgan hodisa va jarayonlarning ixchamlashtirilgan va soddalashtirilgan ko’rinishini(modelini) auditoriya(sinfxona)da yaratish va ularda o’quvchilarning shaxsan qatnashishi va faoliyat evaziga ta’lim olishini ko’zda tutuvchi metod.
Hamkorlikda o’rganish modeli – o’quvchilarning mustaqil huruhlarda ishlashi evaziga ta’lim olishini ko’zda tutuvchi metod.
O’rganishning tadqiqot modeli – o’quvchilarni muayyan muammoni yechishga yo’naltirilgan, mustaqil tadqiqot olib borishini ko’zda tutuvchi metod.
Noan’anaviy(ta’lim jarayoni markazida o’quvchi bo’lgan) o’qitish metodlari quyidagi afzalliklarga va kamchiliklarga ega.
Afzalliklari:
- o’qitish mazmunini yaxshi o’zlashtirishga olib kelishi;
- o’z vaqtida aloqalarning ta’minlanishi;
- o’qitish usullarining turli xil ko’rinishlari taklif etilishi;
- motivatsiyaning yuqori darajada bo’lishi;
- o’tilgan o’quv materialining yaxshi eslab qolinishi;
- muloqotga kirishish ko’nikmasining takomillashishi;
- o’z – o’zini baholashning o’sishi;
- o’quvchilarning predmetning mazmuniga, o’qitish jarayoniga bo’lgan ijobiy
munosabati;
- mustaqil fikrlay oladigan o’quvchining shakllanishiga yordam berishi;
- muammolarni hal etish ko’nikmalarining shakllanishi.
Kamchiliklari:
- ko’p vaqt talab etilishi;
- o’quvchilarni har doim ham keraklicha nazorat qilish imkoniyatining
pastligi;
- juda murakkab mazmundagi o’quv materiali o’rganilayotganda ham o’qituvchi
rolining past bo’lishi;
- “kuchsiz” o’quvchilar bo’lganligi sababli “kuchlm” o’quvchilarning ham past
baho olishi;
- o’qituvchining o’zi ham yaxshi rivojlangan fikrlash qobiliyatiga va muammolarni hal etish ko’nikmalariga ega bo’lishining talab etilishi.
2.3. Umumta’lim maktablarida “Informatika” fanidan o’quv mashg’ulotlarini tashkil etish va o’tkazishda interfaol usullardan foydalanish
Hozirgi kunda umumta’lim maktablarining o’qitish jarayonida zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarining qo’llanilishi bilan o’quv metodik materiallari ham ikki turga bo’linadi. Bular an’anaviy va yangi avlod o’quv-metodik materiallar majmuasidir.
An’anaviy o’quv-metodik materiallariga ta’lim tizimida qo’llanib kelinayotgan darsliklar, o’quv qo’llanmalari, metodik ko’rsatmalar, didaktik tarqatma va ko’rgazmali materiallar kiradi.
Yangi o’quv metodik materiallarga an’anaviy materiallardan tashqari elektron nashrlar, elektron darsliklar, elektron plakatlar, elektron lug’atlar zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyaga asoslangan metodika, interfaol usullar yordamida yaratilgan o’quv materiallari, multimedia vositalari, internet olingan ma’lumotlari va boshqa tasviriy-vizual vositalarni kiritish mumkin. Ayni paytda an’anaviy o’quv–metodik materiallari majmuasining ahamiyati kamaymagan holda, yangi avlod o’quv materiallar majmuasiga ehtiyoj oshib bormoqda.
Ko’p yillar o’tkazilgan tadqiqotlar shuni ko’rsatmoqdaki, an’anaviy dars o’tish ta’limning asosiy modellardan biri bo’lib qolmoqda. An’anaviy dars muayyan muddatga mo’ljallangan, ta’lim jarayoni ko’proq o’qituvchi shaxsiga qaratilgan, mavzuga kirish, yoritish, mustahkamlash va yakunlash bosqichlaridan iborat ta’lim modelidir.
Umumta’lim maktablarida kuzatilgan juda ko’p darslarda davr bilan bog’lanmaslik, didaktika talablariga, o’quvchilarning mustaqil fikrlashlariga e’tibor bermaslik oqibatida quyidagi xato va kamchiliklar kelib chiqmoqda.
1. Darsda guruhdagi barcha o’quvchilar faol qatnashmasligi, o’quvchilarning bir qismi darsda ishtirok etmasligi.
2. O’qituvchi darsda o’quvchilarning mustaqil ishlashidagi xatoni tekshirmaslik.
3. Darsda kompyuter va zamonaviy axborot vositalaridan samarasiz foydalanish.
4. Asosiy fikrlar, dalillarga e’tibor bermaslik.
5. O’qituvchi guruh jamoasini yaxshi bilmasligi sababli turli guruhlarda bir xil qolipda dars o’tish.
6. Yangi materiallarni bayon qilishda ketma-ketlikka e’tibor qilmaslik, tanlangan uslubning mazmunga mos tushmasligi.
7. Guruh o’quvchilarini faoliyatini shakllantirishda mustaqillik, ijodkorlikni rivojlantirmaslik.
8. Darsdan chetga chiqib, asosiy mazmunni o’quvchilarga yetkazib bera olmaslik.
9. O’quvchilar o’zlashtirishini hisobga olmasdan, rejani bajarishga urinish.
10. O’quvchilarning real o’zlashtirishlariga emas, tashkiliy ishlariga qarab baholashlar.
11. Ota–onalar bilan hamkorlikda bo’lmaslik.
Biz o’qituvchilardan davr bilan birga qadam tashlaydigan, har tomonlama yetuk shaxslarni tarbiyalash talab etilayotgan bir paytda zamon talabini to’g’ri anglab yetadigan jamiyatning faol a’zolarini tarbiyalab yetishtirmog’imiz lozim. Olib borilgan tadqiqotlardan ma’lum bo’lishicha an’anaviy dars shaklini saqlab qolgan holda, unga turli-tuman o’quvchilar intilishini faollashtiradigan (interfaol) usullar bilan boyitish, zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalaridan o’z o’rnida foydalanish natijasida o’quvchilarning o’zlashtirish darajasi oshganligi aniqlandi. Buning uchun dars jarayonini oqilona tashkil etilishi o’qituvchi tomonidan o’quvchilarning qiziqishini orttirib, ularning ta’lim jarayonida faolligi muttasil rag’batlantirilib turilishini ta’minlaydi.
SHuningdek o’quv materialini kichik-kichik bo’laklarga bo’lib, ularning mazmunini ochishda bahs-munozara, aqliy hujum, kichik guruhlarda ishlash, tadqiqot rolli o’yinlari, o’quvchilarni amaliy mashg’ulotlarni mustaqil bajarilishiga undash, charxpalak, blits so’rov, rez’yume, fsmu [ilova] va boshqa texnologiyalardan, shuningdek, rang-barang baholash usullaridan foydalanish, ta’lim vositalaridan joyida va vaqtida foydalanish talab etiladi.
Hozirgi vaqtda umumta’lim maktablarida o’qitishning zamonaviy shakllari va metodlari keng qo’llanilmoqda. An’anaviy o’qitish jarayonida o’qituvchi asosan, avtoritarlik bilan dars olib borsa (sub’ekt-ob’ekt), interfaol usullar yordamida o’qitish jarayonida esa o’quvchi shaxsiga erkinlik berish, munosabatlarni demokratlashtirish (sub’ekt-sub’ekt) asosida dars jarayoni tashkil etishni nazarda tutadi.
Ilmiy–texnik taraqqiyot nafaqat aksariyat ishlab chiqarish sohasini texnologizatsiyalashtiradi, balki, u madaniyat, ta’lim sohalariga ham kirib bormoqda. Bugungi kunda informatsion tibbiyot, ta’lim va boshqa texnologiyalar to’g’risida fikr yuritish mumkin.
 Texnologiyalash–bu ob’ektiv jarayon bo’lib, ta’lim evolyutsiyasining yangi vazifalarini sifatli hal qilish uchun tayyorgarlik davridir.
“Informatika” fanidan o’quv mashg’ulotlarining samarali tashkil etishda asosan, ta’lim oluvchilarning faollashtirish va jadallashtirishga asoslangan pedagogik texnologiya, o’qitish jarayonini samarali tashkil etish va boshqarishga asoslangan pedagogik texnologiyalardan ko’proq foydalaniladi. Misol sifatida, o’yinli texnologiya, «CHarxpalak», «Bumerang», «3x3», «Rez’yume», «FSMU» kabi texnologiyalarni keltirishimiz mumkin. Bu texnologiyalardan ko’pincha darsni mustahkamlash va baholash jarayonida foydalaniladi (Ilovada keltirilgan).
Informatikadan olib boriladigan darslarning interfaol usullarda o’tilishi, oddiy darslardan quyidagi xususiyatlari bilan farq qiladi:
1. Qo’yilgan maqsadga aniq erishish.
2. Yangi bilimlarni berishda yangi usullardan foydalanish.
3. Vaqtning taqsimlanishi.
4. Dars bosqichlaridagi o’rin almashinishlar.
5. Dastur materiali asosida qisman chetga chiqish.
6. Ta’limning texnik va dasturiy vositalardan foydalanish.
O’qitishning interfaol usullaridan qaysi vaqtda foydalanish, qaysi mavzularda qanday interfaol usullarni qo’llash, qanday qilib tashkil etish, qaysi interfaol usullar axborot texnologiyalari darslarida ko’proq ijobiy natija berishini o’qituvchi bilishi kerak.
Interfaol usullarni yangi mavzuni bayon qilishda, takrorlash va bilimlarni mustahkamlashda ijobiy natija berishi mumkin.
Interfaol usullarning samaradorligi, avvalo, unga puxta tayyorgarlik ko’rish bilan bog’liq. O’qituvchi uchun darsga tayyorgarlik ko’rish asosiy vazifadir. Interfaol usullarni qo’llashda kamchiliklar yuzaga kelishi o’qituvchining darsga tayyorlanmaganligining natijasidir. Darsni interfaol usullarda tashkil etish qo’yidagilarni o’z ichiga oladi;
1) mavzu va uning hajmini aniqlash;
2) mavzuga mos dars shaklini aniqlash;
3) mavzuning manbalari, adabiyotlar bilan tanishib chiqish;
4) o’quvchilarga tushunish qiyinroq bo’ladigan tushunchalarni izohlash metodini ishlab chiqish;
5) dars rejasini tuzish;
6) darsni o’tkazish metodi va texnologiyasini tanlash;
7) dars jihozini tayyorlash;
8) mavzuni yoritish usulini aniqlash;
9) darsni oldingi va keyingi mazular bilan bog’liqligini ishlab chiqish;
10) o’quvchilarni baholash metodlarini ishlab chiqish;
11) o’quvchilarga beriladigan test materiallarini tayyorlab qo’yish;
12) darsda qo’llaniladigan multimedia vositalarini tayyorlab ko’yish;
13) darsga mos qiziqarli, muammoli topshiriqlarni tayyorlab qo’yish;
14) uy vazifasini belgilab qo’yish.
Darslarni interfaol usulda tashkil etish quyidagi didaktik tamoyillar asosda bo’lishi lozim:
- o’quvchining dunyoqarashining shakllantirishi;
- ilmiylik;
- tushunarlilik va qiziqarlilik;
- hayotiylik;
- o’quvchilar yoshiga, psixologik xususiyatlariga, saviyasiga mosligi;
- ijtimoiyligi va h.k.


Yüklə 279,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin