Zahiriddin muhammad bobur nomidagi andijon davlat universiteti


Informatika fanini o’qitishda ta’lim samaradorligini oshirish yo’llari



Yüklə 279,06 Kb.
səhifə14/24
tarix02.09.2022
ölçüsü279,06 Kb.
#63391
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   24
Diss tayyor 2022 M.Usmonova

2.2. Informatika fanini o’qitishda ta’lim samaradorligini oshirish yo’llari
Bugungi kun talabi ta’limni sifat o’zgarishlariga olib keluvchi yangicha yondashuvlarni izlashga undamoqda va uni o’rganishdagi yondashuvlar (metodlar) ham o’zgarmoqda.
Ta’limda yangi bilimlarni amalda qo’llash natijasi innovatsiyalarga asoslangan yangi ta’lim yaratilishiga olib kelmoqda.
Respublikamizda ta’lim tizimini har tamonlama rivojlantirish kadrlar tayyorlash tizimini tubdan yangilash va isloh qilish davlat ahamiyatidagi eng ustivor vazifalar qatoriga kiradi.
Talaba o’zlashtirgan bilimini amaliyotda qo’llay bilishi uchun uni o’z vaqtida mustahkamlashi, boshqa tushunchalarni o’rganishda qo’llash bilishi va olingan bilimlarni tizimlashtirish ta’lim samaradorligini ta’minlashga olib keladi.
Talabaning bilish faoliyati deganda:
- o’rganilayotgan mavzuga doir barcha axborotlarni to’plash;
- to’plangan axborotlarni qayta ishlash;
- o’rganilgan axborotlarni (ma’lumotlarni) qo’llash kabi uchta bosqichdan iborat faoliyat tushuniladi.
Zamonaviy pedagogik texnologiyalar sharoitida ta’limni differentsiallash va individuallashtirishga keng imkoniyat yaratiladi. Zamonaviy mutaxassis tayyorlash muammolarini yechish bevosita ta’limda yangi axborot texnologiyalariga asoslanishini taqozo etadi.
Axborot texnologiyalarini qo’llashda ta’lim mazmunini standartlashtirishdan individual va differentsiallashga yo’naltiriladi, natijada ta’limni individuallashtirish va bilimlarni o’zlashtirilishini boshqarish imkoniyatini yaratadi.
Ta’limning liberallashuvi ta’limdagi muhim muammolardan hisoblanib, oliy ta’limda talaba imkoniyati va qobiliyatidan kelib chiqib o’qish muddatini qisqartirish, uzaytirish yoki kunduzgi, kechki, sirtqi kabi ta’lim shakllarini tanlashi yoki qo’shimcha boshqa kasblarni egallashi huquqiga ega bo’lishiga qonuniy asos yaratilishi maqsadga muvofiqdir. Ta’limning liberallashishi talaba (o’quvchi)larni qachon o’zini-o’zi aqliy o’stirish va mustaqil o’qishning muhimligini, ahamiyatini anglashi bilan bog’liq bo’ladi.
Talabalarda mutaqil ishlash ko’nikmasini tarbiyalash sifatli mutaxassis tayyorlashning muhim vazifalaridan biri bo’lib, ta’lim samaradorligini oshirishda muhim rol o’ynaydi.
Talabalarning mustaqil ishlari tizimi quyidagilardan iborat:
- o’quv fani, mazmuni ustida bajariladigan joriy ishlari ma’ruzalarni konspektlash, darslik va o’quv manbalari bilan ishlash, laboratoriya, amaliy, seminar mashg’ulotlari hamda nazorat topshiriqlarini yechishga tayyorgarlik ko’rish;
- semestr davomida uy vazifalarining bajarilishi (mavzular bo’yicha referatlar tayyorlash, mustaqil ravishda berilgan mavzuga doir ma’lumotlar to’plash va o’rganish);
- kurs ishlarini bajarish.
Talabani mustaqil ishlashga o’rgatish birinchi navbatda dars mashg’ulotlarida yetakchi va tajribali o’qituvchilarning ma’ruzalarini tinglash, konspektlar yozish va ularni to’ldirish, ilmiy va ilmiy-uslubiy jurnallardagi maqolalarni o’rganish, darslik va adabiyotlar bilan ishlashga, elektron manbalardan foydalanishga o’rganishdan boshlanadi. O’quv materialining samarali o’zlashtirilishi amaliy, seminar va laboratoriya mashg’ulotlarida va talabalarning jamoa bo’lib ta’lim olishlarida davom ettiriladi.

Yüklə 279,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin