Zahiriddin muhammad bobur nomidagi andijon davlat universiteti


Raqamli texnologiyalarini ta’limda qo’llanilishi



Yüklə 279,06 Kb.
səhifə10/24
tarix02.09.2022
ölçüsü279,06 Kb.
#63391
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   24
Diss tayyor 2022 M.Usmonova

1.3. Raqamli texnologiyalarini ta’limda qo’llanilishi
Raqamli ta’lim texnologiyalari — yangi texnologiyalar, platformalar va modellar yaratish hamda ularni kundalik hayotga joriy etish orqali mavjud ta’limni yangicha tizimga ko’chirishdir.
Raqamli iqtisodiyot — iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy aloqalarning raqamli texnologiyalarini qo’llash asosida amalga oshirish mumkin bo’lgan tizimdir.
Aslida, hammamiz, allaqachon raqamli iqtisodiyot ichidamiz, uning qulayliklaridan foydalanamiz. Masalan, oyligimiz plastik kartalarga tushadi, elektron to’lov orqali kommunal xizmatlar, telefon, internet va boshqa mahsulot hamda xizmatlarga to’lov qilamiz, elektron tarzda soliq deklaratsiyasi topshiramiz, kartadan kartaga pul o’tkazamiz va hokazo.
Raqamlashtirish nafaqat odamlar turmush tarzi, balki tafakkurini hamo’zgartiradi. Agar raqamlashtirish barcha sohalarga kirib borsa, avvalo, qog’ozbozlik, tanish-bilishchilik, korruptsiya holatlarining oldi olinib, shaffoflik ta’minlanadi.
“Raqamli” atamasi barcha sohalarda axborot texnologiyalaridan faol foydalanishni anglatadi [5]. Agar oddiy iqtisodiyotda moddiy buyumlar asosiy resurs hisoblansa, raqamli iqtisodiyotda bu qayta ishlanadigan hamda uzatiladigan axborot, ma’lumotlar bo’ladi. Ularning tahlilidan so’ng esa to’g’ri boshqarish bo’yicha yechim ishlab chiqiladi.
Pandemiya paytida ta’limning yangi davri – raqamli ta’lim davri boshlandi. Raqamli ta’lim masofa va makon to’siqlarini olib tashlaydi.
Hozirgi sharoitda O’zbekiston oliy ta’lim tizimi qaysi yo’ldan ketishi to’g’risida bir qator savollar turibdi. Xususan, u hozirgi an’anaviy tizimni rivojlantirilgan bosqichiga o’tadimi yoki raqamli ta’lim tizimiga o’tadimi? Savollar ko’p. Ushbu savollarga qaramasdan ta’lim tizimida hech qachon o’zgarmaydigan asos ustunlar mavjud. Bu “ta’lim oluvchi” va “ta’lim beruvchi” ya’ni “talaba” va “professor o’qituvchi”dir. Agar ta’limda ana shu ikki tomonning dunyo qarashini o’zgartira olsak, ya’ni talabani mustaqil ta’lim olishga, bilim olish yo’llarni mustaqil izlashga, o’qituvchini esa yangi bilimlar bilan raqamli texnologiyalar asosida qurollantirib talabaga bilim olish yo’llarini o’rgatishini yo’lga qo’ya olsak, ta’lim tizimi qaysi shaklga o’tishidan qat’iy nazar ta’limda sifat paydo bo’ladi.
Umuman, hozirda ta’lim tizimi vakillari o’zlari bilmagan holda katta tarixiy missiyani bajarishmoqda. SHu kunga qadar ko’p gapirganimiz masofaviy, raqamli ta’limning O’zbekiston oliy ta’limi tizimidagi haqiqiy poydevori ana endi qo’yilmoqda [6]. Qaysidir o’qituvchi telegramm messenjeri orqali guruh ochib, yana biri internetda Zoom dasturi orqali, boshqasi esa raqamli ta’limiy dasturlar orqali dars o’tishni boshlab yuborishgan. Kelajakda bu kunlar mamlakatimiz ta’limi tarixida raqamli ta’limning tug’ilgan kuni sifatida o’rin olishiga ishonamiz.
Prezidentimiz SHavkat Mirziyoev raisligida 16 iyunda oliy ta’limga bag’ishlangan videoselektor bo’lib o’tdi. Davlat rahbari oliy ta’lim tizimidagi rahbarlarga barcha kuch va resurslarini 4 ta ustuvor vazifaga qaratish bo’yicha ko’rsatmalar berdi:
1. Oliygohlar boshqaruv kengashlarining rolini oshirish va kafedralar vakolatlarini kengaytirish.
2. Ta’lim berish jarayonini bozor talablariga moslashtirib, ishlab chiqarish bilan uzviyligini ta’minlash va talabaning o’z ustida ishlashi uchun muhit hamda sharoitni yaratish. Oliygohlar talabani o’qishga qabul qilishdan avval ularni qaerga ishga yuborishini, buning uchun ish beruvchilar bilan 10 yillik shartnomaga ega bo’lishlari kerak.
3. Oliygohlar ilmiy salohiyatini oshirish, ilm-fan va innovatsiyani rivojlantirish.
4. Professor-o’qituvchilar va talabalar uchun qog’ozbozlikni kamaytirish, sohani raqamlashtirish orqali byurokratiya va korruptsiyani keskin qisqartirish.

Yüklə 279,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin