Zahiriddin muhammad bobur nomidagi andijon davlat universiteti


I-BOB. INFORMATIKA FANINI O’QITISH JARAYONIDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARIGA ASOSLANGAN INTERFAOL METODLARIDAN FOYDALANISHNING PEDAGOGIK ASOSLARI



Yüklə 279,06 Kb.
səhifə5/24
tarix02.09.2022
ölçüsü279,06 Kb.
#63391
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Diss tayyor 2022 M.Usmonova

I-BOB. INFORMATIKA FANINI O’QITISH JARAYONIDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARIGA ASOSLANGAN INTERFAOL METODLARIDAN FOYDALANISHNING PEDAGOGIK ASOSLARI
1.1. Informatika fanini o’qitish jarayonida qo’llaniladigan o’qitish metodlarining ilmiy-nazariy asoslari.
«Metod» so’zining yunoncha tarjimasi «tadqiqot, usul, maqsadga erishish yo’li» kabi ma’nolarni anglatadi. Filosofiya lug’atida ushbu tushuncha umumiy tarzda «maqsadga erishish usullari» deya sharhlangan.
Ayni vaqtda pedagogik manbalarda «ta’lim metodi» tushunchasiga berilgan ta’riflarning xilma-xil ekanligiga guvoh bo’lish mumkin.
SHuningdek, ta’lim metodlarining o’qituvchi va o’quvchilarning o’zaro hamkorlikdagi tartibli faoliyatlari usullari ekanligi to’g’risidagi fikrlar ham mavjud.
Ta’lim metodlari dastlab pedagog ongida muayyan yo’nalishdagi faoliyatning umumlashma loyihasi tarzida namoyon bo’ladi. Ta’lim jarayonida mazkur loyiha amaliyotga o’qituvchi va o’quvchilar faoliyatining o’zaro tutashuvi, o’qitish va o’qishga qaratilgan aniq harakatlar, amallar yoki usullar majmuasi sifatida joriy etiladi. Metod boshqa shakllarda namoyon bo’lmaydi, buning boisi ta’lim metodi o’zida umumiy holda faoliyatning didaktik modelini ifoda etadi.
Qayd etilayotgan tushuncha mohiyatini to’laqonli yorituvchi ta’rifni aniqlashga bo’lgan urinish bugun ham davom etyapti, yangi-yangi ta’riflar ilgari surilmoqda. Biroq, «ta’lim metodi» tushunchasi mohiyatini yoritishga nisbatan turlicha qarashlarning mavjudligiga qaramay, ularni o’zaro yaqinlashtiruvchi umumiylik mavjud. Aksariyat mualliflar «ta’lim metodlari o’quvchilarning o’quv-bilish faoliyatini tashkil etish usullari» degan qarashga yon bosadilar. Demak, ta’lim metodlari ta’lim jarayonida qo’llanilib, uning samarasini ta’minlovchi usullar majmuidir.
Ta’lim jarayonida ta’lim metodlari ta’lim maqsadini yoritishga xizmat qiladi, u yordamida ta’lim mazmunini o’zlashtirish yo’llari ifoda etiladi, o’qituvchi va o’quvchilarning o’zaro harakati, xususiyati aks ettiriladi.
Ta’lim jarayonida ta’lim metodlari doimo u yoki bu o’qish vositalari yordamida joriy etiladi, shu bois ularning o’zaro shartlanganligini ta’kidlash joiz.
Tabiiyki, ta’lim jarayonida umumiy holda erishilgan natija har doim ham o’qituvchining dars boshida belgilagan maqsadiga mos kelavermaydi. Ta’lim maqsadi o’qituvchi va o’quvchilar faoliyati asosida, shuningdek, ta’lim vositalari yordamida natijalanadi, ushbu jarayonda aniq maqsadga yo’naltirilgan mexanizm ishga tushadi.
«Ta’lim metodi» atamasi bilan birga ko’p hollarda «metodik usul» (sinonimlari – pedagogik usul, didaktik usul) tushunchasi ham qo’llaniladi. U ta’lim metodining tarkibiy qismi, uning muhim unsuri, metodni joriy qilishdagi alohida qadam sifatida ta’riflanadi. Har bir metod ma’lum ta’limiy vazifani muvaffaqiyatli hal etish, qolganlari esa birmuncha samarasiz bo’lishi mumkin. Universal ta’lim metodlari mavjud emas, shu bois darsda turli ta’lim metodlaridan yoki ularning majmuasidan foydalanish mumkin.
Ta’lim jarayonida ta’lim metodlarini tanlash quyidagi mezonlari asosida aniqlanadi:
- didaktik maqsad asosida;
- ta’lim mazmuni asosida;
- o’quvchilarning o’quv ko’nikmalarini egallash va rivojlanish darajasi asosida;
- o’qituvchining tajribasi va kasbiy tayyorgarlik darajasi asosida.
Ta’lim metodlaridan foydalanish ko’lami, holati o’qituvchining kasbiy tayyorgarligi va mahorati darajasiga bog’liq holda o’zgaradi.
Didaktikada munozaralarga sabab bo’layotgan yana bir muhim ob’ekt ta’lim metodlarining tasnifidir. Ta’lim jarayonida ta’lim metodlarini tanlash muammosi uzoq davrdan buyon tadqiq qilib kelinmoqda. Biroq tadqiqotlar soni ko’p bo’lsada, bu borada yagona to’xtamga kelinmagan. Mualliflar tavsiya etilayotgan metodlarni quyidagicha qo’llash maqsadga muvofiqligini ta’kidlaydilar:
1. Materialni og’zaki bayon qilish (suhbat, hikoya, tushuntirish, ma’ruza). Informatika darslarida o’quvchilar tomonidan bilimlarni o’zlashtirish o’qituvchining tushuntirishini faol qabul qilish va puxta o’ylash evaziga amalga oshiriladi. Bilimlarni uzatish vositasi sifatida o’qituvchi nutqi muhim ahamiyatga ega. Bu o’rinda o’qituvchining o’quvchilar faoliyatiga rahbarligi mavzuni qo’yish, rejani e’lon qilish, o’quvchilar faoliyatini boshqarishdan iborat bo’ladi.
2. Suhbat. O’quvchilar tomonidan bilimlarni o’zlashtirish jarayoni: ular e’tiboriga havola etilayotgan savolning mohiyatini anglash, mavjud bilimlar va tajribani safarbar qilish, savolga oid ob’ektlarni o’zaro taqqoslash, puxta o’ylash va savollarga to’g’ri javob tayyorlashdan iborat.
O’qituvchining rahbarligi: mavzuni qo’yish, savollarni ifodalash, berilgan javoblarni tuzatish, to’ldirish va umumlashtirish kabi holatlarda namoyon bo’ladi.
Suhbat metodi yordamida bilimlarni o’zlashtirishda o’quvchilar mavjud bilimlari va tajribalariga tayanadilar.
3. Darslik (kitob, elektron darslik) bilan ishlash (umumlashma va xulosalarni anglash, ularni xotirada saqlashga xizmat qiladi).
O’qituvchining rahbarligi esa topshiriqni ifodalash, faoliyat maqsadini belgilash, o’quvchilarga darslik bilan ishlashning yangi usullarini o’rgatish, o’zlashtirilgan bilimlarning tushunilish va mustahkamlik darajasini tekshirish kabi ko’rinishlarda aks etadi.
4. O’qituvchilarning kuzatuvi (sinfda va sinfdan tashqari (shu jumladan, sayohat va ekskursiyalar) jarayonlarda).
O’quvchilarning o’quv predmetlari bo’yicha o’zlashtirish holati va hodisalarni kuzata borib, turli fan o’qituvchilarining ko’rsatmalari bo’yicha ularni qismlarga taqsimlab har bir o’quvchining o’ziga xos, o’xshash va muhim jihatlarini aniqlashga yo’naltiriladi.
Bilimlarni o’zlashtirish manbai bo’lib muayyan predmet (yoki jarayon), tajriba, model, xaritalar xizmat qiladi. O’qituvchining rahbarligi kuzatish vazifasini belgilash, uni ma’lum shaxs zimmasiga yuklash, ob’ektni belgilash, umumiy rahbarlikni olib borish, qismlarga ajratish, asosiylarini aniqlash va umumlashtirishdan iboratdir.
5. Laboratoriya ishlari. Mazkur jarayonda aniq vazifa, ya’ni, ma’lum sharoitda muayyan hodisalarni kuzatish yuklanadi. O’quvchilar hodisalarni kechish jarayonini kuzatadilar va tahlil qiladilar.
Bilimlar manbai kuzatilayotgan hodisalar va ularning kechish jarayonidir. O’qituvchi vazifa mohiyatini ifodalaydi, o’quvchilarni nazariy bilimlar bilan qurollantiradi, umumiy jarayon va bosqichlarni kuzatish yo’llari hamda yakuniy xulosa chiqarishni o’rgatadi.
6. Mashq (aqliy va faoliyatli mashqlar). O’quvchilar tomonidan bilimlarni o’zlashtirish jarayonining o’ziga xosligi, nazariy asoslar o’zlashtirilgach, ayrim materiallardagi o’xshash harakatlarning ko’p bora takrorlanishi kuzatiladi.
Bilimlar manbai: o’zlashtirilgan bilimlar va xususiy tajriba sanaladi.
O’qituvchi mashqni bajarish uchun joy hamda vaqtni belgilaydi, topshiriqni ifodalaydi, uni bajarish bosqichlarining borishini nazorat qiladi, boshqaradi, shuningdek, yakuniy natijalarni tekshiradi.
7. Ijodiy mashq. Ushbu metod o’ziga xos xususiyatga ega bo’lib, o’ziga xoslik masalaning mohiyatini chuqur anglash, uni bajarishga nisbatan mustaqil yondashish, dalillarni saralash va o’qituvchi tomonidan berilgan topshiriqni ijodiy bajarish jarayonida bilimlarni qo’llash va kengaytirish kabi holatlar bilan tavsiflanadi.
Bilimlar manbai va materiali sifatida avval egallangan ijodiy ishlar tajribasi, mavjud bilimlar, kuzatuvlar, shaxsiy tajriba, o’qilgan hikoya, ijtimoiy-foydali ishlarni boshqarish kabilar qayd etiladi. Keltirilgan tasnif «bilimlar manbai» bo’yicha tizimlashtirilgan metodlar – og’zaki, ko’rgazmali va amaliy metodlarni u yoki bu darajada o’zida mujassamlashtiradi.
Izohli-tasvirli ta’lim metodlari (boshqa nomlanishi axborotli-reptseptsiya)ning mohiyati: odatda nazariy bilimlar tayyor holda uzatiladi, o’quvchilar esa ularni qabul qiladilar (reptseptsiya). Bu yo’lda turli ta’lim vositalari (shu jumladan, ko’rgazmali vositalar)dan foydalaniladi. Boshlang’ich ta’limda o’qituvchi faoliyati bunda nafaqat axborotlarni uzatish, balki ularning o’quvchilar tomonidan qabul qilinishini ham tashkil etishdan iborat bo’ladi. Izohli-tasvirli metoddan ta’lim jarayorida foydalanishda quyidagi holatlar yuzaga keladi:
Ta’lim jarayonida reproduktiv ta’lim metodlari yuqorida keltirilgan metodlardan quyidagi unsurlarning mavjudligi bilan farqlanadi: o’qituvchining bilimlarni tushuntirishi, ularni o’quvchilarning yodida saqlanishini ta’minlashi va qayta ishlab chiqishi (reproduktsiya). O’zlashtirilgan bilimlarning mustahkam bo’lishiga ularni ko’p marta takrorlash evaziga erishiladi. Mazkur metod ta’limning barcha bosqichlarilarida turli harakatlarni amalga oshirish ko’nikmalarini o’zlashtirishda muhim o’rin tutadi.

Ta’lim jarayonida reproduktiv metoddan foydalanishda o’qituvchi va o’quvchilar tomonidan quyidagi harakatlar tashkil etiladi: O’qituvchi faoliyatining tuzilmasi

O’quvchi faoliyatining tuzilmasi

- avval o’zlashtirilgan mavzu, paragraf yoki bob bo’yicha so’rov;
- o’quvchilar uchun turli mashqlarni saralash va taklif qilish;
- masalalarni yechishdagi o’quv harakatlarining namunasi va algoritmini namoyish qilish;
- o’quv harakatlari ko’nikmasi va
malakasini shakllantirish

- turli konteksda bilimlarni qayta ishlash;
- namuna bo’yicha topshiriqlarni bajarish;
- mashqlarni bajarish;
- namunaviy masalalarni yechish usullarini egallash;
- namunaviy masalalarni yechish algortmini egallash




Yüklə 279,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin