Zahiriddin muhammad bobur nomidagi andijon davlat universiteti



Yüklə 279,06 Kb.
səhifə8/24
tarix02.09.2022
ölçüsü279,06 Kb.
#63391
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   24
Diss tayyor 2022 M.Usmonova

b) Maqsadni pedagog faoliyati orqali aniqlash.
Masalan, «Dasturlash jarayonida biror operatorning bajarilishi bilan tanishtirish» yoki «Disketada saqlanayotgan fayllarni o’qish usullarini ko’rsatish».
Maqsadlarni bunday qo’yish pedagogning o’z faoliyatiga qaratilgan. Bu yerda ham ta’lim jarayonini bilish mumkinligi ko’rsatilmagan.
v) Talabaning intellektual, emotsional shaxsiy rivojlanishi ichki jarayonlari va qonuniyatlari orqali o’quv maqsadni qo’yish.
Masalan, «Masalaning modelini mustaqil tuzish malakasini rivojlantirish», «Mashqlar bajarish jarayonida o’quvchilarni mustaqil fikrlashga o’rgatish».
Bunday mavzularda o’quv maqsadlariga erishganlik haqida ko’rsatgichlarni aniqlashning imkoni yo’q.
g) O’quv maqsadlarini talabalar faoliyati orqali qo’yish. Masalan, «Axborotlarni o’lchash bo’yicha masalalar yechish».
Bu kabi mavzularda talabalar tomonidan o’zlashtirilgan bilimlarni tekshirish, mustahkamlash bilan birga ularning faolligini va mustaqil fikrlashini tekshirishga qaratilgan.
Bir qarashda o’quv maqsadini bunday qo’yilishi birinchi tomondan mashg’ulotni rejalashtirish va o’tkazish xususida aniqlik kiritsa, ikkinchi tomondan o’qitishda kutilayotgan natija va uning oqibati ko’rsatilmagan. SHu munosabat bilan o’qitishning maqsadlarini ta’lim mezonlarni, o’qituvchining yoki talabaning faoliyati orqali belgilash ta’limda kutilayotgan natijalar haqida aniq taassurotga ega bo’lishga imkon bermaydi.
Pedagogik texnologiyada nazarda tutiladigan maqsadlarni qo’yish o’ziga xos bo’lib, bu xoslik, ta’lim maqsadlari o’quvchilar harakatida ifodalanadigan va aniq ko’rinadigan, shuningdek, o’lchanadigan natijalar orqali belgilanadi.
Rivojlangan mamlakatlardan, jumladan, Amerika Qo’shma SHtatlari va Angliya davlatlarida talaba va o’qituvchi uchun maqsadlarni alohida - alohida belgilash odat tusiga kirgan. Bu esa mantiqan to’g’ri, chunki o’qitish-pedagog va ta’lim oluvchining o’zaro hamkorlikdagi faoliyati hisoblanadi. Bunda maqsadlar (o’rgatish, tushuntirish, ko’rsatish, aytib berish va h.k.) o’qituvchining faoliyatidan kelib chiqqan holda qo’yiladi. Talabaning xarakterlarida ifodalanadigan natijalar, ta’limning vazifalari deyiladi, bunday ma’noda ta’lim vazifalari o’quvchi mashg’ulotning oxirida bilishi yoki bajara olishi mumkin bo’lgan tushunchalarni anglatadi. Vazifalarni o’lchash, aniqlash, o’qitishni qayta takrorlash imkoniga ega bo’lish uchun har bir maqsadga erishish mezonini bilish kerak, ya’ni ta’lim maqsadini unga erishganlik haqida aniq hulosa chiqarish mumkin bo’ladigan qilib qo’yilishi kerak.
Pedagogik adabiyotlarda vazifalar ba’zan “taqqoslanadigan pedagogik maqsadlar” deb ham qaraladi. O’qitish vazifalarini ya’ni, taqqoslanadigan maqsadlarni ishlab chiqishni yengillashtirish uchun ularning ta’rifida o’zlashtirgan talabalar egallagan malakalarini ifodalovchi fe’llardan foydalanish mumkin. Masalan, talaba:
- foydalanish qoidasini biladi;
- berilganlardan natijalarni keltirib chiqaradi;
- qoida(qonun)ni ishlatadi;
- fikrlash mantiqida xato va kamchiliklarni topadi va h.k.
Ta’lim vazifalarini (taqqoslanadigan ta’lim maqsadlarini) belgilashda qiyinchiliklar ham bo’lishi mumkin. Masalan, o’qitish natijalarini bo’laklarga bo’lish va alohida - alohida tahlil qilish zarur bo’lganda ayrim ta’lim maqsadlarini bo’laklarga bo’lish va to’g’ri tahlil qilish qiyinlashadi.
M.V.Klarin ta’kidlashicha, ijodiy xarakterlarga ega bo’lgan ta’lim maqsadlarini tanlaganimizda uning xususiyatlarini (o’qitishning konkret natijalarini) aniq ifodalash qiyinlashadi [6].
Bunday hollarda B.Blum taksonomiyasiga asosan umumiy maqsadlardan foydalanish mumkin. “Taksonomiya” tushunchasi ob’ektlarni o’zlarining tabiiy bog’liqligi va xosiyatlariga ko’ra ierarxik (ko’p bosqichli) tuzilishi asosida sinflarga ajratish va tartibga solishni anglatadi.
B.Blum taksonomiyasi dunyoda eng ko’p tarqalgandir. Bu taksonomiya o’quv materiali elementini ta’lim maqsadlarining ma’lum kategoriyatlari bilan taqqoslash imkonini beradi. B.Blum taksonomiyasi bo’yicha o’quv maqsadlari kategoriyasi 2.3-jadvalda keltirilgan.
Ma’ruza mashg’ulotlaridagi texnologik yondashuvning asosiy elementlaridan biri o’quv maqsadlarini nazorat topshiriqlariga o’tkazishdan iboratdir.
Yangi pedagogik texnologiyalarga asoslangan ma’ruza mashg’ulotlarini o’tkazishga doir o’quv jarayonini tashkil etishda nazorat topshiriqlarini ishlab chiqish o’quv maqsadlari bilan uzviy bog’liq amalga oshirish lozim.
Bu yerda maqsad (o’rgatish, tushuntirish, ko’rsatish, so’zlab berish va h.k.) deganda o’qituvchining faoliyati nazarda tutilsa, vazifalarga o’rgatish natijalari kiritiladi. Demak, vazifalar deb talabalarning dars boshlanganda bilmay, so’ngida o’rgangan (mashg’ulot davomida bajara olmagan) harakatlarini tushunish lozim.
Ma’ruza mashg’ulotlarida vazifalarni aniq belgilash o’qituvchiga katta vazifa yuklaydi va quyidagi talablarni qo’yadi:
- har bir vazifani «dars yakunida talabalar quyidagilarni bajara olishlari lozim... » deb boshlash;
- har bir vazifani tartibga solib chiqish;
- har bir vazifani fe’llar bilan yakunlash;
- har bir vazifani talabalar bajara olish imkoniyati darajasida
qo’yish;
- har bir vazifada faqat bitta natijani ko’zlash;
- vazifani, uning ishlatilishini mezonlash va maqsadga erishganligini aniqlash mumkin bo’ladigan qilib qo’yish lozim. [12].

Yüklə 279,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin