Zahiriddin muhammad bobur nomidagi andijon davlat universiteti



Yüklə 279,06 Kb.
səhifə7/24
tarix02.09.2022
ölçüsü279,06 Kb.
#63391
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   24
Diss tayyor 2022 M.Usmonova

Axborotni bilish, yod olish va so’zlab berishda talabaning eslab qolish va tahlil qilish qobiliyati bilan bog’liq bo’lgan bilimlari tekshiriladi.
Reproduktiv o’zlashtirish darajasi talabadan avval o’zlashtirgan bilimlari asosida mustaqil ish bajarish talab etiladi.
Produktiv darajadagi o’zlashtirish talabadan o’zlashtirgan bilimlari negizida nostandart masalalarni yechishda mustaqil fikr yuritishni talab etadi. Bu faoliyat tayyor qoida yoki tasvir asosida emas, balki talaba tomonidan tuzilgan algoritm bilan bog’liq.
Izlanuvchi-ijodiy darajadagi o’zlashtirish talabadan ijodga intiluvchi, o’ziga xos noan’anaviy yondashuvga doir fikrlash qobiliyatiga ega bo’lishni talab etadi.
Ijod - bu moddiy va ma’naviy sferada yangilik barpo etish hisoblanadi. SHu sababli izlanuvchi-ijodiy daraja deganda, ijodga yaqinlashuvni, ijodiy faoliyatga noan’anaviy yondashuvni, fikrlashni, hayol qilishni tushuniladi.
Shu sababli talabalarning fanlarni mustaqil o’zlashtirishlari va bilim darajalarini aniqlash uchun nazorat topshiriqlari muhim ahamiyatga ega bo’lib, ayniqsa, ta’lim tizimida nazorat topshiriqlarini talabalarning bilim darajalariga mos darajada tuzish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Ta’lim tizimi tuzilishidagi keng qamrovli islohotlarni respublika pedagoglari ilg’or pedagogik texnologiyalarni o’zlashtirish va o’quv jarayoniga qo’llash bilan mustahkamlashlari zarur deb o’ylaymiz. Buning uchun pedagoglarni o’quv jarayoniga, texnologik yondashuvga o’rgatish talab etiladi, bu esa nafaqat foydalanish, balki uni O’zbekiston tajribalari, an’analari, madaniyatini hisobga olgan holda rivojlantirish imkonini beradi. Texnologik yondashuv doirasida yaratilgan «Informatika va axborot texnologiyalari» fanidan ma’ruza matniga doir didaktik loyihalash usullariga bo’lgan munosabat o’quv jarayonini oqilona, shu bilan birga ijodiy rejalashtirish, yangi fikrlar bilan boyitish, ularning natijalarini baholashga yordam beradi. SHuni qayd etish joizki, an’anaviy o’quv jarayonida texnologik yondashuvni to’laligicha emas, balki uning elementlarini qo’llash (ularni o’zlashtirilgan va tegishli metodik ta’minotning tayyorgarlik darajasida) mumkin. Bu eng avvalo pedagogik texnologiyaning yadrosi yoki markaziy nuqtasi deb atash mumkin bo’lgan alohida o’quv maqsadlarini aniqlashtirish (konkretlashtirish) yo’llariga tegishlidir.
Ma’ruza mashg’ulotlarida texnologik yondashuv, rejalashtirilgan natijani amalga oshirish imkonini beruvchi konstruktiv, ko’rsatmali shaklda o’z ifodasini topadi. Ya’ni: "maqsadga yo’naltirilganlik", "ta’limni alohida o’rgatuvchi ko’rinishlarga bo’lish", "jarayon natijalarini tashhisli tekshiruv" kabilar shular jumlasidandir.
Ma’ruza mashg’ulotlarining asosiy texnologik jihati-o’quv jarayonining so’nggi natijalariga yo’naltirilganligini kuzatishdan iboratdir, ya’ni talaba o’z imkoniyati darajasiga mos kafolatlangan bilim olishga e’tibor qaratilgan. Bu esa ma’ruza mashg’ulotlarida berilgan bilimlarni o’zlashtirishda talabalarning yakkalashishiga olib keladi. Ma’ruza mashg’ulotlaridagi bunday texnologik yondashuv tarkibiga quyidagilar kiradi:
-"Informatika va axborot texnologiyalari" fanining har bir ma’ruza mashg’uloti bo’yicha maqsad va vazifalar ro’yxatini ishlab chiqish;
-o’quv maqsadlarini nazorat topshiriqlariga o’tkazish (aylantirish);
-maqsadga erishish usullari;
-erishilgan o’quv maqsadlarini baholash.
Ma’ruza mashg’ulotlaridagi pedagogik yondashuvlarning asl mohiyati shundan iboratki, unda o’qituvchi-pedagog odatda o’z oldiga talabalar o’quv materialining mazmunini, mohiyatini tushunib, o’zlashtirib olishi, ma’lum bilimlarni egallab amaliyotda qo’llashga o’rganishi maqsadini qo’yadi. Pedagog o’z oldiga qo’yilgan maqsadlarga erishganlik yoki erishmaganlikni bilishning aniq vositalari bo’lgandagina o’qituvchi o’zining mehnati samarali ekanligiga va tanlagan uslublari maqsadga muvofiqligiga ishonch hosil qilishi mumkin.
Ko’p yillar davomida pedagogik texnologiya o’quv jarayonini belgilangan ta’lim maqsadi va mazmunidan kelib chiqib loyihalash deya ifodalanib kelindi. Bu bir tomondan to’g’ri, lekin ikkinchi tomondan bunday yondashishda talabaning shaxsi inkor etilyapti.
Bu kamchiliklarni birinchi bo’lib yirik pedagog olim V.G. Bespalko payqadi va u «Pedagogik texnologiya - o’qituvchi mahoratiga bog’liq bo’lgan holda pedagogik muvaffaqiyatni kafolatlay oladigan o’quvchi shaxsini shakllantirish jarayonining loyihasidir» deb ta’rifladi [5].
Pedagogikada maqsadlarni belgilashning tipik usullarini ko’rib chiqaylik:
a) O’quv materialining rejasidan kelib chiqib maqsadni belgilash.
Masalan, «birinchi bobning (yoki mavzuning) mazmunini o’rganish». Maqsadni bunday qo’yish bilim sohasining mazmuniga qaratilgan va pedagog o’z maqsadiga erishganligi haqida aniq hukm chiqarishi qiyin, ya’ni bu usulda maqsadga erishganlikni qanday aniqlash mumkinligi ko’rsatilmagan.

Yüklə 279,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin