Zahiriddin muhammad bobur nomidagi andijon davlat universiteti


Tadqiqot ishining maqsadi -



Yüklə 279,06 Kb.
səhifə3/24
tarix02.09.2022
ölçüsü279,06 Kb.
#63391
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Diss tayyor 2022 M.Usmonova

Tadqiqot ishining maqsadi - Ta’lim jarayonida raqamli texnologiyalardan foydalanishning ilmiy-metodik asoslari va uni samarali qo’llash omillarini yaxlit tizimini ishlab chiqishdan iborat.
Dissertatsiya ishimni bajarish jarayonidagi asosiy vazifalar belgilab olindi:
1. Shu muammoga oid ilmiy adabiyotlar va ilmiy tadqiqot ishlarini tahlil etish, ilmiy-nazariy, amaliy asoslarini o’rganish.
2. Informatika fanini o’qitishda interfaol metodlar va raqamli texnologiyalardan foydalanishga oid ilg’or pedagogik tajribalarni o’rganish hamda umumlashtirish.
3. Informatika fanini o’qitishda o’qitishning zamonaviy shakl va metodlaridan foydalanishda ta’lim-tarbiya samaradorligiga erishishning shakl va omillarini ishlab chiqish hamda ularning samaradorligini tajriba-sinov orqali aniqlash.
4. Olingan natijalarning sifat va miqdoriy tahlilini amalga oshirish.
5. Xulosalar yaratish va amaliy tavsiyalar ishlab chiqish.
Tadqiqot ishimning ob’ekti – informatika fanini o’qitish darslari olindi. Shuningdek, shu faoliyat bilan band bo’lgan o’qituvchilar fikrlari va o’quv-tarbiya jarayoni ham inobatga olindi.
Tadqiqotning predmeti - Informatika fanini o’qitishda o’qitishning zamonaviy shakl va metodlaridan foydalanib o’qitilishida talabalar (o’quvchilar) ta’lim - tarbiyasining takomillashib borishi hisoblanadi.
Tadqiqot metodlari - Tadqiqot muammosiga bag’ishlangan pedagogik, va metodik adabiyotlardagi ma’lumotlarni nazariy jihatdan tahlil qilish; nazorat va baholash; tajriba-sinov; pedagogik monitoring; qiyosiy taqqoslash; tadqiqot natijalarini umumlashtirish. Kuzatish, suhbat, test metodlari. Olingan natijalarni qayta ishlash uchun matematik statistika metodi.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
- informatika fanini raqamli texnologiyalar va interfaol metodlardan foydalanilgan holda o’qitishda qo’laniladigan ta’lim metodlari ilmiy nazariy jihatdan tahlil qilindi;
- informatika fanini o’qitishda o’qitishning zamonaviy shakl va metodlaridan foydalanish jarayonidagi shart-sharoitlar, omillar aniqlandi hamda mazkur jarayonni tashkil etish, boshqarish va samaradorlikka erishish yo’llari ilmiy-metodik jihatdan asoslandi;
- informatika fanini o’qitishda o’qitishning zamonaviy shakl va metodlaridan foydalanishning samarali vositalari, omillari belgilab olindi;
- informatika fanini o’qitishda raqamli texnologiyalr va interfaol o’qitishning zamonaviy shakl va metodlarini qo’llash jarayonining ilmiy-metodik asoslari yaratildi va ilmiy-uslubiy tavsiyalar berildi.

Yüklə 279,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin